{"id":3432,"date":"2022-11-24T15:31:03","date_gmt":"2022-11-24T13:31:03","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3432"},"modified":"2022-11-24T15:31:03","modified_gmt":"2022-11-24T13:31:03","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%bd%d1%8f%d0%bb-%d0%b2%d0%bd%d0%be%d0%b2%d1%8c-%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/11\/24\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%bd%d1%8f%d0%bb-%d0%b2%d0%bd%d0%be%d0%b2%d1%8c-%d0%bd\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti Janubiy Koreya, Qirg\u2018iziston, Jazoir, Qozog\u2018iston va AQSH elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 24-noyabr. \/\u201cDunyo\u201d AA\/.<\/strong>\u00a0\u00a0Bugun xorijiy davlatlarning mamlakatimizga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo\u2018ldi, deb xabar bermoqda\u00a0 \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1669288807.1285.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi elchisi Kim Xi Sang, Qirg\u2018iziston elchisi Musa Jamanbayev, Jazoir elchisi Bumediyen Gennad, Qozog\u2018iston elchisi Beybut Atamkulov, AQSH \u00a0elchisi Jonatan Xenikdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari yangi tayinlangan elchilarni samimiy qutlab, O\u2018zbekistonda diplomatik missiyasini boshlagani bilan tabrikladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizda Yangi O\u2018zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq kuchli demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish qaratilgan keng ko\u2018lamli va muqarrar tus olgan islohotlar amalga oshirilayotgani ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jahonda kechayotgan murakkab geosiyosiy vaziyatda O\u2018zbekiston o\u2018zaro ishonch va hurmat, manfaatli hamkorlikka asoslangan vazmin tashqi siyosat yuritib, barcha davlatlar bilan ikki va ko\u2018p tomonlama sheriklikni mustahkamlab kelmoqda. Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa va Amerika davlatlari, arab-musulmon mamlakatlari bilan aloqalar yangi bosqichga chiqdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliya institutlari bilan sheriklik kengayib bormoqda. Yaqinda Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlari yuqori darajada o\u2018tdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini chuqurlashtirish, xususiy sektorni faol qo\u2018llab-quvvatlash, xorijiy sarmoya va texnologiyalarni keng jalb etishga alohida e\u02bctibor qaratilayotgani ta\u02bckidlandi. Bularning natijasida so\u2018nggi 5 yilda iqtisodiyotimizdagi xorijiy investitsiyalar hajmi 10 baravar oshib, 40 milliard dollarga yaqinlashdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Biz kelgusi 10 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini ikki barobarga oshirishni maqsad qilib qo\u2018yganmiz, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev. \u2013 Buning uchun bizda xohish-iroda ham, intilish va imkoniyatlar ham yetarli. Bunday ulug\u2018vor marralarga erishish uchun sarmoyalar hajmini kelgusi 5 yilda 120 milliard dollarga yetkazish, jumladan, kamida 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb etishni hisob-kitob qilganmiz. Mamlakatimiz eshiklari jahon uchun, dunyo bozorlari esa yurtimiz uchun ochiq bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari yangi elchilar vakillari bo\u2018lgan davlatlar bilan har tomonlama va uzoq muddatli hamkorlikning istiqbollariga alohida to\u2018xtalib o\u2018tdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Koreya Respublikasi O\u2018zbekistonning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Davlatlararo munosabatlar alohida strategik sheriklik darajasiga ko\u2018tarilgan. Oxirgi besh yilda mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi savdo hajmi ikki barobar ko\u2018paygan, bu yil esa 30 foizga o\u2018sib, 2 milliard dollarga yetgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Koreya Respublikasi tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmi va qo\u2018shma korxonalar soni ham ikki barobarga ko\u2018paygan. Bugungi kunda ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari ishtirokida O\u2018zbekistonda to\u2018qimachilik, sog\u2018liqni saqlash, uy-joy qurilishi, geologiya, farmatsevtika, metallurgiya, avtomobilsozlik sohalarida qiymati 14 milliard dollardan ziyod bo\u2018lgan yuzga yaqin investitsiya loyihalari samarali amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Axborot texnologiyalari, davlat boshqaruvi, ta\u02bclim va tibbiyot sohalarida ham Koreyaning ilg\u2018or tajribasi yurtimizda keng tatbiq etilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yil mamlakatimizda yashayotgan 200 mingdan ziyod koreys diasporasi vakillari O\u2018zbekiston zaminida istiqomat qila boshlaganining 85 yilligini nishonlamoqda. Ularning jamoatchilik faoliyati davlatlarimiz o\u2018rtasida o\u2018ziga xos do\u2018stlik ko\u2018prigi bo\u2018layotgani qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2023 yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig\u2018ilishi va O\u2018zbekiston-Koreya biznes forumi o\u2018tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirlardan \u00a0hamkorlikning yangi yo\u2018nalishlarini topish va rivojlantirish uchun samarali foydalanish zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qirg\u2018iziston elchisiga murojaat qilar ekan, davlatimiz rahbari o\u2018zbek va qardosh qirg\u2018iz xalqi tarixi va an\u02bcanalari mushtarak bo\u2018lgan yaqin qo\u2018shnilar ekanini qayd etdi. Bugun davlatlarimiz o\u2018rtasida ishon va o\u2018zaro hurmatga asoslangan konstruktiv muloqot qaror topgan.