{"id":3086,"date":"2022-08-31T23:37:32","date_gmt":"2022-08-31T21:37:32","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3086"},"modified":"2022-08-31T23:37:32","modified_gmt":"2022-08-31T21:37:32","slug":"%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83-5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/08\/31\/%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83-5\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti  Shavkat Mirziyoyevning  O\u2018zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o\u2018ttiz bir yilligiga bag\u2018ishlangan tantanali marosimdagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Muhtaram mehmonlar!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalo, mana shu muazzam \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d bog\u2018ida turib, siz, azizlarni, butun xalqimizni ulug\u2018 ayyom \u2013 Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barchangizga o\u2018zimning yuksak hurmat va ehtiromimni, eng ezgu va olijanob tilaklarimni izhor etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"news_in_img\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/c56c974d-71f7-ca82-a97e-1068e2418a74_lists_5484.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hurmatli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan o\u2018ttiz bir yil muqaddam jahon xaritasida \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi\u201d degan yangi, mustaqil davlat paydo bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug\u2018aniyevich Karimov boshchiligida mamlakatimizning milliy mustaqilligini dunyoga e\u2019lon qildik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oradan yillar, asrlar o\u2018tadi. Lekin milliy davlatchiligimizni, o\u2018zligimiz va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab bergan, barcha yutuq va marralarimizning zamini bo\u2018lgan Mustaqillik kuni biz uchun, kelgusi avlodlarimiz uchun doimo eng ulug\u2018, eng aziz bayram bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Qadrli yurtdoshlar!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oxirgi olti yil davomida biz Vatanimiz taraqqiyotining yangi bosqichida keng qamrovli islohotlarimizni boshlab, izchil davom ettirmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018tgan davrda \u201cXalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak\u201d degan tamoyil faoliyatimiz dasturiga aylandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Vazir va hokimlar, deputat va senatorlar, rahbar va mutasaddilar, umuman, barcha-barchamiz, buyuk shoirimiz Cho\u2018lpon aytganidek, xalq ichiga kirib, xalqdan kuch olib, yangi yondashuv asosida xalqimizga xizmat qilmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bir haqiqatni ishonch bilan aytishga barcha asoslarimiz bor: bugungi O\u2018zbekiston \u2013 bu kechagi O\u2018zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimiz pandemiya va global inqirozning salbiy ta\u2019sirlariga qaramasdan, erkin, obod va farovon hayot qurish yo\u2018lidan dadil olg\u2018a bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hammamiz yaxshi tushunamizki, bugun biz intilayotgan Yangi O\u2018zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish oson emas. Bunday ulug\u2018 vazifaning sharti va mezonlari ko\u2018p. Ammo eng muhim va hal qiluvchi omil \u2013 bu demokratik islohotlar yo\u2018lidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois xalqimiz manfaatiga to\u2018la javob beradigan bu yo\u2018ldan hech qachon ortga qaytmaymiz. Qanchalik qiyin bo\u2018lmasin, faqat oldinga qarab boramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hurmatli bayram ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz uchun inson, uning qadr-qimmati qanchalik aziz bo\u2018lsa, uning xotirasi ham shunchalik muqaddasdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu sababli Vatan ozodligi yo\u2018lida qurbon bo\u2018lgan ota-bobolarimizning nomlarini oqlash, ularning faoliyati, ilmiy va ijodiy merosini o\u2018rganish, xotirasini e\u2019zozlashga yanada muhim ahamiyat qaratmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Milliy qadriyatlarimizda alohida o\u2018rin tutadigan avlodlar o\u2018rtasidagi an\u2019analar davomiyligini saqlash, urush va mehnat faxriylarining, muhtaram otaxon va onaxonlarimizning hayotini yanada mazmunli qilish nafaqat vazifamiz, avvalo, insoniy burchimizga aylanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, biz Yangi O\u2018zbekistonni barpo etishda azmu shijoatli yoshlarimizni xalqimizning chinakam tayanchi va suyanchi, deb bilamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Farzandlarimiz nufuzli xalqaro musobaqa va festivallar, fan olimpiadalari va tanlovlarda g\u2018olib bo\u2018lib, O\u2018zbekiston bayrog\u2018ini baland ko\u2018tarib kelmoqdalar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yaqinda Hindistonda bo\u2018lib o\u2018tgan jahon shaxmat olimpiadasida terma jamoamiz tarixda birinchi marta \u201cOlimpiya chempioni\u201d degan yuksak sharafga sazovor bo\u2018lgani hammamizga cheksiz g\u2018urur bag\u2018ishlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu ulug\u2018 ayyomda mana shunday aqlli, irodasi mustahkam, mard va jasur o\u2018g\u2018il-qizlarimizni, ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylarini o\u2018z nomimdan, xalqimiz nomidan yana bir bor qutlab, ularga yangi zafar va omadlar tilayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayni vaqtda mamlakatimiz yoshlari Turkiyada o\u2018tkazilgan Islom birdamlik o\u2018yinlarida, harbiy xizmatchilarimiz esa, xalqaro armiya musobaqalarida munosib ishtirok etib, faxrli o\u2018rinlarni egallaganlari tahsinga sazovordir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Aziz yurtdoshlar!