{"id":3234,"date":"2022-10-11T08:57:57","date_gmt":"2022-10-11T06:57:57","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3234"},"modified":"2022-10-11T08:57:57","modified_gmt":"2022-10-11T06:57:57","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0%d0%bc-%d0%bd%d0%b5%d0%be%d0%b1%d1%85%d0%be%d0%b4%d0%b8%d0%bc","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/10\/11\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0%d0%bc-%d0%bd%d0%b5%d0%be%d0%b1%d1%85%d0%be%d0%b4%d0%b8%d0%bc\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti elektromobil tarmog\u2018ini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha\u00a0 elektromobil tarmog\u2018ini rivojlantirish va xizmat ko\u2018rsatish qamrovini oshirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar bermoqda\u00a0 \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1665463954.5043.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, mamlakatimizning 2022-2026 yillarga mo\u2018ljallangan Taraqqiyot strategiyasida\u00a0 \u00abyashil iqtisodiyot\u00bbga o\u2018tish, jumladan, elektromobillar ishlab chiqarish bo\u2018yicha ham maqsadlar belgilangan. Shu yil 14 fevral kuni bo\u2018lib o\u2018tgan yig\u2018ilishda davlatimiz rahbari bu haqda aniq ko\u2018rsatmalar bergan edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Taqdimotda \u201cO\u2018zavtosanoat\u201d aksiyadorlik jamiyati\u00a0rahbarlari bu borada xorijiy kompaniyalar bilan erishilgan kelishuvlar, o\u2018zlashtirilishi kutilayotgan modellar haqida axborot berdi. Elektromobillar ishlab chiqarishni yo\u2018lga qo\u2018yish, quvvatlash stansiyalari tarmog\u2018ini kengaytirish, butlovchi qismlarni mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Elektromobillar kundalik hayotimizga jadal kirib borayapti. Import oshayapti. Nima uchun? Chunki talab bor. Bunday mashinalarning xarajati kam. Eng muhimi, odamlarimiz shuni ma\u02bcqul ko\u2018rayapti. Shunday ekan, xalqimizga zamonaviy elektromobillar yetkazib berishimiz kerak, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Haqiqatan ham, elektromobillarning yurish xarajati oddiy avtomobilga nisbatan 10 baravar, tabiatga zarari esa 3 baravar kam. Rivojlangan mamlakatlarda bunday transportlardan foydalanish ko\u2018paymoqda. Albatta, buning uchun katta infratuzilma kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Masalan, dunyoda har 20 ta elektromobilga bitta quvvatlash stansiyasi to\u2018g\u2018ri keladi. Yurtimizda esa bunday joylar atigi 50 ta bo\u2018lib, asosan Toshkent va Samarqand shaharlarida joylashgan. Elektromobillarga xizmat ko\u2018rsatish markazlari yo\u2018q.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Har bir qarorimizda bir yillik emas, o\u2018n yilliklarni ko\u2018zlashimiz kerak. Ekologiyani inobatga olib, kelajakni inobatga olib, bu tarmoqni hozirdan rivojlantirishimiz zarur. Buni qancha tez qilsak, avtomobil bozorida raqobat paydo bo\u2018ladi. Boshqa elektromobil kompaniyalari ham keladi, \u2013 dedi Prezident.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois, sohada tajribaga ega xorijiy kompaniya bilan qo\u2018shma korxona tashkil qilib, ommabop elektromobillar ishlab chiqarishni yo\u2018lga qo\u2018yish zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari elektrombillarning narxi arzon bo\u2018lishi kerakligiga alohida e\u02bctibor qaratdi. Bu esa butlovchi qismlarning mahalliylashtirilganlik darajasiga bog\u2018liq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Misol uchun, elektromobil tannarxining 30 foizini akkumulyator, 10 foizini elektr o\u2018tkazgichlar tashkil qiladi. Yurtimiz zaminidagi litiy, mis, grafit kabi xomashyo zaxiralaridan foydalanib, bunday qismlarni bemalol o\u2018zimizda ishlab chiqarish mumkinligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, mahalliy elektromobil xaridi uchun olingan kredit foizining bir qismi qoplab berilishi belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda Toshkent shahrida 20 ta elektrobus harakatlanmoqda. Kelgusi yilda poytaxtimizga yana 200 ta, Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelish rejalashtirilgan. Bunday transportlarni boshqa shaharlarda ham yo\u2018lga qo\u2018yish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Elektromobillarga xizmat ko\u2018rsatish tarmog\u2018ini kengaytirish masalasiga ham to\u2018xtalib o\u2018tildi. Kelgusi ikki yilda joylarda ikki mingta quvvatlash stansiyalari tashkil etish vazifasi qo\u2018yildi. Bu stansiyalarga ham yer, mulk va foyda solig\u2018idan imtiyoz qo\u2018llaniladi. Tadbirkorlarga quvvatlash stansiyalari orqali elektrni erkin narxda sotish huquqi beriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu tarmoqqa ixtisoslashgan mutaxassislar tayyorlash muhimligi ham ta\u02bckidlandi. Turin politexnika universitetida elektromobillar bo\u2018yicha ilmiy laboratoriya tashkil etilishi, professor-o\u2018qituvchi va mutaxassislar Xitoy, Germaniya, AQSH, Koreya kabi davlatlarga malaka oshirishga yuborilishi aytildi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3234","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3234","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3234"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3234\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3235,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3234\/revisions\/3235"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3234"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3234"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3234"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}