{"id":3243,"date":"2022-10-19T13:01:48","date_gmt":"2022-10-19T11:01:48","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3243"},"modified":"2022-10-19T13:01:48","modified_gmt":"2022-10-19T11:01:48","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%be%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%b8%d0%bb-%d1%86%d0%b5%d0%bb","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/10\/19\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%be%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%b8%d0%bb-%d1%86%d0%b5%d0%bb\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti kelgusi yilda agrar sohada 600 mingta ish o\u2018rni yaratish hamda eksportni 2 milliard dollarga yetkazish maqsadini belgiladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun agrar sohada yil yakunigacha kutilayotgan natijalar va kelgusi yildagi vazifalar yuzasidan yig\u2018ilish o\u2018tkazdi, deb xabar qilmoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga tayanib.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1666104270.6254.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Uch yil avval mamlakatimizda qishloq xo\u2018jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo\u2018ljallangan strategiyasi qabul qilinib, katta islohotlar boshlangan edi. Jumladan, meva-sabzavot eksporti 1,7 baravar oshib, 1,1 milliard dollarni tashkil etdi. G\u2018allachilikda bozor mexanizmlariga o\u2018tilgani natijasida fermerlar daromadi 2 baravarga oshdi. Aholiga yerlarni bo\u2018lib berish hisobiga bu yil qo\u2018shimcha 1 million tonnadan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Iqlim o\u2018zgarishi va jahondagi murakkab vaziyat sababli oziq-ovqat xavfsizligi asosiy masalaga aylanmoqda. Jahonda qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlarining narxi oshishi kutilmoqda. Bunday vaziyatda, avvalo, aholi talabini qondirish hamda eksport imkoniyatlaridan to\u2018liq foydalanish kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda qishloq xo\u2018jaligi vaziri shu boradagi rejalar haqida axborot berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari sohadagi dolzarb vazifalarni ko\u2018rsatib o\u2018tdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Qishloq xo\u2018jaligi masalasini alohida e\u02bctiborga olib, tez-tez muhokama qilib borayotganimiz bejiz emas. Chunki bu iqtisodiyotimizning to\u2018rtdan bir qismini tashkil qiladigan muhim soha. Buning zamirida xalqimiz farovonligi, narx-navo barqarorligi, qancha ish o\u2018rinlari yotibdi, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalo, yer va suv resurslaridan samarali foydalanib, hosildorlikni oshirish masalasi ko\u2018rildi. Fermerlarga tuproqning tarkibini aniqlash, urug\u2018lik tanlash, ekinni sug\u2018orish va zararkunandalardan himoyalashda ko\u2018maklashish kerakligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu maqsadda 200 ming gektar maydonni lazerli tekislash taklifi ma\u02bcqullandi. Bunda hosildorlik oshgan maydonlar uchun subsidiya ajratiladi, lazerli tekislash uskunasini sotib olgan fermerlar xarajati qoplab beriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda hududlarda suv resurslarini samarali boshqarish loyihalarini ishga tushirish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dehqonchilik uchun yer va suv kabi eng zarur manbalardan biri bu mablag\u2018. Fermer xo\u2018jaliklarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, kredit va subsidiya olishni yengillashtirish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yana bir muhim yo\u2018nalish meva-sabzavotlarni chuqur qayta ishlash. Lekin, hozircha bu boradagi ko\u2018rsatkich past. Bog\u2018 va uzumzorlarning 20 foizida, sabzavot maydonlarining atigi 7 foizida intensiv usul joriy qilingan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois oziq-ovqat sanoatida 2 ming 163 ta loyiha shakllantirilgan. Ularning natijasida 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importi qisqarib, eksport imkoniyati ochiladi. 37 mingdan ziyod kishi ish bilan ta\u02bcminlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari meva-sabzavotlarni chuqur qayta ishlash orqali qo\u2018shilgan qiymatni bemalol 3-4 baravarga oshirish mumkinligini ta\u02bckidladi. Mirzaobod, Denov, Parkent, O\u2018rta Chirchiq, Urganch va Quva tumanlarida shunga ixtisoslashgan oziq-ovqat sanoat parklarini tashkil qilish bo\u2018yicha topshiriq berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz qishloq xo\u2018jaligini raqamlashtirish masalasiga alohida to\u2018xtaldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Raqamlashtirish bo\u2018lmasa, sohada haqqoniy statistika bo\u2018lmaydi. To\u2018g\u2018ri ma\u02bclumot bo\u2018lmagach, agroxizmatlar rivojlanmaydi, fermerlar qachon nimani eksa, ko\u2018proq daromad olishini bilmaydi. Shuning uchun bu jarayonni tezlashtirish kerak, \u2013 dedi davlat rahbari.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu yil yakunigacha 3 ta, kelgusi yilda 4 ta loyihani yakunlab, yer hisobi, subsidiya ajratish, ekin maydonlarini monitoring qilishni to\u2018liq raqamlashtirish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman, kelgusi yilda sohada 600 mingta ish o\u2018rni yaratish hamda eksportni 2 milliard dollarga yetkazish maqsadi belgilandi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3243","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3243","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3243"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3243\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3244,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3243\/revisions\/3244"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3243"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3243"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3243"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}