{"id":2913,"date":"2022-07-22T09:15:28","date_gmt":"2022-07-22T07:15:28","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2913"},"modified":"2022-07-22T09:15:28","modified_gmt":"2022-07-22T07:15:28","slug":"%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83-4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/07\/22\/%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83-4\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to\u2018rtinchi maslahat uchrashuvidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli hamkasblar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi uchrashuvimizning barcha ishtirokchilarini qutlashdan xursandman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli hamkasblarimning so\u2018zlariga qo\u2018shilgan holda, Qirg\u2018iziston Prezidenti muhtaram Sadir Nurg\u2018ojoyevichga samimiy qabul va sammitni a\u2019lo darajada tashkil etgani uchun minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"news_in_img aligncenter\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/ff25d06c-e396-7e5e-18db-5510ba4fdf93_lists_5360.jpg\" alt=\"\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, Maslahat uchrashuvida ilk bor ishtirok etayotgan hurmatli Serdar Gurbanguliyevichni ko\u2018rib turganimdan mamnunman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun bir necha bor ta\u2019kidlanganidek, ushbu formatda olib borilayotgan muloqot tufayli do\u2018stlik va yaxshi qo\u2018shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga, mintaqamizda mutlaqo yangi konstruktiv hamkorlik muhitini yaratishga muvaffaq bo\u2018ldik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Markaziy Osiyoning xavfsizligi va barqarorligini, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta\u2019minlash bo\u2018yicha murakkab vazifalarni izchil hal etib kelmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu borada ko\u2018plab to\u2018siqlar bartaraf etildi, fuqarolarimizning erkin harakatlanishi, faol madaniy va sayyohlik almashuvlari amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratildi. O\u2018zaro savdo va investitsiyalarning o\u2018sishiga xizmat qilayotgan qulay muhit shakllantirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Faqatgina so\u2018nggi besh yilda mintaqa ichida tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar oshdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz sanoat kooperatsiyasi bo\u2018yicha qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirishga ham kirishdik, samarali qo\u2018shilgan qiymat zanjirlarini yaratmoqdamiz, transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Eng muhimi \u2013 barcha ijobiy o\u2018zgarishlarni bizning birodar xalqlarimiz his etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Muhtaram hamkasblar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jahondagi mintaqamizga bevosita ta\u2019sir ko\u2018rsatayotgan murakkab vaziyat bo\u2018yicha bugun bildirilgan fikr-mulohazalarni qo\u2018llab-quvvatlayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqaro tartibotning oqibatlarini oldindan aytish qiyin bo\u2018lgan shiddatli transformatsiya jarayonlari kuzatilmoqda. Biz global miqyosda muloqot va ishonch taqchilligi tobora ortib borayotganiga guvoh bo\u2018lmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jahon iqtisodiyotidagi inqirozli holatlar kuchayib borayotgani natijasida mamlakatlarimiz an\u2019anaviy logistika zanjirlari uzilishi bilan bog\u2018liq muammoga duch kelmoqda, inflyatsiyaning importi ortmoqda, oziq-ovqat va energetika xavfsizligiga nisbatan xavf-xatarlar bir necha bor ko\u2018paymoqda. Bunday sharoitda Maslahat uchrashuvlari formati doirasida ko\u2018p tomonlama hamkorlikni muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish zarurati yanada kuchaymoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuni alohida qayd etmoqchiman, butun mintaqamizning tinchligi, barqarorligi va farovonligi jipsligimizga, Markaziy Osiyoning umumiy manfaatlarini himoya qilish bo\u2018yicha qat\u2019iy choralar ko\u2018rishga tayyorligimizga bog\u2018liq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli davlat rahbarlari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko\u2018p qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlash va amaliy mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida umumiy sa\u2019y-harakatlarimizni quyidagi muhim yo\u2018nalishlarga qaratishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchisi \u2013 iqtisodiy yo\u2018nalish. Tahlillar shuni ko\u2018rsatmoqdaki, ijobiy o\u2018sish sur\u2019atlariga qaramasdan, mamlakatlarimizning savdo-iqtisodiy hamkorlik salohiyati to\u2018liq ishga solinmasdan qolmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turli hisob-kitoblarga ko\u2018ra, bugungi kunda mintaqa ichidagi savdo ulushiga mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi umumiy tovar aylanishining 5 foizidan 10 foizigacha bo\u2018lgan qismi to\u2018g\u2018ri kelmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu munosabat bilan o\u2018zaro savdoni rag\u2018batlantirishning yangi shakl va mexanizmlarini faol joriy qilishni taklif etamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tovar yetkazib