{"id":3276,"date":"2022-10-21T09:21:18","date_gmt":"2022-10-21T07:21:18","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3276"},"modified":"2022-10-21T09:21:18","modified_gmt":"2022-10-21T07:21:18","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d1%81%d0%be%d0%b3-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/10\/21\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d1%81%d0%be%d0%b3-2\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti xalqimizni O\u2018zbek tili bayrami bilan tabrikladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1666332196.3215.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muhtaram vatandoshlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalo, Siz, azizlarni bugungi qutlug\u2018 ayyom \u2013 O\u2018zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo\u2018lsa, uning o\u2018zligi va ma\u2019naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va mo\u2018\u2019tabardir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qadim turkiy tilimizni ilk bor ilmiy asosda tadqiq etgan buyuk alloma Mahmud Koshg\u2018ariyning: \u201cErdam boshi tildur\u201d, ya\u2019ni \u201cBarcha ezguliklar tildan boshlanur\u201d, degan so\u2018zlarida teran haqiqat mujassam. Darhaqiqat, odamzot qalbidagi jamiki olijanob fazilatlar ona tilining betakror mo\u2018\u2019jizasi, sehri va jozibasi bilan kamolga yetadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqimiz tafakkurining tiniq ko\u2018zgusi bo\u2018lgan bu bebaho xazinani asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng sharafli vazifalarimizdan biridir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ulug\u2018 mutafakkir Mir Alisher Navoiy bobomizning: \u201cTilga e\u2019tibor \u2013 elga e\u2019tibor\u201d, degan dono o\u2018gitlariga amal qilgan holda, yurtimizda til masalasida olib borilayotgan\u00a0 davlat siyosati inson qadrini ulug\u2018lashga qaratilgan tub islohotlarimizga har tomonlama uyg\u2018un va hamohangdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda o\u2018zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o\u2018rni va ta\u2019sirini oshirish borasida yangi bosqich boshlandi, desak, ayni haqiqat bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xususan, 21 oktabr \u2013 O\u2018zbek tili bayrami kuni deb belgilangani unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, me\u2019yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ushbu yo\u2018nalishda 2020-2030 yillarga mo\u2018ljallangan konsepsiya va alohida dastur hayotga joriy etilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu haqda gapirganda, yaqinda qabul qilingan tegishli qonunlarga asosan reklama va targ\u2018ibot materiallarini davlat tilida e\u2019lon qilish tartiblari hamda davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilishda o\u2018zbek tilini bilish darajasi bo\u2018yicha aniq talablar belgilanganini ta\u2019kidlash lozim.<br \/>\nVazirlar Mahkamasi tarkibida Ma\u2019naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yildi. Markazda va joylarda davlat tilini o\u2018rgatish kurslari ish olib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qisqa vaqt ichida besh jildlik \u201cO\u2018zbek tilining izohli lug\u2018ati\u201d, o\u2018ndan ortiq sohaga oid atamalar lug\u2018atlari, o\u2018ttiz jildlik \u201cIstiqlol davri o\u2018zbek navoiyshunosligi\u201d tadqiqotlar majmuasi yaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu kunlarda ona tilimizda \u201cTurkiy adabiyot durdonalari\u201d nomli yuz jildlik muhtasham to\u2018plam nashrdan chiqayotgani, faol va iste\u2019dodli yoshlarimizning sa\u2019y-harakatlari bilan Internet tarmog\u2018idagi o\u2018zbekcha ma\u2019lumotlar elektron bazasi boyitib borilayotgani quvonarli hol, albatta.