{"id":2726,"date":"2022-07-01T09:36:04","date_gmt":"2022-07-01T07:36:04","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2726"},"modified":"2022-07-01T09:36:04","modified_gmt":"2022-07-01T07:36:04","slug":"%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%88%d0%b0%d0%b2%d0%ba%d0%b0%d1%82%d0%b0-%d0%bc%d0%b8%d1%80%d0%b7","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/07\/01\/%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%88%d0%b0%d0%b2%d0%ba%d0%b0%d1%82%d0%b0-%d0%bc%d0%b8%d1%80%d0%b7\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yoshlar kuniga bag\u2018ishlangan tantanali marosimdagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Qadrli yoshlar, aziz farzandlarim!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalo, barcha Yangi O\u2018zbekiston yoshlarini bugungi qutlug\u2018 bayram \u2013 Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, sizlar bilan uchrashish, ko\u2018nglingizdagi ezgu orzu va rejalaringiz bilan o\u2018rtoqlashish, taklif va tashabbuslaringiz haqida eshitish menga doimo quvonch va g\u2018urur bag\u2018ishlaydi.<img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-2727\" src=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/1656648871.5795.png\" alt=\"\" width=\"760\" height=\"500\" srcset=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/1656648871.5795.png 760w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/1656648871.5795-600x395.png 600w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/07\/1656648871.5795-300x197.png 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 760px) 100vw, 760px\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizlarning shijoat va intilishingizni ko\u2018rib, yonib turgan ko\u2018zlaringizga boqib, o\u2018zimga bitmas-tuganmas kuch olaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgina Prezident va ijod maktablari o\u2018quvchilari, Yangi O\u2018zbekiston universiteti talabalari, yosh olim va ijodkorlar, IT dasturchilar, sportchi va tadbirkorlar bilan muloqot qildim. Bugungi yoshlarimizning salohiyati, dunyoqarashi, bildirgan taklif va tashabbuslari, mustaqil fikrlashi, kelajak va Vatan haqida, o\u2018zining jamiyatdagi o\u2018rni va mas\u2019uliyati haqidagi qarashlari barcha ota-onalar, ustoz-murabbiylar qatorida meni ham cheksiz quvontiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aziz farzandlarim!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dunyodagi murakkab vaziyatni o\u2018zingiz ko\u2018rib turibsiz. Har kuni yangi xavf-xatarlar va tashvishlarga duch kelyapmiz. Bunday vaziyatlarda xalqimizning irodasi va matonatiga tayanib, O\u2018zbekistonning milliy manfaatlariga javob beradigan yagona to\u2018g\u2018ri yo\u2018lni topish uchun birgalikda intilmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mehnatkash va bag\u2018rikeng, olijanob xalqimiz, sizdek bilimli, faol va shijoatli o\u2018g\u2018il-qizlarim bor ekan, biz har qanday qiyinchiliklarni albatta yengib o\u2018tamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli yoshlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xabaringiz bor, biz mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash bo\u2018yicha mutlaqo yangi tizim yaratdik. Mahallalarda 9,5 ming yoshlar yetakchilari o\u2018z faoliyatini boshladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirga qadar \u201cYoshlar daftari\u201dga kiritilgan 700 mingdan ortiq yigit-qizlarning muammolarini hal etishga 650 milliard so\u2018m yo\u2018naltirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yoshlar tadbirkorligini qo\u2018llab-quvvatlash va bandligini ta\u2019minlash ustuvor yo\u2018nalishga aylandi. So\u2018nggi ikki yilda 174 ming nafar yoshning tadbirkorlik loyihalari uchun 4 trillion 400 milliard so\u2018m imtiyozli kreditlar yo\u2018naltirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dehqonchilik bilan shug\u2018ullanish istagida bo\u2018lgan 560 ming tengdoshingizga joriy yilda 155 ming gektar yer maydoni ajratilib, 800 mingdan ortiq yangi ish o\u2018rinlari yaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, yoshlarni ishga olgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq summasini qaytarish tartibi joriy etildi va bu imkoniyatdan 715 ming nafar