{"id":2873,"date":"2022-07-12T09:18:22","date_gmt":"2022-07-12T07:18:22","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2873"},"modified":"2022-07-12T09:18:22","modified_gmt":"2022-07-12T07:18:22","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d1%81%d0%be%d0%be","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/07\/12\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d1%81%d0%be%d0%be\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti yurtdoshlarimizni Qurbon hayiti bilan tabrikladi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Muhtaram vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1657297147.6692.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>Mana shu fayzli damlarda Yer yuzidagi jami musulmon ummati qatori qalbi shukuhga to\u2018lib turgan siz, azizlarni \u2013 nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-uka va opa-singillarimizni, navqiron yoshlarimizni, iymon-e\u02bctiqodli xalqimizni ulug\u2018 ayyom \u2013 Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni bildiraman.<\/p>\n<p>Ushbu saodatli onlarda hammamiz avvalo Iyd al-adho bayramiga el-yurtimiz bilan birgalikda tinchlik-omonlik va sihat-salomatlikda yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytishimiz tabiiydir.<\/p>\n<p>Barchamizga ayonki, islom dini avvalo tinchlik, ezgulik va insoniylik dinidir.<\/p>\n<p>Muqaddas Qur\u02bconi karimning yuzdan ortiq oyatlarida tinchlikka chaqirilgan, xususan, \u201cBaqara\u201d surasida: \u201cEy, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!\u201d \u2013 deya marhamat qilingan.<\/p>\n<p>Hozirgi g\u2018oyat murakkab va tahlikali zamonda tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, uni ko\u2018z qorachig\u2018idek asrab-avaylash va mustahkamlashdek o\u2018tkir talablar yurtimizda yashayotgan har bir mo\u2018min-musulmon, har bir inson uchun har qachongidan ham dolzarb bo\u2018lib turibdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo\u2018lamiz.<\/p>\n<p>Ishonamanki, bu ezgu va muqaddas vazifa O\u2018zbekistonda yashayotgan har bir fuqaroning qalb da\u02bcvati va insoniy burchiga aylanib, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch, erkin va farovon hayotini, farzandlarimizning yorug\u2018 kelajagini ta\u02bcminlash yo\u2018lida muhim omil bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Hurmatli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Alloh taolo tomonidan aziz va mukarram qilib yaratilgan insonni, uning sha\u02bcni, qadr-qimmati va hurmatini ulug\u2018lash kabi muqaddas tushunchalarni o\u2018zida aks ettirgan ushbu bayram yurtimizda inson qadrini yuksaltirish, xalqimizni hayotdan rozi qilish borasida olib borayotgan keng ko\u2018lamli islohotlarimizning ma\u02bcno-mazmuniga har tomonlama uyg\u2018un va hamohang ekani bilan ham ayniqsa e\u02bctiborlidir.<\/p>\n<p>Keyingi yillarda mamlakatimizda milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirishga har tomonlama e\u02bctibor qaratilmoqda. Tabarruk ziyoratgoh va qadamjolar, ko\u2018hna masjid va madrasalarni obod qilish, buyuk ajdodlarimizning bebaho ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy merosini chuqur o\u2018rganish va keng targ\u2018ib etish borasida olib borayotgan ishlarimiz xalqimiz va dunyo jamoatchiligi tomonidan e\u02bctirof etilayotgani barchangizga yaxshi ma\u02bclum.<\/p>\n<p>Ayniqsa, fuqarolarimizning diniy e\u02bctiqod borasidagi huquq va erkinliklari to\u2018la ta\u02bcminlanib, mo\u2018min-musulmonlarimiz ibodat amallarini emin-erkin bajarmoqdalar.<\/p>\n<p>Bu haqda so\u2018z yuritganda, ikki yillik koronavirus pandemiyasi cheklovlaridan so\u2018ng bu yil 12 ming vatandoshimiz muqaddas haj amallarini bajarish imkoniga ega bo\u2018lgani, keyingi 6 oyda 40 mingga yaqin yurtdoshimiz umra ziyoratini ado etganini ta\u02bckidlash lozim.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda shakllangan ezgu an\u02bcanamizga muvofiq, Qurbon hayiti munosabati bilan e\u02bclon qilingan dam olish kunlari yurtdoshlarimizga bu ayyomni o\u2018z oilasi va yaqinlari bag\u2018rida yana-da mazmunli o\u2018tkazish, go\u2018zal va betakror yurtimiz bo\u2018ylab ko\u2018ngilli sayohatlarni amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi.<\/p>\n<p>Biz tabarruk dinimiz va o\u2018lmas qadriyatlarimiz, o\u2018zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug\u2018 fazilatlarni mustahkamlab kelayotgan muborak Qurbon hayitining barhayot an\u02bcanalari asrlar osha insonlarni, turli xalqlar va elatlarni birlashtiruvchi beqiyos ma\u02bcnaviy kuch bo\u2018lib xizmat qilayotganidan faxrlanamiz.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, dunyoning olis va yaqin mamlakatlarida yashayotgan musulmon do\u2018st va birodarlarimizni, xorijiy hamkorlarimizni ushbu mo\u02bbtabar ayyom bilan qutlab, ularga bardavom tinchlik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Aziz yurtdoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor tabriklayman.<\/p>\n<p>El-yurtimizning bu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo\u2018lsin!<\/p>\n<p>Alloh taolo go\u2018zal diyorimizni, olijanob va bag\u2018rikeng xalqimizni hamisha o\u2018z panohida asrasin!<\/p>\n<p>Aziz Vatanimizda tinchlik va barqarorlik hamisha bardavom bo\u2018lsin!<\/p>\n<p>Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning O\u2018zi doimo madadkor bo\u2018lsin!<\/p>\n<p><strong>Shavkat Mirziyoyev,<\/strong><\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2873","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2873","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2873"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2873\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2874,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2873\/revisions\/2874"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2873"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2873"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2873"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}