{"id":3217,"date":"2022-10-05T10:15:27","date_gmt":"2022-10-05T08:15:27","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3217"},"modified":"2022-10-05T10:15:27","modified_gmt":"2022-10-05T08:15:27","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d0%bd%d0%be%d0%b5-%d1%87%d1%82%d0%be-%d0%b2-%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/10\/05\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d0%bd%d0%be%d0%b5-%d1%87%d1%82%d0%be-%d0%b2-%d0%bd\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti: Eng muhimi, xorijiy biznes yangilanishlarimizga ishondi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Budapesht shahrida Vengriyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o\u2018tkazdi, deb xabar bermoqda\u00a0 \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1664890151.2471.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmatining ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, tadbirda Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, Savdo-sanoat palatasi raisi Laslo Parrag, \u00abOTP Bank\u00bb raisi Shandor Chani, shuningdek, \u00abGedeon Richter\u00bb, \u201cBonafarm\u201d, \u00abWizz Air\u00bb, \u00abRaba Holding\u00bb, \u201cMeditop\u201d, \u00abMaster Good\u00bb, \u201cKite\u201d kabi yigirmaga yaqin eng yirik kompaniya va korporatsiyalar rahbarlari ishtirok etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u02bckidlash joizki, O\u2018zbekiston yetakchisining xorijiy tashriflari davomida ishbilarmonlar bilan ochiq uchrashuvlar o\u2018tkazish o\u2018zgarmas an\u02bcanaga aylangan. Bunday tadbirlar bevosita aloqalarni yo\u2018lga qo\u2018yish, mamlakatimizning savdo-iqtisodiy muvaffaqiyatlarini ilgari surish, chet el sarmoyadorlarini o\u2018zaro manfaatli loyihalarga jalb etishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Vengriya \u2013 Yevropaning eng tez o\u2018sib\u00a0borayotgan iqtisodiyotlaridan biri, qishloq xo\u2018jaligi, savdo, turizm, moliya va axborot texnologiyalari sohalarida ulkan salohiyatga ega davlat.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi yillarda mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Oxirgi 5 yilda tovar ayirboshlash 3 barobar ko\u2018paydi. Qo\u2018shma korxonalar va investitsiyalar hajmi oshmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuvda farmatsevtika, qishloq xo\u2018jaligi, oziq-ovqat sanoati, elektronika va elektrotexnika, kimyo, to\u2018qimachilik, charm tarmoqlari va avtomobilsozlik kabi sohalarda o\u2018zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo\u2018nalishlari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonda\u00a0iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini tubdan takomillashtirish, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko\u2018lamli islohotlar amalga oshirilayotgani ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari keyingi yillarda O\u2018zbekiston iqtisodiy siyosatining asosiy natijalarini sanab o\u2018tdi: valyuta bozori va foydani repatriatsiya qilish erkinlashtirildi, davlat aktivlari va banklarni, sanoat va infratuzilma obyektlarini xususiylashtirish dasturi boshlandi, soliq tizimi isloh qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Yangi O\u2018zbekistonning taraqqiyot strategiyasida tadbirkorlar uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish, yurtimizda xorijiy biznes faoliyatini kengaytirish borasidagi ishlarni davom ettirish maqsad qilingan. Eng muhimi, xorijiy biznes yangilanishlarimizga ishondi, &#8211; dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuvda ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun qo\u2018shma fond tashkil etilishi va u tez fursatda ish boshlashi aytildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Faqat Vengriya kompaniyalari uchun mo\u2018ljallangan alohida sanoat zonasini yaratish va uni barcha zarur ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta\u02bcminlash taklif etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbarining fikricha, bo\u2018lajak qo\u2018shma loyihalar hamda ularning doirasida vengriyalik sheriklarning ilmiy ishlanmalari, konstruktorlik innovatsiyalari va texnologiyalari o\u2018zlashtirilishi katta sinergetik samara beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriya delegatsiyasining har bir a\u02bczosi bilan alohida muloqot qildi. Aniq qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirish rejalari haqida batafsil fikr almashildi. O\u2018zbekiston tomoni Vengriya ishbilarmonlariga ularning investitsiya rejalarini ro\u2018yobga chiqarishda to\u2018liq ko\u2018maklashishga tayyorligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211;\u00a0Har bir tadbirkorni mamlakatimizga kelib, bugungi kunda investitsiyalar uchun eng yaxshi joy O\u2018zbekiston ekanligiga shaxsan ishonch hosil qilishga taklif etaman! \u2013 dedi Prezidentimiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Vengriya ishbilarmon doiralari vakillari, o\u2018z navbatida, O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga yuksak baho berdilar hamda mamlakatimiz bozoriga chiqish, istiqbolli qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kuni kecha o\u2018tgan O\u2018zbekiston-Vengriya biznes forumida umumiy qiymati 1 milliard dollardan ziyod investitsiya, savdo va moliyaviy kelishuvlar imzolangani ham tomonlar hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligining navbatdagi yaqqol tasdig\u2018i bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuv yakunida ilgari surilgan barcha loyihalarni amalga oshirish bo\u2018yicha aniq muddatlar va mas\u02bcul ijrochilar ko\u2018rsatilgan kompleks \u201cyo\u2018l xaritasi\u201dni qabul qilishga kelishib olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston vazirlik va idoralariga vengriyalik hamkorlarga yurtimizda muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda har tomonlama ko\u2018maklashish topshirildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3217","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3217","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3217"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3217\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3218,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3217\/revisions\/3218"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3217"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3217"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3217"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}