{"id":2673,"date":"2022-06-17T10:27:39","date_gmt":"2022-06-17T08:27:39","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2673"},"modified":"2022-06-17T10:27:39","modified_gmt":"2022-06-17T08:27:39","slug":"%d1%88%d0%be%d1%81-%d0%b2-%d1%81%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b5%d0%bc%d0%b5-%d0%b2%d0%bd%d0%b5%d1%88%d0%bd%d0%b5%d0%bf%d0%be%d0%bb%d0%b8%d1%82%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d0%ba%d0%b8%d1%85-%d0%bf%d1%80%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/06\/17\/%d1%88%d0%be%d1%81-%d0%b2-%d1%81%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b5%d0%bc%d0%b5-%d0%b2%d0%bd%d0%b5%d1%88%d0%bd%d0%b5%d0%bf%d0%be%d0%bb%d0%b8%d1%82%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d0%ba%d0%b8%d1%85-%d0%bf%d1%80%d0%b8\/","title":{"rendered":"SHHT Yangi O\u2018zbekistonning tashqi siyosiy ustuvorliklari tizimida"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shanxay Hamkorlik Tashkiloti &#8211; eng yosh tuzilmalardan biri, biroq o\u2018suvchanlik bilan rivojlanib borayotgan xalqaro tashkilot. 15 iyun kuni\u00a0 SHHT tuzilganiga 21 yil to\u2018ldi. O\u2018tgan davr mobaynida ushbu tashkilot maslahat mexanizmi formatidan keng qamrovli davlatlararo birlashmagacha bo\u2018lgan darajaga yuksaldi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-2674\" src=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/1655268011.1364.png\" alt=\"\" width=\"406\" height=\"500\" srcset=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/1655268011.1364.png 406w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/1655268011.1364-244x300.png 244w, https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2022\/06\/1655268011.1364-162x200.png 162w\" sizes=\"auto, (max-width: 406px) 100vw, 406px\" \/><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tashkil etilishida avvalboshdanoq ishtirok etgan, uning izchil rivojlanishiga salmoqli hissa qo\u2018shgan va qo\u2018shishda davom etmoqda. 2021-2022 yillarda mamlakatimiz ushbu nufuzli tashkilotga raislik qilayotir. Shanxay Hamkorlik Tashkilotida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan O\u2018zbekiston tashabbuslari, ushbu birlashma bilan o\u2018zaro hamkorlik istiqbollari to\u2018g\u2018risida Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov \u201cDunyo\u201d axborot agentligi muxbiriga so\u2018zlab berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>&#8211; Hurmatli Vladimir Imomovich, bizning savollarimizga javob berishga bajonudil rozi bo\u2018lganingiz uchun Sizga minnatdorlik bildiramiz. Qolaversa, O\u2018zbekistonning xalqaro hamkorligidagi ustuvor yo\u2018nalishlardan biri bo\u2018lgan SHHTda Siz 2019-2021 yillar davomida Bosh kotib lavozimida ishlagansiz. Marhamat qilib Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bugungi kunda qanday tuzilma ekanligi va uning xalqaro maydonda qanday o\u2018rin tutayotgani haqidagi fikrlaringizni o\u2018rtoqlashsingiz&#8230;<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Avvalo shuni alohida ta\u2019kidlashni istardimki, nisbatan qisqa davr oralig\u2018ida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti rivojlanishning uzoq yo\u2018lini bosib o\u2018tdi va global siyosiy hamda iqtisodiy\u00a0 voqelikning ajralmas qismi bo\u2018lib qoldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda SHHT dunyodagi eng yirik mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. Unga a\u2019zo mamlakatlarning umumiy hududi 34 million kvadrat kilometrdan oshadi. Bu Yevroosiyo qit\u2019asi hududining 60 foizdan ortig\u2018i, degan gap. SHHT mamlakatlarining umumiy aholisi 3,2 milliard kishini tashkil etadi, bu &#8211; dunyo aholisining qariyb yarmidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashkilot 8 doimiy a\u2019zo davlatni, 4 kuzatuvchi va 9\u00a0 muloqot bo\u2018yicha 9 sherik davlatlarni o\u2018z atrofiga birlashtirgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">21 mamlakatdan iborat \u201cSHHTning katta oilasi\u201d uch qit\u2019ani \u2013 Osiyo, Yevropa va Afrikani qamrab olgan. Shu bilan birga, boshqa mamlakatlarning ushbu tuzilma bilan u yoki bu formatda o\u2018zaro hamkorlikka bo\u2018lgan qiziqishi tobora o\u2018sib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari, AS\u0415AN, MDH, KXSHT, YEAES, SVMDA, OES singari sherik tashkilotlari tarmog\u2018i izchil kengayib borayotgani SHHTning xalqaro obro\u2018-e\u2019tiborini oshiriga ko\u2018maklashmoqda. Hozirgi paytda Arab davlatlari ligasi va boshqa qator ko\u2018p tomonlama tuzilmalar bilan aloqalar yo\u2018lga qo\u2018yilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda SHHT makoni &#8211; ulkan xom ashyo zaxiralari, ishlab chiqariladigan mahsulotlar, malakali ishchi kuchi va inson kapitali, texnologik salohiyat mavjudligi nuqtai nazaridan o\u2018zini o\u2018zi ta\u2019minlaydigan mintaqa hisoblanadi.<\/p>\n<p>SHHTga a\u2019zo davlatlar iqtisodiyotining umumiy hajmi qariyb 20 trillion AQSH dollarini tashkil etadi, bu esa tashkilot tuzilgan paytdagidan 13 barobarga ko\u2018p. Tashkilotning makoni dunyodagi eng keng iste\u2019mol bozorini anglatadi. Bugungi kunda SHHT a\u2019zolarining umumiy yalpi ichki mahsuloti umumjahon ko\u2018rsatkichlarining qariyb \u00bc qismiga yetdi. 2030 yilga borib bu raqam\u00a0 jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb 35-40 foizigacha ortishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHT o\u2018zining amaliy tadbig\u2018ini kutayotgan ulkan\u00a0 transport va tranzit salohiyatiga ega. Global ta\u2019minot zanjirlarini diversifikatsiya qilish sharoitida Yevroosiyoda Sharq-G\u2018arb va Shimol-Janub yo\u2018nalishlari bo\u2018yicha yangi xalqaro temir yo\u2018l va avtomobil yo\u2018laklarini yaratish\u00a0 mohiyatan strategik ahamiyat kasb etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuni unutmaslik joizki, SHHT sivilizatsiyalararo muloqot va madaniy\u2013gumanitar hamkorlikni mustahkamlash uchun istiqbolli platforma hisoblanadi. Ushbu yo\u2018nalishning dolzarbligi, ayniqsa, dunyoda ishonchsizlik va antagonistik kayfiyatlarning kuchayib borayotgani sharoitida ayniqsa ortayotir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Har biri boy tarix va noyob madaniy merosga ega bo\u2018lgan mamlakatlarning bir tashkilot faoliyatida ishtirok etishi\u00a0 Yevroosiyoda o\u2018zaro tushunish va hamkorlik ruhini mustahkamlashga ko\u2018maklashmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>&#8211; Yaxshi ma\u2019lumki, Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mintaqasini O\u2018zbekiston tashqi siyosatining eng muhim ustuvor yo\u2018nalishi etib belgilagan. Markaziy Osiyo mintaqachiligini mustahkamlashda SHHTning rolini qanday baholaysiz?<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; SHHTning paydo bo\u2018lishi, birinchi navbatda, XX asr oxirida bipolyar tizim barham topganidan so\u2018ng Markaziy Osiyoda yangi vaziyatning vujudga kelishi, dunyo murakkab muammolari va oldindan aytib bo\u2018lmaydigan oqibatlari bilan yangi yuzyillika kirib kelishi bilan bog\u2018liq edi.\u00a0 O\u2018shanday murakkab davrda Markaziy Osiyodagi yosh mustaqil davlatlarning ko\u2018p qirrali yangi tahdid va muammolarga qarshi turishida institutsion milliylashgan mintaqaviy hamkorlikka\u00a0 ehtiyoji ob\u2019ektiv haqiqat edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ma\u2019noda SHHTning paydo bo\u2018lishi Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta\u2019minlash borasidagi sa\u2019y-harakatlarning bevosita natijasi bo\u2018ldi. Shuning uchun SHHTning tashkil etilishi va faoliyatidagi eng muhim\u00a0 \u201cqo\u2018shilgan qiymat\u201d birinchi navbatda uning Markaziy Osiyoda barqarorlikni mustahkamlash va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qo\u2018shgan hissasidir, deb hisoblash mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu tan olingan va vaqt sinovidan o\u2018tgan haqiqatdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda SHHTning mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlashdagi