{"id":3212,"date":"2022-09-30T09:15:30","date_gmt":"2022-09-30T07:15:30","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3212"},"modified":"2022-09-30T09:15:30","modified_gmt":"2022-09-30T07:15:30","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b4%d0%bd%d0%b8%d1%87%d0%bd%d0%be%d0%b5-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/09\/30\/%d0%bf%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b4%d0%bd%d0%b8%d1%87%d0%bd%d0%be%d0%b5-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0\/","title":{"rendered":"Prezident Shavkat Mirziyoyevning O\u2018zbekiston o\u2018qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Muhtaram ustoz va murabbiylar!<\/strong><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1664462952.6102.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qadrli do\u2018stlar!<br \/>\nAvvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda o\u2018z hayotini dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli ishga bag\u2018ishlab kelayotgan barcha O\u2018zbekiston pedagoglarini O\u2018qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.<br \/>\nBiz ustoz zotini azaldan otaday ulug\u2018 deb biladigan, hamisha boshiga ko\u2018tarib e\u2019zozlaydigan ma\u2019rifatparvar xalq farzandlarimiz.<br \/>\nHar bir inson hayotda qanday yutuqqa erishgan bo\u2018lsa, ularda qadrdon o\u2018qituvchi va ustozlarining beqiyos hissasi borligini umrbod minnatdorlik bilan eslaydi.<br \/>\nShaxsan men o\u2018qituvchi deganda \u2013 zamon bilan hamqadam bo\u2018lgan jonkuyar, ziyoli shaxsni, maktab deganda \u2013 bilim va ma\u2019rifat yog\u2018dusi taralib turadigan, Uchinchi Renessans poydevori qo\u2018yiladigan tabarruk maskanni ko\u2018z oldimga keltiraman.<br \/>\nBiz, ota-onalar o\u2018zimizning eng katta boyligimizni \u2013 aziz farzandlarimiz kelajagini siz, muhtaram ustozlar qo\u2018liga ishonib topshirganmiz. Shu ma\u2019noda, buyuk shoirimiz Abdulla Oripovning: \u201cSizdan boshlanadi asli tafakkur\u201d, degan so\u2018zlarida teran hayotiy hikmat bor.<br \/>\nBugungi kunda fidoyi ustoz va murabbiylarning ezgu xizmatlari tufayli yoshlarimiz har tomonlama barkamol bo\u2018lib voyaga yetayotgani, fan va texnika, madaniyat va san\u2019at, sport sohalarida qanday katta marralarni qo\u2018lga kiritayotgani barchamizga cheksiz quvonch baxsh etadi.<br \/>\nShu borada birgina misol keltirmoqchiman. O\u2018tgan o\u2018quv yilida yoshlarimiz xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida 45 ta oltin, kumush va bronza medallarini qo\u2018lga kiritgani ta\u2019lim sohasidagi islohotlarimiz samarasiga yana bir dalildir.<br \/>\nBarchamizga ayonki, muallimning obro\u2018-e\u2019tibori \u2013 bu avvalo millatning, butun xalqning obro\u2018-e\u2019tiboridir. Shu bois, biz keyingi yillarda o\u2018qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o\u2018rni va ta\u2019sirini kuchaytirish, ta\u2019lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etish bo\u2018yicha ulkan islohotlarni amalga oshirmoqdamiz.<br \/>\nPedagog xodimlarni majburiy mehnat va turli jamoatchilik ishlariga jalb qilish holatlariga chek qo\u2018yilgani, ta\u2019lim muassasalarida qog\u2018ozbozlikka barham berilayotgani bugun o\u2018z ijobiy natijasini ko\u2018rsatmoqda.<br \/>\nOlis hududlardagi maktablarga dars berish uchun jalb etilgan yuqori toifali o\u2018qituvchilarni moddiy rag\u2018batlantirish tizimi yo\u2018lga qo\u2018yilgani bu boradagi yana bir muhim qadam bo\u2018ldi.<br \/>\nMamlakatimizda farzandlarimizni go\u2018daklik davridan to kamolot yoshiga qadar har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlash, ularning hayotda munosib o\u2018rnini topishiga xizmat qiladigan uzluksiz va samarali tizim yaratilmoqda.