{"id":3124,"date":"2022-09-12T08:35:01","date_gmt":"2022-09-12T06:35:01","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3124"},"modified":"2022-09-12T08:35:01","modified_gmt":"2022-09-12T06:35:01","slug":"%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%b0%d1%80%d0%ba%d0%b0%d0%bd%d0%b4%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%bc%d0%b8%d1%82-%d1%88%d0%be%d1%81-%d0%b4%d0%b8%d0%b0%d0%bb%d0%be%d0%b3-%d0%b8-%d1%81%d0%be%d1%82","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/09\/12\/%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%b0%d1%80%d0%ba%d0%b0%d0%bd%d0%b4%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%bc%d0%b8%d1%82-%d1%88%d0%be%d1%81-%d0%b4%d0%b8%d0%b0%d0%bb%d0%be%d0%b3-%d0%b8-%d1%81%d0%be%d1%82\/","title":{"rendered":"Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o\u2018zaro bog\u2018liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1662956882.9499.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>(2022 yil 12 \u00a0sentyabr)<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u00a0<\/strong>O\u2018zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi dunyo miqyosida shiddatli jarayonlar kechayotgan o\u2018ziga xos \u201ctarixiy evrilish\u201d pallasiga to\u2018g\u2018ri keldi \u2013 bir tarixiy davr nihoyasiga yetmoqda hamda bashorat qilish mushkul bo\u2018lgan yangi bir davr boshlanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqaro hamkorlikning universal prinsip va normalarga asoslangan tizimi izdan chiqib borayotgani bugungi kun haqiqatidir. Buning asosiy sabablaridan biri \u2013 global darajada davlatlar o\u2018rtasidagi o\u2018zaro ishonchning chuqur tanazzulga yuz tutayotgani bilan bog\u2018liq. Bu esa o\u2018z navbatida geosiyosiy qarama-qarshiliklarga rag\u2018bat berib, \u201cbloklarga mansublik\u201d stereotiplarining qayta tug\u2018ilish xavfini yuzaga keltirmoqda. Davlatlar o\u2018rtasidagi bunday o\u2018zaro ishonchsizlik jarayoni jahon iqtisodiyotining avvalgi taraqqiyot yo\u2018liga qaytishini va global ta\u02bcminot zanjirlarining tiklanishini murakkablashtirmoqda.<!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dunyoning turli nuqtalarida davom etayotgan qurolli mojarolar savdo va investitsiya oqimlarini izdan chiqarib, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta\u02bcminlash borasidagi muammolarini yana-da keskinlashtirmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan bir qatorda, global iqlim o\u2018zgarishi, tabiiy boyliklar va suv resurslari tanqisligining ortishi, bioxilma-xillikka putur yetishi hamda xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi jamiyatlarimizning zaif tomonlarini yana-da yaqqolroq ko\u2018rsatib bermoqda. Bu muammolar insoniyat taqdiriga bevosita daxldor bo\u2018lgan mushtarak qadriyat va ne\u02bcmatlarning yemirilishiga olib kelib, odamlar hayoti va faoliyatiga tahdid solmoqda, ularning daromad manbalarini qisqartirmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday murakkab sharoitda bir xaqiqat aniq: hech bir mamlakat yolg\u2018iz holda ushbu global xavf-xatarlarni chetlab o\u2018tish yoki bartaraf etishga qodir emas.