{"id":3179,"date":"2022-09-20T09:50:48","date_gmt":"2022-09-20T07:50:48","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3179"},"modified":"2022-09-20T09:53:53","modified_gmt":"2022-09-20T07:53:53","slug":"%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b5%d1%89%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d0%bf-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/09\/20\/%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b5%d1%89%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d0%bf-3\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti raisligidagi yig\u2018ilishda turizm sohasidagi ulkan imkoniyatlar va ulardan foydalanish bo\u2018yicha vazifalar ko\u2018rsatib o\u2018tildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 19-sentabr. \/\u201cDunyo\u201d AA\/.<\/strong>\u00a0Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yana-da oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb xabar qilmoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga tayanib.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1663604808.5252.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biryoqlama iqtisodiyot barqaror bo\u2018lmaydi. Shu bois mamlakatimizda iqtisodiyotni tarkibiy isloh qilib, keng ko\u2018lamda rivojlantirish choralari ko\u2018rilmoqda. Xususan, turizm drayver sohalardan biri sifatida belgilanib, zarur sharoitlar yaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Masalan, sayyohlarga viza berish yengillashtirildi. Aeroportlarda navbatlar va tekshirishlarga barham berildi, yashil yo\u2018laklar qilindi. Valyuta ayirboshlash bemalol bo\u2018ldi. Turizm korxonalari uchun ijtimoiy soliq va aylanma soliq stavkalari 1 foiz etib belgilandi, yer solig\u2018i va mol-mulk soliq stavkalari 90 foizga kamaytirildi. Mehmon o\u2018rinlari soni 2017 yilga nisbatan 3 barobar ko\u2018payib, 125 mingtaga yetdi. Mehmonlar elektron ro\u2018yxatdan o\u2018tkaziladigan bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yil turizm pandemiyadan keyin qayta tiklanyapti. Sentyabrgacha yurtimizga kelgan xorijiy turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravarga ko\u2018paydi. Yil boshidan buyon turizm eksporti hajmi 926 million dollar bo\u2018ldi. Yurtimizga kelgan mehmonlarning sayohati o\u2018rtacha 4-5 kungacha, sarflagan mablag\u2018i 305 dollargacha ko\u2018paydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ichki sayyohlar soni ham o\u2018tgan yilga nisbatan 3,5 baravarga o\u2018sib, 7,5 million nafarni tashkil qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz bu sohaga alohida e\u02bctibor qaratib, sharoit yaratayotgani bejiz emas. Chunki turizmda topilgan daromadning 30 foizi odamlarning qo\u2018liga ish haqi bo\u2018lib boradi. Boshqa tarmoqlarda bu 10 foizdan oshmaydi. Turizm sohasida yaratilgan bitta ish o\u2018rni turdosh tarmoqlarda qo\u2018shimcha ikkita ish o\u2018rni paydo bo\u2018lishiga turtki beradi. Ya\u02bcni, turizm ham aholi bandligini ta\u02bcminlash, daromadini ko\u2018paytirish, ham xizmatlar eksportini oshirishda juda katta manba.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda turizm bo\u2018yicha hududlardagi ishlar holati tahlil qilindi. Bu boradagi ulkan imkoniyatlar va ulardan foydalanish bo\u2018yicha vazifalar ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u02bclumki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Samarqandda \u201cBuyuk ipak yo\u2018li\u201d xalqaro turizm markazi barpo etildi. Yaqinda u yerda Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti yuqori saviyada o\u2018tdi. Bu ko\u2018p tarmoqli markaz tarkibida 8 ta zamonaviy mehmonxona, Kongress markazi, \u201cBoqiy shahar\u201d majmuasi, amfiteatr va ko\u2018plab boshqa inshootlar bor. U yiliga 2 million turistga xizmat ko\u2018rsatishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari endi bu majmuaga sayyohlarni jalb etish, elchixonalar va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda \u201cSamarqand \u2013 Yangi O\u2018zbekistonning turizm darvozasi\u201d brendini targ\u2018ib qilish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Transport vazirligiga yangilangan Samarqand xalqaro aeroporti imkoniyatlaridan samarali foydalanish, xorijiy aviakompaniyalar reyslariga bo\u2018lgan cheklovlarni olib tashlab, xalqaro qatnovlarni ko\u2018paytirish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu yil 26 aprel kuni o\u2018tkazilgan yig\u2018ilishda shahar va tumanlarda turizm xizmatlarini ko\u2018paytirish, bunday loyihalar uchun 1 trillion so\u2018mlik kredit resurslari ajratish choralari belgilangan edi. Buning ijrosi tahlil qilinar ekan, viloyatlarda sayyohlar boradigan joylar kamligi, mablag\u2018lar hali tadbirkorlarga yetib