{"id":2733,"date":"2022-07-01T12:12:18","date_gmt":"2022-07-01T10:12:18","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2733"},"modified":"2022-07-02T12:27:00","modified_gmt":"2022-07-02T10:27:00","slug":"ozbekcha-erondan-munosabat-ozbekiston-prezidenti-tomonidan-konstitutsiyaga-ozgartish-kiritish-boyicha-ilgari-surilgan-takliflar-ijtimoiy-davlat-qurish-tamoyi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/07\/01\/ozbekcha-erondan-munosabat-ozbekiston-prezidenti-tomonidan-konstitutsiyaga-ozgartish-kiritish-boyicha-ilgari-surilgan-takliflar-ijtimoiy-davlat-qurish-tamoyi\/","title":{"rendered":"Erondan munosabat: O\u2018zbekiston Prezidenti tomonidan Konstitutsiyaga o\u2018zgartish kiritish bo\u2018yicha ilgari surilgan takliflar \u00abijtimoiy davlat\u00bb qurish tamoyilini mustahkamlashga qaratilgan"},"content":{"rendered":"<p><strong>TEHRON, 1-iyul. \/\u201cDunyo\u201d AA\/.<\/strong>\u00a0Eronlik siyosatshunos, siyosiy fanlar nomzodi, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqalari bo\u2018yicha ekspert-tahlilchi Umid Rahimiy \u201cDunyo\u201d AA uchun sharhida O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qo\u2018shimcha va o\u2018zgartishlar kiritish bo\u2018yicha mamlakatimizda davom etayotgan siyosiy jarayon haqidagi fikrlarini bildirdi.<\/p>\n<p><!--more--><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1656678667.3425.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>-O\u2018zbekiston Prezidenti tomonidan Konstitutsiyaga o\u2018zgartishlar kiritish bo\u2018yicha ilgari surilgan qator takliflar muhim jihatlarga ega bo\u2018lib, ular asosan \u00abijtimoiy davlat\u00bb qurish tamoyilini mustahkamlashga qaratilgan, &#8211; dedi u. &#8211; Jumladan, Konstitutsiyadagi inson huquqlari va asosiy erkinliklari bilan bog\u2018liq o\u2018lchovlar unga \u201cMiranda\u201d qoidasi va \u00abXabeas korpus\u00bb kabi yangi mezonlarni kiritilishi bilan yana-da boyiganini ko\u2018rishimiz mumkin.<\/p>\n<p>Biroq, e\u02bctiborlisi shundaki, ushbu taklif etilayotgan islohotlar O\u2018zbekistonda ijtimoiy soha va fuqarolar erkinliklarini ta\u02bcminlash yo\u2018nalishidagi taraqqiyotning boshlang\u2018ich nuqtasi emas, balki o\u2018tgan davr mobaynida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar tendensiyalarini yana-da kengaytirish uchun mustahkam bir zamindir.<\/p>\n<p>Darhaqiqat, ushbu o\u2018zgarishlar so\u2018nggi 6 yil ichidagi islohotchilik yo\u2018lining kelajakda davom etishini ta\u02bcminlovchi hujjatlar to\u2018plami bo\u2018lib, o\u2018zining shu xususiyati bilan boshqa davlatlarda taklif etilayotgan konstitutsiyaviy tuzatishlardan funksional jihatdan farq qiladi.<\/p>\n<p>Albatta, ushbu islohotlar tendensiyalari iqtisodiy sohani ham qamrab olgan. Chunki so\u2018nggi yillar davomida O\u2018zbekistonda hozirgi taklif etilayotgan islohotlar to\u2018plamida ko\u2018zda tutilganidan ham ko\u2018p islohotlar samarali amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Xususiylashtirish, xususiy mulk huquqini kafolatlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, erkin iqtisodiy va savdo raqobatini ta\u02bcminlash va shu kabi yo\u2018nalishlardagi keng ko\u2018lamli islohotlar shular jumlasidandir.<\/p>\n<p>Davlat idoralari faoliyati sohasida mahalliy institutlarning mustaqilligi va vakolatlarini oshirgan holda markazlashgan boshqaruv modelidan bosqichma-bosqich voz kechish kabi islohotlar ham yaxshi samara berganini ko\u2018rishimiz mumkin.<\/p>\n<p>Taklif etilayotgan islohotlarning tabiati va mohiyati shundan darak bermoqdaki, amaldagi rahbariyat islohotlar jarayonini barqarorlashtirish va izchil davom ettirishni xohlaydi. Uning eng muhim konteksti esa hozirgi rivojlanish yo\u2018li va sur\u02bcatini saqlab qolish hamda uni yana-da mustahkamlashdan iborat.<\/p>\n<p>Ushbu jarayon, ayniqsa, juda keng ko\u2018lamli istiqbolli tamoyillar va dasturlarni o\u2018z ichiga qamrab olgan mamlakat tashqi siyosati yo\u2018nalishida yaqqol ko\u2018zga tashlanadi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TEHRON, 1-iyul. \/\u201cDunyo\u201d AA\/.\u00a0Eronlik siyosatshunos, siyosiy fanlar nomzodi, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqalari bo\u2018yicha ekspert-tahlilchi Umid Rahimiy \u201cDunyo\u201d AA uchun sharhida O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qo\u2018shimcha va o\u2018zgartishlar kiritish bo\u2018yicha mamlakatimizda davom etayotgan siyosiy jarayon haqidagi fikrlarini bildirdi.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2733","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2733","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2733"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2733\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2738,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2733\/revisions\/2738"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2733"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2733"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2733"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}