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun biz yashayotgan, jarayonlar o\u2018zaro chambarchas bog\u2018langan dunyoda xavfli muammolar girdobidan chiqishning yakkayu yagona yo\u2018li \u2013 konstruktiv muloqot va har bir tarafning manfaatlarini hisobga olish va hurmat qilishga asoslangan ko\u2018p tomonlama hamkorlikdir. Aynan inqiroz va bo\u2018hronlar davrida mamlakatlar, ular xoh katta, o\u2018rta yoki kichik bo\u2018lsin, o\u2018zlarining tor doiradagi manfaatlarini ustun qo\u2018ymasdan, aksincha, asosiy e\u02bctiborni global hamjihatlikka qaratishlari lozim. Tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga xavf tug\u2018dirayotgan, har qaysi mamlakatga rahna soladigan tahdid va xatarlarga qarshi umumiy sa\u02bcy-harakat va imkoniyatlarni birlashtirish va safarbar etish barchamiz uchun birdek manfaatlidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Samarali xalqaro hamkorlik \u2013 bu dunyoda barqaror, ishonchli va farovon taraqiyotning eng muhim omilidir. Aynan shunday yondashuv zamonamizning dolzarb muammolarini bahamjihat hal etish, yangi xavf-xatar va ijtimoiy larzalardan himoyalanish uchun eng aniq, maqbul va samarali yo\u2018l hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Muvaffaqiyatli mintaqaviy hamkorlik modeli<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barchaning va har bir tomonning manfaatlariga javob beradigan xalqaro hamkorlikni ko\u2018p tomonlama institutlarsiz amalga oshirib bo\u2018lmaydi. Ushbu institutlar faoliyatidagi muayyan kamchiliklarga qaramasdan, ular mintaqaviy va global miqyosda davlatlararo hamkorlikning eng muhim vositasi bo\u2018lib xizmat qilishda davom etmoqda. Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar mamlakatlar o\u2018rtasidagi turli kelishmovchiliklarni yengib o\u2018tish, o\u2018zaro anglashuvni mustahkamlash, siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, savdo-sotiqni kengaytirish xamda madaniy-gumanitar almashinuvni rag\u2018batlantirishga yordam beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko\u2018p tomonlama faoliyatga asoslangan eng yosh institutlardan biri \u2013 Shanxay hamkorlik tashkiloti aynan mana shunday maqsad va vazifalarni ko\u2018zlaydi. Bu tashkilot madaniy-sivilizatsion qarashlari turlicha, o\u2018z tashqi siyosiy yo\u2018nalishlari va milliy taraqqiyot modellariga ega mamlakatlarni birlashtira olgan o\u2018ziga xos davlatlararo tuzilmadir. Tarixan qisqa davrda SHHT katta yo\u2018lni bosib o\u2018tib, global siyosiy va iqtisodiy tizimning ajralmas qismiga aylandi, deb qat\u02bciy ishonch bilan aytish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunga kelib SHHT hamjamiyati \u2013 ulkan geografik makonni qamrab olgan va sayyoramiz aholisining qariyb yarmini birlashtirgan, dunyodagi eng yirik mintaqaviy tashkilotdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHTning xalqaro tashkilot sifatidagi jozibadorligi uning faoliyati asosini tashkil etadigan quyidagi tamoyillarda namoyon bo\u2018lmoqda: Shanxay hamkorlik tashkilotining turli bloklardan xoli maqomga ega ekani, ochiqlik, uchinchi mamlakatlar yoki xalqaro tashkilotlarga qarshi qaratilmagani, barcha ishtirokchi tomonlarning tengligi va suverenitetini hurmat qilish, ichki ishlarga aralashmaslik, siyosiy qarama-qarshilik va ixtilofli raqiblikka yo\u2018l qo\u2018ymaslik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shanxay hamkorlik tashkilotining muvaffaqiyat garovi \u2013 mintaqaviy xavfsizlikni ta\u02bcminlash orqali ko\u2018p tomonli hamkorlikni ilgari surishdadir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHT o\u2018z mohiyatiga ko\u2018ra, tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot yo\u2018lida birlashishga, ayirmachilik unsuridan xoli bo\u2018lgan jozibador makonga aylanishi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu sababli ham SHHT faoliyatiga qo\u2018shilish istagidagi davlatlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Bu tendensiya xalqaro va mintaqaviy munosabatlar tizimi transformatsiya jarayonini boshidan kechirayotgan bugungi sharoitda yaqqol ko\u2018zga tashlanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHT