{"id":2875,"date":"2022-07-12T09:19:26","date_gmt":"2022-07-12T07:19:26","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2875"},"modified":"2022-07-12T09:19:26","modified_gmt":"2022-07-12T07:19:26","slug":"ozbekcha-yaponiyada-ozbekistondagi-konstitutsiyaviy-islohotlarga-bagishlangan-davra-suhbati-otkazildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/07\/12\/ozbekcha-yaponiyada-ozbekistondagi-konstitutsiyaviy-islohotlarga-bagishlangan-davra-suhbati-otkazildi\/","title":{"rendered":"Yaponiyada O\u2018zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarga bag\u2018ishlangan davra suhbati o\u2018tkazildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOKIO, 12-iyul. \/\u201cDunyo\u201d AA\/.\u00a0<\/strong>O\u2018zbekiston<strong>\u00a0<\/strong>tashqi ishlar vaziri o\u2018rinbosari Furqat Sidiqov boshchiligidagi delegatsiya a\u02bczolarining\u00a0 Yaponiyaga tashrifi yaog\u2018ida Tokio shahrida istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarga bag\u2018ishlagan davra suhbati o\u2018tkazildi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1657609921.9503.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Tadbirda mamlakatimizda kechayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, xususan, \u00abO\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u00bbgi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi, Bosh qomusimizga kiritish taklif etilayotgan yangi normalarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil ma\u02bclumot berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Vatandoshlarimiz O\u2018zbekiston Konstitutsiyasiga kiritish taklif etilayotgan o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar mazmunini chuqur o\u2018rganishga, ularga befarq bo\u2018lmaslikka hamda mazkur islohotlar jarayonida faol qatnashishga chaqirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yangi konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan barcha o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar, eng avvalo, inson qadr-qimmati, turmush farovonligi hamda manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani, insonparvar, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatni barpo etish hamda mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, muhokamaga qo\u2018yilgan loyihada yangi normalar orasida yoshlar masalalariga oid moddalar qo\u2018shilgani va mamlakatimizda yoshlar siyosatiga katta ahamiyat berilayotganiga urg\u2018u berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018z navbatida, Yaponiyadagi vatandoshlarimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o\u2018zgarishlar jarayonini muntazam kuzatib borishini hamda davlatimiz rahbarining O\u2018zbekistonda tinchlik va izchil taraqqiyotni ta\u02bcminlash borasidagi sa\u02bcy-harakatlarini yuqori baholagan holda ularni har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlashini ma\u02bclum qildi. Shuningdek, fuqarolarimiz davlatimiz rahbari tomonidan chet eldagi vatandoshlarga qaratilayotgan e\u02bctibor uchun minnatdorlik bildirib, yurtimiz ravnaqiga o\u2018z hissasini qo\u2018shishga tayyorligini bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, Qoraqalpog\u2018istonda sodir bo\u2018lgan voqealarning asl kelib chiqish sabablari haqida ham ma\u02bclumot taqdim etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuv so\u2018ngida vatandoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi, konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarni \u201cMeningkonstitutsiyam.uz\u201d elektron platformasiga yuborish mumkinligi aytib o\u2018tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TOKIO, 12-iyul. \/\u201cDunyo\u201d AA\/.\u00a0O\u2018zbekiston\u00a0tashqi ishlar vaziri o\u2018rinbosari Furqat Sidiqov boshchiligidagi delegatsiya a\u02bczolarining\u00a0 Yaponiyaga tashrifi yaog\u2018ida Tokio shahrida istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarga bag\u2018ishlagan davra suhbati o\u2018tkazildi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2875","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2875","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2875"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2875\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2876,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2875\/revisions\/2876"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2875"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2875"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2875"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}