salmoqli hissasi kundek ravshan bo\u2018lib turibdi. Uning\u00a0 birinchi galda terrorizm, ekstremizm va separatizm tahdidlariga qarshi kurash sohasida erishgan muvaffaqiyatlari ayondir. Aynan SHHT doirasida dunyoda birinchi marta\u00a0 \u201cterrorizm\u201d\u00a0 tushunchasini aniqlab bergan ko\u2018p tomonlama hujjat \u2013 SHHTning terrorizm, ekstremizm va separatizm bilan kurashish to\u2018g\u2018risidagi Konvensiyasi 2001 yil 15 iyunda ishlab chiqilgan edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qarorgohi Toshkentda joylashgan SHHT Mintaqaviy aksilterror tizimi bu yo\u2018nalishda izchil ish olib borayotir. Uning muvofiqlashtiruvida \u201cuch yovuz kuch\u201dning sabablari, manbalari va ko\u2018rinishlariga barham berish bo\u2018yicha birgalikdagi samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muntazam ravishda SHHT aksilterror mashqlari, jumladan, terroristik, ekstremistik va separatistik maqsadlarda Internet tarmog\u2018idan foydalanishni aniqlash va bartaraf etish hamda narkotiklarga qarshi \u201cO\u2018rgimchak to\u2018ri\u201d xalqaro operatsiyasi o\u2018tkazilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xavfsizlik kengashlari kotiblari, Mudofaa, ichki ishlar vazirlari va a\u2019zo davlatlarning giyohvandlikka qarshi kurash idoralari rahbarlari yo\u2018nalishida xavfsizlikning keng qamrovli masalalariga aloqador ko\u2018p qirrali muntazam muloqot qo\u2018llab-quvvatlanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqaro axborot xavfsizligini ta\u2019minlash masalalari bo\u2018yicha o\u2018zaro hamkorlik yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Bu sohada ishchi guruh faoliyat ko\u2018rsatmoqda, O\u2018zbekiston tomonining faol ishtirokida Xalqaro axborot xavfsizligi bo\u2018yicha hamkorlik dasturi tayyorlangan va qabul qilingan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shunga qaramasdan, Shanxay Hamkorlik Tashkilotining mintaqada barqarorlikni ta\u2019minlashga qo\u2018shgan hissasi bu bilan cheklanib qolmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashkilotning amaliy faoliyatida xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish ta\u2019minlanishi\u00a0 masalalariga o\u2018zaro bog\u2018liqlikning asosiy tarkibiy qismlari sifatida qaraladi. Mintaqada barqarorlik va izchil taraqqiyot saqlab qolinishida SHHTning muhim roli ham aynan ana shundadir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mintaqada va uning atrofida ro\u2018y berayotgan o\u2018zgarishlarga qaramasdan, 20 yildan ortiq vaqt davomida Markaziy Osiyo SHHTning geografik yadrosi bo\u2018lib qolmoqda.\u00a0 Mintaqada barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta\u2019minlash imperativ ahamiyatga molik bo\u2018lib qolishi va shu sababli ham ushbu vazifalar bundan keyin ham tashkilotning diqqat markazida bo\u2018lib qolishi kerakligi yuzasidan unga a\u2019zo davlatlar o\u2018rtasida to\u2018liq tushunish mavjuddir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 2021 yili Dushanbeda bo\u2018lib o\u2018tgan yubiley sammiti deklaratsiyasida barcha a\u2019zo davlatlar yetakchilari so\u2018nggi paytlarda Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan mintaqada barqaror rivojlanish hamda ishonch va do\u2018stlik makonini shakllantirish bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan sa\u2019y-harakatlarni bir ovozdan qo\u2018llab-quvvatladilar, mintaqa mamlakatlarining barqarorligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yanada mustahkamlanishida SHHTning faol rolini kengaytirish g\u2018oyasini qo\u2018llab-quvvatladilar. Ular O\u2018zbekiston Prezidenti tashabbuskorligida yo\u2018lga qo\u2018yilgan Markaziy Osiyo mintaqasi davlat rahbarlarining muntazam maslahat uchrashuvlari o\u2018tkazilishini ham olqishlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2017 yildan buyon kuzatilayotgan yangi Markaziy Osiyo jarayonining SHHT tomonidan qo\u2018llab-quvvatlanishi, shubhasiz, mintaqaning o\u2018zi uchun ham, tashkilot hududining