{"id":3241,"date":"2022-10-17T09:08:47","date_gmt":"2022-10-17T07:08:47","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3241"},"modified":"2022-10-17T09:08:47","modified_gmt":"2022-10-17T07:08:47","slug":"%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/10\/17\/%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-3\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo\u2018stligiga a\u02bczo davlatlar rahbarlari kengashi yig\u2018ilishidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Hurmatli hamkasblar!<\/strong><\/p>\n<p>Sizlarni chin dildan samimiy qutlashdan behad xursandman.<\/p>\n<p>Sammitni yuqori darajada tashkil etgani va an\u02bcanaviy mehmondo\u2018stlik uchun Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Kemelevich Toqayev nomiga bildirilgan minnatdorlik so\u2018zlariga qo\u2018shilaman.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1665824224.8214.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi uchrashuvimiz MDH doirasidagi hamkorlik bo\u2018yicha asosiy faoliyatimiz yakunlarini sarhisob qilish va kelgusidagi rejalarni belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kuni kecha Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo\u2018yicha kengash yig\u2018ilishida biz jahonda yuzaga kelayotgan vaziyat haqida batafsil fikr almashib olgan edik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kuchayib borayotgan tanglik va strategik noaniqlik, zamonaviy dunyo tartibotining asoslari va tamoyillariga putur yetayotganini barchamiz qayd etdik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oziq-ovqat va energiya xavfsizligiga qarshi tahdidlar xatarli darajaga yetib, ko\u2018plab mintaqalarda ijtimoiy larzalar va beqarorlik holatlarini keltirib chiqarmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Afsuski, Hamdo\u2018stlik makoni ham bundan chetda qolayotgani yo\u2018q. Ushbu salbiy tendensiyalarning barchasi barqaror rivojlanishni ta\u02bcminlashga qaratilgan umumiy harakatlarimizga to\u2018sqinlik qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko\u2018rinib turibdiki, bunday keng ko\u2018lamdagi muammolarni faqatgina birgalikda hal etish mumkin. Aynan shuning uchun biz MDH maydonidan maksimal darajada foydalanishimiz \u2013 Tashkilotimizning mavjud salohiyatini chuqur tahlil qilishimiz va ko\u2018p qirrali hamkorlikning butun imkoniyatlarini ishga solishimiz lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli hamkasblar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuni mamnuniyat bilan qayd etmoqchimanki, mavjud xatarlarga qaramasdan, biz MDH doirasida barcha yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha ijobiy o\u2018sish sur\u02bcatlarini ta\u02bcminlashga erishmoqdamiz. Xususan, O\u2018zbekistonning Hamdo\u2018stlik davlatlari bilan tovar aylanmasi, o\u2018tgan yil yakuniga ko\u2018ra, 35 foizga oshdi, joriy yil boshidan buyon esa yana uchdan bir barobar o\u2018sdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mashinasozlik, energetika, kimyo, farmatsevtika, to\u2018qimachilik va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Birgina so\u2018nggi oylarning o\u2018zida MDH mamlakatlaridagi sheriklarimiz bilan 800 dan ortiq yangi korxonalar ishga tushirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Madaniy aloqalarimiz jadal rivojlanmoqda. Muntazam ravishda festivallar, konsertlar, yarmarkalar, sport va boshqa tadbirlar o\u2018tkazib kelinmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli sammit ishtirokchilari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi bosqichda, bizning nazarimizda, umumiy harakatlarimizni quyidagi masalalarning yechimiga qaratishimiz muhimdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchi. O\u2018zaro savdodagi to\u2018siqlarni tezkor bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar qabul qilishimiz zarur. Biz bu haqda juda ko\u2018p gapirdik. Endi amaliy harakatlarga o\u2018tish vaqti keldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston MDH doirasida erkin savdo tartibidagi mavjud cheklovlarni to\u2018liq bekor qilishga tayyor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz, shuningdek, 2009 yildagi Tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash qoidalariga qo\u2018shilish to\u2018g\u2018risida qat\u02bciy qaror qabul qildik. Hamdo\u2018stlikdagi hamkorlarimizdan ham ana shunday harakatlarni kutib qolamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qabul qilingan MDHning 2030 yilga qadar mo\u2018ljallangan iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish maqsadida turdosh vazirlarimizga o\u2018zaro savdo o\u2018sishini rag\u2018batlantirish bo\u2018yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqqan holda, bir oy muddatda maslahatlashuvlar o\u2018tkazishlari yuzasidan topshiriq berishni taklif etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchi. Oziq-ovqat xavfsizligi o\u2018zaro hamkorlikning asosiy yo\u2018nalishi bo\u2018lib qolmoqda. Narx-navoning sun\u02bciy o\u2018sishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslik hamda inflyatsiyani jilovlash maqsadida MDH makonida