{"id":318,"date":"2017-12-15T17:01:14","date_gmt":"2017-12-15T15:01:14","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=318"},"modified":"2017-12-15T17:01:42","modified_gmt":"2017-12-15T15:01:42","slug":"%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%be%d1%80%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d0%b3%d0%be%d0%b4-%d0%b2-%d1%83%d0%ba%d1%80%d0%b5%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d1%81","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2017\/12\/15\/%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%be%d1%80%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d0%b3%d0%be%d0%b4-%d0%b2-%d1%83%d0%ba%d1%80%d0%b5%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d1%81\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston va Qirg\u2018iziston munosabatlari rivojida tarixiy yil"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg\u2018iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov 13 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.\u00a0<b><br \/>\n<\/b><!--more--><br \/>\nQirg\u2018iziston Respublikasi Prezidenti dastlab poytaxtimizdagi Mustaqillik maydonida bo\u2018ldi. Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo\u2018lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo\u2018ydi.<\/p>\n<p>Sooranbay Jeenbekov mustaqilligimiz asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, O\u2018zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo\u2018yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.<\/p>\n<p>Qirg\u2018iziston Respublikasi Prezidentining rasmiy tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar Ko\u2018ksaroy qarorgohida bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Rasmiy kutib olish marosimidan so\u2018ng davlat rahbarlari tor doirada muzokara o\u2018tkazdilar.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sooranbay Jeenbekovni Qirg\u2018iziston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan yana bir bor samimiy qutlab, bugungi muzokaralar O\u2018zbekiston \u2013 Qirg\u2018iziston munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.<\/p>\n<p>Joriy yil O\u2018zbekiston va Qirg\u2018iziston munosabatlari rivojida tarixiy davr bo\u2018ldi. Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, ko\u2018plab masalalar bo\u2018yicha hamfikrligi, hamkorlikka intilishining mushtarakligi tufayli barcha sohalardagi hamkorlik mustahkamlandi.<\/p>\n<p>Qirg\u2018iziston Prezidenti sifatida ilk xorijiy tashriflaringizdan birini O\u2018zbekistonga amalga oshirganingizni yuksak qadrlaymiz. Biz buni mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi do\u2018stlik, yaxshi qo\u2018shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga bo\u2018lgan qat\u2019iyatingiz ifodasi sifatida qabul qilamiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Sooranbay Jeenbekov Shavkat Mirziyoyevga O\u2018zbekistonga taklif etgani uchun minnatdorlik bildirdi va Qirg\u2018iziston xalqi nomidan chuqur hurmat-ehtirom izhor etdi.<\/p>\n<p>Siz mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi davlat chegaralarini do\u2018stlik, yaxshi qo\u2018shnichilik va hamkorlik chegarasiga aylantirdingiz, dedi Qirg\u2018iziston Prezidenti.<\/p>\n<p>Prezidentlar ushbu tashrif savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, davlat chegaralarini delimitatsiya qilish, yangi o\u2018tkazish punktlari ochish va ularning samarali faoliyat yuritishini ta\u2019minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalarini muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta\u2019kidladilar.<\/p>\n<p>Davlat rahbarlari O\u2018zbekiston Respublikasi va Qirg\u2018iziston Respublikasi o\u2018rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari, do\u2018stlik, yaxshi qo\u2018shnichilik va o\u2018zaro ishonchga asoslangan hamkorlikni faol rivojlantirish va mustahkamlash borasida intilishlari qat\u2019iy ekanini tasdiqladilar.<\/p>\n<p>Tomonlar o\u2018zlarini qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdilar.<\/p>\n<p>Xalqaro maydonda o\u2018zaro munosabatlarni davom ettirish va mustahkamlash borasida ulkan salohiyat mavjudligi, O\u2018zbekiston bilan Qirg\u2018izistonning BMT, MDH, ShHT, IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorligini yanada rivojlantirishga intilishi mushtarakligi qayd etildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston o\u2018z tashqi siyosatida, avvalo, qo\u2018shni davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Keyingi paytda Markaziy Osiyo mamlakatlari o\u2018rtasidagi sheriklik aloqalari faollashayotgani buning yorqin dalilidir. Jumladan, Qirg\u2018iziston Respublikasi bilan hamkorlik yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Parlamentlar, turli vazirlik va idoralar, hududlar o\u2018rtasida aloqalar tobora kengaymoqda.<\/p>\n<p>Muzokarada Prezident Sooranbay Jeenbekov Qirg\u2018iziston O\u2018zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risidagi tashabbusini qo\u2018llab-quvvatlashini yana bir bor ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Shavkat Mirziyoyev va Sooranbay Jeenbekov muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar.