{"id":2871,"date":"2022-07-11T10:29:18","date_gmt":"2022-07-11T08:29:18","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2871"},"modified":"2022-07-11T10:29:18","modified_gmt":"2022-07-11T08:29:18","slug":"%d0%bc%d0%b8%d0%b4-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%b7%d0%b2%d0%b0%d0%bb-%d0%b2%d1%81%d0%b5-%d1%81%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/07\/11\/%d0%bc%d0%b8%d0%b4-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%b7%d0%b2%d0%b0%d0%bb-%d0%b2%d1%81%d0%b5-%d1%81%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b0\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Tashqi ishlar vazirligi barcha ommaviy axborot vositalari va inson huquqlari bo\u2018yicha tashkilotlarni Qoraqalpog\u2018istondagi voqealarga xolisona yondashishga chorladi"},"content":{"rendered":"<p>TOSHKENT, 6-iyul. \/\u201cDunyo\u201dAA\/. O\u2018zbekiston xalqaro hamjamiyat bilan ochiq muloqot, shu jumladan insonning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilish masalalarida hamkorlikning tarafdori bo\u2018lib qolmoqda, deb xabar qilmoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri Tashqi ishlar vazirligi bugun tarqatgan bayonotga asoslanib.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1657129310.3693.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u201cAyrim ommaviy axborot vositalari va inson huquqlari bo\u2018yicha tashkilotlar tomonidan noma\u02bclum manbalarga tayangan holda Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Nukus shahrida sodir bo\u2018lgan voqealar haqida turli xil taxminlar va asossiz xabarlar muhokama qilinmoqda, &#8211; deyiladi hujjatda. &#8211; Go\u2018yoki noqonuniy kuch ishlatish orqali \u201ctinch mitingni tarqatish\u201d, jumladan favqulodda holat e\u02bclon qilish orqali \u201cmustaqil ovozlarni yopish va axborotni oqimini to\u2018sish\u201d haqida asossiz bayonotlar berilmoqda.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qoraqalpog\u2018istondagi voqealar yuzasidan aniqlik kiritib, bu borada batafsil va xolis axborot taqdim etmoqda.<\/p>\n<p>2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida O\u2018zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tizimi, hududiy yaxlitligi va birligiga putur yetkazishga urinish yuz berdi. Konstitutsiyaviy islohotlar bo\u2018yicha umumxalq muhokamasiga kiritilgan takliflarga qarshi norozilik bahonasida bir guruh tajovuzkor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati organlari binolarini zo\u2018ravon harakatlar, otishmalar va kuch bilan egallab olishga harakatlar tashkil etildi.<\/p>\n<p>Ushbu noqonuniy xatti-harakatlar tinch, yagona, demokratik mamlakatda ayirmachilikni, nobarqarorlikni va bo\u2018linishni qo\u2018zg\u2018atishga qaratilgan oldindan rejalashtirilgan sabotajdan yaqqol dalolat berdi.<\/p>\n<p>Populistik shiorlarni niqob qilib olgan holda, uyali aloqa va Internet orqali soxta yangiliklarni tarqatib, dushman kayfiyatdagi kuchlar fuqarolarni aksilkonstitutsiyaviy faoliyatga ommaviy ravishda jalb qilishga urindilar. Bu Internet aloqasini vaqtincha cheklash choralarini ko\u2018rishga majbur qildi.<\/p>\n<p>Ommaviy vayrongarchiliklar va vahshiyliklar chog\u2018ida Jo\u2018qorg\u2018i Kenges (parlament), Nukus shahar IIBB va Milliy gvardiya boshqarmasi binolariga hujum qilishga urinishlar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini garovga olish va ularning o\u2018qotar qurollarini tortib olish, davlat, jamoat va shaxsiy mol-mulkka o\u2018t qo\u2018yish, buzish va yo\u2018q qilish, shahar infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazishga qator bor urinishlar kuzatilgan.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, hujumlar paytida 107 nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari jiddiy tan jarohati olganlar, jumladan ulardan 23 nafari og\u2018ir ahvolda qolmoqdalar. Davlat organlarining jami 270 nafar xodimi turli darajadagi jarohatlar oldilar.