{"id":3101,"date":"2022-09-06T08:57:33","date_gmt":"2022-09-06T06:57:33","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3101"},"modified":"2022-09-06T08:57:33","modified_gmt":"2022-09-06T06:57:33","slug":"ozbekcha-ozbekiston-prezidenti-asosiy-vazifa-oziq-ovqat-mahsulotlarini-kopaytirib-xalqimiz-farovonligini-ta%ca%bcminlash-fermer-va-dehqonlarning-bu-boradagi-muammolarini-hal","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/09\/06\/ozbekcha-ozbekiston-prezidenti-asosiy-vazifa-oziq-ovqat-mahsulotlarini-kopaytirib-xalqimiz-farovonligini-ta%ca%bcminlash-fermer-va-dehqonlarning-bu-boradagi-muammolarini-hal\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti: Asosiy vazifa &#8211; oziq-ovqat mahsulotlarini ko\u2018paytirib, xalqimiz farovonligini ta\u02bcminlash, fermer va dehqonlarning bu boradagi muammolarini hal qilib, ularga ko\u2018maklashish"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida \u00a0bugun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligini ta\u02bcminlash va zaxirasini yaratish chora-tadbirlari bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga tayanib.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1662401985.7608.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Dunyoda iqlim o\u2018zgarayotgani, ko\u2018p joylarda qurg\u2018oqchilik bo\u2018lgani oqibatida oziq-ovqat yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Buning ustiga, xalqaro maydondagi vaziyat tufayli mahsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish murakkab bo\u2018lib bormoqda.Davlatimiz rahbari bu masalaga avval ham e\u02bctibor qaratib, oziq-ovqat xavfsizligini ta\u02bcminlash yo\u2018llarini ko\u2018rsatgan edi. Xususan, yil boshida 80 ming gektar paxta va g\u2018alla maydonlari qisqartirilib, yegulik mahsulotlar yetishitirish uchun aholiga ajratib berildi. Buning natijasida 785 ming kishi ish bilan ta\u02bcminlanib, 3 trillion so\u2018mlik 1 million 500 ming tonna qo\u2018shimcha oziq-ovqat hosili olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu ishlarni davom ettirish maqsadida xalqimiz rizq-ro\u2018zi uchun yana 20 ming gektar yer ajratish bo\u2018yicha Prezident qarori qabul qilindi. Kelgusi yilda yana qo\u2018shimcha 100 ming gektar ekin maydoni aholiga tanlov asosida beriladi. Buning hisobiga qo\u2018shimcha 1 million 200 ming aholini band qilish mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga talab hududlar kesimida tahlil qilinib, ichki imkoniyatlar ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Masalan, mamlakatimizda kartoshkaga bo\u2018lgan yillik ehtiyoj 3 million 400 ming tonnani tashkil qiladi. Shundan 20-25 foizi import hisobidan qoplanmoqda. Jumladan, Qoraqalpog\u2018istonga yiliga qo\u2018shimcha 100 ming tonnaga yaqin, Navoiy viloyatiga 45 ming tonna, Jizzax viloyatiga 35 ming tonna kartoshka yetishmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yoki, o\u2018simlik yog\u2018iga yillik ehtiyojimiz 515 ming tonna bo\u2018lib, buning 46 foizi xorijdan olib kelinmoqda. Yurtimizdagi yog\u2018-moy korxonalari esa to\u2018liq quvvatda ishlamayapti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman, ichki bozorda 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ta\u02bcminoti importga bog\u2018liq bo\u2018lib qolmoqda. Shu bois Qishloq xo\u2018jaligi vazirligiga hokimliklar bilan birga ushbu mahsulotlarni o\u2018zimizda ishlab chiqarish bo\u2018yicha loyihalar tayyorlash vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yurtimizda oziq-ovqat mahsulotlari narxining mavsumiy o\u2018zgarishlari ham sezilarli. Chunki qishloq xo\u2018jaligiga ixtisoslashgan 50 ta tumanda muzlatkichli omborlar yetishmaydi. Umuman, bugungi kunda mavjud saqlash quvvatlari 1,5 million tonnani tashkil etib, jami yetishtirilayotgan mahsulotlarning 7 foiziga ham yetmaydi. Bu albatta \u201cnarx o\u2018ynashi\u201dga ta\u02bcsir qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shundan kelib chiqib, viloyat hokimlariga mazkur 50 tumanda saqlash quvvatlarini keskin oshirish bo\u2018yicha topshiriq berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bog\u2018dorchilik va issiqxona xo\u2018jaligini rivojlantirish agentligiga oziq-ovqat mahsulotlari maydonini 300 ming gektarga yetkazish, ekinlarni aholi talabi va import tahlilidan kelib chiqib oqilona joylashtirish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari videoaloqa orqali joylardagi mutasaddilar, tadbirkor va dehqonlar bilan muloqot qildi. Xususan, qashqadaryolik va farg\u2018onalik mirishkorlarning moliya masalalarini yengillashtirish bo\u2018yicha fikrlarini qo\u2018llab-quvvatladi. 