{"id":2769,"date":"2022-07-04T15:39:18","date_gmt":"2022-07-04T13:39:18","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2769"},"modified":"2022-07-04T15:39:18","modified_gmt":"2022-07-04T13:39:18","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%be%d0%b4%d0%b8%d0%bc%d1%8b%d0%b5-%d0%b2-%d0%ba","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/07\/04\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%be%d0%b4%d0%b8%d0%bc%d1%8b%d0%b5-%d0%b2-%d0%ba\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti: Qoraqalpog\u2018istonda amalga oshirilayotgan ijobiy o\u2018zgarishlar bundan buyon ham albatta davom ettiriladi"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qoraqalpog\u2018istonda bo\u2018ldi, deb xabar qilmoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga tayanib.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1656873090.3607.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u02bclumki, shu kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon \u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritish bo\u2018yicha umumxalq muhokamasi davom etmoqda. Bu borada fuqarolarga o\u2018z fikri va xohish-irodasini erkin bildirish uchun barcha demokratik sharoitlar yaratilgan. Lekin ayrim g\u2018arazli kuchlar konstitutsiyaviy islohotlarga norozilik bahonasida tajovuzkorlik va zo\u2018ravonlik yo\u2018lini tanlab, vaziyatni izdan chiqarmoqchi bo\u2018ldi. 2022 yil 1 iyul kuni Nukus shahrida bir guruh shaxslar soxta shiorlarni o\u2018ziga niqob qilib olgan holda, fuqarolarning fikrini chalg\u2018itib, hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga bo\u2018ysunmasdan, tartibsizliklar keltirib chiqardi, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarini egallab olishga urindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jamoat tartibini saqlash haqidagi talablarga quloq solmasdan, ular 2 iyul kuni ham buzg\u2018unchilik ishlarini davom ettirgan. Bu yurish mobaynida Nukusdagi infratuzilma obyektlariga sezilarli zarar yetkazilgan. Binolarning oynalari sindirilib, yong\u2018inlar sodir etilgan. Bir nechta guruhlar qurol-yarog\u2018larni qo\u2018lga kiritish maqsadida Nukus shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy gvardiya boshqarmasi binolarini egallashga uringan. Son jihatidan ustunlikdan foydalanib, huquq-tartibot organlari xodimlariga hujum qilgan, ularni ayovsiz kaltaklab, og\u2018ir tan jarohatlari yetkazgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Afsuski, buning oqibatida tinch aholi va huquq-tartibot organlari xodimlari orasida qurbonlar ham bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois davlatimiz rahbarining farmoniga muvofiq, fuqarolarning xavfsizligini ta\u02bcminlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklash maqsadida Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi hududida 2022 yil 3 iyuldan 2 avgustgacha favqulodda holat joriy etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">3-iyul kuni Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida yig\u2018ilish bo\u2018lib o\u2018tdi. Yig\u2018ilish avvalida Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi hududining komendanti favqulodda holat bo\u2018yicha axborot berib, vaziyat to\u2018liq nazoratga olinganini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Videoselektor tarzida o\u2018tkazilgan yig\u2018ilishda davlat rahbari barcha tumanlar mutasaddilari bilan muloqot qildi. Ular fuqarolarning xavfsizligini ta\u02bcminlash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash bo\u2018yicha joylarda ko\u2018rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi. Prezidentning kechagi murojaatidan keyin vaziyat barqarorlashgani, hayot o\u2018z maromiga qaytayotganini aytishdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari Nukus shahridagi Jeketerak mahallasida bo\u2018lib, xalq bilan ham muloqot qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jeketeraklik yoshullilar kechagi ko\u2018ngilsiz voqealarda ba\u02bczi yoshlar adashgani va qonunga zid harakatlar sodir etgani, tashqi g\u2018arazli kuchlar ta\u02bcsiriga tushib, his-hayajonga berilganini afsus bilan qayd etishdi. O\u2018zbeklar va qoraqalpoqlar ikki tilli bir el ekanini, mamlakatimiz birligi va tinchligini qadriga yetish kerakligini ta\u02bckidlashdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog\u2018iston Jo\u2018qorg\u2018i Kengesi deputatlari, Vazirlar Kengashi rahbarlari va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv o\u2018tkazdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuvda \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun loyihasi xalqimizning taklif va fikrlari asosida takomilga yetkazilishi yana bir ta\u02bckidlandi. Hali bu loyiha O\u2018zbekiston Respublikasi referendumiga qo\u2018yiladi va fuqarolar erkin ovoz berish yo\u2018li bilan o\u2018z xohish-irodasini bildiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday yondashuv \u201cXalq \u2013 Konstitutsiyaning birdan-bir manbai va muallifi\u201d, degan prinsipga to\u2018la mos keladi. Faqat shundagina har bir vatandoshimiz \u201cYangi O\u2018zbekiston Konstitutsiyasi \u2013 bu mening Konstitutsiyam\u201d, deb g\u2018urur bilan ayta oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qoraqalpog\u2018iston aholisi tomonidan bildirilayotgan fikrlarni inobatga olib, Prezidentimiz O\u2018zbekiston Konstitutsiyasining Qoraqalpog\u2018iston Respublikasining huquqiy maqomiga oid 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda, o\u2018zgartirmasdan qoldirishni taklif etgan edi. Yaqin kunlarda bu masalani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ko\u2018rib chiqadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuvda deputatlar, ziyolilar so\u2018zga chiqib, keyingi yillarda Qoraqalpog\u2018istonni ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va innovatsion jihatdan rivojlantirish bo\u2018yicha keng ko\u2018lamli ishlar qilinayotganini aytishdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oxirgi besh yilda hududning mahalliy byudjetiga qariyb 11 trillion so\u2018m mablag\u2018 yo\u2018naltirilgan. Birgina 2020 yil yakuni bo\u2018yicha Qoraqalpog\u2018istonda aholi jon boshiga to\u2018g\u2018ri keladigan yalpi daromad 3 barobarga oshgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi besh yilda qurilish ishlari hajmi 3,5 marta o\u2018sgan. O\u2018nlab yangi zavodlar, zamonaviy agroklasterlar, qo\u2018shma korxonalar ishga tushirilgan. Ko\u2018plab bolalar bog\u2018chalari, maktablar, oliygohlar, sog\u2018liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sport maskanlari barpo etilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish bo\u2018yicha muhim dasturlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, \u201ctemir daftar\u201dga kiritilgan 65 mingga yaqin oilaga, bolalikdan nogiron a\u02bczosi bo\u2018lgan hamda boquvchisini yo\u2018qotgan 17 ming oilaga moddiy yordam ko\u2018rsatilgan. Bolalarni maktabgacha ta\u02bclimga qamrab olish darajasi 2017 yildagi 32 foizdan 75 foizga yetgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cObod qishloq\u201d va \u201cObod mahalla\u201d dasturlari doirasida Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta\u02bcminlash, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini yaxshilash bo\u2018yicha ham ko\u2018p ishlar amalga oshirilmoqda. Ularning natijalarini hududda yashayotgan insonlar o\u2018z hayotida his etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Orolbo\u2018yi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, hududni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo\u2018yicha ham faol ish olib borilmoqda. Xususan, bir paytlar nochor ahvolga tushib qolgan Mo\u2018ynoq bugun butunlay yangicha qiyofa kasb etib, jadal rivojlanib borayotgan zamonaviy tumanlardan biriga aylandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Orolbo\u2018yi mintaqasini rivojlantirish masalasi birinchi marta davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishiga aylandi. Dengizning qurigan qismida 1 million 733 ming gektar maydonda yashil hududlar barpo etildi. Ushbu hududning o\u2018simlik va hayvonot dunyosini tiklash bo\u2018yicha besh yillik milliy dastur ishlab chiqilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Qoraqalpog\u2018istonda amalga oshirilayotgan ijobiy o\u2018zgarishlar bundan buyon ham albatta davom ettiriladi. Chunki Qoraqalpog\u2018istonning taqdiri \u2013 bu O\u2018zbekistonning taqdiri, qoraqalpoq xalqining baxti va farovonligi \u2013 bu butun o\u2018zbek xalqining baxti va farovonligidir, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jo\u2018qorg\u2018i Kenges deputatlari yoshlarni aql-idrok bilan ish tutishga, turli xil g\u2018arazli chorlov va harakatlarga aldanmaslik, ularning qurboniga aylanmaslikka chaqirdi. Separatizmga, ommaviy tartibsizliklarga da\u02bcvat etadigan har qanday harakatlarga qonunchilikka muvofiq keskin chora ko\u2018rilishi, aybdorlar jazoga tortilishi aytib o\u2018tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sodir bo\u2018lgan voqealar xalqimizni yana-da hushyor va sezgir bo\u2018lishga undaydi. Bugungi tahlikali dunyoda yurtdoshlarimiz o\u2018rtasida do\u2018stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, mamlakatimizda barqaror va bardavom taraqqiyotni ta\u02bcminlash, xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini, uning ertangi kunga bo\u2018lgan ishonchini oshirish juda muhim. Faqat mana shu yo\u2018l bilan bugungi tahdid va xavf-xatarlarga munosib javob berish, turli buzg\u2018unchi g\u2018oyalarga qarshi jamiyatimizda, avvalo, yoshlarimiz qalbida mustahkam immunitet yaratish, demokratik islohotlar yo\u2018lidan ortga qaytmasdan yana-da samarali natijalarga erishish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Barchamiz uchun Vatan bitta. Bizni yagona, ulug\u2018 bir maqsad birlashtiradi. U ham bo\u2018lsa, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligidir. Barchamiz birgalikda Yangi O\u2018zbekiston va Yangi Qoraqalpog\u2018istonni albatta barpo etamiz, \u2013 deya ta\u02bckidladi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishdan so\u2018ng, Shavkat Mirziyoyev Nukus tumanidagi \u201cSamanbay\u201d ovul fuqarolar yig\u2018iniga borib, yoshullilar, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari bilan uchrashdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz Qoraqalpog\u2018istonda sodir bo\u2018lgan tashvishli voqealarni butun xalqimiz chuqur dard va iztirob bilan qabul qilgani, bu sinovni og\u2018ir-bosiqlik, ahillik bilan ortda qoldirish kerakligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Odamlar buni tasdiqlab, Qoraqalpog\u2018istonning donishmand eli bundan buyon ham o\u2018zbek va qoraqalpoq xalqlarining birligiga, og\u2018izbirchiligiga asoslangan muqaddas qadriyatlarni ko\u2018z qorachig\u2018idek asrab-avaylab yashashiga ishonch bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>O\u2018zbekiston Prezidenti matbuot xizmati olgan surat<\/em><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2769","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2769","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2769"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2769\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2770,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2769\/revisions\/2770"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2769"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2769"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2769"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}