{"id":2877,"date":"2022-07-12T09:21:42","date_gmt":"2022-07-12T07:21:42","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2877"},"modified":"2022-07-12T09:21:42","modified_gmt":"2022-07-12T07:21:42","slug":"%d0%b3%d0%b5%d0%bd%d0%b5%d1%80%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%b0%d1%8f-%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%b1%d0%bb%d0%b5%d1%8f-%d0%be%d0%be%d0%bd-%d0%bf%d0%be-%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b0%d1%82","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/07\/12\/%d0%b3%d0%b5%d0%bd%d0%b5%d1%80%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%b0%d1%8f-%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%b1%d0%bb%d0%b5%d1%8f-%d0%be%d0%be%d0%bd-%d0%bf%d0%be-%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b0%d1%82\/","title":{"rendered":"BMT Bosh Assambleyasi O\u2018zbekiston tashabbusi bilan Markaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlikni mustahkamlash bo\u2018yicha maxsus rezolyutsiyani bir ovozdan ma\u02bcqulladi"},"content":{"rendered":"<p><strong>NYU-YORK, 12-iyul. \/\u201cDunyo\u201d AA\/.<\/strong>\u00a011-iyul kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Markaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlikni mustahkamlash bo\u2018yicha maxsus rezolyutsiyani bir ovozdan ma\u02bcqulladi, deb xabar qilmoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1657609458.8133.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hujjatni Nyu-Yorkda tashrif bilan bo\u2018lib turgan O\u2018zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo\u2018yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov taqdim etdi.<\/p>\n<p>Mazkur rezolyutsiyaning qabul qilinishi O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkent shahrida 2021 yil iyul oyida bo\u2018lib o\u2018tgan \u00abMarkaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o\u2018zaro bog\u2018liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar\u00bb mavzusidagi xalqaro konferensiyada ilgari surilgan tashabbusning amaliy natijasi bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari ushbu muhim anjumanda so\u2018zga chiqib, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarining tarixiy yaqinligini qayd etib, ushbu munosabatlarni o\u2018zaro ishonch va o\u2018zaro manfaatlarni hisobga olgan holda mustahkamlash muhimligini ta\u02bckidlagandi. Shu nuqtai nazardan, O\u2018zbekiston Prezidenti tegishli rezolyutsiya loyihasini ishlab chiqish va BMT Bosh Assambleyasiga kiritish, unda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o\u2018rtasidagi muloqotning umumiy yondashuvlari, asosiy tamoyillari va yo\u2018nalishlarini belgilab qo\u2018yishni taklif qilgan edi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yil Toshkent konferensiyasida dunyoning 50 ta davlatidan misli ko\u2018rilmagan tarkibda delegatsiyalar ishtirok etganini ta\u02bckidlash lozim. Konferensiyaning 600 ga yaqin delegatlari orasida davlat va hukumat rahbarlari, tashqi ishlar vazirlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar yetakchilari bor edi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish forum ishtirokchilariga videomurojaat yo\u2018llab, o\u2018zaro bog\u2018liqlik Markaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasidagi savdo, iqtisodiy o\u2018sish va barqaror rivojlanishda muhim rol o\u2018ynashini, uzoq muddatli tinchlik, barqarorlik va farovonlikni mustahkamlashga hissa qo\u2018shishi mumkinligini ta\u02bckidlagan edi.<\/p>\n<p>E\u02bctiborlisi, rezolyutsiya nafaqat BMTga a\u02bczo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan qo\u2018llab-quvvatlandi, balki dunyoning turli qit\u02bcalarida joylashgan 40 ga yaqin mamlakat hammuallifligida qabul qilindi. Bu davlatimiz rahbari tashabbusining dolzarbligi va o\u2018z vaqtida ilgari surilganining xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e\u02bctirof etilganining ifodasi bo\u2018ldi. O\u2018zbekiston tomonidan tayyorlangan hujjatga hammuallif bo\u2018lgan davlatlar orasida Ozarbayjon, Armaniston, Angola, Vyetnam, Vanuatu, Gana, Kuba, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Xitoy, Kot-d\u2018Ivuar, Qatar, Misr, Eron, Nepal, Malayziya, Mongoliya, Marokash, Pokiston, Rossiya, Senegal, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Shri-Lanka, Filippin va boshqalar bor.