makonidagi davlatlarning yuksak insoniy, intellektual va texnologik salohiyatga, jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotlarga va hali to\u2018laqonli foydalanilmagan tabiiy zaxiralarga ega ekani tashkilotning iqtisodiy ahamiyatini yana-da oshirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda SHHTga a\u02bczo davlatlar yalpi ichki mahsulotining umumiy hajmi jahon ko\u2018rsatkichining qariyb chorak qismini tashkil qilmoqda. Bu esa endigina 20 yoshga to\u2018lgan ushbu mintaqaviy Tashkilot tomonidan dunyoning barqaror rivojlanishiga qo\u2018shilayotgan hissasining salmog\u2018i yuksak ekanidan dalolat beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yangi sinovlar va imkoniyatlar vujudga kelayotgan bugungi dunyoda SHHTning transformatsiyasi va yuksalishi uchun nafaqat a\u02bczolar sonining ko\u2018payishi hisobiga, balki tashkilot rivojining yangi strategik yo\u2018nalishlarini ilgari surish orqali keng istiqbollar mavjud. Bu o\u2018rinda gap transport va o\u2018zaro bog\u2018liqlik, energetika, oziq-ovqat va ekologiya xavfsizligi, innovatsiyalar, raqamli transformatsiya va \u201cyashil\u201d iqtisodiyot kabi muhim yo\u2018nalishlar haqida bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zbekistonning SHHTdagi raisligi: birgalikda rivojlanish orqali umumiy muvaffaqiyat sari<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qilishdek mas\u02bculiyatli vazifani o\u2018z zimmasiga olgach, asosiy e\u02bctiborni hamkorlikning yangi ufqlarini ochish va har bir ishtirokchi mamlakatning foydalanilmagan rezervlarini ishga solish orqali Tashkilotni jadal rivojlantirish strategiyasiga qaratdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bizning asosiy shiorimiz \u2013\u00a0<strong>\u201cHar birimiz kuchli bo\u2018lsakkina SHHT kuchli bo\u2018ladi\u201d<\/strong>. Uni amalda ro\u2018yobga chiqarish yo\u2018lida Tashkilotni yana-da kuchli va xalqaro hamkorlarimiz uchun yana-da jozibador bo\u2018lishiga erishish uchun jiddiy harakat qildik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yil davomida o\u2018tkazilgan saksondan ortiq yirik tadbirlar doirasida SHHT uchun keng qamrovli kun tartibi shakllantirildi. Bunda xavfsizlik sohasidagi aloqalarni yana-da kengaytirish, transport va iqtisodiy o\u2018zaro bog\u2018liqlikni kuchaytirish, Tashkilotning xalqaro maydondagi o\u2018rnini mustahkamlash, rivojlanishning yangi yo\u2018llari va nuqtalarini izlash kabi ko\u2018plab muhim masalalar qamrab olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018z taraqqiyotining yangi tarixiy bosqichida turgan SHHT uchun katta istiqbolga ega bu yo\u2018nalishlar O\u2018zbekistonning raisligi davrida tayyorlangan o\u2018ttizdan ortiq konseptual dastur, kelishuv va qarorlarda o\u2018z aksini topdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuni alohida ta\u02bckidlash joizki, mamlakatimizning SHHTga raisligi yurtimizda keyingi olti yilda amalga oshirib kelinayotgan faol va ochiq tashqi siyosatning mantiqiy davomi bo\u2018ldi. Bu siyosat, eng avvalo, SHHTning geografik o\u2018zagi bo\u2018lmish, bugungi kunda yaxshi qo\u2018shnichilik va hamkorlikni mustahkamlash borasida ijobiy va ortga qaytmas jarayonlar ro\u2018y berayotgan Markaziy Osiyo mintaqasida amalga oshmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHTga a\u02bczo barcha davlatlar \u2013 eng yaqin qo\u2018shnilarimiz, do\u2018stlarimiz va strategik hamkorlarimizdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashkilotga raislik bizga ular bilan ko\u2018p tomonlama kooperatsiyani yana-da mustahkamlash barobarida har bir davlat bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish