{"id":2743,"date":"2022-07-04T11:00:30","date_gmt":"2022-07-04T09:00:30","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2743"},"modified":"2022-07-06T09:18:52","modified_gmt":"2022-07-06T07:18:52","slug":"%d0%be%d0%b1%d1%80%d0%b0%d1%89%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/07\/04\/%d0%be%d0%b1%d1%80%d0%b0%d1%89%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning murojaati"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qadrli vatandoshlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli Jo\u2018qorg\u2018i Kenges deputatlari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun men Vatanimizning taqdiri va kelajagiga, qutlug\u2018 zaminimizdagi tinchlik va barqarorlikka befarq bo\u2018lmagan barcha insonlarga murojaat qilmoqchiman.<img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-2744\" src=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/1656908588.5949.png\" alt=\"\" width=\"832\" height=\"500\" srcset=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/1656908588.5949.png 832w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/1656908588.5949-600x361.png 600w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/1656908588.5949-300x180.png 300w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/1656908588.5949-768x462.png 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 832px) 100vw, 832px\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida sodir etilgan tashvishli voqealarni har birimiz, barcha O\u2018zbekiston fuqarolari yuragimizda chuqur dard va iztirob bilan qabul qilmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u2019lumki, shu kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon \u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritish bo\u2018yicha umumxalq muhokamasi davom etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlash, \u201cinson qadri uchun\u201d degan ezgu g\u2018oyani amalda qaror toptirishga qaratilgandir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fuqarolarning o\u2018z fikri va xohish-irodasini demokratik prinsiplar va huquqiy normalar asosida erkin bildirish bo\u2018yicha yaratilgan shart-sharoitlarga qaramasdan, ayrim g\u2018arazli kuchlar konstitutsiyaviy islohotlarga norozilik bahonasida tajovuzkorlik va zo\u2018ravonlik yo\u2018lini tanlab, O\u2018zbekistondagi vaziyatni beqaror etish va izdan chiqarishga urinmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Soxta axborotlarni tarqatishning sinalgan texnologiyalaridan, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan foydalangan holda, buzg\u2018unchi kuchlar aniq maqsadni ko\u2018zlab, fuqarolarni Konstitutsiyaga xilof xatti-harakatlarga jalb etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ularning asosiy niyati jamiyatni parokanda qilish, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan bunyodkorlik siyosatiga bo\u2018lgan ishonchni susaytirish, O\u2018zbekistonning hududiy yaxlitligiga putur yetkazishdan iborat.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ilgari xabar qilinganidek, bir guruh shaxslar 2022 yil 1 iyul kuni Nukus shahrida soxta shiorlarni o\u2018ziga niqob qilib olgan holda, fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning fikrini chalg\u2018itib, hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga bo\u2018ysunmasdan, tartibsizliklar keltirib chiqardi, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarini egallab olishga urindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ular 2022 yil 2 iyul kuni jamoat tartibini buzishga qaratilgan harakatlarni to\u2018xtatish haqidagi talablarga quloq solmasdan, respublikaning ma\u2019muriy markazidagi asosiy ko\u2018chalarda buzg\u2018unchilik ishlarini davom ettirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, tartibsizliklarda qatnashgan ayrim kimsalar huquq-tartibot organlari xodimlari bilan to\u2018qnashuvlarni keltirib chiqarishga, qo\u2018riqlanadigan hududlarga zo\u2018ravonlik bilan bostirib kirishga urindi, binolarga tosh va turli buyumlar otishdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shahar bo\u2018ylab yurish davomida ular infratuzilma ob\u2019ektlariga sezilarli darajada zarar yetkazishdi. Binolarning oynalarini sindirib, yong\u2018inlar sodir etishdi. Bir nechta guruhlar qurol-yarog\u2018larni qo\u2018lga kiritish maqsadida Nukus shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy gvardiya boshqarmasi binolarini egallashga urinishdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu kimsalar son jihatiga ko\u2018ra nisbiy ustunlikdan foydalanib, huquq-tartibot organlari xodimlariga hujum qilishdi, ularni ayovsiz kaltaklab, og\u2018ir tan jarohatlari yetkazishdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ming afsuski, tinch aholi va huquq-tartibot organlari xodimlari orasida qurbonlar bor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimiz Konstitutsiyasi hamda O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cFavqulodda holat to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonuniga muvofiq, fuqarolarning xavfsizligini