{"id":3018,"date":"2022-08-05T09:29:41","date_gmt":"2022-08-05T07:29:41","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=3018"},"modified":"2022-08-05T09:29:41","modified_gmt":"2022-08-05T07:29:41","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d0%bf%d0%be%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d0%b7%d0%b0%d0%b4%d0%b0%d1%87%d1%83-%d1%81%d0%be%d0%b7%d0%b4%d0%b0%d1%82%d1%8c-%d0%ba%d0%be","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/08\/05\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d0%bf%d0%be%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d0%b7%d0%b0%d0%b4%d0%b0%d1%87%d1%83-%d1%81%d0%be%d0%b7%d0%b4%d0%b0%d1%82%d1%8c-%d0%ba%d0%be\/","title":{"rendered":"Prezident ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasini qo\u2018ydi"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb xabar qilmoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga tayanib.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1659639698.8508.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Aslida, bu so\u2018nggi yillarda amalga oshirib kelinayotgan ma\u02bcmuriy islohotlarning mantiqiy davomidir. Prezidentimizning xalqchil siyosati tufayli davlat xizmatchilari aholiga ancha yaqinlashdi. Xalqni eshitish, mablag\u2018larni odamlar talabiga qarab yo\u2018naltirish, \u201cmahallabay\u201d ishlash tizimlari yo\u2018lga qo\u2018yildi. Xodimlarga samarali faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari Oliy Majlis palatalari qo\u2018shma majlisidagi nutqida \u201cnavbatdagi muhim vazifa \u2013 markaziy idoralarni transformatsiya qilish orqali fuqarolarga xizmat qiladigan ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish\u201d ekanini ta\u02bckidlagan edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi kunda bu sohada 118 ming kishi mehnat qilayapti. Lekin, natijadorlik bo\u2018yicha aytganda, hali davlat xizmati xalqni rozi qiladigan tizimga aylangani yo\u2018q.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Misol uchun, o\u2018tgan yili Xalq qabulxonalariga vazirlik va hokimliklar xodimlarining bilimsizligi va mas\u02bculiyatsizligi haqida 25 mingta, ularning muloqot madaniyati yetishmasligi bilan bog\u2018liq 7 mingta shikoyat kelib tushgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qobiliyatni aniqlash, o\u2018qitish, ishni yaxshilashga o\u2018rgatadigan yaxlit tizim bo\u2018lmagani uchun ayrim mutasaddilar vazifalarini eplay olmayapti. Umuman, rahbarlarni tanlash, tayyorlash va motivatsiya berish yo\u2018lga qo\u2018yilmagani ijrodagi oqsoqliklarning asosiy sabablaridan biri bo\u2018lib qolmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, ikki yil davomida, chuqur muhokamalar asosida \u201cDavlat fuqarolik xizmati to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun tayyorlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda ushbu qonunda nazarda tutilayotgan talablardan kelib chiqib, davlat idoralari oldida turgan ustuvor vazifalar ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalo, davlat idoralariga ishga qabul qilishning ochiq-oshkora tizimi joriy etilishi ta\u02bckidlandi. Shu maqsadda yil yakunigacha barcha vakant lavozimlar ochiq yagona elektron platformaga joylashtiriladi. Bo\u2018sh lavozimga tanlovda ishtirok etish uchun hozirgi kunda talab etilayotgan 16 ta hujjat so\u2018ralmaydi, barcha jarayonlar elektron shaklga o\u2018tkaziladi. Nomzodning bilimi, tajribasi va salohiyati ochiq tanlov orqali aniqlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu tizim tajriba tariqasida, Samarqand viloyati va Davlat soliq qo\u2018mitasida sinovdan o\u2018tkazilgan. Yig\u2018ilishda mazkur viloyat va qo\u2018mita mutasaddilari uning natijalari haqida aytib berdi. Har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliy o\u2018quv yurtlaridan boshlashi kerakligi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu tajribani tizimli yo\u2018lga qo\u2018yish uchun Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi e\u02bclon qilinadigan bo\u2018ldi. Dastur doirasida bitiruvchi kurslarda o\u2018qiyotgan qobiliyatli talabalar saralanib, vazirlik va hokimlik tizimida stajirovka o\u2018taydi va o\u2018qishni tamomlagach, ishga qabul qilinadi. Bunga xorijda o\u2018qiyotgan yoshlar ham qamrab olinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tahlillarga ko\u2018ra, vazirliklar markaziy apparatidagi rahbarlarning 40 foizi tuman pog\u2018onasini ko\u2018rmagan, tuman miqyosidagi rahbarlarning 60 foizi esa viloyat yoki respublika idoralarida ishlamagan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois Prezident davlat idoralarida \u201cmahalladan \u2013 respublikagacha\u201d tamoyili asosida kadrlarni o\u2018stirishga alohida e\u02bctibor qaratish zarurligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Buning uchun 1 noyabrdan boshlab, eski namunadagi ma\u02bclumotnomadan voz kechilib, xodimning malakasi va erishgan