{"id":2915,"date":"2022-07-22T09:24:15","date_gmt":"2022-07-22T07:24:15","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2915"},"modified":"2022-07-22T09:24:15","modified_gmt":"2022-07-22T07:24:15","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%b8%d0%bb-%d0%b7%d0%b0-%d0%bf%d0%be","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/07\/22\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%b8%d0%bb-%d0%b7%d0%b0-%d0%bf%d0%be\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti mintaqada ko\u2018p tomonlama hamkorlikning samaradorligini oshirishni taklif etdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div id=\"carousel-example-generic\" class=\"carousel slide\" data-ride=\"carousel\">\n<div class=\"carousel-inner\" role=\"listbox\">\n<div>\n<p style=\"text-align: justify;\">21-iyul kuni Cho\u2018lponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to\u2018rtinchi Maslahat uchrashuvi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qirg\u2018iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov raisligidagi sammitda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etdilar.<\/p>\n<\/div>\n<div class=\"item active\">\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/4b25b5d8-282f-3eb0-5ac6-a07aaba3fe46_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<div class=\"carousel-caption\"><\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mintaqaviy xavfsizlikka zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi birgalikda chora ko\u2018rish borasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari, Markaziy Osiyo davlatlarining barqaror iqtisodiy o\u2018sishini ta\u2019minlash, faol madaniy-gumanitar almashinuvlarini davom ettirish maqsadida mintaqaviy sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari o\u2018z nutqida ushbu formatda yo\u2018lga qo\u2018yilgan muntazam muloqot tufayli Markaziy Osiyoda do\u2018stlik va yaxshi qo\u2018shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga, mutlaqo yangi konstruktiv hamkorlik muhitini yaratishga muvaffaq bo\u2018linganini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Markaziy Osiyoning xavfsizligi va barqarorligini, izchil ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta\u2019minlash bo\u2018yicha murakkab vazifalarni izchil hal qilib kelayapmiz, &#8211; dedi O\u2018zbekiston Prezidenti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu borada ko\u2018plab to\u2018siqlar bartaraf etildi, fuqarolarimiz erkin harakatlanishi, faol madaniy va turistik almashinuvlar amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratildi. O\u2018zaro savdo va investitsiyalarning o\u2018sishiga xizmat qilayotgan qulay muhit shakllantirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mintaqa mamlakatlari sanoat kooperatsiyasi bo\u2018yicha qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirishga kirishdi, samarali qo\u2018shilgan qiymat zanjirlarini yaratmoqda, transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Eng muhimi \u2013 barcha ijobiy o\u2018zgarishlarni birodar xalqlarimiz his qilmoqda, &#8211; dedi mamlakatimiz yetakchisi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga davlatimiz rahbari jahondagi murakkab vaziyat mintaqamizga ham bevosita ta\u2019sir ko\u2018rsatayotganini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqaro tartibotning oqibatlarini prognoz qilish og\u2018ir bo\u2018lgan shiddatli transformatsiyasi kuzatilmoqda. Dunyo global miqyosda muloqot va ishonch taqchilligi ortib borayotganining guvohi bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jahon iqtisodiyotidagi inqirozli hodisalar kuchaygani natijasida mamlakatlarimiz an\u2019anaviy logistika zanjirlari uzilishi muammosiga duch kelmoqda, inflyatsiya importi ortmoqda, oziq-ovqat va energetik xavfsizlikka xatarlar karrasiga ko\u2018paydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Bunday sharoitda Maslahat uchrashuvlari formati doirasida ko\u2018p tomonlama hamkorlikni muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish zarurati yanada oshmoqda, &#8211; dedi Shavkat Mirziyoyev. &#8211; Alohida qayd etaman, butun mintaqaning tinchligi, barqarorligi va farovonligi jipsligimizga, Markaziy Osiyoning umumiy manfaatlarini himoya qilish bo\u2018yicha qat\u2019iy choralar ko\u2018rishga tayyorligimizga bog\u2018liq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Prezidenti dolzarb masalalar yuzasidan nuqtai nazarini bayon