<\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh maslahat organi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyada ushbu oliy darajadagi konferensiya o\u2018tkazilishi va uning yakunida ikki mintaqa tashqi ishlar vazirlari tomonidan ma\u02bcqullangan qo\u2018shma bayonot yuksak baholangan.<\/p>\n<p>Hujjatda Vena deklaratsiyasi va uning dengizga chiqish imkoniyati bo\u2018lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun 2014-2024 yillarga mo\u2018ljallangan harakat dasturini amalga oshirish bo\u2018yicha hamkorlikni kuchaytirish muhimligi, shuningdek, iqtisodiy o\u2018sishni jadallashtirishda hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o\u2018rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularning noyob transport, tranzit va sarmoyaviy salohiyatini ro\u2018yobga chiqarishda transport va tranzit yo\u2018laklarining yuqori ahamiyati ta\u02bckidlangan.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, qarorda mintaqaviy aloqalarni mustahkamlashda hududiy tashkilotlarning muhim o\u2018rni e\u02bctirof etilgan. Shu nuqtai nazardan O\u2018zbekiston Prezidentining 2022 yilni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida \u201cO\u2018zaro bog\u2018liqlikni mustahkamlash yili\u201d, deb e\u02bclon qilish bo\u2018yicha tashabbusiga yuksak baho berilgan.<\/p>\n<p>Rezolyutsiyada Afg\u2018onistonning Markaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasidagi aloqalarni o\u2018rnatishdagi roli, shuningdek, mustahkam tinchlik va barqarorlikni ta\u02bcminlash yo\u2018lida ushbu mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va mintaqalararo iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvining muhimligi ham urg\u2018ulangan.<\/p>\n<p>Hujjatda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o\u2018rtasida qashshoqlikni kamaytirish, oziq-ovqat xavfsizligini oshirish, transport infratuzilmasini kengaytirish, dengiz portlariga qulay, barqaror va xavfsiz yo\u2018nalishlarni ochadigan yangi xalqaro transport yo\u2018laklarini shakllantirish bo\u2018yicha yaqin hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yish bo\u2018yicha asosiy qoidalar o\u2018z ifodasini topganini alohida ta\u02bckidlash lozim.<\/p>\n<p>Hujjatda barqaror rivojlanishga, jumladan, toza energiya hosil qilish, ekologik muammolarni hal qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo\u2018yicha texnologiyalardan foydalanishga imkoniyat yaratish orqali o\u2018zaro tajriba almashish muhimligiga alohida urg\u2018u berilgani e\u02bctiborni tortadi.<\/p>\n<p>Tadbir ishtirokchilari O\u2018zbekistonning joriy yil 25-26-iyul kunlari Toshkentda Afg\u2018oniston bo\u2018yicha xalqaro konferensiya o\u2018tkazish niyatini olqishladi. Ushbu forum Afg\u2018onistonga zarur yordam ko\u2018rsatish va uni mintaqaviy jarayonlarga faol jalb etish bo\u2018yicha xalqaro sa\u02bcy-harakatlarni birlashtirishda yana bir amaliy qadam bo\u2018lishiga ishonch bildirildi.<\/p>\n<p>Rezolyutsiya, shuningdek, BMTga a\u02bczo barcha davlatlarni Markaziy va Janubiy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikka umumiy tahdidlar va xavf-xatarlarga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishga chaqiradi.<\/p>\n<p>Mazkur rezolyutsiyaning BMT Bosh Assambleyasi tomonidan bir ovozdan qabul qilingani O\u2018zbekiston rahbariyatining ikki mintaqa o\u2018rtasida tinchlik va do\u2018stlik, ishonch va yaxshi qo\u2018shnichilikni mustahkamlash, o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va o\u2018zaro investitsiyalar hajmini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, barqarorlik va xavfsizlikka umumiy tahdidlarga qarshi kurashda sa\u02bcy-harakatlarni birlashtirishga qaratilgan davlat siyosati xalqaro hamjamiyat tomonidan to\u2018la qo\u2018llab-quvvatlanayotganining yaqqol ifodasi bo\u2018ldi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2877","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2877","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2877"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2877\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2878,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2877\/revisions\/2878"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2877"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2877"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2877"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}