yoshlar ishlayotgan 7,5 ming korxona foydalandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, ta\u2019lim sifatini oshirish bo\u2018yicha ham katta-katta qadamlar qo\u2018yilmoqda. Bu borada Yangi O\u2018zbekistonning yangi maktablari \u2013 Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar ko\u2018lami kengayib, ularda tahsil olayotgan o\u2018quvchilar yuqori natijalarga erishmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018tgan o\u2018quv yilida birgina Prezident maktablarini bitirgan 424 nafar o\u2018g\u2018il-qizlarning barchasi oliy ta\u2019lim muassasalariga qabul qilindi. Ularning 102 nafari yoki 24 foizi xorijdagi yetakchi oliy ta\u2019lim muassasalarida o\u2018qiyotgani tahsinga sazovordir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi ikki yilda 400 nafar yoshlarimiz \u201cEl-yurt umidi\u201d jamg\u2018armasi orqali chet ellardagi eng nufuzli oliygohlarda o\u2018qishga yuborildi. Misol uchun, toshkentlik Lamiya Xudoyorova \u2013 Oksford universitetiga, buxorolik Rasulbek Bahodirov \u2013 London universitetiga, samarqandlik Nilufarxon Ro\u2018ziyeva \u2013 Chikago universitetiga o\u2018qishga qabul qilindi. Bunday yigit-qizlar har bir viloyatda ko\u2018plab topiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Iqtidorli yoshlarimiz keyingi bir yil ichida xalqaro fan olimpiadalarida 255 ta medalni qo\u2018lga kiritdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, joriy yilda 382 nafar sportchi yoshlarimiz nufuzli xalqaro musobaqalarda 419 ta sovrinli o\u2018rinlarni egalladi. Jumladan, Nodirbek Abdusattorov va Umida Omonova \u2013 tezkor shaxmat bo\u2018yicha; Zuhriddin Qodirov \u2013 qilichbozlik bo\u2018yicha jahon chempioni bo\u2018lgani; 23 yoshgacha futbolchilarimiz Osiyo chempionatining kumush medalini qo\u2018lga kiritgani, shubhasiz, butun xalqimizga g\u2018urur bag\u2018ishladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Men ana shunday ilmli, irodali va qobiliyatli farzandlarimiz borligidan faxrlanaman. Ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga alohida rahmatlar aytaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu o\u2018g\u2018il-qizlarimiz xalqimizning oltin fondi, Uchinchi Renessans bunyodkorlari, desam, hech mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi. Yangi O\u2018zbekistonning kelajagi hisoblangan bunday fidoyi, bilimli, zukko va vatanparvar o\u2018g\u2018il-qizlarimiz barchaga namuna bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aziz farzandlarim!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Har safar sizlar bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko\u2018rayotganimda meni bir savol chuqur o\u2018ylantiradi. Ertangi kunimiz egalari bo\u2018lgan yoshlarimizning yanada barkamol bo\u2018lishlari uchun yana qanday shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratib berishimiz lozim?<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi forumga ham O\u2018zbekiston yoshlarini qo\u2018llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator yangi chora-tadbirlarni qabul qilish bo\u2018yicha takliflar bilan keldim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Eng avvalo, yoshlarimizning zamonaviy kasb va bilimlarni egallash imkoniyatlarini kengaytiramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xabaringiz bor, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo\u2018lgan o\u2018g\u2018il-qizlarimizning masalalarini hal etish maqsadida joriy qilingan \u201cYoshlar daftari\u201d tizimi amalda ijobiy natijalar bermoqda. Lekin, shuni ham unutmaslik lozimki, yoshlarning dunyoqarashi, ularning muayyan bir kasbga bo\u2018lgan qiziqishi 14 yoshidan, ya\u2019ni maktab davridanoq shakllanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois bundan buyon 14-17 yosh oralig\u2018idagi 3 million nafarga yaqin o\u2018g\u2018il-qizlarimizga ham \u201cYoshlar daftari\u201dda ko\u2018zda tutilgan imtiyoz va yengilliklardan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Xususan, unda nazarda tutilgan imtiyozlar amaldagi 11 tadan 25 taga ko\u2018paytiriladi. Jumladan, ushbu daftarga kiritilgan farzandlarimizga zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o\u2018rganishi uchun har oyda 1 million 200 ming so\u2018mdan