<\/p>\n<p>Unda asosiy e\u2019tibor O\u2018zbekiston bilan Qirg\u2018iziston o\u2018rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, bank-moliya, fan-texnika, madaniy-gumanitar va hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, sanoat, qishloq va suv xo\u2018jaligi, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga qaratildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi bilan Qirg\u2018iziston Respublikasi o\u2018rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar rivojida ikki tomonlama hamkorlik bo\u2018yicha hukumatlararo komissiya muhim o\u2018rin tutmoqda. Ikki mamlakat Bosh vazirlari mazkur komissiyaning hamraislari etib tayinlangani tomonlarning o\u2018zaro hamkorlikni rivojlantirishga yuksak e\u2019tiboridan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Keyingi paytda mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi jadal ortib bormoqda. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida o\u2018zaro savdo ko\u2018rsatkichlari 56 foizdan ziyodga o\u2018sib, 235 million dollarga yetdi.<\/p>\n<p>Muzokarada ta\u2019kidlanganidek, bu ko\u2018rsatkich ikki mamlakatning mavjud imkoniyatlarini to\u2018liq aks ettirmaydi. O\u2018zaro tovar ayirboshlash nomenklaturasini diversifikatsiya qilish va yaqin yillarda uning hajmini 500 million dollarga yetkazish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Tashqi savdo infratuzilmasi va eksport-import operatsiyalarini qo\u2018llab-quvvatlash mexanizmlarini faol rivojlantirish, qo\u2018shma savdo uylari ochish, biznes-forumlar va milliy sanoat mahsulotlari ko\u2018rgazmalarini o\u2018tkazish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Qirg\u2018iziston Prezidentining rasmiy tashrifi doirasida O\u2018zbekiston sanoat mahsulotlari ko\u2018rgazmasi va biznes-forum tashkil etilgani, ishbilarmon doiralar vakillarining muzokaralari o\u2018tkazilgani va ularda ikki mamlakatdan ko\u2018plab tadbirkorlar ishtirok etgani, qariyb 140 million dollarlik shartnomalar imzolangani savdo-iqtisodiy munosabatlar jadal rivojlanayotgani tasdig\u2018idir.<\/p>\n<p>Qirg\u2018iziston hududida O\u2018zbekiston qishloq xo\u2018jaligi texnikasi, yengil avtomobillari, avtobuslari, maxsus pritseplari va maishiy buyumlarini yig\u2018ishni yo\u2018lga qo\u2018yish bo\u2018yicha loyihalarni amalga oshirish hamda qurilish materiallari va to\u2018qimachilik sanoatida qo\u2018shma korxonalar tashkil etish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Tomonlar bu loyihalar bilan cheklanib qolmasdan, sanoat kooperatsiyasi sohasida ham birgalikda istiqbolli yo\u2018nalishlar topishga kelishib oldilar.<\/p>\n<p>Tashriflar almashish, barcha sohalarda qo\u2018shma tadbirlar o\u2018tkazish, ikki mamlakat fuqarolari o\u2018rtasidagi aloqalarni kengaytirish orqali O\u2018zbekiston bilan Qirg\u2018iziston o\u2018rtasida hududlararo hamkorlikni rivojlantirish va yanada mustahkamlashga bundan buyon ham alohida e\u2019tibor qaratiladi.<\/p>\n<p>Qirg\u2018iziston O\u2018zbekistonning ikki mamlakat Bosh vazirlari rahbarligida Hokimlar va chegaraoldi viloyatlar ma\u2019muriyatlari rahbarlari kengashining birinchi majlisini O\u2018zbekistonda o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risidagi taklifini qo\u2018llab-quvvatladi.<\/p>\n<p>Prezidentlar qisqa muddatda jahon bozoriga chiqish imkonini beradigan transport va tranzit yo\u2018laklarini rivojlantirish sohasida o\u2018zaro hamkorlik strategik ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.<\/p>\n<p>Davlat rahbarlari \u00abO\u2018zbekiston-Qirg\u2018iziston-Xitoy\u00bb temir yo\u2018li qurilishini imkon qadar tezlashtirish mintaqa mamlakatlari manfaatiga xizmat qilishini alohida ta\u2019kidladilar. Bu Markaziy Osiyoning jozibadorligini oshirish va tranzit salohiyatini to\u2018la yuzaga chiqarish imkonini beradi.<\/p>\n<p>2017-yil 30-oktabr-3 noyabr kunlari \u00abToshkent \u2013 Andijon \u2013 O\u2018sh \u2013 Irkishtom \u2013 Qoshg\u2018ar\u00bb yo\u2018nalishi bo\u2018yicha birinchi xalqaro avtokarvon o\u2018tkazilganiga yuksak baho berildi. U mintaqadagi transport yo\u2018nalishlarini diversifikatsiya qilishda yana bir muhim omil bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston bilan Qirg\u2018iziston o\u2018rtasida suv-energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu masalalarga amaliy yechim topish uchun Qo\u2018shma suv xo\u2018jaligi komissiyasini tuzish va yaqin vaqtlar ichida uning majlisini o\u2018tkazishga kelishib olindi.