{"id":2731,"date":"2022-07-01T12:10:00","date_gmt":"2022-07-01T10:10:00","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2731"},"modified":"2022-07-02T12:32:31","modified_gmt":"2022-07-02T10:32:31","slug":"ozbekcha-qonunchilik-palatasi-deputatining-konstitutsiyaviy-islohotlarga-bagishlangan-maqolasi-pokistonning-yetakchi-gazetasida-chop-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/07\/01\/ozbekcha-qonunchilik-palatasi-deputatining-konstitutsiyaviy-islohotlarga-bagishlangan-maqolasi-pokistonning-yetakchi-gazetasida-chop-etildi\/","title":{"rendered":"Qonunchilik palatasi deputatining Konstitutsiyaviy islohotlarga bag\u2018ishlangan maqolasi Pokistonning yetakchi gazetasida chop etildi"},"content":{"rendered":"<p>Mazkur maqolada\u00a0 O\u2018zbekiston Konstitutsiyasiga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritish tashabbusi haqidagi mulohazalar o\u2018z ifodasini topgan.<\/p>\n<p>Muallif qayd etganidek, bugun shiddat bilan o\u2018zgarayotgan dunyoda ro\u2018y berayotgan giyosiyosiy vaziyatlar, eng avvalo, mamlakatimizni kelgusi besh yilda rivojlantirishga qaratilgan Yangi O\u2018zbekiston Taraqqiyot strategiyasi va unda belgilangan maqsadlarni amalga oshirish nafaqat qonunlarimizni mustahkamlashni, shu bilan birga, Bosh qomusimizda ham inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan normalarni yana-da takomillashtirib, bugungi zamon talablariga moslashtirishni taqozo etmoqda.<\/p>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>\u00abUshbu strategiyaning bevosita muallifi bo\u2018lgan yurtdoshlarimiz tomonidan davlatimiz rahbarining Prezident saylovi targ\u2018ibotlari jarayonlarida hududlarda saylovchilar bilan o\u2018tkazgan uchrashuv va muloqotlarida bir necha bor aynan Konstitutsiyamizni bugungi zamon talablariga moslashtirishga oid qator taklif va tashabbuslar bildirilgan,- deydi\u00a0\u00a0 O\u2018zbekiston Qonunchilik palatasi deputati. &#8211; Birgina misol davlat rahbarining Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Bo\u2018zatov tumanidagi saylovchilar bilan bo\u2018lib o\u2018tgan uchrashuvda bugun ekologik muammolar kun sayin salbiy tus olayotgani, insonlarning ekologiya bilan bog\u2018liq huquq va majburiyatlari kabi normalar Bosh qomusimizda o\u2018z aksini topishi maqsadga muvofiq bo\u2018lishi tashabbusi ilgari surilgan edi\u00bb.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1656672300.0261.png\" width=\"421\" height=\"340\" \/><\/p>\n<p>Muallifning fikricha, Konstitutsiyaviy\u00a0islohotlarni boshlash tashabbusi, shuningdek, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati \u2013 O\u2018zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va \u00abMilliy tiklanish\u00bb\u00a0 demokratik partiyasi tomonidan ilgari surildi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan vaqt davomida Konstitutsiyani takomillashtirish uchun fuqarolarga o\u2018z takliflarini bildirishning bir necha ko\u2018rinishdagi imkoniyatlari yaratildi. Jumladan, Meningkonstitutsiyam.uz portali hamda maxsus Telegram-bot va koll-markaz orqali takliflar qabul qilindi, deyiladi nashrda.<\/p>\n<p>Materialda, shuningdek, davlatimiz rahbari, xalq vakillari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar jamoatchilik tomonidan qizg\u2018in qo\u2018llab-quvvatlangani qayd etilgan. Muallif \u201cXo\u2018sh buning sababi nimada, \u00a0Nega ushbu tashabbus qisqa vaqt ichida mamlakatimiz bo\u2018ylab keng quloch yoydi?\u201d degan mazmundagi savollarni o\u2018rtaga tashlaydi va ularga javob berishga harakat qiladi.<\/p>\n<p>\u00abSababi, ushbu tashabbus minglab fuqarolarimiz ko\u2018nglidagi o\u2018zgarish va islohotlarga zamin yaratib berishi bilan ahamiyatlidir. Ma\u02bclumki, inson ulg\u2018ayib, tafakkur dunyosi kengaygani sari uning o\u2018ziga bo\u2018lgan talabi ham ortib boradi. O\u2018tgan yillar davomida jamiyatimiz va unda ilgari surilayotgan g\u2018oya va tashabbuslarda xalqimizning ishtiroki va ular tomonidan bildirilayotgan fikr-mulohazalarining ahamiyati har tomonlama ortdi\u00bb, deb yozadi muallif.<\/p>\n<p>Maqola so\u2018nggida xalq vakili Inomjon Qudratov hozir xalqimiz muallifligida ishlab chiqiladigan Yangi O\u2018zbekistonning Yangi Konstitutsiyasi mamlakatimiz taraqqiyoti, fuqarolarimiz turmush tarzini yuksaltirish yo\u2018lida qabul qiladigan qonunlarimiz uchun asos bo\u2018lib xizmat qilishini qayd etgan.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2731","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2731","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2731"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2731\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2741,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2731\/revisions\/2741"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2731"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2731"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2731"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}