qildi hamda ko\u2018p qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlash va mintaqada amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator takliflarni ilgari surdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ijobiy sur\u2019atga qaramasdan mamlakatlarimizning savdo-iqtisodiy hamkorlik salohiyati ro\u2018yobga chiqarilmasdan qolayotgani ta\u2019kidlandi. Bugun mintaqa ichidagi savdo hissasiga turli hisob-kitoblarga ko\u2018ra mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi umumiy tovar ayirboshlashning 5 foizidan 10 foizigacha to\u2018g\u2018ri kelmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu munosabat bilan o\u2018zaro savdoni rag\u2018batlantirishning yangi shakl va mexanizmlarini faol joriy qilish taklif etildi. Tovar yetkazib berishning qoidalari bir xillashtirilgan va tartib-taomillari soddalashtirilgan chegaraoldi savdo zonalari tizimini yaratish shular jumlasidan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari uchinchi mamlakatlardan importning o\u2018rnini mintaqa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan bosishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish borasidagi sa\u2019y-harakatlarni faollashtirishga chaqirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sanoat kooperatsiyasi bo\u2018yicha qo\u2018shma loyihalarni ilgari surish yana bir muhim vazifadir. Prezidentimiz industrial rivojlanish milliy dasturlari asosida Markaziy Osiyo mahalliylashtirish va importning o\u2018rnini bosish makonini shakllantirishga umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish muhimligini qayd etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston yetakchisi iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish masalalariga alohida e\u2019tibor qaratishga chaqirib, bu mahsulot tannarxini kamaytirish va raqobatbardoshligini ta\u2019minlashga xizmat qilishini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri hududlararo hamkorlik salohiyatidan kengroq foydalanish va har yili Markaziy Osiyo hududlari forumini o\u2018tkazishni yo\u2018lga qo\u2018yish taklif etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shavkat Mirziyoyev mintaqadagi hamkorlarga yaqinda O\u2018zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining Markaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlikni mustahkamlash to\u2018g\u2018risidagi maxsus rezolyutsiya qo\u2018llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirdi hamda ushbu tashabbusning davomi sifatida Hindiston, Pokiston va Xitoy bozorlariga chiqish uchun muqobil transport yo\u2018laklarini ilgari surish bo\u2018yicha \u00abyo\u2018l xaritasi\u00bbni ishlab chiqishni taklif etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishtirokchilarning e\u2019tibori oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlash bo\u2018yicha birinchi navbatda Markaziy Osiyoning umumiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda tizimli ishlarni yo\u2018lga qo\u2018yish lozimligiga qaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu maqsadda Prezidentimiz aholini mamlakatlarimizda yetarli hajmda ishlab chiqarilayotgan keng turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta\u2019minlashning kompleks sxemasini birgalikda ishlab chiqishni taklif etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ekologiya sohasidagi ko\u2018p tomonlama hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkorlarga e\u2019tiborni O\u2018zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan \u00abMarkaziy Osiyo uchun \u00abYashil\u00bb kun tartibi\u00bb dasturi doirasida iqtisodiyotni karbonsizlantirish, muqobil energetikani rivojlantirish va o\u2018zaro elektr energiyasi yetkazishni tashkil etish, suv tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni keng joriy qilish, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga qaratish taklif etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz \u00abyashil taraqqiyot\u00bb masalalarida Markaziy Osiyo davlatlari bugun jahonning yetakchi mintaqalaridan ancha orqada ekanini afsus bilan qayd etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Mamlakatlarimizning uzoq muddatli istiqbolda raqobatbardoshligini ta\u2019minlash uchun hukumatlarda bugun qabul qilinayotgan dasturni amalga oshirish bo\u2018yicha Aniq chora-tadbirlar rejasini tayyorlashni topshirish zarur, &#8211; dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mintaqa mamlakatlarining