{"id":3219,"date":"2022-10-05T10:21:09","date_gmt":"2022-10-05T08:21:09","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3219"},"modified":"2022-10-05T10:21:09","modified_gmt":"2022-10-05T08:21:09","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%bc%d1%8c%d0%b5%d1%80-%d0%bc%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%81%d1%82%d1%80-%d0%b2%d0%b5%d0%bd%d0%b3%d1%80%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d0%b4%d1%82%d0%b2%d0%b5%d1%80%d0%b4%d0%b8%d0%bb-%d1%81","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/10\/05\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%bc%d1%8c%d0%b5%d1%80-%d0%bc%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%81%d1%82%d1%80-%d0%b2%d0%b5%d0%bd%d0%b3%d1%80%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d0%b4%d1%82%d0%b2%d0%b5%d1%80%d0%b4%d0%b8%d0%bb-%d1%81\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti va Vengriya Bosh vaziri tor doirada uchrashuv o\u2018tkazdilar"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Budapeshtdagi \u201cKarmelita\u201d saroyida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban tor doirada ikki tomonlama muzokara o\u2018tkazdilar, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1664905346.8147.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, suhbatda O\u2018zbekiston-Vengriya strategik sherikligini yana-da kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Prezidenti do\u2018st Vengriya yetakchisiga tashrif davomida ko\u2018rsatilgan samimiy qabul va iliq mehmondo\u2018stlik uchun minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari ikki mamlakat o\u2018rtasidagi ko\u2018p qirrali strategik sheriklik jadal rivojlanib, izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Viktor Orbanning 2021 yil martda yurtimizga rasmiy tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlar O\u2018zbekiston-Vengriya munosabatlarida yangi sahifa ochgani hamda ikki tomonlama hamkorlikni yana-da yuqori bosqichga ko\u2018targani alohida ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turli darajalardagi muloqotlar faollashdi, samarali siyosiy muloqot va parlamentlararo hamkorlik yo\u2018lga qo\u2018yildi, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida qo\u2018shma loyihalar amalga oshirilmoqda, madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da kengaytirish, qo\u2018shma investitsiya loyihalarini, shu jumladan sanoat kooperatsiyasi orqali amalga oshirishga alohida e\u02bctibor qaratildi. Shu ma\u02bcnoda, ikki mamlakat iqtisodiyotlari bir-birini to\u2018ldirib turishi, rivojlanish strategiyalari diversifikatsiya va industriallashuvga qaratilgani \u00a0bilan bir-biriga o\u2018xshashligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi yillarda o\u2018zaro tovar ayirboshlash qariyb 3 barobar oshgani, uni yana-da ko\u2018paytirish uchun barcha imkoniyatlar va omillar mavjudligi ta\u02bckidlandi. O\u2018zbekiston Yevroittifoqning \u201cGSP+\u201d a\u02bczosi maqomiga ega ekani ham bunga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tomonlar o\u2018zaro imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo\u2018yicha qo\u2018shma quvvatlar yaratish va shu orqali MDH, Sharqiy va Janubiy Osiyo hamda Yaqin Sharq bozorlariga chiqishga intiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Farmatsevtika, qishloq xo\u2018jaligi, elektrotexnika, mashinasozlik, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport hamda ilmiy tadqiqotlar hamkorlik uchun istiqbolli yo\u2018nalishlar sifatida qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki mamlakat yetakchilari dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni ham muhokama qildilar. Xalqaro tuzilmalar, shu jumladan BMT, YEXHT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqalar doirasidagi hamkorlik masalalariga to\u2018xtalib o\u2018tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Vengriya Bosh vaziri joriy yilning noyabr oyida Samarqandda o\u2018tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitida ishtirok etishini tasdiqladi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3219","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3219","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3219"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3219\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3220,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3219\/revisions\/3220"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3219"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3219"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3219"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}