barqarorlik, o\u2018zaro manfaatli taraqqiyot va samarali hamkorlik makoniga\u00a0 aylanishi uchun ham juda muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan qaraganda, xalqaro siyosiy so\u2018zlashuvda nisbatan yaqinda paydo bo\u2018lgan \u201cMarkaziy Osiyo ruhi\u201d atamasi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining\u00a0 doktrinal asosini, ya\u2019ni \u201cShanxay ruhi\u201dni mustahkamlaydi va boyitadi, deb hisoblash uchun barcha asoslar mavjuddir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mintaqadagi va umuman dunyodagi tez o\u2018zgaruvchan vaziyat bilan birga tashkilotga a\u2019zolikni kengaytirish umuman olganda SHHT kun tartibiga muayyan tuzatishlar kiritishi\u00a0 o\u2018z-o\u2018zidan ayondir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu ob\u2019ektiv jarayon, ammo bu tashkilotning\u00a0 mintaqamizdagi rolini aslo kamaytirmaydi. Haqiqatda esa SHHTning \u201cmas\u2019uliyat zonasi\u201dga Janubiy Osiyodagi eng yirik davlatlar \u2013 Hindiston va Pokistonning qo\u2018shilishi, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarining SHHT orqali Yaqin Sharqqa kengayishining yangi trayektoriyasi mo\u2018ljallanishi fonida yangi istiqbollar ochilmoqda. U ulkan Yevroosiyo makonida ko\u2018p tizimli o\u2018zaro aloqalarni rivojlantirishda o\u2018zaro manfaatli tashabbuslarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish uchun kuchli ko\u2018p tomonlama platformaga \u2013 transport, infratuzilmalar, energetikadan to \u201cyashil&#8221; iqtisodiyot va raqamli transformatsiyagacha bo\u2018lgan qirralarni qamrab olgan maydonga aylanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda O\u2018zbekiston va SHHT o\u2018rtasidagi o\u2018zaro hamkorlikning ustuvor yo\u2018nalishlari haqida so\u2018zlab berishingizni so\u2018raymiz&#8230;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Shanxay Hamkorlik Tashkiloti O\u2018zbekistonning ko\u2018p tomonlama diplomatiyasi tizimida alohida o\u2018rin tutadi. Bu ikkita muhim jihat bilan bog\u2018liqdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchidan, mamlakatimiz 1990 yillar o\u2018rtalarida Xitoy va bir qator sobiq sho\u2018ro davlatlari (Rossiya, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston va Tojikiston) o\u2018rtasidagi chegara masalalarini hal qilish uchun yaratilgan \u00abShanxay beshligi\u00bbda ishtirok etmagan bo\u2018lsa-da, mintaqaviy ahamiyatiga ko\u2018ra, yuqorida aytib o\u2018tilgan muloqot platformasini keng ko\u2018lamli tashkilotga aylantirishda muhim rol o\u2018ynadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchidan, O\u2018zbekiston SHHTning oltita ta\u2019sischi davlatlaridan biri sifatida tashkilotning asosiy tamoyillari va ta\u2019sis hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek, uning institutsional asoslarini yaratish va rivojlantirishda faol ishtirok etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu tashkilotga a\u2019zo davlatlar mamlakatimizning\u00a0 eng yaqin qo\u2018shnilari va strategik sheriklaridir. SHHT doirasida ko\u2018p qirrali hamkorlik ko\u2018p tomonlama mintaqaviy va mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlashga hamda ushbu davlatlarning har biri bilan o\u2018zaro\u00a0 hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yangi O\u2018zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo\u2018nalishlari tizimida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti ochiq, pragmatik va keng ko\u2018lamli manfaatli hamkorlik yo\u2018lini amalga oshirish nuqtai nazaridan ko\u2018p tomonlama platforma sifatida har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Binobarin, mamlakatimizning SHHTga nisbatan zamonaviy strategiyasi tashabbuskorlik, konstruktivlik, pragmatizm va hamkorlikka ochiqlik kabi asosiy tamoyillarga asoslanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston, avvalo, barcha ishtirokchi mamlakatlarning hayotiy manfaatlariga javob beradigan istiqbolli yo\u2018nalishlarda amaliy hamkorlikni oshirish orqali uning