<br \/>\nXususan, keyingi 6 yilda maktabgacha ta\u2019lim tashkilotlari soni 5,5 barobar ko\u2018payib, 28 mingdan oshgani va qamrov darajasi 70 foizga yetgani ayniqsa e\u2019tiborlidir.<br \/>\nShu o\u2018rinda, 2022-2026 yillarda xalq ta\u2019limi tizimini rivojlantirish bo\u2018yicha Milliy dastur qabul qilingani, maktab ta\u2019limini isloh qilish bo\u2018yicha Milliy kengash va uning hududiy bo\u2018limlari tashkil etilganini alohida ta\u2019kidlash zarur.<br \/>\nAyni vaqtda O\u2018zbekiston tarixida birinchi marta boshlang\u2018ich sinflarda fanlarni o\u2018zlashtirish darajasini aniqlaydigan nufuzli xalqaro baholash dasturlari yo\u2018lga qo\u2018yildi.<br \/>\nJoriy yilda davlat budjeti hisobidan barcha zamonaviy sharoitlarga ega 51 ta yangi maktab bunyod etildi. Shuningdek, 1660 ta maktabda qurilish-ta\u2019mirlash ishlari amalga oshirilib, 119 mingdan ortiq o\u2018quvchi o\u2018rni yaratildi.<br \/>\nShu bilan birga, 465 ta maktab uchun qo\u2018shimcha o\u2018quv binolari, 115 ta sport zali va maydonchalari barpo qilinganini qayd etish lozim. Ta\u2019lim maskanlariga 35 mingdan ziyod qo\u2018shimcha o\u2018quv jihozlari to\u2018plami yetkazilib, 1 ming 900 ga yaqin maktabning infratuzilmasi tubdan yangilandi. 2,5 mingdan ziyod sinfxona 31 mingta zamonaviy kompyuterlar bilan ta\u2019minlandi.<br \/>\nYangi o\u2018quv yilidan boshlab respublikamizdagi 137 ta maktabda inklyuziv sinflar tashkil etilishi natijasida nogironligi bo\u2018lgan yuzlab bolalarning faol bilim olishiga sharoit yaratildi.<br \/>\nO\u2018qituvchilarning bilimi va kasbiy mahoratini oshirishga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli keyingi bir yilda malaka toifasiga ega muallimlar soni 300 mingdan oshgani ta\u2019lim sifatiga ijobiy ta\u2019sir ko\u2018rsatishi shubhasiz.<br \/>\nAyni paytda maktablar uchun zamonaviy o\u2018quv dasturlari va darsliklar yaratish bo\u2018yicha YUNIS\u0415F, YUSAID xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlikda, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Finlyandiya kabi rivojlangan davlatlarning tajribali ekspertlari ishtirokida keng qamrovli izlanishlar davom ettirilmoqda.<br \/>\nKeyingi yillarda yurtimizdagi yangi oliy o\u2018quv muassasalari soni qariyb 2,5 barobarga ko\u2018payib, 186 taga yetkazilgani, qabul kvotalari 3,5 barobar ortgani oliy ta\u2019lim tizimini rivojlantirishda g\u2018oyat muhim rol o\u2018ynamoqda. Bu o\u2018rinda sohada sog\u2018lom raqobat muhitini yaratish maqsadida 42 ta nodavlat oliy o\u2018quv yurti tashkil etilgani, xorijiy oliygohlar filiallari soni esa 31 taga yetganini alohida qayd etishni istar edim.<br \/>\nAziz yurtdoshlar!<br \/>\nBarchangiz yaxshi xabardorsiz, biz ta\u2019lim tizimini yanada rivojlantirish masalasini Yangi O\u2018zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshiradigan eng asosiy vazifalarimizdan biri sifatida belgilab olganmiz.<br \/>\nBizning maqsadimiz \u2013 Yangi O\u2018zbekistonning maktab bitiruvchisi zamonaviy ko\u2018nikmalarni egallagan, axborot texnologiyalarini puxta o\u2018zlashtirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqarashi keng shaxs bo\u2018lib shakllanishi zarur.<br \/>\nBu ezgu maqsadga erishish uchun maktablarning o\u2018quv dasturlari, o\u2018qitish uslubi, darsliklar mazmunini tubdan qayta ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha boshlagan ishlarimizni albatta mantiqiy yakuniga yetkazamiz.<br \/>\nBarcha hududlarimiz, ayniqsa, qishloq joylarda maktablar qurish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta\u2019minlash masalalariga ustuvor ahamiyat qaratamiz.