ta\u2019minlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklash maqsadida men 2022 yil 3 iyuldan 2 avgustga qadar \u201cQoraqalpog\u2018iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish haqida\u201dgi Farmonni imzoladim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishonchim komil, ushbu Farmon ijrosini ta\u2019minlash davomida ko\u2018p millatli Qoraqalpog\u2018iston xalqi mamlakatimiz ravnaqi va farovonligining poydevori bo\u2018lgan tinchlik va barqarorlik, fuqarolar o\u2018rtasida hamjihatlikni ta\u2019minlash uchun birlashib, barcha kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli yurtdoshlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yana bir bor ta\u2019kidlab aytmoqchiman: \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi e\u2019lon qilindi va umumxalq muhokamasidan o\u2018tmoqda. U faqat O\u2018zbekiston xalqining taklif va fikrlari asosida o\u2018zgartiriladi va takomilga yetkaziladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shundan so\u2018ng mazkur loyiha O\u2018zbekiston Respublikasi referendumiga qo\u2018yiladi va fuqarolarimiz erkin ovoz berish yo\u2018li bilan o\u2018z xohish-irodasini ifoda etadilar. Faqat shundan keyin O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritiladigan o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar qonuniy kuchga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday yondashuv \u201cXalq \u2013 Konstitutsiyaning birdan-bir manbai va muallifi\u201d, degan prinsipga to\u2018la mos keladi. Faqat shundagina har bir vatandoshimiz \u201cYangi O\u2018zbekiston Konstitutsiyasi \u2013 bu mening Konstitutsiyam\u201d, deb g\u2018urur bilan ayta oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Konstitutsiyaga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritish bo\u2018yicha muhokamalar jarayoni davom etmoqda. Qoraqalpog\u2018iston aholisi tomonidan bildirilayotgan fikrlarni o\u2018rganish asosida Jo\u2018qorg\u2018i Kenges deputatlari, muhtaram nuroniylarimiz hamda Qoraqalpog\u2018iston faollari bilan bo\u2018lib o\u2018tgan uchrashuvda men O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Qoraqalpog\u2018iston Respublikasining huquqiy maqomiga oid 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda, o\u2018zgartirmasdan qoldirishni taklif etdim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yaqin kunlarda bu masalani ko\u2018rib chiqadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli deputatlar va Qoraqalpog\u2018iston ahli!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u2019lumki, keyingi yillarda biz sizlar bilan birgalikda Qoraqalpog\u2018istonni ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va innovatsion jihatdan har tomonlama rivojlantirish bo\u2018yicha keng ko\u2018lamdagi bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdik. Ularning amaliy natijalarini ushbu diyorda yashayotgan har bir inson bugun o\u2018z hayotida his etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oxirgi besh yilda hududning mahalliy budjetiga qariyb 11 trillion so\u2018m mablag\u2018 yo\u2018naltirildi. Aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish bo\u2018yicha muhim dasturlar izchil amalga oshirilmoqda.<br \/>\nKambag\u2018allikni qisqartirish bo\u2018yicha katta ishlar olib borilmoqda. Jumladan, \u201ctemir daftar\u201dga kiritilgan 65 mingga yaqin oilaga, 16 yoshgacha bolalikdan nogiron a\u2019zosi bo\u2018lgan hamda boquvchisini yo\u2018qotgan 17 ming oilaga moddiy yordam ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birgina 2020 yil yakuni bo\u2018yicha Qoraqalpog\u2018istonda aholi jon boshiga to\u2018g\u2018ri keladigan yalpi daromad 3 barobarga oshdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi besh yilda qurilish ishlari hajmi 3,5 marta o\u2018sdi. O\u2018nlab yangi ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy agroklasterlar, qo\u2018shma korxonalar ishga tushirildi. Respublikada minglab yangi ob\u2019ektlar barpo etildi, rekonstruksiya qilindi va ta\u2019mirlandi. Jumladan, ko\u2018plab bolalar bog\u2018chalari, umumta\u2019lim va ixtisoslashgan maktablar, oliygohlar, sog\u2018liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sport maskanlari foydalanishga topshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bog\u2018cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta\u2019lim bilan qamrab olish darajasi 2017 yildagi 32 foizdan 75 foizga yetdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cObod qishloq\u201d va \u201cObod mahalla\u201d dasturlari doirasida Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta\u2019minlash, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari holatini yaxshilash bo\u2018yicha keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Orolbo\u2018yi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, hududni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo\u2018yicha ham faol ish olib borilmoqda. Xususan, bir paytlar nochor ahvolga tushib qolgan Mo\u2018ynoq bugun butunlay yangicha qiyofa kasb etib, jadal rivojlanib borayotgan zamonaviy tumanlardan