hamda yana-da keng qamrovli sheriklik uchun yangi yo\u2018nalishlarni belgilab olish uchun yaxshi imkoniyatlar berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shunga ishonchim komilki, bugun SHHT doirasida shakllangan mana shunday ijobiy va muvaffaqiyatli tajribadan Afg\u2018onistonni rivojlantirish masalasida ham foydalanish o\u2018ta muhim va dolzarbdir. Shak-shubhasiz, Afg\u2018oniston SHHT makonining ajralmas qismi sanaladi. Bugun afg\u2018on xalqi qo\u2018shni va xayrixoh davlatlar ko\u2018magiga har qachongidan ham muhtoj. Afg\u2018onistonga birgalikda yordam qo\u2018lini cho\u2018zishimiz, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mintaqaviy va global taraqqiyot jarayonlariga integratsiyalashuviga ko\u2018maklashishimiz va shu orqali ushbu davlatning ko\u2018p yillik inqirozdan chiqishi uchun qulay sharoit yaratib berish bizning ma\u02bcnaviy burchimizdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Asrlar davomida global miqyosdagi davlatlar va mintaqaviy kuch markazlari o\u2018rtasidagi qarama-qarshiliklarda bufer rolini o\u2018tab kelgan Afg\u2018oniston endilikda Markaziy va Janubiy Osiyoni bog\u2018lovchi ko\u2018prik vazifasini bajarishdek yangi tinchlik missiyasida o\u2018zini namoyon etmog\u2018i lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday o\u2018zaro manfaatli mintaqalararo hamkorlikning namunaviy ramzi sifatida Transafg\u2018on koridorining qurilishi loyihasini aytish mumkin. Shuni ham anglash muhimki, \u201cTermiz \u2013 Mozori Sharif \u2013 Kobul \u2013 Peshovar\u201d temir yo\u2018li kabi qo\u2018shma infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirish orqali, biz ijtimoiy-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya vazifalarini hal etibgina qolmasdan, mintaqaviy xavfsizlikni ta\u02bcminlashga ham salmoqli hissa qo\u2018shishimiz mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zaro pozitsiyalarimizni yaqinlashtirib, tinch, barqaror va farovon Afg\u2018oniston uchun SHHTning yangi kun tartibini birgalikda ishlab chiqa olishimizga aminman. Shundagina tom ma\u02bcnoda barqaror va izchil rivojlanayotgan, yaxlit xavfsizlikka ega bo\u2018lgan SHHT makonini barpo eta olamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u00abSamarqand ruhi\u00bb \u2013 hamkorlik, o\u2018zaro anglashuv va do\u2018stlik ifodasi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Savdo-iqtisodiy va ishlab chiqarish aloqalarining jiddiy uzilishiga olib kelgan uch yillik \u201cpandemiya tanaffusidan\u201d so\u2018ng SHHT mamlakatlari va xalqlariga to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri muloqot zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Buyuk Ipak yo\u2018lining durdonasi bo\u2018lgan qadimiy Samarqand shahri jahonning o\u2018n to\u2018rtta mamlakati yetakchilarini Tashkilotning va unga a\u02bczo har bir davlatning farovonligi va ravnaqiga xizmat qiladigan yangi va ilg\u2018or taklif hamda tashabbuslari bilan kutib olishga tayyor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu afsonaviy shahar Shanxay hamkorlik tashkiloti tarixida muvaffaqiyatning yana bir sahifasini ochishiga shubha yo\u2018q. Samarqandning shonli tarixiy merosi bunga xizmat qiladi. Ko\u2018p asrlar mobaynida bu shahar Yevropadan Xitoygacha bo\u2018lgan mamlakatlarni mustahkam rishtalar bilan bog\u2018lab, Shimol va Janubni, Sharq va G\u2018arbni yagona chorrahada tutashtirgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Azal-azaldan Samarqand turli g\u2018oya va bilimlar \u201cqaynagan\u201d makon bo\u2018lib, bu maskanda insoniyatning tinch va farovon yashash, o\u2018z kuch va imkoniyatlarini