{"id":2957,"date":"2022-07-27T10:04:31","date_gmt":"2022-07-27T08:04:31","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2957"},"modified":"2022-07-27T10:04:31","modified_gmt":"2022-07-27T08:04:31","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%83%d0%b4%d0%be%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d1%82%d0%b2%d0%be%d1%80%d0%b5%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/07\/27\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%83%d0%b4%d0%be%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d1%82%d0%b2%d0%be%d1%80%d0%b5%d0%bd\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti: Xalqni rozi qilish \u2013 barcha rahbarlarning eng ustuvor vazifasi"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun aholi turmushini yaxshilash va tadbirkorlar faolligini oshirishga qaratilgan takliflar muhokamasi yuzasidan yig\u2018ilish o\u2018tkazdi, deb xabar qilmoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga tayanib.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1658851809.4337.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda barcha soha va yo\u2018nalishlarda fundamental islohotlar amalga oshirildi. Taraqqiyot strategiyasi mamlakatimizda rivojlanishning yangi bosqichini boshlab berdi. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yana-da rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish uning birinchi maqsadi etib belgilangan.<\/p>\n<p>Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotdagi barcha sohalar inson manfaatlarini ta\u02bcminlashga qaratilgan. Xususan, joriy yilning birinchi yarmida yalpi ichki mahsulot 5,4 foiz o\u2018sgan. Sanoat, qurilish, savdo va xizmatlar sohalaridagi rivojlanish sur\u02bcatlari ham, pirovardida, aholi turmushida namoyon bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, Xalq qabulxonalari, ijtimoiy tarmoqlar va so\u2018rovlar orqali soha va hududlardagi muammolar, odamlarning adolatli takliflari o\u2018rganib borilmoqda. Ular asosida xalqimizni rozi qiladigan qarorlar qabul qilinmoqda.<\/p>\n<p>Jumladan, tadbirkorlik bo\u2018yicha litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtirildi, muddatlari qisqartirildi. Yil boshidan buyon 50 mingdan ortiq yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi. Aholi sotib olgan uylarning 28 foizi ipoteka kreditlari hisobiga moliyalashtirildi. 1-sentyabrdan boshlab xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga ham davlat byudjetidan 2 million so\u2018mlik homiladorlik va tug\u2018ish nafaqasi to\u2018lab berish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qilindi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda aholi va biznesni qiynab kelayotgan muammolar, ular bo\u2018yicha ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi. Asosli takliflarni qanoatlantirish, odamlar uchun qulayliklarni oshirish bo\u2018yicha mutasaddilarga ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p>Prezident xalqimizni rozi qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish barcha rahbarlarning eng ustuvor vazifasi bo\u2018lishi kerakligini ta\u02bckidladi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2957","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2957","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2957"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2957\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2958,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2957\/revisions\/2958"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2957"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2957"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2957"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}