\u00a0 Qirg\u2018iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning o\u2018tgan yili 11-12 mart kunlari O\u2018zbekistonga davlat tashrifi munosabatlarimiz tarixida yangi sahifa ochdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barcha dolzarb masalalar o\u2018z vaqtida, har ikki tomon manfaatlarini hisobga olgan holda qardosh xalqlarimizning farovonligi yo\u2018lida hal etilmoqda. Ayniqsa, erishilgan kelishuvlar asosida chegara masalalari hal qilingani misli ko\u2018rilmagan umumiy yutug\u2018imiz bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Iqtisodiyot, qishloq xo\u2018jaligi, energetika, transport, ta\u02bclim va madaniy-gumanitar jabhalardagi aloqalar ham faollashib borayotir. Yil boshidan buyon mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi tovar ayirboshlash ko\u2018rsatkichi 30 foizga oshib, 1 milliard dollarga yetgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mintaqaviy infratuzilma loyihalari, jumladan, Qambar-ota gidroelektr stansiyasi hamda O\u2018zbekiston \u2013 Qirg\u2018iziston \u2013 Xitoy temir yo\u2018li qurilishi boshlangani ham do\u2018st xalqlarimizning umumiy manfaatlariga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Prezidentining kelgusi oyda Qirg\u2018izistonga bo\u2018lajak tashrifi ikki tomonlama aloqalarni yana-da mustahkamlashiga ishonch bildirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jazoir \u2013 arab-musulmon olamida jadal rivojlanib borayotgan mamlakat. Bugungi kunda davlatlarimiz o\u2018rtasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asosi yaratilmoqda, parlamentlararo do\u2018stlik va hamkorlik guruhlari samarali faoliyat olib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimiz rahbari mushtarak qadriyatlar va o\u2018zaro hurmatga asoslangan munosabatlarga tizimli tus berish vaqti yetganini ta\u02bckidladi. Ayniqsa, neft va gaz, tog\u2018-kon, to\u2018qimachilik, oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi, farmatsevtika, sayyohlik sohalari sheriklikning istiqbolli yo\u2018nalishlari hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini to\u2018liq ro\u2018yobga chiqarish maqsadida kelgusi yili Hukumatlararo qo\u2018shma komissiyaning ilk yig\u2018ilishini hamda \u00abMade in Uzbekistan\u00bb sanoat ko\u2018rgazmasini o\u2018tkazish taklifi bildirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qozog\u2018iston asrlar davomida qalin do\u2018st va yon qo\u2018shnimiz, strategik hamkor va yaqin ittifoqchimizdir. So\u2018nggi yillarda ikki tomonlama aloqalarning sur\u02bcati yuqori bo\u2018lib kelmoqda. Parlamentlararo munosabatlar, hududlar o\u2018rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ustuvor sohalarda 3 milliard 500 million dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. O\u2018zaro savdo hajmi ham muttasil o\u2018sib borayapti. Bu ko\u2018rsatkich yil boshidan buyon 20 foizga ortib, 4 milliard dollarga yaqinlashgani ham mamlakatlarimiz salohiyati naqadar katta ekanini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yaqinda Qozog\u2018istonda bo\u2018lib o\u2018tgan O\u2018zbekiston madaniyati kunlari ham ikki qardosh elni yana-da yaqinlashtirishga xizmat qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dekabr oyi boshida Qozog\u2018iston Prezidentining O\u2018zbekistonga kutilayotgan tashrifi davlatlararo munosabatlarda yangi davrni boshlab berishiga ishonch bildirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Amerika Qo\u2018shma Shtatlari O\u2018zbekistonning global miqyosdagi eng muhim va ishonchli hamkorlaridan biridir. Bu yil davlatlarimiz o\u2018rtasida diplomatik aloqalar o\u2018rnatilganining o\u2018ttiz yilligi hamda Strategik sheriklik to\u2018g\u2018risidagi deklaratsiya imzolanganining yigirma yilligi nishonlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">AQSH mamlakatimizning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini, shuningdek, keng ko\u2018lamli islohotlarni doimiy qo\u2018llab-quvvatlab kelmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yurtimizda Amerika Qo\u2018shma Shtatlarining kak &#8220;General Electric&#8221;, &#8220;General Motors&#8221;, \u201cHyatt\u201d, &#8220;John Deere&#8221;, \u201cBoeing\u201d, \u201cHoneywell\u201d kabi yetakchi kompaniyalari samarali faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari o\u2018zaro strategik sheriklikning yangi sharoitida O\u2018zbekiston savdo va investitsiyalar, qishloq xo\u2018jaligi, to\u2018qimachilik, energetika, ta\u02bclim, innovatsiya, sog\u2018liqni saqlash kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining yaqinda bo\u2018lib o\u2018tgan birinchi yig\u2018ilishida Amerika kompaniyalari vakillari ham qatnashgani yangi loyihalarga yo\u2018l ochishiga ishonch bildirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, \u201cS5+1\u201d formatidagi ko\u2018p tomonlama hamkorlikni hamda Afg\u2018oniston bo\u2018yicha muloqotlarni izchil davom ettirish mintaqamizning umumiy barqarorligiga xizmat qilishi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Marosim yakunida O\u2018zbekiston Prezidenti elchilarning mas\u02bculiyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi. Mamlakatimiz bilan hamkorlikni mustahkamlash, hali ishga solinmagan salohiyatni ro\u2018yobga chiqarish, yangi \u201co\u2018sish nuqtalari\u201dni topish borasida faol va tashabbuskor bo\u2018lishga chaqirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Elchilar samimiy qabul va samarali faoliyatiga yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama aloqalarni yana-da rivojlantirishga bor bilim va kuch-g\u2018ayratini yo\u2018naltirishini qayd etdilar.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3432","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3432","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3432"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3432\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3433,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3432\/revisions\/3433"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3432"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3432"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3432"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}