subsidiya beriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, yoshlarga ilm-fan, sport, san\u2019at va madaniyat yo\u2018nalishlaridagi to\u2018garaklar uchun 6 oy davomida 300 ming so\u2018mdan pul to\u2018lanadi. Ularga ushbu yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha mahalliy olimpiadalarda qatnashish xarajatlari uchun \u2013 1 million 200 ming so\u2018mdan, nufuzli xalqaro olimpiadalar uchun \u2013 12 million so\u2018mdan mablag\u2018 ajratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cTemir daftar\u201d, \u201cAyollar daftari\u201d va \u201cYoshlar daftari\u201dga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun yilda bir marotaba maktab formasi hamda o\u2018quv qurollarini sotib olish xarajatini davlat o\u2018z zimmasiga oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yana bir muhim yangilik \u2013 musiqa san\u2019atiga qiziqishi baland bo\u2018lgan yoshlarni yanada qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida 2022-2023 o\u2018quv yilidan boshlab maqom xonandaligi, maqom cholg\u2018u ijrochiligi va baxshichilik yo\u2018nalishlariga yangi qabul qilingan talabalarning shartnoma to\u2018lovlari to\u2018liq davlat tomonidan to\u2018lab beriladi. Fortepiano ijrochilari tayyorlash bo\u2018yicha qabul 3 barobar ko\u2018paytirilib, bu yo\u2018nalishda ham kontrakt to\u2018lovlari to\u2018la qoplab beriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, endi texnikumlarga qabul yilda 2 marta tashkil etilib, talabalar uchun davlat granti soni 2 barobar oshiriladi. Shuningdek, texnikumlar uchun ta\u2019lim krediti joriy qilinadi va 80 mingdan ziyod yoshlarga kredit berish uchun moliyaviy resurs ajratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hisob-kitoblarga ko\u2018ra, bugungi kunda 1 nafar IT mutaxassisini tayyorlash uchun kamida 1 yil vaqt va 20 million so\u2018mgacha mablag\u2018 talab etiladi. Vaholanki, yaxshi mutaxassis 2-3 oyda bitta dastur yaratib, ushbu xarajatni bemalol qoplashi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan buyon xususiy ta\u2019lim muassasalarida IT texnologiyalari bo\u2018yicha o\u2018qish (dasturlash, veb-dizayn, animatsiya) istagini bildirgan yoshlarga ham 20 million so\u2018mgacha miqdorda 4 yillik imtiyozli kredit taqdim etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi vaqtlarda olis hududlardagi maktablar o\u2018quvchilari ham xorijiy tillar bo\u2018yicha bilim bellashuvlarida yaxshi natija ko\u2018rsatmoqda. Bunday yoshlarimiz bilan har qancha faxrlansak, ularni rag\u2018batlantirib borsak arziydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Respublika bellashuvlarida yuqori natijalarga erishgan ana shunday 70 nafar o\u2018quvchimiz va ularning 14 nafar ustozi davlat hisobidan Buyuk Britaniyaga safarga yuboriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qadrli yoshlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash bo\u2018yicha joriy qilingan yangi tizim asosida 8 milliondan ziyod yigit-qizlarimizni qamrab olgan \u201cYoshlar balansi\u201d shakllantirildi. Unga ko\u2018ra, ayni paytda respublikamizda ishsiz yigit-qizlar 1 million 200 ming nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 850 ming nafari ishlash istagida bo\u2018lgan yoshlar hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Eng muhimi, yoshlarning qiziqishlari, kasb-hunarga moyilligi, ma\u2019lumoti, ijtimoiy ahvoli va muammolaridan to\u2018laroq xabardor bo\u2018lish imkonini beradigan tizim yaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Joriy yilda 404 ming yigit-qiz o\u2018rta ta\u2019limni, 151 ming nafari professional ta\u2019lim muassasasini bitirib, mehnat bozoriga kirib keladi. Ularning bandligini ta\u2019minlash eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Jumladan, bir yil davomida tadbirkorlik dasturlariga 4 trillion so\u2018m yo\u2018naltirish orqali 220 ming nafar yoshlarning bandligi ta\u2019minlanadi. 130 ming nafar yoshlarga kasb-hunar va tadbirkorlik ko\u2018nikmalariga o\u2018qishi uchun 160 milliard so\u2018m subsidiya ajratiladi. 