evolyutsiyasi yangi sharoitida tashkilotning salohiyatini to\u2018liq ochib berishdan manfaatdordir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari 2017-2021 yillarda o\u2018tkazilgan SHHT sammitlarida 50 ga yaqin muhim va dolzarb tashabbuslarni ilgari surdi. Eng muhimi, ushbu takliflar SHHTning \u00abyo\u2018l xaritalari\u00bb, me\u2019yoriy-huquqiy, dasturiy va konseptual hujjatlari doirasida, shuningdek, ko\u2018p tomonlama hamkorlikning yangi mexanizmlari shaklida izchil amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Prezidenti tomonidan tashkilotning 2020 yilgi sammitida bildirilgan \u00abSHHT har birimiz kuchli bo\u2018lgan taqdirdagina kuchli bo\u2018ladi\u00bb g\u2018oyasi respublikaning ushbu tuzilmaga xos \u00abShanxay ruhi\u00bbga muvofiq konstruktiv yondoshuvining mohiyatini to\u2018liq ochib beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, o\u2018tgan yilgi Dushanbe sammitida so\u2018zlagan nutqida O\u2018zbekiston Prezidenti SHHTga raislikning ustuvor yo\u2018nalishlarini taqdim etgani holda tashabbuskorlik va ochiqlik yo\u2018nalishini yaqqol namoyon etdi. Ushbu tashabbuslar mamlakatimiz ichki taraqqiyotining asosiy vazifalari va xalqaro hamkorlik sohasidagi manfaatlarini aks ettirishi bilan birga SHHTni rivojlantirishning yangi bosqichida maqsad va vazifalarni muvaffaqiyat bilan birlashtiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mintaqalararo savdo, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiya, \u00abyashil\u00bb va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kabi muhim yo\u2018nalishlarda ko\u2018p tomonlama hamkorlikni faollashtirish orqali SHHT salohiyatini yanada mustahkamlash shular jumlasidandir.<br \/>\nShuningdek, \u00abShanxay ruhi\u00bbni xalq diplomatiyasi, turizm, do\u2018stlik va yaxshi qo\u2018shnichilikni mustahkamlash, yangi madaniy-gumanitar tashabbuslar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kabag\u2018allikni qisqartirish, o\u2018simliklar karantini, SHHTning global mavqeini mustahkamlash va uning xalqaro aloqalarini kengaytirish kabi istiqbolli yo\u2018nalishlarda hamkorlikning yangi yo\u2018llari va formatlarini ilgari surish orqali SHHT kun tartibini boyitish vositalari orqali amalga oshirish muhimdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; O\u2018zbekistonning tashkilotga raisligidagi vazifa va tashabbuslarni batafsil tushuntirib bersangiz?<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Albatta, men yuqorida aytgan hamma gaplar deklarativ bayonotlar emas, balki ular aniq harakatlar bilan tavsiflanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jumladan, O\u2018zbekiston Respublikasining SHHTga\u00a0 raisligi rejasida 80 dan ortiq yirik tadbirlar nazarda tutilgan bo\u2018lib, bugungi kunga qadar ularning yarmidan ko\u2018pi amalga oshirildi. Ushbu tadbirlar nafaqat SHHTda o\u2018rnatilgan hamkorlik yo\u2018nalishlarini, balki mintaqalararo savdo, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, kambag\u2018allikni qisqartirish, raqamli transformatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish kabi yangi sohalarni ham qamrab oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u2019kidlash joizki, O\u2018zbekiston tomoni SHHTga raisligi doirasida hamkorlikning bir qator yangi yo\u2018nalishlarini ishga solib, uning kun tartibini zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda boyitishga hissa qo\u2018shdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHT tadbirlarini tashkil etishda yangicha yondoshuv va formatlar joriy qilindi. Ular nafaqat Toshkent shahrida, balki viloyatlarda ham o\u2018tkazilmoqda. Bu esa SHHTdagi hamkorlarimizga mintaqalarmizda mavjud bo\u2018lgan o\u2018zaro hamkorlik salohiyati bilan yaqindan tanishish imkonini bermoqda. Shu tariqa Nukus, Buxoro va Farg\u2018ona shaharlarida SHHT Milliy koordinatorlari kengashining majlislari tashkil etildi. Xivada SHHTga a\u2019zo davlatlar transport vazirlarining yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi (2022 yil 