{"id":2712,"date":"2022-06-28T18:17:58","date_gmt":"2022-06-28T16:17:58","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2712"},"modified":"2022-06-28T18:19:46","modified_gmt":"2022-06-28T16:19:46","slug":"ozbekcha-paxtachilik-va-toqimachilik-rivoji-uchun-yangi-imkoniyatlar-belgilandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/06\/28\/ozbekcha-paxtachilik-va-toqimachilik-rivoji-uchun-yangi-imkoniyatlar-belgilandi\/","title":{"rendered":"Paxtachilik va to\u2018qimachilik rivoji uchun yangi imkoniyatlar belgilandi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-2713\" src=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/\u0428.\u041c\u0438\u0440\u0437\u0438\u0451\u0435\u0432_3-1024x682.png\" alt=\"\" width=\"640\" height=\"426\" srcset=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/\u0428.\u041c\u0438\u0440\u0437\u0438\u0451\u0435\u0432_3-1024x682.png 1024w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/\u0428.\u041c\u0438\u0440\u0437\u0438\u0451\u0435\u0432_3-600x399.png 600w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/\u0428.\u041c\u0438\u0440\u0437\u0438\u0451\u0435\u0432_3-300x200.png 300w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/\u0428.\u041c\u0438\u0440\u0437\u0438\u0451\u0435\u0432_3-768x511.png 768w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/\u0428.\u041c\u0438\u0440\u0437\u0438\u0451\u0435\u0432_3.png 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 640px) 100vw, 640px\" \/><!--more-->Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyun kuni paxta hosildorligini oshirish va to\u2018qimachilik mahsulotlari eksportini ko\u2018paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018qimachilik tarmog\u2018i ham xomashyo, ham eksport, ham aholi bandligida ulkan salohiyatga ega. Faqat ilmga asoslanib samaradorlikni oshirish, jaydari aytganda, \u201cishning ko\u2018zini bilish\u201d kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuning uchun Prezidentimiz tashabbusi bilan bu sohada to\u2018liq klaster tizimi joriy etildi. So\u2018nggi uch yilda paxta-to\u2018qimachilik klasterlariga 23 trillion so\u2018mdan ziyod imtiyozli mablag\u2018lar ajratildi. Bundan tashqari, ularning o\u2018zlari ham qariyb 7 trillion so\u2018m xususiy investitsiyalar sarflagan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu tizim natijasida 350 ga yaqin yirik fabrikalar ishga tushirildi. Ishlab chiqarish hajmi 2016 yilga nisbatan 5 barobarga oshdi, eksport esa 4 barobarga o\u2018sib, qariyb 3 milliard dollarga yetdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Besh yil avval yurtimizda yetishtirilgan paxta tolasining atigi 40 foizi qayta ishlangan bo\u2018lsa, bugungi kunda 100 foiz o\u2018zimizda qayta ishlanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hajm bo\u2018yicha aytganda, jami quvvatlar 1 million 300 ming tonnaga yetdi. Lekin 1 million tonna tola ishlab chiqarilmoqda. Ya\u2019ni, hozirning o\u2018zida 300 ming tonna tola yetmayapti. Kelgusi besh yilda bu ehtiyoj yana 600 ming tonnaga oshishi kutilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ip-kalavani tayyor mahsulotgacha qayta ishlash darajasi ham past \u2013 23 foiz. Bu yiliga 9 milliard dollar daromad boy berilmoqda, degani.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0Shuningdek, bugungi kunda to\u2018qimachilik tarmog\u2018ida 400 ming kishi mehnat qilmoqda. Agar butun tizim ilm va zamonaviy texnologiyalar asosida to\u2018g\u2018ri tashkil qilinsa, ish o\u2018rinlarini 1 millionga yetkazish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois yig\u2018ilishda ilmga asoslangan urug\u2018chilik va agrotexnologiyalar hisobiga, paxta hosildorligini oshirish, tolani chuqur qayta ishlab, sohaning eksportini 2 baravarga ko\u2018paytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u2019lumki, buning uchun, avvalo, barqaror va sifatli xomashyo kerak. Lekin uni yetishtirishning o\u2018zi bo\u2018lmayapti. Olimlarimiz yaratgan 100 sentnergacha hosil beradigan paxta navlari joylarga yetkazilmayapti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi yillarda kunduzgi va tungi harorat bir xil bo\u2018lib qolayotgani, yangi turdagi hasharotlarning ko\u2018payib borayotgani ushbu sharoitga chidamli navlarni ko\u2018paytirishni taqozo qilmoqda. G\u2018o\u2018zani o\u2018g\u2018itlashni o\u2018zgartirish, gerbitsid va pestitsidlarni ham tartibga solish zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuning uchun davlatimiz rahbari Prezident huzurida Innovatsion rivojlanish vaziri boshchiligida Paxtachilik kengashi tashkil etish taklifini bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu kengash har yili hosildor va ertapishar navlarni hududlar kesimida ko\u2018paytirish va ekishni har bir klaster bo\u2018yicha belgilab beradi, iqlim va harorat o\u2018zgarishlariga mos bo\u2018lgan o\u2018g\u2018itlash sxemasini ishlab chiqadi, gerbitsid va pestitsidlar qo\u2018llashni tartibga oladi. Shuningdek, hasharotlarga qarshi kurashish bo\u2018yicha har bir hududga mos agrotexnologiyalarni ishlab chiqadi. Buning uchun mazkur kengash huzurida ilmiy markaz ham tashkil qilinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident har bir klasterda urug\u2018chilik, tuproq tahlili va biolaboratoriyalar hamda urug\u2018 tayyorlash sexlari bo\u2018lishi zarurligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Suvni tejash masalasiga ham to\u2018xtalib o\u2018tildi. So\u2018nggi ikki yilda yurtimizda 169 ming gektar paxta maydonlarida tomchilab sug\u2018orish joriy qilingan. Lekin ko\u2018p klasterlar, ayniqsa, fermerlar buni yo\u2018lga qo\u2018yishga qiynalmoqda. Chunki xarajati qimmat.