110 mingdan ziyod o\u2018g\u2018il-qizlarimiz esa, davlat korxonalari va xususiy sektordagi bo\u2018sh ish o\u2018rinlariga joylashtiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik loyihalariga 250 milliard so\u2018m subsidiya va kompensatsiyalar beriladi. Ayni paytda ularning qishloq xo\u2018jaligi sohasidagi faoliyatini ham tizimli ravishda rag\u2018batlantirib boramiz. Masalan, Oltiariq uzumchilik klasteri namunasi asosida respublikamizdagi 70 ta tumanda \u201cYoshlar agroklasteri\u201dni tashkil etib, 400 ming nafar yoshlarni ish bilan ta\u2019minlaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Viloyat, tuman va shahar hokimlari yoshlar bilan uchrashib, ushbu rejalarni o\u2018z hududlari bo\u2018yicha batafsil muhokama qildilar. Endi har yili o\u2018quv yili yakunlanishi bilan, yoshlar bandligini ta\u2019minlash bo\u2018yicha har bir hudud alohida dastur qabul qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aziz farzandlarim!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, hozirgi yoshlarning bo\u2018sh vaqtini mazmunli tashkil etish oson emas. Bu borada mahallalardagi 6 milliondan ziyod o\u2018g\u2018il-qizlarimiz, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning iste\u2019dodini ro\u2018yobga chiqarish bo\u2018yicha Besh tashabbus olimpiadaci yo\u2018lga qo\u2018yildi. Bugungi tadbirda ushbu olimpiada g\u2018oliblari bo\u2018lgan 345 nafar yigit-qizlarimiz ham qatnashmoqdalar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Agar sizlar qo\u2018llab-quvvatlasangiz, endi Besh tashabbus olimpiadasi har yili 2 marta o\u2018tkazib boriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yana bir muhim masala \u2013 bugungi yoshlar o\u2018ziga kerakli ma\u2019lumotlarni avvalo Internetdan olmoqda. Shunday ekan, Internetning milliy segmentida yoshlarni o\u2018ziga jalb qiladigan, tariximiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz haqida ishonarli va qiziqarli ma\u2019lumot beradigan kontentlar yetarlimi?<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Afsuski, bu savolga ijobiy javob berolmaymiz. Hali bu borada oldimizda juda katta vazifalar turganini barchangiz yaxshi his qilasiz, albatta.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Men hozirgina uchrashgan Mehrinoz Abbosova boshchiligidagi bir guruh tashabbuskor yoshlar tomonidan dunyoning eng ommabop elektron ensiklopediyasi \u2013 Vikipediyaga 10 mingdan ortiq o\u2018zbek tilidagi maqolalar joylanganini eshitib xursand bo\u2018ldim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fursatdan foydalanib, ana shu fidoyi va vatanparvar o\u2018g\u2018il-qizlarimizga o\u2018z minnatdorligimni bildirmoqchiman. Bunday ezgu va xayrli loyihalarni har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlashimiz zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ana shu tajriba asosida Internet tarmog\u2018ida O\u2018zbek milliy kontentini rivojlantirish dasturi amalga oshiriladi. Bunda milliy davlatchiligimiz tarixini matnli va video kontentlar orqali targ\u2018ib qilishga alohida e\u2019tibor qaratish kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, yurtimizdan yetishib chiqqan 100 nafar buyuk alloma va mutafakkirlarning Internetdagi ma\u2019lumotlar bazasini yaratish, ularning asarlarini ommalashtirish choralarini ko\u2018ramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Vikipediyada o\u2018zbek tilidagi maqolalar sonini 100 mingtaga yetkazish va xorijiy tillarda ham O\u2018zbekiston haqidagi ma\u2019lumotlarni joylashtirish yaxshi samara berishi shubhasiz. Ushbu maqsadlar uchun 10 milliard so\u2018m mablag\u2018 yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday tadbirlarga, bilimli va shijoatli volontyor yoshlarni jalb qilish hamda ularning faoliyatini tizimli ravishda rag\u2018batlantirib borish lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu o\u2018rinda yana bir muhim masalaga to\u2018xtalib o\u2018tmoqchiman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizlarning orangizda vatanparvarlik, mehr-oqibat va insoniylik borasida ko\u2018pchilikka ibrat bo\u2018layotgan yoshlar juda ko\u2018p.