{"id":3208,"date":"2022-09-28T08:53:59","date_gmt":"2022-09-28T06:53:59","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3208"},"modified":"2022-09-28T08:53:59","modified_gmt":"2022-09-28T06:53:59","slug":"%d0%b2-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b5-%d0%b1%d1%83%d0%b4%d0%b5%d1%82-%d1%81%d0%be%d0%b7%d0%b4%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%88%d0%b0%d1%8f-%d0%bd%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/09\/28\/%d0%b2-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b5-%d0%b1%d1%83%d0%b4%d0%b5%d1%82-%d1%81%d0%be%d0%b7%d0%b4%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%88%d0%b0%d1%8f-%d0%bd%d0%b0\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekistonda ilg\u2018or muhandislik bilimlari asosida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydigan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etiladi"},"content":{"rendered":"<p><strong>TOSHKENT, 27 sentyabr. \/\u201cDunyo\u201d AA\/.<\/strong>\u00a0Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo\u2018yicha taqdimot o\u2018tkazildi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga tayanib.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1664328976.6027.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda bunyodkorlik ko\u2018lami oshdi, qurilishda murakkab texnologik yechimlar qo\u2018llanmoqda. Lekin soha bo\u2018yicha ta\u02bclim va ilm bundan ancha ortda qolmoqda. Institutlardagi o\u2018quv dasturlari eskirgan. O\u2018qitiladigan fanlar soni chet eldagidan ham ko\u2018p, sifati unday emas. Ta\u02bclim jarayoniga amaliyotchi mutaxassislar yetarli darajada jalb etilmagan. Zamonaviy fikrlaydigan injener-konstruktorlar yetishmayapti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu yil 6 iyul kuni o\u2018tkazilgan videoselektor yig\u2018ilishida davlatimiz rahbari bu masalaga alohida to\u2018xtalib, sohadagi oliy ta\u02bclim muassasalarini transformatsiya qilish zarurligini aytgan edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Taqdimotda Toshkent hamda Samarqanddagi arxitektura institutlarining o\u2018quv dasturlarini isloh qilib, ta\u02bclim sifatini xalqaro darajaga olib chiqish chora-tadbirlari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mutasaddilar mazkur institutlarning o\u2018quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o\u2018tkazish, yangi fakultetlar tashkil etish, ta\u02bclim va ishlab chiqarishni uyg\u2018unlashtirish, ilmiy faoliyatni takomillashtirish rejalarini bayon qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident bu takliflarni ma\u02bcqullab, ustuvor vazifalarni ko\u2018rsatib o\u2018tdi. Avvalo, bakalavr yo\u2018nalishlari sonini qayta ko\u2018rib chiqib, fanlarni zamonaviy shaharsozlik va texnologiyalarga moslashtirish zarurligi ta\u02bckidlandi. O\u2018qituvchilar uchun malaka talablari va bitiruvchilarning kompetensiyalarini oshirish bo\u2018yicha tavsiyalar berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Institutlarga xorijiy tajribaga ega malakali mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, mahalliy professor-o\u2018qituvchilarni chet elga ilmiy stajirovkaga yuborish muhimligi qayd etildi. Bu borada Toshkent arxitektura-qurilish instituti Istanbul texnika universiteti bilan, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yildiz texnika universiteti bilan ta\u02bclim hamkorligini yo\u2018lga qo\u2018yadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u02bclim va amaliyot uyg\u2018unligini ta\u02bcminlash maqsadida har bir kafedraga ishlab chiqaruvchi korxonalarni biriktirish, institutlar huzurida texnopark va inkubatsiya markazi tashkil etish bo\u2018yicha ko\u2018rsatma berildi. Ularda energiya tejamkor qurilish materiallari yaratish, yetakchi kompaniyalar bilan mahorat darslari va amaliy treninglar o\u2018tkazish, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, ilg\u2018or muhandislik bilimlari asosida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydigan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etilishi belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Institutlar huzuridagi akademik litseylarni ham takomillashtirib, A-level darajasidagi o\u2018quv dasturi va metodikasini joriy etish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3208","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3208","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3208"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3208\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3209,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3208\/revisions\/3209"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3208"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3208"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3208"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}