{"id":342,"date":"2018-01-01T17:59:23","date_gmt":"2018-01-01T15:59:23","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=342"},"modified":"2018-01-01T17:59:23","modified_gmt":"2018-01-01T15:59:23","slug":"%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%be%d0%b3%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%b5%d0%b5-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bd%d0%b0%d1%80%d0%be%d0%b4%d1%83-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2018\/01\/01\/%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%be%d0%b3%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%b5%d0%b5-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bd%d0%b0%d1%80%d0%be%d0%b4%d1%83-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5\/","title":{"rendered":"O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O\u2019zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi"},"content":{"rendered":"<p>Aziz va muhtaram vatandoshlar!<\/p>\n<p>Qadrli do\u2019stlar!<!--more--><\/p>\n<p>Jonajon Vatanimizga Yangi \u2013 2018 yil kirib kelmoqda.<\/p>\n<p>Siz azizlarni, mo\u2019&#8217;tabar nuroniylar, mehribon opa-singillarimizni, azmu shijoatli yoshlarimizni, ko\u2019p millatli butun xalqimizni ushbu qutlug\u2019 ayyom bilan samimiy tabriklayman.<\/p>\n<p>Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman.<\/p>\n<p>Ming shukrki, turli muammo va qiyinchiliklarga qaramasdan, 2017 yil mamlakatimiz uchun tinch, har tomonlama omadli va barakali bo\u2019ldi.<\/p>\n<p>Biz taraqqiyotimizning yangi davri, yangi bosqichiga qadam qo\u2019ydik. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida belgilangan vazifalarni bajarishga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etdik.<\/p>\n<p>Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2017 yilni barcha sohalarda yorug\u2019 yuz bilan yakunlashga erishdik.<\/p>\n<p>Eng muhimi, davlatning xalqqa munosabati o\u2019zgarmoqda. Xalq degan tushunchaning qadri yuksalmoqda. El-yurtga xizmat qilish hayotimiz mazmuniga aylanmoqda.<\/p>\n<p>Bularning barchasi odamlarimizning kundalik hayotida o\u2019z amaliy ifodasini topmoqda. Ularning ertangi kunga ishonchi yanada mustahkam bo\u2019lmoqda.<\/p>\n<p>Tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimiz ham, aytish mumkinki, g\u2019oyatda samarali bo\u2019ldi. Ayniqsa, qo\u2019shni davlatlar bilan munosabatlarimiz yangicha ruh va mazmun kasb etmoqda.<\/p>\n<p>Bu esa mintaqamizda o\u2019zaro ishonch, do\u2019stlik va hamkorlik muhitini yanada kuchaytirish uchun mustahkam zamin bo\u2019lmoqda. Biz bu strategik yo\u2019lni 2018 yilda ham izchil va faol davom ettiramiz.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, uzoq va yaqin barcha mamlakatlar xalqlarini ham, Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga tinchlik va ravnaq tilaymiz.<\/p>\n<p>Aziz yurtdoshlar!<\/p>\n<p>Biz Yangi \u2013 2018 yilga Faol tadbirkorlik, innovatsion g\u2019oyalar va texnologiyalarni qo\u2019llab-quvvatlash yili, deb nom berdik.<\/p>\n<p>Biz buyuk kelajagimizni aynan mana shunday yuksak maqsad va g\u2019oyalar asosida barpo etamiz.<\/p>\n<p>Xalqaro maydonda keskin raqobat kuchayib borayotgan hozirgi vaqtda bu eng to\u2019g\u2019ri va samarali yo\u2019ldir.<\/p>\n<p>Shu ma&#8217;noda, 2018 yil O\u2019zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi yil bo\u2019ladi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.<\/p>\n<p>Yangi yilda ham xalqimiz hayot darajasi va sifatini, barcha toifadagi aholimiz daromadlarini oshirishga alohida ahamiyat beramiz.<\/p>\n<p>Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, millatlar va elatlar o\u2019rtasidagi totuvlik, o\u2019zaro hurmat va mehr-oqibatni mustahkamlash asosiy vazifamiz bo\u2019lib qoladi.<\/p>\n<p>Chet ellardagi vatandoshlarimiz bilan aloqalarni kengaytirishga yanada katta e&#8217;tibor qaratamiz.<\/p>\n<p>Ishonaman, 2018 yilda barchamiz birgalikda, o\u2019zimizni ayamasdan mehnat qilib, o\u2019z oldimizga qo\u2019ygan vazifalarni bajarishga albatta erishamiz.<\/p>\n<p>Aziz va muhtaram vatandoshlarim!<\/p>\n<p>Mana shu nurafshon daqiqalarda hammamiz ezgu orzu-umidlar bilan Yangi \u2013 2018 yilga qadam qo\u2019ymoqdamiz.<\/p>\n<p>Mening niyatim, tilagim shuki, har bir oila, har bir inson murod-maqsadiga yetsin!<\/p>\n<p>Barchangizga dunyodagi eng katta baxt \u2013 oilaviy xotirjamlik, farzandlar, nabiralar baxtu kamolini ko\u2019rish nasib etsin!<\/p>\n<p>Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo\u2019lsin!<\/p>\n<p>Yangi yil barchamizga muborak bo\u2019lsin!<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":343,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-342","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/342","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=342"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/342\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":344,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/342\/revisions\/344"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/343"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=342"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=342"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=342"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}