{"id":3375,"date":"2022-10-29T12:16:37","date_gmt":"2022-10-29T10:16:37","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3375"},"modified":"2022-10-29T12:16:37","modified_gmt":"2022-10-29T10:16:37","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%8b-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8-%d0%b5%d0%b2%d1%80%d0%be%d0%bf%d0%b5%d0%b9%d1%81%d0%ba%d0%be","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/10\/29\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%8b-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8-%d0%b5%d0%b2%d1%80%d0%be%d0%bf%d0%b5%d0%b9%d1%81%d0%ba%d0%be\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston va Yevropa kengashi Prezidentlari matbuot uchun qo\u2018shma bayonot qabul qildilar"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun oliy darajadagi O\u2018zbekiston-Yevropa muzokaralari yakunlari bo\u2018yicha O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelning matbuot uchun qo\u2018shma bayonoti qabul qilindi:<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1666955290.4421.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201c2022 yil 28 oktabr kuni Toshkent shahrida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel uchrashuv o\u2018tkazdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Samimiy va do\u2018stona ruhda o\u2018tgan muzokaralar chog\u2018ida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Sharl Mishel keyingi yillarda O\u2018zbekiston va Yevropa Ittifoqi o\u2018rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi darajaga ko\u2018tarilgani va keng ko\u2018lamli tus olganini tasdiqladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tomonlar Yevropa Ittifoqining O\u2018zbekiston va Markaziy Osiyo o\u2018rtasidagi aloqalarni va hududlararo hamkorlikni mustahkamlashga intilishini olqishladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va YEI o\u2018rtasidagi munosabatlarga yangi sur\u2019at bag\u2018ishlash va ularni yanada chuqurlashtirish maqsadida birgalikdagi sa\u2019y-harakatlarni amalga oshirishga kelishib olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki tomonlama va hududlararo hamkorlik uchun yaratilgan qo\u2018shma mexanizmlar sermahsul ishlayotgani ijobiy baholandi. Ularning salohiyati va imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish maqsadida birgalikda harakat qilishga tayyorlik bildirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tomonlar O\u2018zbekiston va Yevroittifoq o\u2018rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochadigan, siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik va inson kapitali yo\u2018nalishlaridagi masalalarning keng doirasi bo\u2018yicha hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi bitim dastlabki bosqichda imzolanganini olqishladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentlar ushbu muhim hujjat imkon qadar tez fursatda imzolanishi va ratifikatsiya qilinishiga umid bildirdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tomonlar xalqaro ishlarda va ikki tomonlama munosabatlarda BMT Ustavi va xalqaro huquqning umume\u2019tirof qilingan normalariga qat\u2019iy rioya qilishlarini, hamkorlikni teng huquqlilik, o\u2018zaro anglashuv va manfaatlarni o\u2018zaro hisobga olish tamoyillari asosida qo\u2018llab-quvvatlashlari va rivojlantirishlarini ta\u2019kidladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yevroittifoq tomoni Yangi O\u2018zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar siyosatini qat\u2019iy qo\u2018llab-quvvatlashini, ular barqaror bo\u2018lishi va ortga qaytmasligiga umid bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentlar inson huquqlari, demokratiya va qonun ustuvorligi sohasidagi konstruktiv muloqot va faol hamkorlikni yuksak baholadilar. O\u2018zbekiston va YEIning bu boradagi hamkorligini mustahkamlashga bundan buyon ham ko\u2018maklashishga tomonlar qat\u2019iy intiladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yevropa kengashi Prezidenti O\u2018zbekiston rahbariyatining gender tenglikni ta\u2019minlash, xotin-qizlar, yoshlar va bolalarning huquq va manfaatlarini qo\u2018llab-quvvatlash masalalariga e\u2019tibori ortib borayotganini mamnuniyat bilan ta\u2019kidladi hamda YEI ushbu sohalardagi loyiha va dasturlarni amalga oshirishga har tomonlama ko\u2018makni davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Yevropa Ittifoqi inson huquqlari va asosiy erkinliklarini to\u2018liq hurmat qilish muhimligini qayd etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">YEI kompaniyalaridan O\u2018zbekistonga to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri investitsiyalar, eng yangi texnologiyalar, ilg\u2018or tajriba va yuksak standartlarni jalb qilish masalalariga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentlar O\u2018zbekiston bilan Yevroittifoq o\u2018rtasida iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar sohalaridagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini olqishladilar. O\u2018tgan yilning aprel oyida O\u2018zbekistonga \u00abGSP+\u00bb tizimining benefitsiar mamlakati maqomi berilib, o\u2018zbek mahsulotlarining keng nomenklaturasi YEI mamlakatlariga bojsiz yetkazib berilishiga imkoniyat yaratilgani bu borada muhim qadam bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tomonlar YEIning Markaziy Osiyo bo\u2018yicha strategiyasi bajarilishini jadallashtirish maqsadida birgalikda chora ko\u2018rish zarurligiga alohida e\u2019tibor qaratdilar hamda 2022 yil 18 noyabr kuni Samarqand shahrida \u00abYEI \u2013 Markaziy Osiyo\u00bb formatida o\u2018zaro bog\u2018liqlik