12 may) va Buxoroda kambag\u2018allikni qisqartirish bo\u2018yicha xalqaro konferensiya o\u2018tkazildi (26-27 may 2022 yil). Joriy yil avgust oyida Samarqandda ham bir qator tadbirlarning o\u2018tkazilishi rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bir vaqtning o\u2018zida vazirlarning uchrashuv va yig\u2018ilishlari, muayyan mavzuni qamrab olgan forum va konferensiyalar ham o\u2018tkazilmoqda. O\u2018zbekiston raisligida SHHT Xalq diplomatiyasi forumi (2022 yil 11-12 may), Sayyohlik forumi (2022 yil 20 may), An\u2019anaviy tabobat forumi (2022 yil 7 iyun), tashkilotga a\u2019zo mamlakatlarning yosh iste\u2019dodlar o\u2018rtasida eng yaxshi startap loyihalari tanlovi kabi yirik tadbirlarni o\u2018tkazish tashabbuslari ilgari surildi va allaqachon amalga oshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu platformalarning barchasi dolzarb kun tartibi bilan to\u2018ldirilgan. Ular bo\u2018yicha muhim shartnomalar tuzildi, bundan keyingi qo\u2018shma rejalar kelishib olindi \u2013 bularning barchasi\u00a0 SHHTga a\u2019zo davlatlar iqtisodiyotining pandemiyadan keyingi tiklanishi sharoitida ayniqsa muhimdir. Bir so\u2018z bilan aytganda, O\u2018zbekiston tomoni joriy etgan format amaliy natijalarga erishish va mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari vakillari uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, O\u2018zbekiston raisligining asosiy yo\u2018nalishi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bugungi kun tartibining mazmun-mohiyatiga qaratilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari tomonidan O\u2018zbekiston raisligi davrida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida 14 ta yangi konseptual hujjatlar loyihasi ishlab chiqildi. Ular SHHT doirasidagi hamkorlik sohalarini mazmunan boyitish va institutsional kengaytirishga qaratilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Transport bog\u2018liqligini rivojlantirish bo\u2018yicha SHHT strategiyasi, Mintaqalararo savdoni rivojlantirish rejasi, Infratuzilmani rivojlantirish dasturi, \u00abSHHT Ezgu niyat elchisi\u00bb\u00a0 institutini tashkil etish kabi SHHT amaliyoti uchun yangi hujjatlar loyihalarini alohida ta\u2019kidlash zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan barcha tashabbuslar mantiqan o\u2018zaro bog\u2018liq va bir-birini to\u2018ldiradi. Masalan, ichki savdoni rivojlantirish orqali savdo to\u2018siqlarini bartaraf etish, texnik reglamentlarning yaqinlashishiga va bojxona tartib-taomillarini raqamlashtirishga erishish mumkin. O\u2018zbekiston raisligi davrida shu va boshqa masalalar nafaqat vazirlar darajasidagi uchrashuv va yig\u2018ilishlar kun tartibida aks etgan, balki ular SHHTga a\u2019zo davlatlar ishbilarmon doiralari ishtirokidagi SHHT Iqtisodiy forumi, Sanoat yangiliklari haftaligi, Mintaqalar rahbarlari forumi, Sanoat kooperatsiyasi forumi, \u00abQuyoshli O\u2018zbekiston\u00bb meva-sabzavotlari ko\u2018rgazmasi kabi qator yirik tematik tadbirlar doirasida ham muhokama qilinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Samarqand viloyatida tashkil etilayotgan \u00abO\u2018zbekiston\u2013SHHT\u00bb sanoat zonasi haqiqatan ham innovatsion loyihadir. Ushbu platforma O\u2018zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan SHHT mamlakatlari ishbilarmon doiralari o\u2018rtasida sanoat kooperatsiyasini rag\u2018batlantirish dasturini amalga oshirishning samarali mexanizmiga aylangani holda yuqori qo\u2018shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish uchun\u00a0 investitsiyalar, texnologik va innovatsion yechimlarni jalb qilishga imkon beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018z navbatida, SHHT doirasida o\u2018zaro bog\u2018liqlikni mustahkamlash bo\u2018yicha Toshkent tomonidan faol ilgari surilgan tashabbuslar tashkilotning keng hududida ulkan transport va tranzit salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu sa\u2019y-harakatlar orqali O\u2018zbekiston o\u2018z hamkorlari bilan birgalikda SHHT imkoniyalaridan foydalangan holda \u00abO\u2018zbekiston\u2013Qirg\u2018iziston\u2013Xitoy\u00bb, \u00abTermiz\u2013Mozori-Sharif-Kobul\u2013Peshovar\u00bb, \u00abLanchjou\u2013Qashqar\u2013Irkeshtam\u2013O\u2018sh\u2013Andijon-Toshkent-Mari\u00bb va hozirgi geoiqtisodiy sharoitda o\u2018ziga xos strategik ahamiyatga ega bo\u2018lgan boshqa transport yo\u2018laklarini amaliyotga tadbiq etishni jadallashtirish niyatida.