{"id":3112,"date":"2022-09-07T08:27:43","date_gmt":"2022-09-07T06:27:43","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3112"},"modified":"2022-09-07T08:27:43","modified_gmt":"2022-09-07T06:27:43","slug":"%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d1%8b-%d0%bc%d0%b8%d0%b4-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8-%d0%b1%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d0%b3%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/09\/07\/%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d1%8b-%d0%bc%d0%b8%d0%b4-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8-%d0%b1%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d0%b3%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%b5\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston TIV rahbari Belgiya Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o\u2018tkazdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 7 sentyabr. \/\u201cDunyo\u201d AA\/.<\/strong>\u00a0O\u2018zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Bryusselga tashrif doirasida kecha Belgiya tashqi ishlar, Yevropa ishlari, tashqi savdo va federal madaniyat muassasalari vaziri Haja Lahbib bilan uchrashuv o\u2018tkazdi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1662531765.5437.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">TIV ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, muzokaralarda O\u2018zbekiston va Belgiya o\u2018rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar o\u2018sib borayotgani mamnuniyat ila qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki tomonlama muloqotni jadallashtirish, jumladan, turli darajadagi tashriflarni tashkil etish, tashqi ishlar vazirliklari o\u2018rtasida maslahatlashuvlarni o\u2018tkazish, xalqaro tuzilmalar doirasida bir-birini qo\u2018llab-quvvatlashning muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tomonlar 2021-yil noyabr oyida Valloniya eksport va xorijiy investitsiyalar agentligi (AWEX) va Flamandiya investitsiya va savdo agentligi (FIT) tomonidan tashkil etilgan Belgiya ishbilarmon doiralarining O\u2018zbekistonga biznes-missiyasi samarali natijalarga olib kelganini olqishladilar. Shu bilan birga, savdo va investitsiyalar sohasida foydalanilmagan salohiyat mavjudligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Belgiya barcha yo\u2018nalishlarda aloqalarni jadallashtirishga tayyorligi bildirildi. Joriy yil oxirida Toshkentda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o\u2018rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o\u2018tkazish masalasini ishlab chiqish yuzasidan kelishib olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Belgiya tashqi ishlar vazirligi rahbariga O\u2018zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o\u2018zgarishlarning mazmun-mohiyati to\u2018g\u2018risida axborot taqdim etildi. Konstitutsiyaviy islohotlar jamoatchilik fikri va takliflarini, aholining barcha qatlamlari manfaatlarini, shuningdek, xorijiy ekspertlarning baholarini hisobga olgan holda ochiq, shaffof va erkin jamoatchilik muhokamasi sharoitida amalga oshirilayotgani ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3112","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3112","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3112"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3112\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3113,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3112\/revisions\/3113"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3112"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3112"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3112"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}