bo\u2018yicha \u00abBarqaror taraqqiyot uchun \u00abGlobal darvoza\u00bb konferensiyasining o\u2018tkazilishini olqishladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston tomoni konferensiyada hamkorlikning ustuvor sohalarida qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirish bo\u2018yicha \u00abyo\u2018l xaritasi\u00bb qabul qilinishini taklif etishga tayyor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barqaror transport yo\u2018laklarini yaratish, shu jumladan Transkaspiy multimodal marshrutini rivojlantirish o\u2018zaro savdoni ko\u2018paytirish uchun tizimli omil sifatida belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentlar portlarning quvvatlarini kengaytirish, parom va temir yo\u2018l parklarini kengaytirish, bojxona tartib-taomillarini uyg\u2018unlashtirish, yuklar bilan ishlash va chegaralardan o\u2018tish uchun raqamli yechimlarni joriy qilish muhimligini qayd etdilar. Bunday loyihalarni amalga oshirish YEIning \u00abGlobal darvoza\u00bb tashabbusi maqsad va vazifalariga to\u2018liq mosdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston tomoni o\u2018zaro bog\u2018liqlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladigan \u00abTermiz \u2013 Mozori-Sharif \u2013 Kobul \u2013 Peshovar\u00bb temir yo\u2018lini qurish muhimligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston tomoni xorijiy, shu jumladan YEI kompaniyalarining to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri investitsiyalarini jalb qilish uchun zarur sharoitlar yaratishga tayyorligini bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tomonlar O\u2018zbekiston uchun 2021-2027 yillarga mo\u2018ljallangan YEIning moliyaviy-texnik ko\u2018magiga doir ko\u2018p yillik indikativ dasturi tasdiqlangani va amalga oshirilishi boshlanganini olqishladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ular raqamlashtirish, \u00abyashil\u00bb iqtisodiyot, energetik samaradorlik va suvdan foydalanish sohalarida o\u2018zaro manfaatli hamkorlik uchun mavjud salmoqli salohiyatdan foydalanish, shu jumladan Yevropaning ilg\u2018or tajribasini joriy qilish va ushbu sohalarda qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonning suv-ekologiya masalalari, shu jumladan BMTning Orobo\u2018yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo\u2018yicha ko\u2018psheriklik Trast jamg\u2018armasini tashkil etish borasidagi tashabbuslarini doimo qo\u2018llab-quvvatlab kelayotgani uchun Yevroittifoqqa minnatdorlik bildirildi. Uning faoliyatini davom ettirish muhimligi borasida tomonlarning fikri yakdil.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u2019lim va fan sohasidagi hamkorlikni, shu jumladan \u00abErasmus+\u00bb va \u00abHorizon Europe\u00bb dasturlari salohiyatidan foydalangan holda chuqurlashtirish muhim ekani ta\u2019kidlandi. Tomonlar kasbiy ta\u2019lim bo\u2018yicha \u00abDARYA\u00bb birinchi mintaqaviy loyihaning amalga oshirilishini olqishladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston tomoni 2023 yilda O\u2018zbekistonda \u00abYEI \u2013 Markaziy Osiyo\u00bb birinchi turizm forumini o\u2018tkazishni taklif qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Markaziy Osiyoda o\u2018zaro bog\u2018liqlikni mustahkamlash, xavfsizlik va barqarorlikni ta\u2019minlash borasidagi birgalikdagi sa\u2019y-harakatlarni davom ettirish muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ma\u2019noda, Afg\u2018onistonning mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka surunkali tahdidlar manbaiga aylanishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslik zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qish davrida yaqinlashib kelayotgan gumanitar falokatning oldini olish, jumladan, afg\u2018on xalqiga gumanitar yordam ko\u2018rsatish xavotir uyg\u2018otayotgan birinchi galdagi masala sifatida qayd etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tomonlarning o\u2018zaro majburiyatlarini bajarish algoritmini tezda kelishish maqsadida O\u2018zbekiston tomoni o\u2018zining Afg\u2018oniston muvaqqat hukumati bilan muzokaralar olib borish uchun xalqaro guruh tuzish tashabbusini alohida qayd etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uzoq muddatli barqarorlikka erishish uchun Afg\u2018onistonda inklyuziv siyosiy jarayonni hamda inson, shu jumladan xotin-qizlar huquqlarini ta\u2019minlash zarurligi yuzasidan mushtarak fikrlar bildirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yakunda Prezidentlar O\u2018zbekiston va YEI o\u2018rtasidagi ochiq va konstruktiv muloqotni va sherikliklikni mustahkamlashga, shuningdek, Markaziy Osiyoni tinchlik, xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyot mintaqasiga aylantirish maqsadida yaxshi qo\u2018shnichilik, o\u2018zaro hurmat, ishonch va xalqaro huquqning asosiy normalariga rioya qilish prinsiplari asosida mintaqaviy kooperatsiya va o\u2018zaro bog\u2018liqlikni yanada kengaytirishga ko\u2018maklashishga intilishlari qat\u2019iy ekanini yana bir bor tasdiqladilar\u201d.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3375","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3375","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3375"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3375\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3376,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3375\/revisions\/3376"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3375"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3375"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3375"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}