{"id":295,"date":"2017-11-26T13:06:15","date_gmt":"2017-11-26T11:06:15","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=295"},"modified":"2017-11-26T13:06:15","modified_gmt":"2017-11-26T11:06:15","slug":"%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%be%d1%80%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d0%b2%d0%b8%d0%b7%d0%b8%d1%82-%d0%be%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%b8%d0%b2%d1%88%d0%b8%d0%b9-%d0%bd%d0%be%d0%b2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2017\/11\/26\/%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%be%d1%80%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d0%b2%d0%b8%d0%b7%d0%b8%d1%82-%d0%be%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%b8%d0%b2%d1%88%d0%b8%d0%b9-%d0%bd%d0%be%d0%b2\/","title":{"rendered":"Hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilab bergan tarixiy tashrif"},"content":{"rendered":"<p>Avval xabar qilinganidek, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-24-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo\u2018ldi.<br \/>\n<!--more--><br \/>\nPrezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi har tomonlama samarali bo\u2018ldi. Uchrashuvlarda yirik investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish, iqtisodiyot, energetika, moliya, sarmoya, yuqori texnologiyalar kabi sohalardagi hamkorlikni yanada faollashtirish, o\u2018zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, gumanitar aloqalarni kengaytirish, vazirliklar va idoralararo hamkorlikni mustahkamlashga doir masalalar muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarga oid umumiy qiymati 10 milliard AQSH dollaridan ortiq 60 dan ziyod hujjat imzolandi. Shundan 4,5 milliard dollari to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri investitsiyalardir.<\/p>\n<p>Erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlar O\u2018zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o\u2018rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari 24-noyabr kuni BMT sobiq Bosh kotibi, Xalqaro Olimpiya qo\u2018mitasining etika komissiyasi raisi Pan Gi Munni qabul qildi.<\/p>\n<p>Samimiy va ochiq ruhda o\u2018tgan muloqotda davlatimiz rahbari Pan Gi Mun BMT Bosh kotibi lavozimida faoliyat yuritgan davrda O\u2018zbekiston bilan BMT hamkorligida samarali loyihalar amalga oshirilganini yodga oldi.<\/p>\n<p>Pan Gi Mun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifini yuqori baholab, ikki mamlakat o\u2018rtasidagi azaliy do\u2018stlik va o\u2018zaro ishonch ruhidagi hamkorlik aloqalari rivojida yangi bosqichni boshlab berganini qayd etdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonning tashabbuslari Markaziy Osiyoni barqaror va yuksak iqtisodiy rivojlangan mintaqaga aylantirishda muhim qadam bo\u2018lishi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Pan Gi Mun Shavkat Mirziyoyevga O\u2018zbekiston va Janubiy Koreya munosabatlarini mustahkamlashga qo\u2018shayotgan hissasi uchun minnatdorlik izhor qildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyun bilan uchrashdi.<\/p>\n<p>Spiker davlatimiz rahbarini samimiy qutlar ekan, Janubiy Koreya va O\u2018zbekiston o\u2018rtasidagi do\u2018stlik va strategik munosabatlarni yanada mustahkamlash keng ko\u2018lamli hamkorlikni rivojlantirishda muhim o\u2018rin tutishini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Joriy yil 26-sentabr kuni Toshkentda bo\u2018lib o\u2018tgan muzokaralarda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, mazkur yo\u2018nalishdagi aloqalarni yanada kengaytirish borasida muhim kelishuvlarga erishilgan edi. O\u2018sha uchrashuvning mantiqiy davomi bo\u2018lgan bugungi muzokaralar o\u2018zaro ishonch va samimiy ruhda o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi faoliyati bilan tanishdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi poytaxti meriyasiga tashrif buyurdi. Prezidentimizni Seul shahri meri Pak Von Sun kutib oldi.<\/p>\n<p>Shavkat Mirziyoyev faxriy mehmonlar kitobiga o\u2018zining tilaklarini yozib qoldirdi.