bormagani ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Farg\u2018ona viloyati hokimi 5 ta tuman va 3 ta shaharni qamrab olgan \u201cOltin vodiy sayyohlik halqasi\u201dni tashkil etish borasidagi ishlarni so\u2018zlab berdi. Davlatimiz rahbari bunday loyihalarni boshqa hududlarda ham amalga oshirish, tashabbuskorlarni moliyaviy va tashkiliy qo\u2018llab-quvvatlash zarurligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, suv omborlari, o\u2018rmon xo\u2018jaligi yerlarini o\u2018rganib, xavfsiz yerlarda turistik zonalar tashkil etish mumkinligi qayd etildi. Qoraqalpog\u2018iston, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo, Farg\u2018ona va Xorazmning cho\u2018l hududlarida \u201csafari\u201d turizmini rivojlantirish bo\u2018yicha takliflar bildirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yana bir salohiyatli yo\u2018nalish \u2013 ziyorat turizmi. Mamlakatimizda 1 ming 200 dan ziyod ziyoratgoh bor. Yig\u2018ilishda bu imkoniyatni to\u2018liq ishga solib, yiliga kamida 1 million sayyoh jalb qilish mumkinligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Indoneziya, Malayziya, Hindiston, Pokiston, Bangladesh va arab mamlakatlaridan aviareyslarni ko\u2018paytirish, malakali gidlar tayyorlash, ziyoratgohlar sharoiti va yo\u2018llarini yaxshilash bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yurtimizda turizmga ixtisoslashgan 135 ta mahalla bor. Ularning aksariyati uzoq hududlarda bo\u2018lgani uchun infratuzilma masalasi dolzarb.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois Prezident turizm mahallalarida yo\u2018l, elektr, suv va internet muammosini hal etish bo\u2018yicha dastur ishlab chiqishga ko\u2018rsatma berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sayohatlar uchun avtomobil yo\u2018llari ham muhim. Lekin zamona zayli bilan avtomobillar soni tobora ko\u2018payib bormoqda. Masalan, \u201cToshkent \u2013 Samarqand\u201d yo\u2018nalishida besh yil oldin sutkasiga 25 mingta avtomobil yurgan bo\u2018lsa, bugungi kunda bu ko\u2018rsatkich 35 mingtaga yetgan. Oqibatda yo\u2018lga ketadigan vaqt ham ortgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuning uchun mamlakatimiz shaharlari o\u2018rtasida poyezd va samolyot qatnovlarini ko\u2018paytirish zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz turistlar uchun qulayliklarni ko\u2018paytirish, sohaga oid tartiblarni soddalashtirish masalalariga alohida to\u2018xtaldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Masalan, bugungi kunda mehmonxona tashkil etish uchun 97 ta talab bor. Tadbirkorlarning fikrlarini inobatga olib, bu talablarni xalqaro standartlar asosida soddalashtirish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turistlarni ichki ishlar idoralarida ro\u2018yxatga olish tartibida ham noqulayliklar bor. Xususan, xorijdan kelgan turistni mehmonxona 2 kun ichida, qarindoshinikida qolganda esa, uyning egasi 3 kun ichida vaqtinchalik ro\u2018yxatdan o\u2018tkazishi kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ichki ishlar vazirligiga bu tizimni tahlil qilib, ortiqcha cheklovlarni olib tashlash bo\u2018yicha topshiriq berildi. Bunda xorijiy turistlarni vaqtinchalik ro\u2018yxatga olish o\u2018rniga onlayn xabardor qilish tartibiga o\u2018tiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, turistik agentlarga ham litsenziya talabi bekor qilinib, xabardor qilish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu orqali qo\u2018shimcha 1 mingta turagent paydo bo\u2018lishiga imkoniyat yaratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Turizm \u2013 bu ham investitsiya, ham eksport, ham yangi ish o\u2018rinlari va kambag\u2018allikni qisqartirish degani. Shuning uchun har bir hududda bu sohaga jiddiy e\u02bctibor qaratib, ko\u2018proq sayyohlarni jalb etish kerak, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman, kelgusi yilda 7 million xorijiy va 12 million mahalliy turistlarni jalb qilish, turizm eksportini 2 milliard dollarga yetkazish imkoniyati borligi ta\u02bckidlandi. Bu bo\u2018yicha aniq yo\u2018nalishlar ko\u2018rsatilib, ijrosiga mas\u02bcullar belgilandi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3179","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3179","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3179"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3179\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3181,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3179\/revisions\/3181"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3179"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3179"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3179"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}