berishning qoidalari birxillashtirilgan va tartib-taomillari soddalashtirilgan chegara hududlarida savdo zonalari tizimini yaratish shular jumlasidandir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu borada uchinchi mamlakatlardan qimmat va har doim ham sifatli bo\u2018lmagan import o\u2018rnini o\u2018zimizning ishlab chiqaruvchilarimiz mahsulotlari hisobidan to\u2018ldirish bo\u2018yicha sa\u2019y-harakatlarni tushunish va qo\u2018llab-quvvatlash muhim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sanoat kooperatsiyasi bo\u2018yicha qo\u2018shma loyihalarni ilgari surish yana bir muhim vazifadir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biznes doiralarimiz mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotlarining raqobat nuqtai nazaridan ustunliklari va bir-birini to\u2018ldirib turishidan foydalangan holda, ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishdan manfaatdor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu munosabat bilan sanoatni rivojlanish milliy dasturlari asosida Markaziy Osiyoda mahalliylashtirish va import o\u2018rnini bosish makonini shakllantirish bo\u2018yicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish masalalariga alohida e\u2019tibor qaratishni taklif etaman. Bu mahsulot tannarxini kamaytirish va raqobatbardoshligini ta\u2019minlash imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida hududlararo to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri hamkorlik borasidagi salohiyatdan kengroq foydalanish va har yili Markaziy Osiyo hududlari forumini o\u2018tkazishni yo\u2018lga qo\u2018yishni taklif etamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, mintaqaning investitsiya sohasidagi umumiy jozibadorligini oshirish uchun yagona qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga intilish zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Qadrli do\u2018stlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fursatdan foydalanib, yaqinda O\u2018zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining Markaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlikni mustahkamlash to\u2018g\u2018risidagi maxsus rezolyutsiyasini qo\u2018llab-quvvatlaganingiz uchun sizlarga minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu tashabbusning davomi sifatida Hindiston, Pokiston va Xitoy bozorlariga chiqish uchun muqobil transport yo\u2018laklarini ilgari surish bo\u2018yicha \u00abyo\u2018l xaritasi\u00bbni ishlab chiqish muhim, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkasblarimning oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlash chora-tadbirlari yuzasidan bildirgan takliflarini ham qo\u2018llab-quvvatlayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ma\u2019noda, mamlakatlarimizda yetarli miqdorda ishlab chiqarilayotgan keng turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan aholini kafolatli ta\u2019minlashning kompleks tizimini birgalikda ishlab chiqish muhim, deb o\u2018ylayman. Bu, eng avvalo, boshoqli don, yog\u2018-moy va ozuqa ekinlari, sarxil va qayta ishlangan meva-sabzavot, go\u2018sht-sut va ko\u2018plab boshqa mahsulotlardir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu masalalarda biz, birinchi navbatda, Markaziy Osiyoning umumiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, tizimli ishlarni yo\u2018lga qo\u2018yshimiz lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchi yo\u2018nalish \u2013 ekologiya sohasida ko\u2018p tomonlama hamkorlik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bizning \u00abMarkaziy Osiyo uchun \u00abYashil\u00bb kun tartibi\u00bb dasturini qabul qilish to\u2018g\u2018risidagi tashabbusimizni qo\u2018llab-quvvatlaganingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu dastur doirasida asosiy e\u2019tiborni \u00a0iqtisodiyotni is gazidan xoli qilish bo\u2018yicha xalqaro majburiyatlarni bajarish; muqobil energetika, eng avvalo, suv, quyosh va shamoldan elektr olishni jadal rivojlantirish, elektr energiyasini o\u2018zaro yetkazib berishni tashkil etish; suvni tejaydigan va ekologik toza texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga qaratishni taklif etamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tan olishimiz kerak, \u00abyashil taraqqiyot\u00bb masalalarida biz, afsuski, jahonning yetakchi mintaqalaridan ancha orqadamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uzoq istiqbolda mamlakatlarimizning raqobatbardoshligini ta\u2019minlash uchun hukumatlarimizga bugungi kunda qabul qilayotgan dasturni amalga oshirish bo\u2018yicha Aniq chora-tadbirlar rejasini tayyorlashni topshirish zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Gumanitar yo\u2018nalishda madaniyat, ta\u2019lim, sport va turizm sohalarida hamda umumiy tariximizni chuqur o\u2018rganish borasida hamkorlik dasturlarini amalga oshirish bo\u2018yicha birgalikdagi ishlarni kuchaytirishni taklif etaman. Bularning barchasi birodar xalqlarimizning yanada yaqinlashishiga xizmat qilishi shubhasiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatlarimizda Markaziy Osiyo madaniyat, san\u2019at va kino festivalini navbatma-navbat o\u2018tkazib borishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turizm sohasidagi