<\/p>\n<p>Uchrashuvda O\u2018zbekiston bilan Janubiy Koreyani do\u2018stlik rishtalari, o\u2018zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkam bog\u2018lab turishi alohida ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari va banklari ishtirokida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida o\u2018nlab yirik loyihalar amalga oshirilgan va oshirilmoqda. Rasmiy Seul mamlakatimizda sanoat va infratuzilmani diversifikatsiya va modernizatsiya qilishga doir ustuvor dasturlarni amalga oshirishda an\u2019anaviy yetakchi investitsion va texnologik sherik hisoblanadi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari joriy yil 3-iyul kuni Seul shahri meri Pak Von Sunni Toshkentda qabul qilib, birodarlashgan shaharlar \u2013 Toshkent va Seul o\u2018rtasida amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan edi.<\/p>\n<p>Bugungi uchrashuvda zamonaviy texnologiyalar asosida shaharni boshqarish, transport tizimi va uy-joy kommunal xo\u2018jaligini rivojlantirish bo\u2018yicha samarali tizimni tashkil etish sohasida Janubiy Koreyaning ilg\u2018or tajribasidan foydalanish masalasiga alohida e\u2019tibor qaratildi. Shaharsozlik, me\u2019morchilik va landshaft dizayni sohalarida o\u2018zaro hamkorlikni faollashtirish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Seul shahrining faxriy fuqarosi unvonini berishga bag\u2018ishlangan marosim bo\u2018lib o\u2018tdi. Marosimda so\u2018zga chiqqanlar O\u2018zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o\u2018rtasidagi hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani, ikki mamlakat o\u2018rtasidagi do\u2018stlik munosabatlari yanada mustahkamlanishida Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari xalqlarimiz o\u2018rtasidagi do\u2018stlik ramzi sifatida Toshkent shahridagi ko\u2018chalardan biriga Seul nomi berish taklifini bildirdi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga Seul shahri faxriy fuqarosi unvoni tantanali topshirildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi hamkorligi so\u2018nggi yillarda keng ko\u2018lam kasb etdi. Davlatimiz rahbarining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi davomida savdo, yoqilg\u2018i-energetika, kimyo, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, avtomobilsozlik, tog\u2018-kon sanoati, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xo\u2018jaligi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, tibbiyot, turizm, fan-ta\u2019lim va madaniyat kabi ko\u2018plab sohalarda kelishuvlarga erishildi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashuvda erishilgan mazkur kelishuvlarni amaliyotga izchil tatbiq etish, yangi istiqbolli loyihalar bo\u2018yicha hamkorlik aloqalarini jadallashtirish masalalarini muhokama qildi.<\/p>\n<p>Suhbat chog\u2018ida Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu davlat tashrifi mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, strategik sheriklik munosabatlarini izchil mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In hamrohligida Seul shahridagi Janubiy Koreya Milliy muzeyiga tashrif buyurdi.<\/p>\n<p>Mazkur muzey Koreya Respublikasining eng yirik tarixiy va madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. 1945 yil asos solingan muzey uchun 2005-yil o\u2018ziga xos me\u2019moriy yechimga ega zamonaviy bino barpo etilgan. Osiyoda eng yirik, deya e\u2019tirof etiladigan ushbu muzey ko\u2018lami jihatidan dunyoda oltinchi o\u2018rinda turadi. Muzeyda 220 mingdan ortiq tarixiy, badiiy, arxeologik va boshqa eksponatlar to\u2018plangan.<\/p>\n<p>Prezidentimiz muzey eksponatlari bilan tanishdi. Madaniy-gumanitar sohalarda davlatlarimiz o\u2018rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish yuzasidan kelishib olindi.<\/p>\n<p>Shu bilan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi. Ushbu tashrif siyosiy, iqtisodiy natijalari bilan mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi munosabatlar tarixidan muhim o\u2018rin egallashi va o\u2018zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko\u2018tarishi muqarrar.<\/p>\n<div>\u00a0O\u2018zA<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":296,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-295","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/295","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=295"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/295\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":297,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/295\/revisions\/297"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/296"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=295"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=295"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=295"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}