birodar xalqlarini yanada yaqinlashtirish maqsadida umumiy tariximizni chuqur o\u2018rganish, madaniyat, ta\u2019lim, sport va turizm sohalarida qo\u2018shma dasturlarni amalga oshirish zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ma\u2019noda, Prezidentimiz Markaziy Osiyo madaniyat, san\u2019at va milliy taomlar festivalini navbatma-navbat o\u2018tkazib borishni taklif qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Maxsus turizm marshrutlari va mahsulotlarini ishlab chiqish, yagona piar-kampaniyalarni o\u2018tkazish orqali mintaqa ichidagi turizmni faol rag\u2018batlantirishimiz lozimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yoshlarga doir siyosatning umumiy yo\u2018nalishlari to\u2018g\u2018risida ko\u2018p tomonlama bitim tayyorlash tashabbusi ilgari surildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari xavfsizlik sohasidagi mintaqaviy hamkorlikning strategik yo\u2018nalishlariga alohida e\u2019tibor qaratdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Alohida qayd etaman, mintaqa xavfsizligi bo\u2018linmas va, eng avvalo, sherikligimiz qanchalik samarali yo\u2018lga qo\u2018yilganiga bog\u2018liq, &#8211; dedi Shavkat Mirziyoyev. &#8211; Shu ma\u2019noda, ekstremizm va terrorizm, uyushgan jinoyatchilik va narkotrafikdek an\u2019anaviy tahdidlarga qarshi kurashda amaliy hamkorligimizni bundan buyon ham kuchaytirib borishimiz zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbarining fikricha, ko\u2018lami tobora ortib borayotgan Internetdagi noqonuniy faoliyat bilan bog\u2018liq yangi xatarlar alohida e\u2019tiborni taqozo etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Afg\u2018onistonda uzoq muddatli tinchlikni ta\u2019minlashga va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko\u2018maklashish masalalarida yaqindan hamkorlikni davom ettirish biz uchun eng muhim ustuvor yo\u2018nalish bo\u2018lib qolishi kerakligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mintaqa davlatlari ushbu mamlakatning eng yaqin qo\u2018shnilari sifatida undagi barqarorlikdan birinchi navbatda o\u2018zlari manfaatdor bo\u2018lishlari lozim, dedi O\u2018zbekiston yetakchisi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu mamlakat bilan savdo aloqalarini faol rivojlantirish, uni mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga jalb qilish, afg\u2018on xalqiga gumanitar yordamni kengaytirish, muhim ijtimoiy va infratuzilmaviy loyihalarni ilgari surish muhim ekani qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz so\u2018zining yakunida Maslahat uchrashuvi natijalari mamlakatlarimiz o\u2018rtasida strategik sheriklik va ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishiga, amaliy hamkorlik bo\u2018yicha qo\u2018shma dastur va loyihalarning ilgari surishiga kuchli sur\u2019at bag\u2018ishlashiga ishonch bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qozog\u2018iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg\u2018iziston Prezidentlari o\u2018z nutqlarida bunday muntazam uchrashuvlarning dolzarb ahamiyatini alohida qayd etib, mintaqada do\u2018stlik, yaxshi qo\u2018shnichilik va sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sammit yakunida XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish yo\u2018lidagi do\u2018stlik, yaxshi qo\u2018shnichilik va hamkorlik to\u2018g\u2018risida shartnoma imzolandi. Davlat rahbarlari Cho\u2018lponota Maslahat uchrashuvining qo\u2018shma bayonoti, 2022-2024-yillarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo\u2018yicha yo\u2018l xaritasi, \u201cMarkaziy Osiyo uchun \u201cYashil kun tartibi\u201d mintaqaviy dasturi hamda Markaziy Osiyo davlatlarining ko\u2018p tomonlama formatlar doirasidagi hamkorligi konseptsiyasini qabul qildilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to\u2018rtinchi Maslahat uchrashuvi yakunlandi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2915","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2915","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2915"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2915\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2916,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2915\/revisions\/2916"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2915"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2915"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2915"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}