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining sara namunalari xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellik kitobxonlarning ham e\u2019tiborini qozonmoqda. Iste\u2019dodli olim va ijodkorlarimiz qalamiga mansub ilmiy va badiiy asarlar nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xorijiy davlatlar o\u2018quvchilari o\u2018rtasida O\u2018zbek tili va adabiyoti xalqaro olimpiadasini o\u2018tkazish yo\u2018lga qo\u2018yilgani ham ona tilimizni keng targ\u2018ib qilishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda jahon miqyosida 50 millionga yaqin kishi o\u2018zbek tilida so\u2018zlashmoqda. Ko\u2018plab mamlakatlarda bu go\u2018zal va jozibali til katta ishtiyoq bilan o\u2018rganilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayni paytda, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlarning tili, madaniyati va qadriyatlarini asrab-avaylash hamda rivojlantirishga muhim ahamiyat qaratilmoqda. Biz bu yo\u2018nalishda olib borayotgan ishlarimizni kelgusida ham izchil davom ettiramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli do\u2018stlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hammamizga ayonki, ko\u2018p millatli xalqimizni yuksak ma\u2019rifatli jamiyat barpo etishdek ezgu maqsad yo\u2018lida jipslashtirish, yurtdoshlarimiz qalbiga yagona Vatan, umumiy farovon kelajak tuyg\u2018usini singdirishda o\u2018zbek tili birlashtiruvchi ahamiyatga egadir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois, Yangi O\u2018zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, Uchinchi yuksalish davri poydevorini yaratishga qaratilgan tarixiy islohotlar jarayonida o\u2018zbek tilini rivojlantirish bo\u2018yicha belgilab olgan vazifalarimizni izchil davom ettirishimiz lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda yoshlarimizning dunyoqarashi, odob-axloqi va nutq madaniyatiga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatayotgan illatlar, ayniqsa, turli elektron vositalar orqali tobora kuchayib borayotgan ma\u2019naviy tahdidlarga qarshi ma\u2019rifat va ilm bilan samarali kurash olib borish hayotiy zaruratga aylangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu borada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tilini o\u2018zbekchalashtirish, butunjahon Internet tarmog\u2018idagi milliy segmentni yanada boyitish, o\u2018zbek va xorijiy tillar bo\u2018yicha lug\u2018at va so\u2018zlashgichlarning yangi avlodini yaratish kechiktirib bo\u2018lmas vazifalarimiz sirasiga kiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jahon taraqqiyoti yutuqlari va qimmatli manbalarni o\u2018zbek tiliga tarjima qilish orqali ona tilimizni ilm-fan va innovatsiyalar tili sifatida rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratishimiz zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ma\u2019noda, XX asr boshida yashab ijod qilgan, o\u2018zbek, arab, fors, hind, turk va rus tillaridagi so\u2018zlarni o\u2018z ichiga olgan bebaho lug\u2018at kitobini yaratgan ma\u2019rifatparvar bobomiz Is&#8217;hoqxon Ibratning: \u201cBizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa\u2019y-harakat qilsinlar, lekin avval o\u2018z ona tilini ko\u2018zlariga to\u2018tiyo qilib, ehtirom ko\u2018rsatsinlar. Zero, o\u2018z tiliga sadoqat \u2013 bu Vataniy ishdir\u201d, degan hikmatli so\u2018zlari biz uchun muhim dasturilamal, hayot yo\u2018limizni yoritadigan mayoq bo\u2018lib xizmat qilishi kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fursatdan foydalanib, milliy o\u2018zligimiz va g\u2018ururimiz timsoli bo\u2018lgan ona tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirishdek sharafli ishga munosib hissa qo\u2018shib kelayotgan barcha fidoyi vatandoshlarimizga chin qalbdan minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aziz yurtdoshlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizlarni yana bir bor O\u2018zbek tili bayrami bilan samimiy qutlab, barchangizga mustahkam salomatlik, oilangizga qut-baraka, tinchlik va omonlik tilayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ona tilimizning so\u2018nmas ziyosi ongu tafakkurimiz, qalblarimizni hamisha yoritib tursin!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Shavkat MIRZIYOY\u0415V,<br \/>\nO\u2018zbekiston Respublikasi Prezident<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3276","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3276","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3276"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3276\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3277,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3276\/revisions\/3277"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3276"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3276"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3276"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}