<\/p>\n<p>Gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilinar ekan, o\u2018zbek va qirg\u2018iz xalqlari an\u2019analari, madaniyati va qadriyatlari mushtarakligi ta\u2019kidlandi. Bizning tilimiz, dinimiz, tariximiz va merosimiz bir. Bu jihatlar madaniy-gumanitar aloqalar rivojida muhim omil bo\u2018lmoqda. O\u2018zbekistonda qirg\u2018iz tili va madaniyati, Qirg\u2018izistonda o\u2018zbek tili va madaniyatini o\u2018rganishga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p>Joriy yilda Qirg\u2018iziston teatr namoyandalari Farg\u2018ona vodiysida, o\u2018zbekistonlik san\u2019at ustalari O\u2018sh, O\u2018zgan, Aravon, Novqat, Qorasuv, Jalolobod shaharlarida ijodiy safarda bo\u2018ldi. Qirg\u2018izistonda O\u2018zbekiston madaniyati kunlari o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Davlat rahbarlarining kelishuviga binoan kelgusi yili O\u2018zbekistonda Qirg\u2018iziston madaniyati kunlari bo\u2018lib o\u2018tadi. Shu bilan birga, 2018-yilda xalqlarimiz atoqli qirg\u2018iz adibi Chingiz Aytmatovning yubileyini keng nishonlaydi.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan Qirg\u2018iziston Respublikasi Prezidenti O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentiga Mirzo Ulug\u2018bek nomidagi O\u2018zbekiston Milliy universitetida Chingiz Aytmatov hayoti va ijodiga bag\u2018ishlangan doimiy ko\u2018rgazma tashkil etish to\u2018g\u2018risidagi qaror uchun minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p>Muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash marosimi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg\u2018iziston Prezidenti Sooranbay Jeenbekov Qo\u2018shma bayonotni imzoladilar. Bu hujjatda siyosiy, savdo-iqtisodiy, suv-energetika, madaniy-gumanitar, transport va kommunikatsiya, hududlararo hamkorlik sohalaridagi davlatlararo aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari hamda oliy darajadagi tashriflar chog\u2018ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari o\u2018z ifodasini topgan.<\/p>\n<p>Ikki mamlakat hukumatlari vakillari moliyaviy hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi bitim hamda 2018-2021-yillarga mo\u2018ljallangan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi dasturni imzoladi.<\/p>\n<p>Bojxona xizmatlari o\u2018rtasida tovarlar va transport vositalarini o\u2018tkazishda bojxona amaliyotlarining soddalashtirilgan tartibini joriy qilish, favqulodda vaziyatlar vazirliklari o\u2018rtasida 2018-yilda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi hujjatlar qabul qilindi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, ikki mamlakat fanlar akademiyalari va kasaba uyushmalari federatsiyalari, O\u2018zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi bilan Qirg\u2018iziston Respublikasi hukumati huzuridagi Yoshlar, jismoniy tarbiya va sport ishlari bo\u2018yicha davlat agentligi o\u2018rtasida hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yishga kelishib olindi.<\/p>\n<p>Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda muzokaralar o\u2018zaro anglashuv, ochiq va samimiy ruhda o\u2018tgani, erishilgan kelishuvlar xalqlarimiz manfaatiga xizmat qilishini ta\u2019kidladilar.<\/p>\n<p>Shavkat Mirziyoyev Qirg\u2018iziston Prezidentining birinchi tashrifi chog\u2018ida imzolangan hujjatlar mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi do\u2018stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.<\/p>\n<p>Sooranbay Jeenbekov xalqlarimiz shunday kelishuvlarga erishilishini kutganini va o\u2018zaro munosabatlarimiz tarixiga bitiladigan bu ezgu ishga hissa qo\u2018shganidan mamnun ekanini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yo\u2018lidagi ulkan xizmatlari uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg\u2018izistonning \u00abDanaker\u00bb ordeni bilan mukofotlangan edi. Yuksak davlat mukofotlaridan bo\u2018lgan ushbu orden xalqlar o\u2018rtasida tinchlik, do\u2018stlik va hamkorlikni mustahkamlashga, millatlararo totuvlikni asrash, ilm-fanni rivojlantirish, milliy madaniyatlarni yaqinlashtirish va boyitishga katta hissa qo\u2018shgan insonlarga beriladi.<\/p>\n<p>Danaker \u2013 yarashtiruvchi degan ma\u2019noni anglatadi. Mukofot davlatimiz rahbarining O\u2018zbekiston \u2013 Qirg\u2018iziston munosabatlarini rivojlantirish, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o\u2018rtasidagi do\u2018stlik, yaxshi qo\u2018shnichilik aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash yo\u2018lidagi xizmatlarining yuksak e\u2019tirofidir.<\/p>\n<p>Ko\u2018ksaroy qarorgohida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Qirg\u2018iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov \u00abDanaker\u00bb ordenini tantanali ravishda topshirdi.<\/p>\n<p>Qirg\u2018iziston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.<\/p>\n<div class=\"news-props\">Sarvar O&#8217;rmonov (surat), O\u2018zA<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":319,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-318","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/318","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=318"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/318\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":320,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/318\/revisions\/320"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/319"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=318"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=318"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=318"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}