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi va obro\u2018-e\u2019tibori tobora yuksalmoqda. Biz barcha hamkor davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan do\u2018stona va teng huquqli tashqi siyosat yuritishni davom ettiramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fursatdan foydalanib, bugungi tantanali marosimda ishtirok etayotgan chet davlatlarning muhtaram elchilari va xalqaro tashkilotlar vakillarini samimiy qutlaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Samarali hamkorlik aloqalarimizni rivojlantirishga qo\u2018shayotgan katta hissalari uchun chin qalbdan tashakkur bildirib, ularning mamlakatlari va xalqlariga tinchlik va farovonlik tilaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hurmatli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz bugun Yangi O\u2018zbekiston taraqqiyot strategiyasini jadal amalga oshirmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bizning maqsadimiz aniq va ravshan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yangi O\u2018zbekiston:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 har bir fuqaroning hayotini yanada yaxshilash maqsadida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun keng imkoniyatlar beradigan;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 odamlar o\u2018z muammolari haqida ochiq gapirishi va ularning yechimi uchun birgalikda harakat qilishlariga barcha sharoitlar mavjud bo\u2018lgan;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 hamma uchun adolatni so\u2018zsiz ta\u2019minlash imkoniyatini beradigan hamda fuqarolari ijtimoiy mavqeidan qat\u2019i nazar, qonun oldida teng bo\u2018lgan;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 tadbirkorlikning rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan davlatdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bir so\u2018z bilan aytganda, Yangi O\u2018zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g\u2018amxo\u2018rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu yuksak marralarga erishish uchun 2026 yilgacha Taraqqiyot strategiyasi doirasida keyingi ishlarimizni 5 ta asosiy vazifalar bo\u2018yicha tashkil etamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchidan, ta\u2019lim sohasida farzandlarimiz zamonaviy bilim va ko\u2018nikmalarni puxta egallashlari uchun eng qulay sharoitlar yaratishni izchil davom ettiramiz. Buning uchun maktablarning o\u2018quv dasturlari, o\u2018qitish uslubi, darsliklar mazmuni tubdan qayta ko\u2018rib chiqiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu tizim avval ilg\u2018or xorijiy mutaxassislar \u00a0tomonidan ekspertizadan o\u2018tkazilib, keyingina hayotga tatbiq etiladi. Natijada Yangi O\u2018zbekiston maktab bitiruvchisi zamonaviy ko\u2018nikmalarni egallagan, axborot texnologiyalarini puxta o\u2018zlashtirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqarashi keng shaxs bo\u2018lib \u00a0yetishadi. Buning uchun barcha hududlarimizda, ayniqsa qishloq joylarda maktablar qurish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta\u2019minlash masalalariga alohida e\u2019tibor beramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ustoz va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini rag\u2018batlantirish borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga ko\u2018taramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta\u2019limni har tomonlama rivojlantiramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchidan, sud tizimi mustaqil bo\u2018lmas ekan, jamiyatimizda rivojlanish bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sud idorasiga ishi tushgan har bir shaxs ushbu dargohda qonun va adolat ustuvor ekaniga ishonch hosil qilishi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yangi O\u2018zbekistonda har qanday bahsli masalaga adolatli yechim faqat odil sud tomonidan topilishi kerak. Sudyalar ishiga har qanday aralashuv keskin jazolanadi, ularning xavotirsiz ishlashi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi. Qanchalik qiyin bo\u2018lmasin, sud tizimidagi islohotlarimizni albatta davom ettiramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchinchidan, dunyo tajribasidan ma\u2019lumki, faqat tadbirkorlik rivojlangan davlatda \u2013 sifatli ta\u2019lim, malakali tibbiyot, farovon hayot hamda ertangi kunga ishonch bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman