{"id":3024,"date":"2022-08-05T09:41:25","date_gmt":"2022-08-05T07:41:25","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3024"},"modified":"2022-08-05T09:41:25","modified_gmt":"2022-08-05T07:41:25","slug":"%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d0%b0-%d0%bc%d0%b8%d0%b4-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b2%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b5%d1%82%d0%b8%d0%bb%d1%81%d1%8f-%d1%81-%d0%b3%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/08\/05\/%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d0%b0-%d0%bc%d0%b8%d0%b4-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b2%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b5%d1%82%d0%b8%d0%bb%d1%81%d1%8f-%d1%81-%d0%b3%d0%b5\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston TIV rahbari Ko\u2018rfaz arab davlatlari hamkorlik Kengashi bosh kotibi bilan uchrashdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Ko\u2018rfaz arab davlatlari hamkorlik Kengashi bosh kotibi Naif al-Hajraf bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1659616250.1004.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">TIV ma\u02bclumotga ko\u2018ra, uchrashuvda so\u2018nggi yillarda O\u2018zbekiston bilan Ko\u2018rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi va unga a\u02bczo mamlakatlar o\u2018rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada faollashib, yangi amaliy mazmun bilan boyib borayotgani ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ilgari erishilgan kelishuvlar, jumladan, 2021 yilda imzolangan O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ko\u2018rfaz arab davlatlari hamkorlik Kengashi Bosh kotibiyati o\u2018rtasida o\u2018zaro maslahatlashuvlar mexanizmi bo\u2018yicha Anglashuv memorandumi doirasidagi kelishuvlarni amalga oshirishning borishi ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Naif al-Hajraf Ko\u2018rfaz arab davlatlari hamkorlik Kengashi O\u2018zbekistonni mintaqadagi asosiy davlatlardan biri deb bilishini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholashini ta\u02bckidladi. Kengashning O\u2018zbekiston bilan hamkorlik qilishida mavjud ulkan salohiyatdan yana-da samarali foydalanish hamda tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda aloqalarni yo\u2018lga qo\u2018yish bo\u2018yicha chora-tadbirlar ko\u2018rishga tayyorligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bo\u2018lajak tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi. Ikki mintaqa o\u2018rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan \u201cMarkaziy Osiyo \u2013 Ko\u2018rfaz arab davlatlari hamkorlik Kengashi\u201d strategik muloqotining joriy yildagi birinchi yig\u2018ilishiga tayyorgarlik ko\u2018rishga alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar, jumladan, Afg\u2018onistondagi vaziyat muhokama qilindi. Ko\u2018rfaz arab davlatlari hamkorlik Kengashi bosh kotibi yaqinda Toshkentda bo\u2018lib o\u2018tgan Afg\u2018oniston bo\u2018yicha xalqaro konferensiya yakunlarini ijobiy baholadi. O\u2018zbekiston tomonidan ushbu mamlakatga ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar yordam ko\u2018rsatish borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Eslatib o\u2018tamiz: Ko\u2018rfaz arab davlatlari hamkorlik Kengashi \u2013 Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, O\u2018mon va Saudiya Arabistoni a\u02bczolari bo\u2018lgan mintaqaviy tashkilot hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>\u00a0Anvar Ilyosov olgan surat (\u201cDunyo\u201d AA)<\/em><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3024","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3024","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3024"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3024\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3025,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3024\/revisions\/3025"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3024"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3024"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3024"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}