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonning SHHT makonidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlik strategiyasi Afg\u2018onistonning butun Yevroosiyo uchun noyob iqtisodiy va tranzit rolini tiklashga ham xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Afg\u2018oniston mintaqada uzoq muddatli xavfsizlik va barqarorlikni ta\u2019minlashning asosiy omili ekanligiga shubha yo\u2018q. Afsuski, dunyoda yuz berayotgan so\u2018nggi voqealar tufayli xalqaro hamjamiyatning Afg\u2018onistonga bo\u2018lgan e\u2019tibori biroz susaydi. Afg\u2018on xalqining fojeasi, agar ular gumanitar falokat bilan yolg\u2018iz qolsa, qochqinlarning yangi oqimlari, giyohvand moddalar tahdidining ko\u2018payishi va terrorizmning kuchayishiga olib kelishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHTning biron-bir davlati Yevroosiyo markazida beqarorlik o\u2018chog\u2018ining yanada rivojlanishidan va Afg\u2018oniston hududidan qo\u2018shni davlatlar xavfsizligiga kelib chiqadigan tahdiddan manfaatdor emas. Bugungi voqelik tashkilotimizdan yanada aniq harakatlarni amalga oshirishni va Afg\u2018onistonni mintaqaviy tashabbuslarga, shu jumladan, infratuzilma loyihalariga jalb qilishni talab qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois SHHT doirasida Afg\u2018onistonning urushdan keyingi rivojlanish strategiyasiga doir konsolidatsiyalashgan yondoshuvlarni ishlab chiqish, tabiiyki, mamlakatimizning tashkilotga raisligidagi asosiy ustuvor yo\u2018nalishlardan biridir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muxtasar qilib aytganda, O\u2018zbekiston Prezidenti tomonidan belgilangan SHHTga raislikning asosiy ustuvor yo\u2018nalishlari barcha tomonlarning manfaatlariga to\u2018la javob beradi. Eng muhimi, ushbu yo\u2018nalishlar SHHT makonida xavfsizlik, barqaror rivojlanish, do\u2018stlik va yaxshi qo\u2018shnichilik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Ma\u2019lumki, joriy yil O\u2018zbekiston SHHT raisi sifatida tashkilotga a\u2019zo davlatlar rahbarlari sammitiga mezbonlik qiladi. Bilishimizcha, ushbu uchrashuv shu yilning sentabr oyida Samarqandda bo\u2018lib o\u2018tadi. Ushbu sammitga tayyorgarlik ishlari\u00a0 va bo\u2018lajak tadbirlarning ahamiyati haqidagi fikrlaringizni o\u2018rtoqlashsangiz&#8230;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 To\u2018g\u2018ri, O\u2018zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkilotidagi raisligining asosiy voqeasi &#8211; Samarqand shahrida bo\u2018lib o\u2018tadigan Davlat rahbarlari kengashining yig\u2018ilishi tobora yaqinlashmoqda. Unda tashkilot doirasidagi ko\u2018p qirrali hamkorlikni yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan mustahkam huquqiy va konseptual hujjatlar to\u2018plami imzolanishi shubhasiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, Sammitning Samarqandda o\u2018tkazilishida ham chuqur ma\u2019no bor. Ushbu kent qadimdan tarixiy uchrashuvlar va sivilizatsiyalashgan muloqotlar maskani, madaniy-gumanitar o\u2018zaro bog\u2018liqlik va xalqaro savdoni rivojlantirish, yaxshi qo\u2018shnichilikni mustahkamlash ko\u2018prigi bo\u2018lib kelgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yangi O\u2018zbekistonning faol diplomatiyasida Samarqand mamlakatimizning eng muhim xalqaro tashabbuslarini ilgari surish uchun noyob platforma bo\u2018lib xizmat qilmoqda. So\u2018nggi yillarda shaharda \u00abMarkaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo\u2018lidagi hamkorlik\u00bb mazusidagi xalqaro konferensiya (2017), Inson huquqlari bo\u2018yicha Osiyo forumi (2018), Inson