{"id":2667,"date":"2022-06-13T17:47:06","date_gmt":"2022-06-13T15:47:06","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2667"},"modified":"2022-06-13T17:47:06","modified_gmt":"2022-06-13T15:47:06","slug":"%d0%b4%d1%83%d1%85%d0%be%d0%b2%d0%bd%d0%be%d1%81%d1%82%d1%8c-%d1%81%d0%bf%d0%b0%d1%81%d0%b8%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c-%d0%bd%d0%b0%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/06\/13\/%d0%b4%d1%83%d1%85%d0%be%d0%b2%d0%bd%d0%be%d1%81%d1%82%d1%8c-%d1%81%d0%bf%d0%b0%d1%81%d0%b8%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c-%d0%bd%d0%b0%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%b0\/","title":{"rendered":"Ma&#8217;naviyat \u2014 millat xaloskori"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div class=\"newsView-content newsView-content__short\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Barcha millat o&#8217;z tarixiy taraqqiyoti, evolyutsion rivojlanish bosqichlariga ega. Ming yilliklar mobaynida har bir zamon o&#8217;z dunyoqarashi, hayotga munosabatlari jihatidan inson kamolotining o&#8217;ziga xos davrini belgilaydi.<\/p>\n<\/div>\n<div class=\"newsView-images articlePage-Slider-height\" data-src=\"\/_nuxt\/img\/b078bb7.jpg\">\n<div class=\"swiper-container swiper-container-initialized swiper-container-horizontal\">\n<div class=\"swiper-wrapper\">\n<div class=\"swiper-slide swiper-slide-active\">\n<div class=\"wrapper\" data-v-0ce69352=\"\"><img decoding=\"async\" class=\"slider__image\" src=\"https:\/\/yuz.uz\/imageproxy\/1200x\/https:\/\/yuz.uz\/file\/news\/767577b284d1030355a55f3db462386d.jpg\" alt=\"\" data-v-0ce69352=\"\" data-srcset=\" https:\/\/yuz.uz\/imageproxy\/100x\/https:\/\/yuz.uz\/file\/news\/767577b284d1030355a55f3db462386d.jpg 100w, https:\/\/yuz.uz\/imageproxy\/200x\/https:\/\/yuz.uz\/file\/news\/767577b284d1030355a55f3db462386d.jpg 200w, https:\/\/yuz.uz\/imageproxy\/300x\/https:\/\/yuz.uz\/file\/news\/767577b284d1030355a55f3db462386d.jpg 300w, https:\/\/yuz.uz\/imageproxy\/400x\/https:\/\/yuz.uz\/file\/news\/767577b284d1030355a55f3db462386d.jpg 400w, https:\/\/yuz.uz\/imageproxy\/500x\/https:\/\/yuz.uz\/file\/news\/767577b284d1030355a55f3db462386d.jpg 500w, https:\/\/yuz.uz\/imageproxy\/800x\/https:\/\/yuz.uz\/file\/news\/767577b284d1030355a55f3db462386d.jpg 800w, https:\/\/yuz.uz\/imageproxy\/1200x\/https:\/\/yuz.uz\/file\/news\/767577b284d1030355a55f3db462386d.jpg 1200w, https:\/\/yuz.uz\/imageproxy\/1920x\/https:\/\/yuz.uz\/file\/news\/767577b284d1030355a55f3db462386d.jpg 1920w, \" data-src=\"https:\/\/yuz.uz\/imageproxy\/1200x\/https:\/\/yuz.uz\/file\/news\/767577b284d1030355a55f3db462386d.jpg\" \/><\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<div class=\"newsView-content newsView-content-full newsView-content-small is__filled\">\n<div class=\"article-content\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Muayyan makonda o\u02bbrnashgan dastlabki odamlar turmush sharoitini yaxshilash, kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida o\u02bbz yashash tarziga, an\u02bcanalariga ega bo\u02bblgan. Tabiiy muhit, hayotga munosabat yillar davomida muayyan aymoqning o\u02bbziga xos qoidalariga, rasm-rusumlariga aylangan. Ana shu umume\u02bctirof etilgan qoidalarga hamma birdek bo\u02bbysungan, rioya qilgan. Shu holatning o\u02bbzi milliy mentalitetning, milliy o\u02bbziga xoslikning, milliy koloritning dastlabki kurtaklari edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqlar rivojlanish jarayonida inson tafakkurining yangidan-yangi qirralari ochilgan. Uning intellektual salohiyati, ongu