oziq-ovqat mahsulotlari to\u2018siqlarsiz yetkazib berilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish muhimdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston o\u2018z hamkorlarini uzoq muddatli fyuchers shartnomalarini tuzish orqali oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, ertapishar qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlari bilan ta\u02bcminlashga tayyor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018z navbatida, biz g\u2018alla, yog\u2018-moy va ozuqabop ekinlarning kafolatlangan tarzda yetkazib berilishidan manfaatdormiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">MDH Hukumat rahbarlari kengashiga talab yuqori bo\u2018lgan oziq-ovqat tovarlarini kafolatlangan tarzda yetkazib berilishining har yilgi kvotasini kelishish mexanizmini ishlab chiqish va tasdiqlash yuzasidan topshiriq berilishini taklif etamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchinchi. Mamlakatlarimizning transport tizimiga bo\u2018lgan jiddiy tahdidlarni inobatga olgan holda, yangi logistika yo\u2018laklarini hamkorlikda rivojlantirish g\u2018oyat muhim, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu o\u2018rinda gap Termiz \u2013 Mozori Sharif \u2013 Kobul \u2013 Peshovar hamda Xitoy\u00a0\u2013 Qirg\u2018iziston \u2013 O\u2018zbekiston temir yo\u2018llarini qurish bo\u2018yicha loyihalar haqida bormoqda. Ushbu yo\u2018llar MDH transkontinental transport tashuvlarining muhim zanjiriga aylanishiga ko\u2018maklashadi hamda yuklarni olib o\u2018tishning muddati va narxini bir necha barobar qisqartirib, amaldagi yo\u2018nalishlarni izchil to\u2018ldirib boradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishonchim komilki, transmilliy yo\u2018laklarning ko\u2018pvariantli bo\u2018lishi Hamdo\u2018stlik davlatlari mahsulotlari uchun keng ko\u2018lamli yangi bozorlarni ochadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018rtinchi.\u00a0O\u2018zaro innovatsion hamkorlik va yoshlar masalasida munosabatlar sohasida qabul qilingan strategik dasturiy hujjatlarni amalga oshirish maqsadida keyingi yil O\u2018zbekistonda MDH mamlakatlari yosh olimlarining \u201cYoshlar \u2013 innovatsiya tarafdori\u201d shiori ostidagi birinchi kongressini o\u2018tkazishni taklif etamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Anjuman doirasida startap loyihalar va innovatsion ishlanmalar ko\u2018rgazmasi, to\u2018rtinchi avlod jahon sanoat yetakchilari ishtirokida taqdimotlar hamda \u201cmahorat darslari\u201d tashkil etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Beshinchi. Gumanitar hamkorlik sohasida ta\u02bclim, ilm-fan, sog\u2018liqni saqlash, sport, madaniyat va san\u02bcat borasidagi qo\u2018shma loyiha va dasturlarning amalga oshirilishida yana-da faol ko\u2018maklashish va ishtirok etishga tayyormiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2023 yilda Sankt-Peterburg shahrini MDHning madaniyat poytaxti deb e\u02bclon qilish haqidagi qarorni qo\u2018llab-quvvatlaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018z navbatida, qadimiy Samarqand shahrini 2024 yilda MDHning madaniyat poytaxti deb, e\u02bclon qilishni taklif etamiz. Bundan tashqari, har yili shaxmat bo\u2018yicha Hamdo\u2018stlik ochiq kubogini o\u2018tkazish tashabbusini ilgari suramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli hamkasblar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston tomoni bugungi sammitning kun tartibiga kiritilgan hujjatlarning qabul qilinishini qo\u2018llab-quvvatlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz, shuningdek, Tashkilotning Ijro qo\u2018mitasi raisi \u2013 MDH Ijrochi kotibi Sergey Nikolayevich Lebedevning vakolatlari navbatdagi muddatga uzaytirilishini ma\u02bcqullaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz uni tajribali va mas\u02bcul rahbar sifatida yaxshi bilamiz, mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi ko\u2018p tomonlama munosabatlarni kengaytirish borasidagi faol sa\u02bcy-harakatlarini qadrlaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018zimning yakunida Qirg\u2018iz Respublikasi Prezidenti Sadir Nurgojoyevich Japarovga Tashkilotimizga kelgusi yilda qiladigan raislik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishonamanki, bugungi yig\u2018ilish yakunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo\u2018stligi makonida amaliy hamkorlik samaradorligini oshirishga imkon beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">E\u02bctiboringiz uchun tashakkur.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3241","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3241","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3241"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3241\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3242,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3241\/revisions\/3242"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3241"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3241"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3241"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}