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun volontyor yoshlar harakati jamiyatimizning ko\u2018plab sohalarida keng quloch yozmoqda. Bundan buyon Yoshlar ishlari agentligi bu harakatga bosh-qosh bo\u2018ladi. Yoshlarning tashabbuslari asosida har yili Harakatlar dasturi ishlab chiqiladi hamda volontyorlik faoliyati qo\u2018llab-quvvatlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yoshlarning ta\u2019lim olishiga e\u2019tibor qaratish bilan birga kitobxonlikni yanada kuchaytirishimiz zarur. Shu maqsadda mahallalardagi yoshlar yetakchilari har bir ko\u2018cha kesimida kitobxonlik tanlovi, \u201cZakovat\u201d va boshqa intellektual o\u2018yinlarni yo\u2018lga qo\u2018yadi. Bunday tanlovlar har haftada \u2013 mahalla kesimida, har oyda \u2013 tuman miqyosida va har chorakda viloyat darajasida o\u2018tkazib borilishi kerak. Bu orqali 2 millionga yaqin yoshlar qamrab olinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, viloyatlar, tuman va shahar hokimlari har bir maktab kutubxonasiga kamida mingtadan yangi badiiy adabiyotlarni yetkazib beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yoshlarning jismoniy va ma\u2019naviy kamolotida sportning o\u2018rni beqiyos ekani barchamizga yaxshi ma\u2019lum.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mana, yaqinda To\u2018dako\u2018lda 327 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etgan shaxmat turnirining final bosqichi bo\u2018lib o\u2018tdi. Kelgusi yilda To\u2018dako\u2018lda dunyo standartlariga javob beradigan xalqaro shaxmat maktabini qurib, foydalanishga topshiramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yerda jahonning eng mashhur grossmeysterlari kelib, bolalarimizga shaxmat sir-asrorlarini o\u2018rgatadi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbari, senatorimiz Quvondiq Sanaqulov ushbu maktabning o\u2018z vaqtida qurilishi va samarali faoliyat yuritishiga mas\u2019ul bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, respublikamiz bo\u2018yicha mahallalar kesimida 631 ming o\u2018g\u2018il-qizlar qatnashgan voleybol, 671 ming yigitlar ishtirok etgan futbol va mini-futbol bahslari ham yuqori darajada tashkil qilindi. Ushbu musobaqalar yoshlarning sportga qiziqishi juda yuqori ekanini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz mamlakatimizda sportni yanada ommalashtirish, xususan, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug\u2018ullanishga keng jalb etish haqida ko\u2018p gapiramiz, qanchadan-qancha ishlarni amalga oshirganmiz. Biroq savol tug\u2018iladi: shunga yarasha biz kutgan natijalar bo\u2018lyaptimi? Sohada qanday kamchiliklarga yo\u2018l qo\u2018yilmoqda?<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018ylaymanki, bu masalaga tanqidiy yondashib, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqti-soati keldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Joriy yildan boshlab 36 ta sport federatsiyasi, 274 ta sport maktabi o\u2018z hududidagi mahallalar, o\u2018rta maktablar, kollej va texnikumlar bilan hamkorlikda ishlaydi. Har bir ko\u2018cha, mahalla, maktab, kollej va texnikumda futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat-shashka va boshqa sport turlari bo\u2018yicha jamoalar tuziladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan buyon barcha sport musobaqalari \u201cmahalla \u2013 tuman \u2013 viloyat \u2013 respublika\u201d zanjiri asosida tashkil etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, bunday ishlarni amalga oshirish mahalladagi yoshlar yetakchilaridan katta mas\u2019uliyat va tashabbuskorlik talab etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Islohotlarimiz navqiron avlod hayotiga yanada chuqur kirib borishi uchun yoshlar yetakchilariga kengroq imkoniyat va vakolatlar bersak, o\u2018ylaymanki, sizlar ham buni qo\u2018llab-quvvatlaysiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan buyon har yili oliygohlarning sirtqi bo\u2018limiga o\u2018qishga qabul qilingan 500 nafar eng faol yoshlar yetakchilarining kontrakt to\u2018lovlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to\u2018lab beriladi. Shuningdek, \u201cYosh rahbar kadrlar zaxirasi\u201d shakllantirilib, uning 30 foizi yoshlar yetakchilari hisobidan to\u2018ldiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Men yoshlar yetakchilari timsolida bo\u2018lajak hokimlar va vazirlarni, yirik bank va kompaniyalar, davlat va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar liderlarini ko\u2018raman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qadrli farzandlarim!