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Agar sohada erkin raqobat bo\u2018lsa, ilm bilan yondashilsa, tomchilatib sug\u2018orishni joriy etish xarajatini gektariga 15-20 million so\u2018mga tushirish mumkinligi aytildi. Shuning uchun elektron portalga hamma ta\u2019minotchilarni kiritib, suv tejovchi texnologiyalar narxi va xizmatlar sifatini baholab boradigan shaffof tizim yaratish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Klasterlar faoliyatining huquqiy kafolatlari kuchaytirilishi, bitta tumanda ko\u2018pi bilan 2 ta klaster tashkil etilishi belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish masalalariga alohida e\u2019tibor qaratildi. Bu borada tadbirkorlarga keng sharoit yaratib berish uchun alohida industrial zonalar tashkil qilinishi belgilandi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga ushbu majmualarni boshqarishga chet el kompaniyalarini va ishlab chiqarishga nufuzli brendlarni jalb qilish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Paxtamizga boykot bekor qilinganidan so\u2018ng, xorijiy kompaniyalar mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilishga, milliy mahsulotlarimizga katta qiziqish bildirmoqda. Agar, hududlarimizga brendlar olib kirilmasa, mahalliy mahsulotlarimiz jahon bozorida raqobatbardosh bo\u2018lishi qiyin, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bo\u2018yalgan trikotaj mato va gazlama eksport qiluvchilarga 10 foizgacha miqdorda subsidiya berilishi, chet elga tayyor mahsulot yetkazib berish uchun, buyurtmaga asosan, alohida aviareyslar yo\u2018lga qo\u2018yilishi qayd etildi. Brendlar uchun zarur bo\u2018lgan furnitura va aksessuarlar ishlab chiqarish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018qimachilik korxonalarini qo\u2018llab-quvvatlash mexanizmlari yanada kengaytirilishi belgilandi. Jumladan, Eksportni rag\u2018batlantirish agentligi tomonidan eksportchi korxonalarga aylanma mablag\u2018 uchun 5 million dollargacha resurslar tabaqalashtirilgan tartibda ajratiladi. Xorijda omborxonalarni ijaraga olish xarajatlarini qoplab berish uchun cheklangan maydon 100 kvadrat metrdan 500 kvadrat metrga oshiriladi. Bu maqsadlar uchun Eksportni rag\u2018batlantirish agentligiga 100 million dollar ajratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari to\u2018qimachilik korxonalari moliyaviy hisobot bo\u2018yicha xalqaro standartlarga o\u2018tishi zarurligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Bu dunyo bozoriga chiqish, xorijiy brendlar bilan ishlash va to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri kreditlar jalb qilishga zamin yaratadi, \u2013 dedi Prezident.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018qimachilik korxonalarini xomashyo bilan uzluksiz ta\u2019minlash choralari ham ko\u2018rsatib o\u2018tildi. Paxta tolasi va ip-kalavani birjaga muntazam chiqarish, ular uchun to\u2018lov tizimini takomillashtirish bo\u2018yicha tavsiyalar berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Soha uchun soliq va bojxona ma\u2019murchiligi ham yengillashtirilishi, xususan, xomashyoni bojxona hududida qayta ishlash tartibi soddalashtirilishi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kadrlar tayyorlash masalasiga ham e\u2019tibor qaratildi. To\u2018qimachilik va yengil sanoat instituti hamda O\u2018zbekiston-Koreya to\u2018qimachilik texnoparki yaxlit tizim asosida ishlab, yangi o\u2018quv yilidan \u201cdual\u201d ta\u2019lim tizimi joriy qilinishi aytildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan Bosh vazir o\u2018rinbosarlari, tarmoq mutasaddilari, hokimlar va tadbirkorlarning fikrlari eshitildi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2712","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2712","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2712"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2712\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2715,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2712\/revisions\/2715"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2712"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2712"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2712"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}