shuuri hayotiy ehtiyojlar orqali rivojlanib borgan. Rivojlanish jarayoni umumiy tarzda muayyan makonda yashab kelgan odamlarning ruhiyatini, kayfiyatini, orzu-umidlarini, maqsad va intilishlarini shakllantirgan. O\u02bbzbek xalqi ham boshqa xalqlar qatori ana shunday uzundan uzoq, g\u02bboyat shukuhli, ayrim paytlarda sitamli taraqqiyot yo\u02bblini bosib o\u02bbtgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan uch ming yillar oldin qadimiy Xorazmda zardushtiylik dini ibtidoiy hayot sharoitida, antik davrda sivilizatsiyaviy hodisa sifatida dunyoga keldi. Umuman olganda, dunyoviy dinlarning barchasida sivilizatsiyaviy mohiyat bor. Dinlar dunyoga kelgan paytda u tarqalgan hududda yashayotgan odamlar tafakkurida o\u02bbziga xos burilish, ongida yangilanish hodisasi yuz bergan. Odamlar qarashlari, hayotga munosabati o\u02bbzgargan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Zardushtiylik dini dastlabki ajdodlarimiz hayotiga madaniyat olib kirdi. Ma\u02bcrifiy hayot, ongli turmush tarziga zamin yaratdi. Giyohlarni bosma, hasharotlarga, qushlarga ozor berma, suvga tupurma, olovga gustohlik qilma qabilidagi oddiy maishiy tarbiyaviy me\u02bcyorlardan tortib, inson va tabiat, odam va olam bilan munosabatlargacha bo\u02bblgan global axloqiy me\u02bcyorlarni turmush tarziga joriy etish g\u02bboyasini ilgari surdi. Ko\u02bbrgan narsasiga e\u02bctiqod qo\u02bbyib, unga sig\u02bbingan, ko\u02bbpxudolik sharoitida bir-birini mahv etish bilan shug\u02bbullanib yurgan turli qabilalar, urug\u02bblar, aymoqlarni birlashtirib, yakkaxudolik g\u02bboyasini ilgari surib, yirik jamoalar vujudga kelishiga, kishilik jamiyati dastlabki elementlari paydo bo\u02bblishiga xizmat qildi. E\u02bctiqodlar birligi umumjamoaviy mohiyat kasb etib, maqsadlar mushtarakligiga olib keldi. Bu, albatta, o\u02bbziga xos sivilizatsiyaviy hodisa edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Millat turmush tarzi, an\u02bcanalari, qadriyatlari orqali o\u02bbzining qiyofasini namoyon etadi. Urf-odatlar, an\u02bcanalar millat ruhiyati ijtimoiy-psixologik olamining o\u02bbzginasidir.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari odamning paydo bo\u02bblishi, uning genetik asoslari, sog\u02bblom va barkamol vujudning shakllanish omillari xususida gapirar ekan, ulug\u02bb ajdodlarimiz ta\u02bclimotida mavjud bo\u02bblgan to\u02bbrt unsurga alohida e\u02bctibor beradi. Havo, tuproq, suv va quyosh inson kamolotining asosi, deydi. Yilning to\u02bbrt fasli mukammalligi, tabiiy muhit, geografik sharoit inson tanasi rivojlanishiga katta ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi. Fasllarning o\u02bbz vaqtida va to\u02bbla holda kelishi odam ruhiyati, kayfiyati, qalb kechinmalari to\u02bblaqonli shakllanishiga imkon beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Abu Rayhon Beruniy \u201cQadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar\u201d asarida xalqlarning, millatlarning paydo bo\u02bblishi asoslari haqida gapirar ekan, tabiiy muhit, geografik sharoit, havo va quyoshning qay darajadaligi odamlar va millatlar shakllanishiga asos bo\u02bblgan, deydi. Jamoa bo\u02bblib yashayotgan ulkan hududdagi odamlar ruhiyati yashash sharoiti va tabiiy muhit ta\u02bcsirida shakllangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbek xalqi, ana shu talablardan kelib chiqib aytish mumkinki, Yer sharining eng barkamol maskanida dunyoga kelgan va shakllangan. Odamlar ruhiyati pokizaligi, fikrati tiniqligi, ongu shuuri go\u02bbzalligi ayni shu tabiiy muhit bilan uyg\u02bbunlashib ketgan hodisa, deyish