{"id":2975,"date":"2022-07-29T10:10:35","date_gmt":"2022-07-29T08:10:35","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2975"},"modified":"2022-07-29T10:10:35","modified_gmt":"2022-07-29T08:10:35","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%bd%d1%8f%d0%bb-%d0%bc%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%81%d1%82","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/07\/29\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%bd%d1%8f%d0%bb-%d0%bc%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%81%d1%82\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining poytaxtimizdagi yig\u2018ilishi tadbirlarida ishtirok etayotgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1659022351.44.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, suhbatda O\u2018zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar batafsil ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mintaqadagi vaziyatga hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik jihatlariga, shu jumladan SHHT sammitiga tayyorgarlik masalalariga alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuv avvalida tashqi ishlar vaziri O\u2018zbekiston yetakchisiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi yillarda ikki mamlakat o\u2018rtasidagi ko\u2018p qirrali amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zaro savdo hajmi barqaror yuqori sur\u02bcat bilan ortib bormoqda. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash 32 foizga oshdi. Qo\u2018shma Loyiha ofisining faoliyati doirasida qariyb 40 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p>Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuv yo\u2018nalishida samarali ishlar olib borilmoqda. Keyingi bir necha yilda O\u2018zbekistonda Rossiyaning 12 ta yetakchi oliy ta\u02bclim muassasalarining faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Mintaqaviy, shu jumladan \u201cMarkaziy Osiyo \u2013 Rossiya\u201d formatidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.<\/p>\n<p>Afg\u2018onistondagi vaziyatning tinchlik yo\u2018li bilan hal etilishiga va ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga ko\u2018makni kengaytirish masalalariga alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2975","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2975","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2975"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2975\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2976,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2975\/revisions\/2976"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2975"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2975"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2975"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}