{"id":3391,"date":"2022-11-07T09:52:42","date_gmt":"2022-11-07T07:52:42","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3391"},"modified":"2022-11-07T09:52:42","modified_gmt":"2022-11-07T07:52:42","slug":"%d0%b4%d0%bb%d1%8f-%d1%81%d1%82%d0%b8%d0%bc%d1%83%d0%bb%d0%b8%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d1%81%d1%82%d1%83%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%be%d0%b2-%d0%b1%d1%83%d0%b4%d0%b5%d1%82-%d1%83","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/11\/07\/%d0%b4%d0%bb%d1%8f-%d1%81%d1%82%d0%b8%d0%bc%d1%83%d0%bb%d0%b8%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d1%81%d1%82%d1%83%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%be%d0%b2-%d0%b1%d1%83%d0%b4%d0%b5%d1%82-%d1%83\/","title":{"rendered":"Talabalarni rag\u2018batlantirish uchun jismoniy tarbiya va sport sohasida Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish bo\u2018yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga tayanib.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1667487957.7843.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizda sportga yaratilayotgan sharoitlar tufayli aholi o\u2018rtasida bu harakat ommalashmoqda. Yoshlar jismoniy tarbiya bilan doimiy shug\u2018ullanib, ko\u2018plari buni kasb sifatida tanlamoqda. Professional sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda ulkan yutuqlarga erishmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari har doim sog\u2018lom turmush tarzi, yoshlar bandligi, olimpiya va paralimpiya harakati masalalariga alohida e\u02bctibor qaratib keladi. Shu yil 23 may kuni bo\u2018lib o\u2018tgan videoselektor yig\u2018ilishida sport ta\u02bclimini rivojlantirish, sohaga ilmiy yondashuvlarni tatbiq etish vazifasi qo\u2018yilgan edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Taqdimotda shu borada tayyorlangan reja-takliflar ko\u2018rib chiqildi. Ular uchta muhim yo\u2018nalishni qamrab olgan: birinchisi \u2013 O\u2018zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Farg\u2018ona filiallarida ta\u02bclim sifatini oshirish, ikkinchisi \u2013 sport ta\u02bclimi muassasalarida boshqaruvni takomillashtirish, uchinchisi \u2013 sohada ilmiy tadqiqotlar tizimini yaxshilash.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qayd etilishicha, 2023-2024 o\u2018quv yilidan boshlab ta\u02bclim dasturlari yetakchi xorijiy universitetlarning dasturiga ko\u2018ra shakllantiriladi. Barcha bakalavriat va magistratura yo\u2018nalishlariga oid malaka talablari qayta ko\u2018rib chiqiladi, o\u2018qituvchilar va bitiruvchilarning bilimi, mahorati va pedagogik ko\u2018nikmalarini baholovchi kompetensiyaviy sertifikatlash yo\u2018lga qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda dolzarb bo\u2018lmagan 5 ta bakalavriat yo\u2018nalishi tugatilib, 2 ta magistratura mutaxassisligi tashkil etiladi. O\u2018quv va mashg\u2018ulotlar jarayoniga federatsiyalarning tajribali mutaxassislari hamda xorijiy ekspertlar jalb qilinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sport sohasida faxriy unvon va toifa darajasiga ega bo\u2018lgan, nufuzli xalqaro musobaqalarda g\u2018olib bo\u2018lgan abituriyentlar kasbiy imtihonlarni topshirishdan ozod qilinadi. Talabalarni rag\u2018batlantirish uchun Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi. Iqtidorli bitiruvchilarga sport bo\u2018yicha hakam hamda ikkinchi toifali trener maqomi beriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u02bclim va ilm bog\u2018liqligini mustahkamlash uchun yagona kuzatuv kengashi tuzish rejalashtirilgan. Bu kengash sport muassasalarining boshqaruv, o\u2018quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy faoliyatini samarali tashkil qilishga bosh-qosh bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport universitetining ilmiy salohiyatini 45 foizgacha chiqarish, professor-o\u2018qituvchilarning faoliyati natijadorligini oshirish, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etib, xalqaro reytinglarga kirish maqsadlari belgilanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlari institutiga sport biomexanikasi, fiziologiyasi, farmakologiyasi va genetikasi bo\u2018yicha tadqiqotlar olib borish, ilmiy-innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirish, startap loyihalarni amalga oshirish kabi yangi vazifalar yuklatilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ilmiy izlanishlarni qo\u2018llab-quvvatlash va natijadorligini oshirish, yosh kadrlarni xorijiy o\u2018quv yurtlariga falsafa doktori (PhD) darajasini himoya qilish uchun yuborish ham nazarda tutilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u02bclumki, poytaxtimizning Yashnobod tumanida Olimpiya shaharchasi barpo etilmoqda. Osiyo o\u2018yinlari o\u2018tganidan so\u2018ng, bu majmuaga Sportni rivojlantirish vazirligi, sport federatsiyalari hamda 2025 yilda faoliyat boshlaydigan O\u2018zbekiston davlat sport akademiyasi joylashtirilishi mo\u2018ljallangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari bu takliflarni ma\u02bcqullab, qo\u2018shimcha ko\u2018rsatmalar berdi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3391","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3391","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3391"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3391\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3392,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3391\/revisions\/3392"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3391"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3391"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3391"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}