mumkin. Buni ilk ajdodlarimiz qarashlarida yaqqol ko\u02bbramiz. Hali yozuv paydo bo\u02bblmagan ibtidoiy hayot sharoitida dastlabki ajdodlarimiz o\u02bbz maqsadlari, intilishlari, orzulari va armonlarini og\u02bbzaki ifoda etgan. \u201cAlpomish\u201d, \u201cGo\u02bbro\u02bbg\u02bbli\u201d, \u201cKuntug\u02bbmish\u201d singari o\u02bbnlab dostonlarni yaratgan. Ularda ezgulik va yovuzlik, muhabbat va nafrat, umid va umidsizlik ziddiyatlari, hasad, ko\u02bbrolmaslik singari illatlar va qator fazilatlar ehtiros bilan ifoda etilgan. Dostonlarning barchasida kuchli qalb og\u02bbriqlari, iztiroblari dramatik tarzda bayon qilingan. Ularning oxirida esa ezgulik, yaxshilik, muhabbat g\u02bbalaba qiladi. Xuddi shunday holat ertaklarda ham bor. Har bir ertak ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, muhabbat va nafrat o\u02bbrtasidagi ashaddiy to\u02bbqnashuvlar oqimida davom etadi va ularning barchasi bir xil yakun topadi. Ya\u02bcni yaxshilik bilan tugaydi. \u201cUlar murod-maqsadlariga yetishdi\u201d, degan gap barcha ertaklarning yakuni hisoblanadi. Ana shuning o\u02bbzi ilk ajdodlarimizning xayoloti qay darajada go\u02bbzal, fikrati teran, orzulari rangin, niyatlari pokiza bo\u02bblganini ko\u02bbrsatadi. Bu ruhiy poklik o\u02bbzbek xalqining ko\u02bbp ming yillik taraqqiyotida asos bo\u02bblib kelmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Ikkita buyuk sivilizatsiya hodisasini ko\u02bbrgan mo\u02bbtabar makonda bugun butunlay yangi tarixiy sharoitlarda yangi O\u02bbzbekiston vujudga kelgani, uning real voqelikka aylangani, yangi Renessans ostonasida turgani xalqimiz ma\u02bcnaviy va aqliy qudratining buyuk ijodkorlik va yaratuvchilik salohiyati natijasidir.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz axborot xuruji davrida yashayapmiz. Yer shari axborot to\u02bbri ichida baliqday tipirchilayapti. Bir-biriga zid, bir-birini inkor qiladigan, milliy madaniyatlarni, qadriyatlarni poymol qiladigan turli axborotlar ko\u02bbpaymoqda. Ma\u02bclumot olish, to\u02bbplash, saralash va tarqatish imkoniyatlari aqlga sig\u02bbmaydigan darajada kengayib ketdi. Kichkinagina qo\u02bbl telefonining bitta murvatini bosish bilan Yer sharining xohlagan nuqtasiga axborot yuborish mumkin. Ana shunday\u00a0<strong>tezkor axborot almashishi jarayonida axborotlarni tanlash va saralash qudratiga ega bo\u02bblgan kuchli milliy mentalitet, milliy tafakkur, milliy ruhiyat, ma\u02bcnaviy iroda zarurligiga ehtiyoj sezamiz.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Zamonaviy sivilizatsiya sharoitida qirg\u02bbinbarot urushlar, ommaviy qirg\u02bbin qurollari ibtidoiy hodisaga aylandi. Millatlarni yo\u02bbq qilish yoki ularni zabt etishning beozor va samarali vositasi yuzaga keldi. \u201cYumshoq kuch\u201d deb ataladigan bu jarayon millatlar ongiga va qalbiga ta\u02bcsir etish yo\u02bbli bilan uni o\u02bbzligidan ayirish, milliy qadriyatlardan uzoqlashtirish, o\u02bbtmishi va ajdodlarini tanimaydigan manqurtga aylantirish tendensiyasini kuchaytirib yubormoqda. Shunday g\u02bboyat xavfli, mafkuraviy, g\u02bboyaviy bo\u02bbhronli jarayonda\u00a0<strong>millatning o\u02bbzini o\u02bbzi asrash instinktini, ichki da\u02bcvatini, qalb hayqirig\u02bbini kuchaytirmog\u02bbimiz lozim.