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz \u201cBetakror yurtimizda barqaror jamiyatni va bardavom taraqqiyotni ta\u2019minlash \u2013 barchamizning bosh maqsadimizdir\u201d shiori ostida islohotlarimizning yangi davrini boshlamoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yangi O\u2018zbekistonning taraqqiyot strategiyasida yoshlar bilan ishlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularni har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlashni islohotlarimizning bosh mezonlaridan biri sifatida belgiladik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu kunlarda Konstitutsiyamizni umumxalq muhokamasida ko\u2018rib chiqib, uni takomillashtirish bo\u2018yicha juda muhim siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada kelib tushgan taklif va tashabbuslarning 70 foizdan ortig\u2018i aynan yoshlarimiz tomonidan bildirilgani meni juda quvontirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, yangilanayotgan Konstitutsiya, bu \u2013 sizlarning Konstitutsiyangiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda ham yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlari ustuvor ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu munosabat bilan sizlarga, butun mamlakatimiz yoshlariga murojaat qilib aytmoqchiman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hech qachon unutmang, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan Yangi O\u2018zbekiston hamda Uchinchi Renessans bunyodkorlarisiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ana shunday sharafga munosib bo\u2018lish yo\u2018lidagi intilishlaringiz va hayotda o\u2018zingizning munosib o\u2018rningizni topishingiz uchun bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni to\u2018liq safarbar etamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Men Prezident sifatida sizlar o\u2018z oldingizga qo\u2018ygan reja va marralarga erishishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanimni bugun yana bir bor ta\u2019kidlamoqchiman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun sizlarning yonib turgan ko\u2018zlaringiz, shodlikka to\u2018la go\u2018zal chehrangizga qarab, akademik shoirimiz G\u2018afur G\u2018ulomning<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Siz axir osmonni olmoq bo\u2018lsangiz,<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ne uchun yelkamni tutib bermayin?<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 degan otashin satrlari yodimga tushmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Men siz, aziz farzandlarimdan bir narsani so\u2018rayman: tinimsiz o\u2018qib, izlanib, zamonaviy bilimlarni egallashdan, ko\u2018nglingizdagi ezgu maqsadlar sari harakat qilishdan hech qachon to\u2018xtamang!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qoraqalpog\u2018istondan Andijongacha, Surxondaryodan Toshkentgacha \u2013 barcha hududlardagi yoshlarimiz Yangi O\u2018zbekistonni barpo etishdek buyuk maqsadimiz yo\u2018lida bir tanu bir jon bo\u2018lib, dadil olg\u2018a intilishlari kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Men sizlarning bu yo\u2018lda marrani baland olib, yagona kuch bo\u2018lib harakat qilishingizga ishonaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizlar bunga albatta qodirsiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Men sizlarga ishonaman va sizlar bilan faxrlanaman, aziz bolalarim!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fursatdan foydalanib, barchangizni bugungi unutilmas bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizlarga mustahkam sog\u2018liq, tuganmas kuch-g\u2018ayrat, ulkan yutuq va zafarlar tilayman.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2726","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2726","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2726"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2726\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2728,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2726\/revisions\/2728"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2726"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2726"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2726"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}