{"id":2893,"date":"2022-07-20T09:41:42","date_gmt":"2022-07-20T07:41:42","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2893"},"modified":"2022-07-20T09:41:42","modified_gmt":"2022-07-20T07:41:42","slug":"%d0%b2-%d1%86%d0%b8%d0%ba-%d1%81%d0%be%d1%81%d1%82%d0%be%d1%8f%d0%bb%d0%b0%d1%81%d1%8c-%d0%b2%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b5%d1%87%d0%b0-%d1%81-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d1%82","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/07\/20\/%d0%b2-%d1%86%d0%b8%d0%ba-%d1%81%d0%be%d1%81%d1%82%d0%be%d1%8f%d0%bb%d0%b0%d1%81%d1%8c-%d0%b2%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b5%d1%87%d0%b0-%d1%81-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d1%82\/","title":{"rendered":"YEXHT DIIHB missiyasi Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati bilan uchrashuv o\u2018tkazdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizda bo\u2018lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo\u2018yicha byurosi (YEXHT DIIHB) Ehtiyojlarni baholash missiyasi delegatsiyasi kecha Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati bilan uchrashuv o\u2018tkazdi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1658293668.1329.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>MSK ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, bo\u2018lib o\u2018tgan uchrashuvda DIIHB ovoz berishning yangi texnologiyalari bo\u2018yicha katta maslahatchisi Vladimir Misev Markaziy saylov komissiyasi tomonidan bo\u2018lajak respublika referendumiga tayyorgarlik ko\u2018rish va o\u2018tkazish yuzasidan YEXHT DIIHB baholash missiyasining o\u2018z vaqtida taklif qilingani xalqaro saylov standarti talabiga to\u2018liq mos kelishini qayd etdi.<\/p>\n<p>YEXHT DIIHB metodologiyasiga ko\u2018ra, Ehtiyojlarni baholash missiyasi odatda muayyan saylov yoki referendum boshlanishidan bir necha oy oldin YEXHTga a\u02bczo davlatdagi saylov oldi yoki referendum oldi vaziyatni, shu jumladan, tadbirlarga tayyorgarlikni baholash uchun yuboriladi.<\/p>\n<p>Bo\u2018lajak respublika referendumini kuzatish bo\u2018yicha zarur tadbirlarning turi, shakli, muddati va ko\u2018lami bo\u2018yicha ehtiyojlarni baholash missiyasi ishi natijasida taqdim etilgan tavsiyalar asosida YEXHT DIIHB referendumni kuzatish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qiladi.<\/p>\n<p>Uchrashuvda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo\u2018jayev respublika referendumiga tayyorgarlik ko\u2018rish va tadbirni o\u2018tkazish bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan sa\u02bcy-harakatlar haqida atroflicha so\u2018zlab berdi. Suhbat chog\u2018ida Konstitutsiyamizni isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohot mamlakatimiz va xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea ekani ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>\u2013 Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 20 iyun kuni Konstitutsiyani isloh qilish bo\u2018yicha Konstitutsiyaviy komissiya a\u02bczolari bilan bo\u2018lib o\u2018tgan yig\u2018ilishda konstitutsiyaviy islohotning to\u2018rt ustuvor yo\u2018nalishiga to\u2018xtalib, har biri bo\u2018yicha o\u2018z fikrini bildirdi, \u2013 dedi Zayniddin Nizomxo\u2018jayev. \u2013 Davlatimiz rahbari Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasida ko\u2018rib chiqish va referendum yo\u2018li bilan qabul qilishni ham taklif etdi.<\/p>\n<p>Shu kunlarda \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u201dgi O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi xalqimizning faol ishtirokida qizg\u2018in muhokama qilinmoqda. Ayni jarayon 1 avgustga qadar davom etadi.<\/p>\n<p>Muloqot chog\u2018ida O\u2018zbekistonda barcha jabhalarda, jumladan, saylov tizimida ham yuksak demokratik talablar va xalqaro huquqiy me\u02bcyorlarga javob beradigan islohotlar amalga oshirilayotgani e\u02bctirof etildi.<\/p>\n<p>Xususan, 2022 yil 16 iyundagi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritilgani saylov qonunchiligidagi so\u2018nggi yangilikdir.<\/p>\n<p>Ta\u02bckidlash joiz, Saylov kodeksida 2019 yilgi parlament saylovi yakuni bo\u2018yicha YEXHT DIIHB tavsiyalari asosida kiritilgan qator muhim qoidalar o\u2018z aksini topgan. \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining referendumi to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunning ayrim normalari Saylov kodeksi va boshqa hujjatlarga muvofiqlashtirilgan.<\/p>\n<p>Qayd etilganidek, bugungi kunda bo\u2018lajak referendumga tayyorgarlik ko\u2018rishdagi ustuvor vazifalardan yana biri MSK normativ-huquqiy hujjatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirishdan iborat. Komissiya majlislarida referendumga taalluqli bir qator muhim huquqiy hujjatlar \u2013 Referendum o\u2018tkazuvchi okrug va okrug komissiyalari to\u2018g\u2018risida, referendum o\u2018tkazuvchi uchastka va uchastka komissiyalari to\u2018g\u2018risida, O\u2018zbekiston Respublikasi referendumida ishtirok etuvchi xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari to\u2018g\u2018risidagi nizomlar qabul qilindi.<\/p>\n<p>Uchrashuvda referendum o\u2018tkazuvchi okrug va uchastkalar, referendum komissiyalari ishini to\u2018g\u2018ri tashkil etish bo\u2018lajak referendumning sifati va saviyasiga bevosita ta\u02bcsir ko\u2018rsatuvchi muhim omillar ekani alohida ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan Referendum komissiyalari a\u02bczolari malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasi ishlab chiqildi. Konsepsiyaga ko\u2018ra, qisqa muddatda milliy qonunchilik va referendum amaliyotini takomillashtirish, xalqaro standart bo\u2018yicha komissiya a\u02bczoligiga nomzodlar bilim va ko\u2018nikmasini oshirish, ularni referendumga oid qonun hujjatlaridagi yangiliklardan xabardor qilish zarur.<\/p>\n<p>Markaziy saylov komissiyasi faoliyati va saylov jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni takomillashtirish referendumga tayyorgarlik ko\u2018rishning yana bir ustuvor yo\u2018nalishi sifatida qayd etildi.<\/p>\n<p>Shundan kelib chiqib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat personallashtirish markazi, Kadastr agentligi bilan hamkorlikda saylov jarayoni axborot tizimini, saylovchilarning yagona elektron ro\u2018yxatini yana-da takomillashtirish bo\u2018yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>YEXHT DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari mamlakatimizda saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish bo\u2018yicha olib borilayotgan ishlarni ijobiy baholab, bo\u2018lajak respublika referendumi umume\u02bctirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida yuqori saviyada o\u2018tkazilishiga ishonch bildirdi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2893","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2893","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2893"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2893\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2894,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2893\/revisions\/2894"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2893"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2893"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2893"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}