aytganda, biz qurayotgan Yangi O\u2018zbekistonda biznesni rivojlantirish orqali qo\u2018shimcha ish o\u2018rinlari yaratiladi, kambag\u2018allik qisqaradi, aholi daromadlari ko\u2018payadi. Buning uchun xususiy mulk va tadbirkorlikka xalaqit berayotgan barcha to\u2018siqlar bartaraf etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlat boshqaruvi isloh qilinib, iqtisodiyotda davlat ishtiroki keskin kamaytiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz aholi va tadbirkorlarga soliq yukini yengillashtirish, soliq tizimini soddalashtirish bo\u2018yicha islohotlarni izchil davom ettiramiz. Bunda hech kimga alohida imtiyozlar berilmaydi, sog\u2018lom raqobat muhiti uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018rtinchidan, sog\u2018liqni saqlash tizimida aholiga yanada sifatli va malakali tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barcha hududlarda shoshilinch tibbiy yordam qamrovini oshirib, uni odamlarga yanada yaqinlashtiramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Maqsadimiz \u2013 xalqimiz sog\u2018lom hayot kechirishi va o\u2018rtacha umr ko\u2018rish darajasini uzaytirishga erishish.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Beshinchidan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta\u2019minlash masalasi doimo diqqatimiz markazida bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sohaga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmi keskin ko\u2018paytiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, muammoli hududlarga toza ichimlik suvini yetkazish va sifatini yaxshilash bo\u2018yicha alohida dasturlarni amalga oshiramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Muhtaram do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, bunday keng ko\u2018lamli vazifalarni amalga oshirishda oldimizda turli qiyinchilik va muammolar paydo bo\u2018lishi tabiiy hol. Lekin o\u2018z tarixida qancha-qancha sinov va mashaqqatlarni boshidan kechirgan mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilikni yengib o\u2018tishga qodir. Men bunga qat\u2019iy ishonaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Asosiy muallifi va ijodkori xalqimiz bo\u2018lgan \u2013 yangilanayotgan Konstitutsiyamiz bu yo\u2018lda mustahkam huquqiy asos bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Asosiy qonunimizni shoshilmasdan, chuqur o\u2018ylab, xalqimiz bilan maslahat qilib, faqat umumxalq referendumi asosida qabul qilamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishonchim komil, Yangi Konstitutsiyamiz chinakam xalq Qomusi, chinakam xalq Konstitutsiyasi bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hurmatli tadbir ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jahondagi bugungi murakkab vaziyat bizdan ishning ko\u2018zini bilib, kechayu kunduz fidoyi bo\u2018lib, samarali mehnat qilishni talab etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois Qurolli Kuchlarimizning qudrati va salohiyatini yuksaltirish ham ustuvor vazifamiz bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Askar va ofitserlarimizning jangovar tayyorgarligi, harbiy mahorati, vatanparvarlik fazilatlarini oshirishga yanada ko\u2018proq ahamiyat beramiz.<\/p>\n<p>Mana shu qutlug\u2018 kunda Vatan himoyasida doimo sergak va hushyor turgan mard va jasur o\u2018g\u2018lonlarimizni chin dildan qutlab, ularga kuch-g\u2018ayrat va omadlar tilaymiz.<\/p>\n<p><strong>Aziz va muhtaram vatandoshlarim!<\/strong><\/p>\n<p>Bugun biz o\u2018z oldimizga ulug\u2018vor va yuksak maqsadlarni qo\u2018ymoqdamiz.<\/p>\n<p>Ana shunday ulkan marralarga yetish yo\u2018lida ko\u2018pmillatli el-yurtimiz yanada birlashib, yagona ahil oila, yagona xalq bo\u2018lib, astoydil harakat qilmoqda.<\/p>\n<p>Bu \u2013 biz erishayotgan barcha yutuqlarimizning mustahkam garovi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo\u2018lamiz.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, islohotlarimizni faol qo\u2018llab-quvvatlab, ularni amalga oshirishda doimo fidoiylik ko\u2018rsatib kelayotgan mehnatkash, olijanob va bag\u2018rikeng xalqimizga chin dildan ta\u2019zim qilaman.<\/p>\n<p>Siz, aziz yurtdoshlarimni O\u2018zbekiston mustaqilligining o\u2018ttiz bir yillik bayrami bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.<\/p>\n<p>Ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oshsin!<\/p>\n<p>Yaratganning o\u2018zi barchamizni panohida asrasin!<\/p>\n<p>Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo\u2018lsin!<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3086","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3086","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3086"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3086\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3087,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3086\/revisions\/3087"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3086"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3086"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3086"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}