{"id":3114,"date":"2022-09-07T08:30:03","date_gmt":"2022-09-07T06:30:03","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3114"},"modified":"2022-09-07T08:30:03","modified_gmt":"2022-09-07T06:30:03","slug":"%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%b5%d0%b3%d0%b0%d1%86%d0%b8%d1%8f-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb%d0%b0-%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/09\/07\/%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%b5%d0%b3%d0%b0%d1%86%d0%b8%d1%8f-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb%d0%b0-%d0%bd\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston delegatsiyasi Bryussel shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan davra suhbatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyatini taqdim qildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHK\u0415NT, 7 sentabr. \/\u00abDunyo\u00bb AA\/.<\/strong>\u00a0Bryussel shahrida kecha &#8220;Konstitutsiyaviy islohotlar: qonun ustuvorligi, xavfsizlik, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish asoslari&#8221; mavzusida davra suhbati bo\u2018lib o\u2018tdi, deb xabar qilmoqda \u201cDunyo\u201d\u00a0 AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1662530320.2222.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">TIV ma\u2019lumotiga ko\u2018ra, tadbirda Yevropa parlamenti deputatlari, Yevropa komissiyasi, Yevropa kengashi, Yevropa Tashqi harakatlar xizmati vakillari, Beniluks davlatlarining turli davlat organlari, ekspert-tahliliy va ishbilarmon doiralar, ommaviy axborot vositalari, Belgiyada akkreditatsiyadan o\u2018tgan diplomatik korpus vakillari, shuningdek, vatandoshlar va O\u2018zbekiston fuqarolari ishtirok etdi.<br \/>\nDavra suhbati chog\u2018ida O\u2018zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov, O\u2018zbekiston delegatsiyasi a\u2019zolari &#8211; Konstitutsiyaviy komissiya a\u2019zosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo\u2018mitasi raisining o\u2018rinbosari Qodir Jo\u2018rayev, Konstitutsiyaviy komissiya a\u2019zosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qo\u2018mitasi raisi Ilhom Abdullayev, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o\u2018rinbosari Akramjon Ne\u2019matov va O\u2018zbekiston Respublikasi &#8220;Taraqqiyot strategiyasi&#8221; ijrochi direktori Eldor Tulyakov nutq so\u2018zladi.<br \/>\nO\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotning mohiyati va ahamiyati haqida tadbir ishtirokchilariga ma\u2019lumot yetkazildi.<br \/>\nMamlakatimizda olib borilayotgan keng ko\u2018lamli o\u2018zgarishlar, shuningdek, O\u2018zbekiston tashqi siyosatida samaradorlik va izchillikni ta\u2019minlash konstitutsiyaviy bazani takomillashtirish hamda mustahkamlashni talab qilishi ta\u2019kidlandi.<br \/>\nShu munosabat bilan joriy yil 25-iyunidan 1-avgustigacha butun mamlakat bo\u2018ylab Konstitutsiya loyihasi bo\u2018yicha xalq muhokamasi bo\u2018lib o\u2018tdi va unda 150 mingdan ortiq takliflar qabul qilindi. Takliflarning 67 foizini 30 yoshgacha bo\u2018lgan yoshlar kiritgani e\u2019tiborga molikdir. Konstitutsiya loyihasini muhokama qilishda chet elda yashovchi fuqarolarimiz va vatandoshlarimiz ham faol ishtirok etib, ulardan yuzlab takliflar kelib tushdi.<br \/>\nBundan tashqari, qonun loyihasini tayyorlash doirasida asosiy xalqaro standartlar, ilg\u2018or xorijiy tajriba, dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlari, jumladan, Yevropa va Osiyo davlatlari, AQSH konstitutsiyalari o\u2018rganildi.<br \/>\nKonstitutsiya loyihasi xalqning konstitutsiyaviy islohotlarda bevosita ishtirokini ta\u2019minlash maqsadida referendum o\u2018tkazish yo\u2018li bilan qabul qilinishi alohida ta\u2019kidlandi.<br \/>\nDavra suhbati ishtirokchilari O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni olqishladilar. Ushbu jarayon demokratiyani yanada mustahkamlashga, inson huquqlariga rioya qilishga va mamlakatda samarali davlat boshqaruvini ta\u2019minlashga yordam berishiga ishonch bildirildi.<br \/>\nYevropa parlamentining xalqaro savdo qo\u2018mitasi raisi o\u2018rinbosari Iuliu Vinkler (Ruminiya) qayd etganidek, konstitutsiyaviy islohotlarning asosi bo\u2018lgan takliflar O\u2018zbekistonning yanada rivojlanishi va fuqarolar farovonligini oshirishga xizmat qilishini ta\u2019kidladi. O\u2018zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarni boshlangan o\u2018zgarishlarning mantiqiy davomi bo\u2018lib, Yeropa tomoni ularni qo\u2018llab-quvvatlaydi.<br \/>\nYevropa parlamentidagi &#8220;Yevropa Ittifoqi-O\u2018zbekiston&#8221; Do\u2018stlik guruhi raisi Richard Charnetskiy (Polsha) ta\u2019kidlashicha, Yevropa Ittifoqi O\u2018zbekistonni Markaziy Osiyodagi yetakchi mamlakat deb biladi va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdordir. O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o\u2018zgartishlarga xalq irodasiga asoslangan va inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan muhim voqeasi deya ta\u2019rif berdi. O\u2018zgarishlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlangan huquqiy demokratik jamiyatni yaratishdir.<br \/>\nYevropa parlamenti Tashqi ishlar qo\u2018mitasi a\u2019zosi Tiyerri Marianining (Fransiya) O\u2018zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko\u2018lamli islohotlarni yuqori baholadi. Uning fikricha, mamlakatdagi o\u2018zgarishlar islohotlar har bir fuqaroning yorqin va baxtli kelajagi uchun amalga oshirilmoqdaki, bu respublikada hayotga tatbiq etilayotgan siyosatining eng muhim jihati hisoblanadi.<br \/>\nYevropa tashqi harakatlar xizmatining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo\u2018yicha boshqaruvchi direktori o\u2018rinbosari Lyuk Devinning so\u2018zlariga qaraganda, O\u2018zbekiston-Yevropa munosabatlari jadal rivojlanib, so\u2018nggi vaqtlarda sezilarli darajada jadallashdi va ko\u2018p qirrali xususiyat kasb etib bormoqda. Barcha darajalarda, jumladan oliy darajalarda yaqin muloqot olib borilayotir. Yaqinda Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yo\u2018lladi. Bungacha ular so\u2018nggi uch yil ichida uch marta telefon orqali suhbatlashishgan.<br \/>\nYevropa Ittifoqi ikki tomonlama va mintaqaviy dasturlar orqali qonun ustuvorligi, sud tizimi va barqaror rivojlanish bo\u2018yicha islohotlarni qo\u2018llab-quvvatlayotgani ta\u2019kidlandi. O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar ortga qaytmas xususiyatga ega ekaniga ishonch bildirildi.<br \/>\nXulosa qilib aytganda, ishtirokchilar O\u2018zbekiston delegatsiyasiga O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar to\u2018g\u2018risida batafsil ma\u2019lumot berganliklari uchun minnatdorchilik bildirdilar va bunday muhokamalarning o\u2018z vaqtida va foydaliligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3114","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3114","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3114"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3114\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3115,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3114\/revisions\/3115"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3114"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3114"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3114"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}