{"id":2959,"date":"2022-07-27T10:06:03","date_gmt":"2022-07-27T08:06:03","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2959"},"modified":"2022-07-27T10:06:03","modified_gmt":"2022-07-27T08:06:03","slug":"%d0%be%d0%b1%d1%80%d0%b0%d1%89%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%88%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/07\/27\/%d0%be%d0%b1%d1%80%d0%b0%d1%89%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%88%d0%b0\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidentining &#8220;Afg\u2018oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot\u201d mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaati"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1658852247.9726.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>(Toshkent shahri, 2022-yil 26-iyul)<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>Xonimlar va janoblar!<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cAfg\u2018oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot\u201d mavzusidagi Toshkent xalqaro konferensiyasining barcha ishtirokchilarini qutlashdan bag\u2018oyat mamnunman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu forumni o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risidagi tashabbusimizni qo\u2018llab-quvvatlagani uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish janoblariga alohida minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Anjuman ishida BMT Bosh kotibining vakili janob Markus Potsel ishtirok etayotgani Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg\u2018onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi maqsadlarga qat\u02bciy sodiq ekanidan dalolat beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yevropa Ittifoqi va Yevropa mamlakatlari, Xitoy, Rossiya, AQSH, Markaziy va Janubiy Osiyo, Yaqin va O\u2018rta Sharq, Osiyo-Tinch okeani mintaqalari davlatlari maxsus vakillarining konferensiyada ishtirok etayotgani esa bugungi uchrashuvning ahamiyatini yana-da kuchaytirmoqda. Sizlar Afg\u2018oniston muammolarini hal etish va afg\u2018on xalqiga yordam ko\u2018rsatish bo\u2018yicha qarorlar qabul qilishda bevosita qatnashib kelmoqdasiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz bugungi forumda Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlar va yetakchi tahlil markazlari vakillarini ko\u2018rib turganimizdan xursandmiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Anjumanda ishtirok etayotgan Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi janob Amir Xon Muttaqiy boshchiligidagi nufuzli Afg\u2018oniston delegatsiyasini ham qutlaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur konferensiya Afg\u2018onistonning yangi hukumati bilan afg\u2018on xalqi va butun xalqaro hamjamiyat manfaatlarini har tomonlama hisobga olishga asoslangan o\u2018zaro hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yish yuzasidan amaliy fikr almashish uchun imkon yaratadi, deb ishonamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>\u00a0Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbek va afg\u2018on xalqlari ming yillar davomida yonma-yon yashab keladi. Bizni umumiy madaniy, ma\u02bcnaviy va tarixiy qadriyatlar, yagona din va buyuk ajdodlarimizning merosi birlashtirib turadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u02bckidlash kerakki, Amudaryoning narigi sohilida tinchlik bo\u2018lmasa, O\u2018zbekistonda va Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga erishib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu sababli o\u2018zining yangi tarixida chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar inqirozga duch kelayotgan Afg\u2018onistonga nisbatan dunyoda e\u02bctibor susayib borayotgani xavotir uyg\u2018otmasdan qolmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aminmizki, jahon hamjamiyati bugun 1990-yillardagi xatolarni qayta takrorlamaydi, ularni chetlab o\u2018ta oladi va bu maqsadga albatta erishish lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Afg\u2018onistonning xalqaro maydonda yakkalab qo\u2018yilishi gumanitar vaziyatning yana-da yomonlashuviga olib kelishi muqarrar. Shu bois bunday holatga yo\u2018l qo\u2018ymaslik muhimdir, chunki gap millionlab insonlarning taqdiri haqida bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi paytda Afg\u2018oniston Muvaqqat hukumati mamlakatda tinchlikni qaror toptirish bo\u2018yicha muayyan qadamlar qo\u2018ymoqda, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga, qo\u2018shni davlatlar bilan do\u2018stona aloqalar, xalqaro hamjamiyat bilan o\u2018zaro manfaatli hamkorlik o\u2018rnatishga harakat qilmoqda. Biz ushbu sa\u02bcy-harakatlarni rag\u2018batlantirishimiz va qo\u2018llab-quvvatlashimiz zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, davlat boshqaruvida afg\u2018on jamiyatining barcha qatlamlaridan vakillar keng ishtirok etadigan tarkibni shakllantirish, inson, ayniqsa, xotin-qizlar, barcha milliy va diniy guruhlarning asosiy huquq va erkinliklarini ta\u02bcminlash Afg\u2018onistonda uzoq muddatli tinchlik o\u2018rnatishning fundamental asosi bo\u2018lib qolmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz Afg\u2018onistonning hozirgi hukumatini terrorizmning har qanday shakli va ko\u2018rinishlarining oldini olish va ularga qarshi kurashish, barcha xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan aloqalarni uzish uchun o\u2018zining qat\u02bciy irodasini namoyon etib, keskin choralar ko\u2018rishga chaqiramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday yondashuv Muvaqqat hukumatga bo\u2018lgan ishonchning mustahkamlanishiga olib keladi, Afg\u2018oniston uchun yon-atrofdagi davlatlar va xalqaro hamjamiyat bilan do\u2018stlik, yaqin qo\u2018shnichilik va o\u2018zaro foydali hamkorlik muhitida barqaror taraqqiy etish bo\u2018yicha aniq istiqbollar ochadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>Qadrli do\u2018stlar!<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yaqinda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Janubiy va Markaziy Osiyo o\u2018rtasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlikni mustahkamlash to\u2018g\u2018risidagi maxsus rezolyutsiya ham Afg\u2018onistonda tinchlikni saqlash xalqaro xavfsizlikni ta\u02bcminlash uchun g\u2018oyat muhim ahamiyatga ega ekanini tasdiqladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz, butun xalqaro hamjamiyat afg\u2018on xalqi bilan birdamlikni namoyon etishimiz zarur. Biz o\u2018z sa\u02bcy-harakatlarimizni Afg\u2018onistonni tinch, barqaror va farovon o\u2018lkaga, terrorizm, urush va narkotik moddalardan xoli mamlakatga aylantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga safarbar qilishimiz lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Afg\u2018oniston iqtisodiyotini qayta tiklash vazifasi bizning umumiy ustuvor yo\u2018nalishimizga aylanishi zarur. Ayni shunday qarash jafokash afg\u2018on zaminida mustahkam tinchlik o\u2018rnatishning muhim sharti hisoblandi. Bu yo\u2018nalish, xususan, mamlakatning mintaqalararo iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvini, infratuzilmalarga doir va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishni o\u2018z ichiga oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi kunda O\u2018zbekiston Afg\u2018onistonni ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar jihatdan qayta tiklashga ko\u2018maklashish borasidagi xalqaro sa\u02bcy-harakatlarga, jumladan, yirik transmintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surgan holda, salmoqli hissa qo\u2018shmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018zimning nihoyasida bugungi konferensiya foydali bahs-munozaralar uchun hamda Afg\u2018oniston xalqining manfaatlari va orzu-intilishlariga javob beradigan, o\u2018zaro kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqishda samarali muloqot maydoni bo\u2018ladi, deb umid qilaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Konferensiya faoliyatiga, uning barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Shavkat Mirziyoyev<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2959","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2959","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2959"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2959\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2960,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2959\/revisions\/2960"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2959"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2959"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2959"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}