\u00a0<\/strong>Buning uchun faqat ma\u02bcnaviyat va madaniyatga e\u02bctiborni kuchaytirish, uni targ\u02bbib qilishning samarali vositalari, usullari va uslublarini, zamonaviy va ta\u02bcsirchan texnologiyalarini joriy etish maqsadga muvofiq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Har bir insonda millatga mansublik, o\u02bbtmishga daxldorlik, istiqbolga umid va katta ishonch bilan intilish tuyg\u02bbusi bor. Faqat bu noyob tuyg\u02bbu har kimda har xil. Birovda ko\u02bbproq, boshqasida kamroq. Xususan, zamonaviy sharoitda yoshlar dunyoqarashini o\u02bbzgartirish, milliy qadriyatlardan uzoqlashtirish, millatga mansublik hissiyotini o\u02bbldirish oson. Chunki ular hali katta hayotiy tajribaga va aniq pozitsiyaga ega emas. Biologik, fiziologik va intellektual jihatdan qaraganda yoshiga munosib ravishda ularda aqldan ko\u02bbra hissiyot kuchlilik qiladi. Bunday paytda ularni yo\u02bbldan urish, xohlagan ko\u02bbyga solish, ongiga istalgan g\u02bboyani singdirish oson kechadi. Mamlakatimiz aholisining asosiy ko\u02bbpchiligini yoshlar va bolalar tashkil etgan bir paytda bu masalaga jiddiy qarashimizni hayotning o\u02bbzi taqozo etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Buyuk nemis faylasufi Osvald Shpengler\u00a0<strong>\u201cQayerda madaniyat yo\u02bbqolsa, o\u02bbsha yerda zoologiya kuchayadi\u201d,<\/strong>\u00a0degan edi. Darhaqiqat, inson boshqa jonzotlardan his-tuyg\u02bbusi, aqliy imkoniyatlari bilan farq qiladi. Ana shu ikkita katta omil uning inson va shaxs bo\u02bblib yetishishiga xizmat qiladi. U madaniyatdan uzoqlashgani sayin vujudidagi ijobiy fazilatlar kamayib, illatlar miqdori ko\u02bbpayib, hayvoniy instinktlar kuchayib boradi. Natijada inson odam qiyofasidagi boshqa jonzot, yirtqich va yovvoyi maxluqqa aylanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Insonning yagona va birdan bir xaloskori \u2014 ma\u02bcnaviyat! Uni oliy qadriyatga aylantiradigan kuch madaniyat va ma\u02bcrifat. Yuksaklarga ko\u02bbtaradigan, qadru qimmatini oshiradigan, olam mehvariga olib chiqadigan beqiyos Qudrat! Milliy tuyg\u02bbu, millatga mansublik hissi insonning hayotda omonat, sun\u02bciy urchitilgan jonzot emas, u buyuk tarixning, boy o\u02bbtmishning va ulug\u02bb ajdodlar vorisi ekanini bildiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Agar uning qadriyatlari toptalmasa, agar urf-odatlar, an\u02bcanalar qadrlansa, agar odamlar o\u02bbtmishiga katta hurmat, ajdodlariga e\u02bctiborli bo\u02bblsa, ular qoldirgan hayotiy va madaniy qadriyatlarni hurmat qilsa, millat o\u02bblmaydi!<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yangi O\u02bbzbekistonda milliy qadriyatlar va urf-odatlarning barqaror rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Millat qiyofasini, milliy kechinmalarini o\u02bbzida ifoda etgan turmush tarzi tobora chuqurlashmoqda. Bunga davlatning o\u02bbzi homiylik qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dunyo qalqib turgan bir paytda, turli g\u02bboyaviy va axboriy xurujlar kuchayib borayotgan bir sharoitda millatning o\u02bbzini o\u02bbzi asrash instinktini kuchaytirish lozim. Bu bevosita ma\u02bcnaviyat va ma\u02bcrifat bilan bog\u02bbliq. O\u02bbzini o\u02bbzi himoya qila oladigan, o\u02bbzini o\u02bbzi asray biladigan odamda ma\u02bcrifat kuchli bo\u02bbladi. U har qanday sharoitda yuksak madaniyatini namoyon qila biladi. Agar har bir odam ana shunday imkoniyatga ega bo\u02bblsa, yalpi jamiyatning ma\u02bcnaviy qiyofasi barkamollashadi. Kuchli, qudratli o\u02bbzbek jamiyati yuzaga keladi. Bu esa millatning istiqboldagi ravnaqini, jahon hamjamiyatidagi o\u02bbrni va mavqeini, umumsayyora miqyosida barkamol milliy qiyofasini namoyon qilish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev\u00a0<strong>\u201cHar bir maktab o\u02bbquvchisi bitta milliy musiqa asbobini chalishni bilishi kerak\u201d,<\/strong>\u00a0deganida juda katta ijtimoiy muammoni, millat