<br \/>\nO\u2018qituvchi\u00a0 va domlalar, tarbiyachi va murabbiylar, ilm-fan sohasi xodimlari uchun munosib sharoit yaratish, ularning mashaqqatli mehnatini rag\u2018batlantirish, moddiy ta\u2019minotini yaxshilash borasidagi ishlarimiz yangi bosqichga ko\u2018tariladi.<br \/>\nImkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta\u2019limni har tomonlama rivojlantiramiz.<br \/>\nHammamiz guvohmiz, bugun ta\u2019lim-tarbiya tizimi butun jamiyatimiz, xalqimizning diqqat-e\u2019tiborida turibdi. Sohadagi har bir o\u2018zgarish yurtdoshlarimiz o\u2018rtasida qizg\u2018in muhokamalarga sabab bo\u2018lmoqda.<br \/>\nBiz bundan buyon ham xalqimiz bilan maslahatlashgan holda, jamoatchilik fikrini atroflicha tahlil qilib, erishgan yutuqlarimizni mustahkamlash, yo\u2018l qo\u2018yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish yo\u2018lidan boramiz.<br \/>\nHech kimga sir emas, bugun dunyo shafqatsiz raqobat maydoniga aylangan. Barcha sohalarda qanday keskin kurash ketayotganini har birimiz ko\u2018rib turibmiz.<br \/>\nHozirgi zamonda hamma jabhalarda ilm, bilim va salohiyat suv bilan havoday zarurligi, har qaysi davlat faqatgina shu asosda taraqqiyotga erishishi, sodda qilib aytganda, inson bilak kuchidan ko\u2018ra ilm kuchi bilan ko\u2018proq daromad va obro\u2018-e\u2019tibor topishi mumkinligini hammamiz yaxshi anglaymiz.<br \/>\nBiz davrning mana shunday o\u2018tkir talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda ixtisoslashtirilgan maktablarning mutlaqo yangicha tarmog\u2018ini tashkil qildik. Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o\u2018rgatadigan yuzlab maskanlar, Ay-Ti parklar bunyod etmoqdamiz.<br \/>\nMana, buyuk alloma bobomiz Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash bo\u2018yicha qaror qabul qildik. Xorazmda shonli ajdodimiz Muhammad Xorazmiy nomida yangi shaharcha qurishga kirishdik.<br \/>\nBularning barchasidan ko\u2018zlagan maqsadimiz bitta. U ham bo\u2018lsa, Yangi O\u2018zbekistonning yangi beruniylari, yangi xorazmiylari, ibn sinolari va farg\u2018oniylarini kamolga yetkazish, shu orqali jonajon Vatanimizni dunyo miqyosida rivojlangan, tinch, erkin va farovon mamlakatga aylantirishdan iborat.<br \/>\nSiz, aziz ustoz va murabbiylar bugun mana shunday o\u2018ta mas\u2019uliyatli jabhada tom ma\u2019noda tarixiy missiyani ado etmoqdasiz. Chunki, Vatan va xalq manfaati uchun mardona kurashadigan, o\u2018zining qat\u2019iy hayotiy pozitsiyasiga ega, hech kimdan kam bo\u2018lmagan yoshlarni tarbiyalash \u2013 haqiqatan ham g\u2018oyat ezgu va ulug\u2018 vazifadir.<br \/>\nBarchangizga shu sharafli yo\u2018lda olib borayotgan olijanob faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.<br \/>\nXonadonlaringizga doimo tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka yor bo\u2018lsin!<br \/>\nHamisha sog\u2018-omon bo\u2018ling, aziz ustoz va murabbiylar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Shavkat Mirziyoyev,<br \/>\nO\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3212","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3212","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3212"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3212\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3213,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3212\/revisions\/3213"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3212"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3212"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3212"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}