huquqlari bo\u2018yicha Samarqand forumi (2020) va boshqa qator yirik forumlar muvafaqqiyatli o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">BMT Bosh kotibining maxsus vakili va BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo\u2018yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German ta\u2019kidlaganidek, ushbu platformalardan olingan turtki SHHT makonining jo\u2018g\u2018rofiy o\u2018qi bo\u2018lgan Markaziy Osiyoda hamkorlikning yangi formatlarini shakllanishiga xizmat qilgani holda yaxshi qo\u2018shnichilik, do\u2018stlik va ochiqlik muhitida mintaqaviy\u00a0 hamda global rivojlanishning dolzarb masalalari muhokamasini ko\u2018zda tutadigan \u00abSamarqand ruhi\u00bbda o\u2018zining yaqqol ifodasini topgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Samarqandning noyob merosi va uning yangi bunyodkorlik qudrati SHHTning ishonch, o\u2018zaro manfaat, tenglik, madaniyatlar xilma-xilligiga hurmat bilan yondoshish va mushtarak taraqqiyot tamoyillariga to\u2018la mos keladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun, sammit arafasida Buyuk Ipak yo\u2018lining \u00abmarvaridi\u00bb bo\u2018lgan Samarqand shahri keng ko\u2018lamli bunyodkorlik markaziga aylandi va Yevroosiyo makonidagi yilning eng yirik siyosiy va diplomatik forumini o\u2018tkazishga tayyordir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Samarqand sammitida davlat rahbarlari zamonaviy xalqaro munosabatlarni chuqur o\u2018zgartirish nuqtai nazaridan SHHT oldida turgan yangi tahdidlar va vazifalarni muhokama qiladilar, tashkilotni yanada rivojlantirish uchun tarixiy ahamiyatga ega bo\u2018lgan qator muhim qarorlarni qabul qiladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sammit kun tartibidagi asosiy masalalardan biri SHHTni yanada kengaytirish hisoblanadi. SHHTga a\u2019zo davlat maqomini olish uchun Eron Islom Respublikasining majburiyatlari to\u2018g\u2018risidagi Memorandum\u00a0 imzolashga tayyor. Hujjat amalda ushbu yirik Yaqin Sharq mamlakatining bizning tashkilotimizga to\u2018liq a\u2019zo bo\u2018lishiga yo\u2018l ochadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashri, SHHT faoliyatida to\u2018laqonli a\u2019zo, kuzatuvchi va muloqot bo\u2018yicha sheriklar maqomida ishtirok etish uchun taqdim etilgan 10 ga yaqin mamlakatlarning arizalari ko\u2018rib chiqiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sammit maydonida SHHT va Arab davlatlari ligasi, YUN\u0415SKO,\u00a0 ESKATO va\u00a0 boshqa bir qator xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar o\u2018rtasida sheriklik munosabatlarini o\u2018rnatish bo\u2018yicha Memorandumlar imzolanishi ham kutilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu asnoda O\u2018zbekiston raisligida bo\u2018lajak sammit \u00abShanxay sakkizligi\u00bb rahbarlarining mintaqaviy va global ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilishlari uchun samarali platforma yaratib berishi alohida ahamiyatga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bularning barchasi Samarqand sammiti SHHTning uchinchi o\u2018n yillikka kirishini munosib belgilagani holda uning rivojlanishida yangi bosqich ochishiga ishonch uyg\u2018otadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">-Hurmatli Vladimir Imamovich,\u00a0 bizga vaqt ajratganingiz\u00a0 va mazmunli suhbatingiz uchun minnatdorlik bildiramiz!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Rahmat.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2673","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2673","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2673"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2673\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2675,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2673\/revisions\/2675"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2673"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2673"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2673"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}