15 sentyabrdan boshlab, hokim yordamchilari tavsiyasiga ko\u2018ra, sabzavot, dukkakli va moyli ekinlar bo\u2018yicha urug\u2018lik, o\u2018g\u2018it, yoqilg\u2018i, o\u2018simliklar himoyasi hamda aylanma mablag\u2018 uchun 150 million so\u2018mgacha garovsiz kredit ajratish yo\u2018lga qo\u2018yilishi belgilandi. Bu mablag\u2018larning yarmini naqd pulda ajratishga ham ruxsat beriladi. Buning uchun Bog\u2018dorchilik agentligiga qo\u2018shimcha 300 milliard so\u2018m ajratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Meva-sabzavotchilikni kreditlash bo\u2018yicha ham yangi tizim joriy qilinadi. Endi kartoshka, sabzavot, yog\u2018-moy ekinlari ekadigan klaster va dehqonlarga hosilni sug\u2018urtalash xarajatining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi. Bundan buyon paxta va g\u2018alladagi kabi, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda ham sug\u2018urta polisi kredit ta\u02bcminoti hisoblanadi. Bu yangilik ko\u2018plab dehqonlarning ishini osonlashtiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mahsulotlar mo\u2018l-ko\u2018l bo\u2018lishi sifatli uruqqa ham bog\u2018liq. Bugungi kunda mamlakatimiz bo\u2018yicha har yili 300 ming tonna kartoshka, 6 ming tonna dukkakli va 11 ming tonna moyli ekinlar urug\u2018ini tayyorlash zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu borada yaxshi tajribalar ham talaygina. Masalan, Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tadbirkorlar 450 sentnergacha hosil beradigan elita kartoshka urug\u2018i yetishtirmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz bu tajribani kengaytirib, xususiy sektor bilan birga, dukkakli va moyli ekinlar urug\u2018chiligida ham yo\u2018lga qo\u2018yish zarurligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Har bir viloyatda kamida bittadan intensiv sabzavot ko\u2018chatchilik xo\u2018jaligi tashkil etish, hosildor yerlarning barchasini intensivga o\u2018tkazish bo\u2018yicha ko\u2018rsatma berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda qish-bahor oylarida meva-sabzavotlar narxini barqaror saqlash masalasiga ham alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mahsulotlarni saqlash va tashish imkoniyatlarini kengaytirish uchun yuk mashinalari, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilishga ham imtiyozli kredit ajratish taklifi bildirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz bu taklifni qo\u2018llab-quvvatladi. Ushbu maqsad uchun tijorat banklariga 140 million dollar ajratilgani, yana 330 million dollar yo\u2018naltirish imkoniyati borligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Agrologistika loyihalarida yuk avtomobillari xaridini ham nazarda tutish, issiqxona egalariga yengilliklar berish muhimligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cAgrolizing\u201d aksiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilib, dehqon va fermerlarga moliyaviy ko\u2018makchi bo\u2018ladigan tizimga aylantirishga ko\u2018rsatma berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tomorqachilikni rivojlantirish borasidagi ishlar ham ko\u2018rib chiqildi. Ko\u2018chma muzlatkichlar uchun yer maydonlarini ijaraga berish muddatlarini uzaytirish, aholiga o\u2018simliklarni himoya qilishda ko\u2018maklashish zarurligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari joylarda ko\u2018zbo\u2018yamachiliklar, qo\u2018shib yozish holatlari uchrayotganini keskin tanqid qilib, soha mutasaddilarini ogohlantirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oziq-ovqat mahsulotlarini ko\u2018paytirib, xalqimiz farovonligini ta\u02bcminlash, fermer va dehqonlarning bu boradagi muammolarini hal qilib, ularga ko\u2018maklashish asosiy vazifa ekani ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<div class=\"my-3 description-h3\" style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida \u00a0bugun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligini ta\u02bcminlash va zaxirasini yaratish chora-tadbirlari bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga tayanib.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3101","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3101","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3101"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3101\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3102,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3101\/revisions\/3102"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3101"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3101"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3101"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}