{"id":3221,"date":"2022-10-05T10:23:59","date_gmt":"2022-10-05T08:23:59","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3221"},"modified":"2022-10-05T10:23:59","modified_gmt":"2022-10-05T08:23:59","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%bc%d1%8c%d0%b5%d1%80-%d0%bc%d0%b8%d0%bd%d0%b8-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/10\/05\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%bc%d1%8c%d0%b5%d1%80-%d0%bc%d0%b8%d0%bd%d0%b8-2\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti va Vengriya Bosh vaziri strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash borasida kelishib oldilar"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kecha Budapesht shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda bo\u2018lib o\u2018tdi, deb xabar bermoqda\u00a0 \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1664945251.6794.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, yetakchilar O\u2018zbekiston-Vengriya munosabatlari 2021 yilda strategik sheriklik darajasiga ko\u2018tarilgani chinakam tarixiy voqea bo\u2018lgani hamda xalqlarimizning ko\u2018p asrlik do\u2018stligi va o\u2018zaro manfaatli hamkorlikning bugungi rivojiga to\u2018liq hamohangligini ta\u02bckidladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar hamkorlikni yana-da kengaytirishga alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari keyingi yillarda o\u2018zaro savdo hajmi qariyb 3 barobar ko\u2018payganini qayd etdi. Tomonlar kelajakda ikki tomonlama tovar ayirboshlashni 500 million dollarga yetkazish rejasini ro\u2018yobga chiqarishga kelishib oldilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Viktor Orban Vengriya O\u2018zbekistonni o\u2018zining muhim va uzoq muddatli hamkori deb hisoblashini ta\u02bckidladi. Ushbu tashrifning boy dasturi ham o\u2018zaro muloqotni har tomonlama rivojlantirishga intilish qat\u02bciyligidan dalolat beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qishloq xo\u2018jaligi, transport, farmatsevtika, to\u2018qimachilik, oziq-ovqat, elektrotexnika, suvni tejash va sanoat sohalaridagi kooperatsiyaga yangi kuchli sur\u02bcat bag\u2018ishlash yuzasidan kelishuvga erishildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu maqsadda hukumatlarga ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun tez fursatda qo\u2018shma fond tuzish topshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan bir qatorda biznes-forum va ko\u2018rgazmalar muntazam o\u2018tkazib boriladi, imkoniyatlar maksimal darajada ishga solinadi, o\u2018zaro manfaatli hamkorlikning barcha yo\u2018nalishlari qamrab olinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tomonlar yaqinda o\u2018tkazilgan biznes-forumning muvaffaqiyatli yakunlari, ya\u02bcni qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo\u2018lgan investitsiya va savdo bitimlari imzolangani natijador hamkorlikning aniq amaliy natijasi bo\u2018lganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga ko\u2018maklashish maqsadida Budapeshtda O\u2018zbekistonning diplomatik vakolatxonasini ochish yuzasidan kelishuvga erishildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuv yakunida O\u2018zbekiston va Vengriya yetakchilari mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi do\u2018stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash borasidagi intilishi qat\u02bciy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3221","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3221","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3221"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3221\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3222,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3221\/revisions\/3222"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3221"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3221"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3221"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}