hamkorligimizni kengaytirish imkoniyatlariga alohida e\u2019tibor qaratmoqchiman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Maxsus turizm marshrutlari va mahsulotlarini ishlab chiqish, umumiy \u00a0piar-kampaniyalarni o\u2018tkazish orqali mintaqa ichidagi turizmni faol rag\u2018batlantirib borishimiz lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu maqsadda o\u2018zaro turizm oqimlarini oshirish bo\u2018yicha aniq takliflarni tayyorlash uchun qo\u2018shma ekspertlar guruhini tuzishni taklif etamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Joriy yil may oyida Toshkent shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan Markaziy Osiyo yoshlar forumining samarali yakunlariga alohida to\u2018xtalib o\u2018tmoqchiman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yoshlarimizning qarash va intilishlari o\u2018xshashligiga, ularning ulkan intellektual salohiyatiga yana bir bor amin bo\u2018ldik. Ularning ilg\u2018or tashabbuslari, kreativ yondashuvlari va startap loyihalarini bundan buyon ham har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlashimiz lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Navbatdagi uchrashuvimizgacha Yoshlarga doir siyosatning umumiy yo\u2018nalishlari to\u2018g\u2018risida ko\u2018p tomonlama bitim tayyorlashni taklif etamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli do\u2018stlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xavfsizlik sohasi \u2013 mintaqaviy hamkorligimizning strategik yo\u2018nalishidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mintaqaviy xavfsizlik bo\u2018linmas va eng avvalo, bizning sherikligimiz qanchalik samarali yo\u2018lga qo\u2018yilganiga bog\u2018liq ekanini ta\u2019kidlamoqchiman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ma\u2019noda, ekstremizm va terrorizm, uyushgan jinoyatchilik va narkotrafik kabi an\u2019anaviy tahdidlarga qarshi kurashda amaliy hamkorligimizni bundan buyon ham kuchaytirib borishimiz zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko\u2018lami tobora ortib borayotgan Internetdagi noqonuniy faoliyat bilan bog\u2018liq yangi xavf-xatarlar alohida e\u2019tibor qaratishimizni taqozo etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun ushbu tahdidlar yo\u2018lida hech qanday chegara yo\u2018q \u2013 ular mobil telefonlar orqali kirib kelmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Afsuski, O\u2018zbekistonda yaqinda ro\u2018y bergan fojiali voqealar bizning rejalarimizni buzishga, mintaqamizda beqaror vaziyatni vujudga keltirishga urinayotgan buzg\u2018unchi kuchlar mavjud ekanini yana bir bor tasdiqladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu munosabat bilan ushbu yo\u2018nalishlarda mintaqa mamlakatlarining Xavfsizlik kengashlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini yo\u2018lga qo\u2018yish taklifini qo\u2018llab-quvvatlaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Afg\u2018onistonda uzoq muddatli tinchlikni ta\u2019minlashga va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko\u2018maklashish masalalarida yaqindan hamkorlikni davom ettirish biz uchun eng muhim ustuvor yo\u2018nalish bo\u2018lib qolishi kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz ushbu mamlakatning eng yaqin qo\u2018shnilari sifatida bu zamindagi barqarorlikdan birinchi navbatda o\u2018zimiz manfaatdor bo\u2018lishimiz lozim. Mazkur muammo xalqaro hamjamiyat tomonidan qanday qabul qilinishi ham ko\u2018p jihatdan aynan bizga bog\u2018liq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, ushbu mamlakat bilan savdo aloqalarini faol rivojlantirish, uni mintaqamizdagi iqtisodiy jarayonlarga jalb etish, afg\u2018on xalqiga gumanitar yordamni kengaytirish, muhim ijtimoiy va infratuzilmaviy loyihalarni ilgari surish tarafdorimiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli hamkasblar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi sammitimizning eng muhim natijasi, hech shubhasiz, Markaziy Osiyoning tinchligi va barqaror taraqqiyoti yo\u2018lida do\u2018stlik, yaxshi qo\u2018shnichilik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to\u2018plami qabul qilinayotganidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkasblarimning fikrlariga qo\u2018shilgan holda, Maslahat uchrashuvi natijalari mamlakatlarimiz o\u2018rtasida strategik sheriklik va ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi, amaliy hamkorlik bo\u2018yicha qo\u2018shma dastur va loyihalarni ilgari surish uchun kuchli sur\u2019at bag\u2018ishlaydi, deb ishonch bildiraman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">E\u2019tiboringiz uchun rahmat.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2913","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2913","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2913"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2913\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2914,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2913\/revisions\/2914"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2913"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2913"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2913"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}