natijalarini ilg\u2018or texnologiyalar asosida baholaydigan tizimga o\u2018tiladi. Oddiy qilib aytganda, rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldi olinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, tuman va shahar darajasidagi rahbarlik uchun Salohiyatli kadrlar rezervi tuziladi, unga nomzodlar faqat mahallalardagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari orasidan tanlab olinadi. Kompetensiyasiga qarab, ular uchun maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Yoshlar ishlari agentligiga \u201cVatandoshlar\u201d jamg\u2018armasi bilan birga \u201c100 ta ilg\u2018or yetakchi\u201d dasturini amalga oshirish vazifasi qo\u2018yildi. Bu dastur doirasida davlat xizmatchilari, faol tadbirkorlar, xorijdagi vatandoshlar orasidan salohiyatli yosh kadrlar tanlab olinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u02bclumki, mamlakatimizda \u201cinson \u2013 jamiyat \u2013 davlat\u201d degan tamoyil ustuvor etib belgilangan. Barcha sohalarda odamlarga qulaylik yaratish choralari ko\u2018rilmoqda. Xususan, litsenziya olish, xizmatlarga buyurtma berish, turli idoralarga hujjat topshirish, to\u2018lov tizimlari ancha qulaylashdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Lekin, hali ham ko\u2018p sohalarda qog\u2018ozbozlik bor. Masalan, subsidiyalar uchun o\u2018rtacha 10 ta vazirlik va idoradan xulosa olish kerak. Elektr tarmoqlariga ulanishda ham ortiqcha xarajat va byurokratiya ko\u2018p. Tibbiyotda qaysi xizmat bepul yoki pulli bo\u2018lishi, davlatdan beriladigan dorilarning hisob-kitobi va egasiga yetib borishi aniq bir tizimli emas. Qurilish, transport, kommunal xo\u2018jaligi, standart, karantin idoralarida ham aholi va tadbirkorlarning ishi bitishi qiyin bo\u2018lgan jarayonlar juda ko\u2018p.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois Bosh vazirga har bir vazirlik va hokimlikda xizmat ko\u2018rsatish jarayonlarini tushunarli va qulay shaklga keltirish, ortiqcha xarajatlar va hujjatlarni qisqartirish bo\u2018yicha ko\u2018rsatma berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Bunda birdan bir mezon \u2013 odamlar roziligini olish, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Bugun xalqimiz elu yurt rivojiga befarq emas, mahalla ishlarida faol qatnashmoqda. Masalan, \u201cOchiq byudjet\u201d portali orqali aholi tashabbuslari hayotga ko\u2018chmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida 2 mingdan ziyod ana shunday loyihalar boshlandi. Eng muhimi, odamlar ularga o\u2018zlarini daxldor bilib, qurilgan infratuzilmadan asrab-avaylab foydalanayapti.<\/p>\n<p>Keyingi olti oyda bunday loyihalar uchun yana 1 trillion so\u2018m ajratilishi mo\u2018ljallangan. Shu bois mutasaddilarga aholi fikri asosida qilinadigan loyihalar ko\u2018lamini kengaytirish bo\u2018yicha topshiriq berildi.<\/p>\n<p>Iqtisodiyotda xususiy sektor o\u2018sib borayotgani sari malakali kadrlarga talab oshib bormoqda. Bu raqobatli bozorda davlat xizmati ham jozibador bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<p>Shu bois Prezidentimiz davlat xizmatchilari faoliyatining kafolatlari ham kuchaytirilishini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Xususan, kelgusi yildan xodimning tajribasi, malakasi va erishgan natijasiga qarab, rag\u2018batlantirish tizimi joriy qilinadi. Ularning hayoti va sog\u2018lig\u2018i davlat hisobidan sug\u2018urta qilinadi. O\u2018z vazifalarini halol va pok bajarayotgan davlat xizmatchilari uchun keksalikni munosib o\u2018tkazish kafolatlari yaratiladi.<\/p>\n<p>Davlat xizmatchilarini tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga ham to\u2018xtalib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Shu paytgacha davlat xizmatchilarining atigi 20 foizi malaka oshirgan. O\u2018qitish sifati ham zamon talabi darajasida emas.<\/p>\n<p>Shuning uchun xorijiy o\u2018quv markazlari bilan birga qo\u2018shma ta\u02bclim dasturlarini yo\u2018lga qo\u2018yish muhimligi qayd etildi. Vazirliklar tizimidagi 110 ta malaka oshirish markazi faoliyatini qayta ko\u2018rib chiqib, o\u2018qitish dasturlari va metodikalarini yangilash, ularga malakali mutaxassislarni jalb qilish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda Bosh vazir va uning o\u2018rinbosarlari, tarmoq va hudud rahbarlari, xorijiy hamkorlarning fikrlari eshitildi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-3018","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3018","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3018"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3018\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3019,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3018\/revisions\/3019"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3018"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3018"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3018"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}