{"id":2895,"date":"2022-07-20T09:43:39","date_gmt":"2022-07-20T07:43:39","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2895"},"modified":"2022-07-20T09:54:50","modified_gmt":"2022-07-20T07:54:50","slug":"ozbekcha-qoraqalpogistonda-quvvati-200-mvt-bolgan-navbatdagi-shamol-elektr-stansiyasini-qurish-uchun-12-ta-xalqaro-kompaniya-ariza-berdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/07\/20\/ozbekcha-qoraqalpogistonda-quvvati-200-mvt-bolgan-navbatdagi-shamol-elektr-stansiyasini-qurish-uchun-12-ta-xalqaro-kompaniya-ariza-berdi\/","title":{"rendered":"Qoraqalpog\u2018istonda quvvati 200 MVt bo\u2018lgan navbatdagi shamol elektr stansiyasini qurish uchun 12 ta xalqaro kompaniya ariza berdi"},"content":{"rendered":"<p>Joriy yilning 1 aprel kuni Qoraqalpog\u2018istonda shamol elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish uchun malakali investorlarni tanlash e\u02bclon qilingan ikki bosqichli tenderga 17 iyulga qadar O\u2018zbekiston Energetika vazirligiga xalqaro kompaniyalardan 12 ta ariza kelib tushdi, deb xabar bermoqda\u00ab Dunyo\u00bb AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1658295920.574.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Vazirlik ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, loyiha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko\u2018magida Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Loyiha doirasida Qoraqalpog\u2018istonning Beruniy va Qorao\u2018zak tumanlari hududida quvvati 200 MVtga teng bo\u2018lgan navbatdagi shamol elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tender jarayoni eng yuqori xalqaro standartlar hamda ochiqlik va shaffoflik talablariga muvofiq o\u2018tkazilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u02bclumot uchun: O\u2018zbekiston hukumati\u00a0 2030 yilgacha mamlakatimizda 12 GVt quvvatga ega ekologik toza energiya ishlab chiqarish maqsadida keng ko\u2018lamli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu tashabbus doirasida hukumat Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) bilan umumiy quvvati 2 000 MVt (Shamol dasturi) bo\u2018lgan yirik shamol energetikasi loyihalarini ishlab chiqish bo\u2018yicha hamkorlik qilish uchun o\u2018zaro anglashuv memorandumini imzoladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tender komissiyasi ushbu 12 ta kompaniyadan kelib tushgan arizalarning to\u2018liqligi va RFQ ning belgilangan shartlariga muvofiqligini baholashga kirishadi, shundan so\u2018ng malakali ishtirokchilar e\u02bclon qilinadi. Keyinchalik malakali ishtirokchilar tender jarayonining ikkinchi bosqichida ishtirok etishga taklif qilinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tenderda qiziqish bildirgan, dastlabki saralash talabnomalarini taqdim etgan hamda arizalari tender komissiyasi tomonidan ko\u2018rib chiqiladigan va baholanadigan talabgarlar ichida\u00a0 BAA, Saudiya Arabistoni, Gonkong, Xitoy, Turkiya, Kayman orollari, Hindiston, Yaponiya, Fransiya kompaniyalari bor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Eslatib o\u2018tamiz, joriy yilning yil 24 fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog\u2018istonning Beruniy tumaniga tashrif buyurib, 100 MVt quvvatli yangi shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshini qo\u2018yib bergan edi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2895","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2895","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2895"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2895\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2902,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2895\/revisions\/2902"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2895"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2895"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2895"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}