ro\u2018yobga chiqarish, baxtli hayot kechirish kabi mushtarak maqsadlari mujassam bo\u2018lgan. Bu tabarruk zaminda yashaydigan har bir odam, yaxshi qo\u2018shni \u2013 bu Xudo insonga ato etgan baxtning bir bo\u2018lagi ekanini, tinch-totuv qo\u2018shnichilik esa barakot manbai ekanini chuqur anglagan. Zero, hamkorlik, savdo, ijod, ilm-fan va san\u02bcat, insoniy g\u2018oyalar ustuvor bo\u2018lgan joyda ezguliklar ko\u2018payadi, xalqlar farovon va o\u2018zaro ahil yashaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun zamonaviy va jadal rivojlanayotgan infratuzilmalarga ega bo\u2018lgan Samarqandning bunday noyob jihatlari uni mintaqaviy va global xatarlarni birgalikda muhokama qilish, bu borada zarur yechimlarni izlab topish uchun eng qulay va maqbul maydonga aylantirmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Insoniyatning bir butunligi va o\u2018zaro bog\u2018liqligi shu darajada yuqoriki, mavjud xatarlarning aksariyati nafaqat mintaqalar, balki umumjahon miqyosida hamkorlik qilishni taqozo etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko\u2018p yillik birgalikdagi ishlarimiz tajribasiga tayanib ishonch bilan aytamizki, SHHTning Samarqand sammiti\u00a0<strong>umumiy xavfsizlik va taraqqiyot yo\u2018lidagi<\/strong>\u00a0o\u2018zaro hurmat, ishonch, konstruktiv hamkorlik prinsiplariga asoslangan yangi, inklyuziv muloqotni yo\u2018lga qo\u2018yish borasida o\u2018ziga xos namuna bo\u2018la oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Samarqand tashqi siyosat bobida ustuvor yo\u2018nalishlari turlicha bo\u2018lgan davlatlarni birlashtirish va murosaga keltirishga qodir aynan shunday platformaga aylana oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Tarixan shakllangan tushunchaga ko\u2018ra, Samarqanddan turib qaralganda, dunyo tarqoq emas, balki yaxlit va bo\u2018linmas bo\u2018lib ko\u2018rinadi. \u201cSamarqand ruhi\u201d degan noyob fenomenning mazmuni ham asli shunda mujassam bo\u2018lib, u xalqaro hamkorlikning, jumladan, SHHT doirasidagi sheriklikning prinsipial jihatdan yangi formatini shakllantirish borasida mustahkam poydevor bo\u2018lishi mumkin.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Aslini olganda, \u201cSamarqand ruhi\u201d bundan 20 yil avval mamlakatlarimizning davr talablariga mos, yangi tashkilotni yaratishiga turtki bergan \u201cShanxay ruhi\u201dni uyg\u2018un ravishda to\u2018ldirib turadi.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu sababdan aminmizki, Samarqandda SHHT hayotining yangi bosqichi boshlanishiga guvoh bo\u2018lamiz \u2013 Tashkilotning tarkibi kengayib, uning kelajak kun tartibi shakllanadi va bunda chuqur ramziy ma\u02bcno mujassam.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishonchimiz komilki, Shanxay hamkorlik tashkilotining bo\u2018lajak sammitida qabul qilinadigan qarorlar mintaqaviy darajada ham, global miqyosda ham muloqot, o\u2018zaro anglashuv va hamkorlikni mustahkamlashga salmoqli hissa qo\u2018shadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Shavkat Mirziyoyev,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3124","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3124","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3124"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3124\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3125,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3124\/revisions\/3125"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3124"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3124"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3124"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}