qiyofasi va uning milliy qadriyatlari bilan bog\u02bbliq masalani ifodalab bergan edi. Ayni musiqa orqali qalb qiyofasini barkamollashtirish, yoshlar xayolotini go\u02bbzallashtirish, fikratini yorqinlashtirish, maqsad va intilishlarini ezgulik sari burish mumkin. Bu O\u02bbzbekistonday yoshlar mamlakatida juda muhim milliy va ijtimoiy mohiyatga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bolaga e\u02bctibor \u2013 millat istiqboliga e\u02bctibor. Millat genofondini sog\u02bblomlashtirishning eng to\u02bbg\u02bbri va samarali usuli. Sog\u02bblom bola dunyoga kelishi butun millat jismoniy va intellektual barkamolligining muhim omili. Bu borada mamlakatimizda keng miqyosli ishlar olib borilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Atoqli adib, jahon madaniyatining yirik namoyandasi Chingiz Aytmatov xulosalariga ko\u02bbra, ona qornidagi hali odam shakliga kirmagan ikki haftalik embrion tashqi muhitni his qilar, uning ta\u02bcsirida o\u02bbsib, xarakteri shakllanar ekan. Mana dunyoni asraydigan, olamni bezaydigan, insonni barkamollashtiradigan manba qayerda?! Davlatimiz, xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy siyosatida ayni shu masala eng muhim va dolzarb vazifaga aylantirilgan. Sog\u02bblom ona va sog\u02bblom bola g\u02bboyasi millatni asrashning eng samarali vositasi bo\u02bblib qoldi. Tinch va farovon oila, sog\u02bblom turmush tarzi, odamlar o\u02bbrtasidagi mehr va muhabbat tug\u02bbilajak bolaning, millat kelajagining tayanchi!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uzoq yillar mobaynida milliy qadriyatlarga bepisandlik bilan qarash va totalitar rejimning turli g\u02bbayriinsoniy qarashlari oqibatida o\u02bbzbek genofondi genotsidga aylana boshlagan edi. Bugun yangi O\u02bbzbekistonda ushbu masalaga katta e\u02bctibor berilmoqda. Har tomonlama sog\u02bblom, intellektual jihatdan baquvvat, ijodkorlik, bunyodkorlik imkoniyatlari keng barkamol millatni vujudga keltirish choralari ko\u02bbrilmoqda. Bu esa hammamiz uchun g\u02bboyat sharafli, dillarni quvnatadigan, ko\u02bbzlarni yashnatadigan, buyuk kelajakka qat\u02bciy ishonch bilan qarashga da\u02bcvat etadigan hodisa.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz shu yil 26-yanvar kuni O\u02bbzbekistonning 2022-2026-yillarga mo\u02bbljallangan Taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan o\u02bbtkazilgan videoselektor yig\u02bbilishida bajariladigan vazifalarni aniq ko\u02bbrsatib berdi. Yangi O\u02bbzbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi 7 ta ustuvor yo\u02bbnalish doirasidagi \u201cInson qadri uchun\u201d yo\u02bbnalishida 100 ta maqsad belgilandi. Ularga erishish uchun joriy yilning o\u02bbzida umumiy qiymati 55 trillion so\u02bbm va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbirni amalga oshirish ko\u02bbzda tutilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Taraqqiyot strategiyasining beshinchi ustuvor yo\u02bbnalishi \u2013 ma\u02bcnaviy taraqqiyotni ta\u02bcminlash va soha rivojini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga doir konseptual rejalar tuzilgan. Ta\u02bckidlash kerakki,\u00a0<strong>strategiya matematik aniqlikda ishlab chiqilgan. Har bir chora-tadbir uchun mas\u02bcul shaxs va bajariladigan muddat aniq belgilangan. Ularni bajarishning moliyaviy-tashkiliy asoslari ishlab chiqilgan. Bunday real voqelik bilan bog\u02bblangan, konkret masalalarga to\u02bbg\u02bbri va ochiq yondashilgan rasmiy hujjat birinchi marta yaratildi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning boshqaruv faoliyatidagi o\u02bbta aniqlikni ko\u02bbrsatadi.