<\/p>\n<p>Tartibsizliklar ishtirokchilarining vahshiyligi odamlarning ongini manipulyatsiya qilgan bir guruh shaxslarning provokatsion harakatlari natijasi bo\u2018lib, fuqarolarning tinch namoyishlari sifatida tasniflanishi mumkin emas edi.<\/p>\n<p>Ushbu noqonuniy harakatlar natijasida, ilgari aytib o\u2018tilganidek, 18 kishi vafot etdi. Shuni ta\u02bckidlash kerakki, tajovuzlarning faol ishtirokchilarining ko\u2018pchiligi giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar iste\u02bcmol qilgan shaxslardan iborat edi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston hukumati hokimiyatni kuch bilan qo\u2018lga kiritish, ayirmachilik g\u2018oyalarini targ\u2018ib qilish, aholi o\u2018rtasida o\u2018zaro nafratni qo\u2018zg\u2018atish, ommaviy tartibsizliklar va zo\u2018ravonlikka chorlashga qaratilgan har qanday noqonuniy xatti-harakatlarni qat\u02bciy qoralaydi.<\/p>\n<p>Amalga oshirilgan chora-tadbirlar va huquqni muhofaza qilish organlarining oqilona xatti-harakatlari tufayli noqonuniy tadbirlarga chek qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Ayni paytda Qoraqalpog\u2018istondagi voqealar yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Inson huquqlari bo\u2018yicha xalqaro shartnomalarning ishtirokchisi sifatida O\u2018zbekiston shaffof, mustaqil va xolis tergov tamoyillariga to\u2018liq rioya etish, shuningdek, tegishli tartib-qoidalar va adolatli sud ishlarini yuritish kafolatlarini ta\u02bcminlash tarafdoridir. Tergov natijalari tegishli xalqaro tashkilotlar e\u02bctiboriga yetkaziladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston hukumati tomonidan Qoraqalpog\u2018istondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan barcha harakatlar huquqiy tartib-qoidalar doirasida amalga oshirilmoqda hamda birinchi navbatda inson hayoti va sog\u2018lig\u2018iga tahdidlarga yo\u2018l qo\u2018ymaslikka qaratilgan.<\/p>\n<p>Bugungi kunda Qoraqalpog\u2018istonda mobil aloqa to\u2018liq faoliyat yuritmoqda, oziq-ovqat do\u2018konlari, bozorlar, nonvoyxonalar, banklar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy obyektlar faoliyat ko\u2018rsatmoqda. Elektr, gaz va suv muntazam ravishda etkazib berilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston tegishli davlat organlari har kuni jamoatchilikni Qoraqalpog\u2018istondagi vaziyat haqida xabardor qilib bormoqda. Shu munosabat bilan mazkur mavzu yuzasidan ma\u02bclumotlarnig yo\u2018qligi haqidagi bayonotlar asossizdir.<\/p>\n<p>Hech bir kuch O\u2018zbekiston Respublikasiga demokratik islohotlarni izchil davom ettirishga, har bir fuqaroning sha\u02bcni va qadr-qimmati, farovonligi va manfaatlariga g\u2018amxo\u2018rlik qiladigan insonparvar, huquqiy va ijtimoiy davlatni barpo etish va mustahkamlashga ishonch bilan harakat qilishiga to\u2018sqinlik qila olmaydi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi barcha ommaviy axborot vositalari va inson huquqlari bo\u2018yicha tashkilotlarni Qoraqalpog\u2018istondagi voqealarga xolisona yondashishga, turli xil ishonchsiz manbalar asosida bir tomonlama, shoshilinch xulosalar qilmaslikka va bayonotlar chiqarmalikka chorlaydi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyat bilan ochiq muloqot, shu jumladan insonning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilish masalalarida hamkorlikning tarafdori bo\u2018lib qolmoqda\u201d.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2871","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2871","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2871"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2871\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2872,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2871\/revisions\/2872"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2871"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2871"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2871"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}