biriga aylandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dengizning qurigan qismida 1 million 733 ming gektar maydonda yashil hududlar barpo etildi. Ushbu hududning o\u2018simlik va hayvonot dunyosini tiklash bo\u2018yicha besh yillik milliy dastur ishlab chiqilmoqda. Orolbo\u2018yi mintaqasini rivojlantirish masalasi birinchi marta davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishiga aylandi. Yuksak xalqaro minbarlardan Orol muammosiga jahon jamoatchiligi e\u2019tiborini muntazam qaratib kelmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018liq ishonch bilan aytamanki, Qoraqalpog\u2018istonda amalga oshirilayotgan ijobiy o\u2018zgarishlar bundan buyon ham albatta izchil sur\u2019atlarda davom ettiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Chunki Qoraqalpog\u2018istonning taqdiri \u2013 bu O\u2018zbekistonning taqdiri, qoraqalpoq xalqining baxti va farovonligi \u2013 bu butun o\u2018zbek xalqining baxti va farovonligidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Men hayot sinovlarida toblangan qoraqalpoq xalqining donishmandligiga ishonaman va ularni aql-idrok bilan ish tutishga, turli xil qutqularga, jumladan, chetdan bo\u2018layotgan g\u2018arazli chorlov va harakatlarga aldanmaslik, ularning qurboniga aylanmaslikka chaqiraman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Separatizmga, ommaviy tartibsizliklarga, hokimiyat organlariga zo\u2018ravonlik yo\u2018li bilan qarshilik ko\u2018rsatishga da\u2019vat etadigan har qanday harakatlarga amaldagi qonunchilikka muvofiq keskin chora ko\u2018riladi, aybdorlar esa muqarrar jazoga tortiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aminmanki, Qoraqalpog\u2018istonning mehnatkash, oqko\u2018ngil va bag\u2018rikeng eli o\u2018zbek va qoraqalpoq xalqlari taqdirining birligi va yaxlitligiga, og\u2018izbirchiligiga asoslangan muqaddas qadriyatlarini bundan buyon ham ko\u2018z qorachig\u2018idek asrab-avaylab yashaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sodir bo\u2018lgan voqealar bizni yanada hushyor va sezgir bo\u2018lishga chaqiradi. Bugun jonajon O\u2018zbekistonimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, farzandlarimiz va nabiralarimizning yorug\u2018 kelajagini ta\u2019minlash uchun metin iroda, jipslik va yakdillik har qachongidan ham zarurdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fursatdan foydalanib, men O\u2018zbekistonni o\u2018z ona Vatani deb biladigan barcha yurtdoshlarimizga, muhtaram otaxon va onaxonlarimizga, qadrli aka-uka va opa-singillarimizga, aziz farzandlarimizga murojaat qilib aytmoqchiman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hech kimga sir emas, hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida o\u2018zaro shafqatsiz raqobat, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, separatizm, millatchilik, radikalizm kabi tahdidlar tobora kuchayib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ana shunday tahlikali vaziyatda mamlakatimizda yashayotgan turli millat va dinga mansub insonlar o\u2018rtasida do\u2018stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, go\u2018zal diyorimizda barqaror va bardavom taraqqiyotni ta\u2019minlash, xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini, uning ertangi kunga bo\u2018lgan ishonchini oshirish barchamizning, avvalo, rahbar va mutasaddilarning nafaqat vazifasi, balki muqaddas insoniy burchidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz faqat mana shu yo\u2018l bilan bugungi kunning barcha tahdid va xavf-xatarlariga munosib javob berishimiz, turli buzg\u2018unchi g\u2018oyalarga qarshi jamiyatimizda, avvalo, yoshlarimiz qalbida mustahkam immunitet yaratishimiz, xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlangan demokratik islohotlar yo\u2018lidan ortga qaytmasdan yanada samarali natijalarga erishishimiz mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aziz yurtdoshlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barchamiz uchun Vatan bitta. Bizni yagona, ulug\u2018 bir maqsad birlashtiradi. U ham bo\u2018lsa, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barchamiz birgalikda Yangi O\u2018zbekiston va Yangi Qoraqalpog\u2018istonni albatta barpo etamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018z hayoti davomida tarixning ko\u2018p-ko\u2018p mashaqqatli sinovlarini mardona yengib o\u2018tgan azmu shijoatli, olijanob xalqimiz o\u2018z oldiga qo\u2018ygan mana shunday buyuk maqsadlarga albatta erishadi, deb ishonaman.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2743","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2743","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2743"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2743\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2818,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2743\/revisions\/2818"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2743"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2743"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2743"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}