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u02bcnaviy barkamollik ma\u02bcrifatlilikdan boshlanadi. Ma\u02bcrifatli jamiyat har qanday islohotlarga qodir bo\u02bbladi. Ana shu hayotiy aqidadan kelib chiqib, davlatimiz rahbarining muhim metodologik ahamiyatga ega quyidagi fikrlarini esga olish o\u02bbrinlidir:\u00a0<strong>\u201cBiz yangi O\u02bbzbekistonni barpo etishda ikkita mustahkam ustunga, ya\u02bcni bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umumbashariy g\u02bboyalarga asoslangan kuchli ma\u02bcnaviyatga tayanamiz. Ma\u02bcnaviyat \u2013 jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam bo\u02bblsa, xalqimiz ham, davlatimiz ham shuncha kuchli bo\u02bbladi. Faqatgina ana shunday zaminga tayangan holda, biz yurtimizda Uchinchi Renessans asoslarini barpo eta olamiz\u201d.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko\u02bbrinib turibdiki, hayotimizning barcha sohalari kabi ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy taraqqiyot borasidagi vazifalar ijrosi ham bosh maqsadimiz \u2013 Uchinchi Renessans asoslarini shakllantirishga xizmat qiladi. Yana bir muhim jihat shundaki, jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlar mazmuni va sifati aynan ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy ishlarni qanday olib borishimizga bog\u02bbliq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu muhim yo\u02bbnalishda ulkan amaliy ishlar boshlanganiga barchamiz guvohmiz. Prezidentimizning 2022-yil 28-yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga mo\u02bbljallangan Yangi O\u02bbzbekistonning taraqqiyot strategiyasini \u201cInson qadrini ulug\u02bblash va faol mahalla yili\u201dda amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, yurtimizda ma\u02bcnaviy taraqqiyotni ta\u02bcminlash va soha rivojini yangi bosqichga olib chiqish bo\u02bbyicha keng ko\u02bblamdagi ishlar olib borilmoqda. Ushbu yo\u02bbnalishda belgilangan 8 ta maqsad va 30 ta topshiriqni amalga oshirib, ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy ishlarning ma\u02bcno-mazmuni va sifati tubdan yaxshilanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz\u00a0<strong>\u201cYangi O\u02bbzbekiston strategiyasi\u201d kitobida<\/strong>\u00a0bu qadriyatlarning inson, davlat va jamiyat hayotidagi o\u02bbrni va ahamiyatiga atroflicha to\u02bbxtalib, quyidagi fikrlarni alohida ta\u02bckidlab o\u02bbtgani, albatta, bejiz emas:\u00a0<strong>\u201cEng katta boylik \u2013 bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros \u2013 bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik \u2013 bu bilimsizlikdir. Shu sababli hammamiz uchun ilg\u02bbor bilimlarni o\u02bbzlashtirish, chinakam ma\u02bcrifat va yuksak madaniyat egasi bo\u02bblish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak\u201d.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Oqil SALIMOV,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>akademik.<\/strong><\/p>\n<\/div>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2667","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2667","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2667"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2667\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2668,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2667\/revisions\/2668"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2667"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2667"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2667"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}