{"id":2614,"date":"2022-05-25T12:11:49","date_gmt":"2022-05-25T10:11:49","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2614"},"modified":"2022-05-25T12:11:49","modified_gmt":"2022-05-25T10:11:49","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d0%b2%d1%8b%d0%bf","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/05\/25\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d0%b2%d1%8b%d0%bf\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti maktab bitiruvchilariga tabrik yo\u2018lladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qadrli maktab bitiruvchilari!<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1653453767.937.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizlarni maktab ta\u2019limini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga \u2013 umringizning yanada go\u2018zal va mas\u2019uliyatli bosqichiga qadam qo\u2018yayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizdagi barcha umumta\u2019lim dargohlarida \u201cso\u2018nggi qo\u2018ng\u2018iroq\u201dlar yangrab, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlashuv tadbirlari o\u2018tkazilayotgan ushbu quvonchli va g\u2018oyat hayajonli damlarda hammangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umid va ishonch ramzi bo\u2018lgan yetuklik shahodatnomalari barchangizga muborak bo\u2018lsin!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aziz bolalarim!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yil respublikamizda 390 ming nafardan ziyod o\u2018quvchi-yoshlar umumta\u2019lim maktablarini bitirmoqda. Hech shubhasiz, o\u2018z bilim va iste\u2019dodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand bo\u2018lishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chog\u2018lanib turgan sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz \u2013 bizning ishonchimiz va tayanchimiz, Yangi O\u2018zbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, bugun yurtimizda maktab bitiruvchilari bilan birga ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylar uchun ham unutilmas kundir. Ushbu quvonchli ayyomda ularni ham chin dildan qutlab, barchasiga ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi yillarda maktabgacha ta\u2019lim, oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim tizimi sifat jihatidan keskin o\u2018zgardi. Ayniqsa, maktab ta\u2019limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanib, bu borada tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda yurtimizda 10 mingdan ziyod davlat umumta\u2019lim maktablari bilan birga ko\u2018plab nodavlat, davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktablar, Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari faoliyat yuritayotgani ushbu tizimda qisqa muddatda chuqur tarkibiy va sifat o\u2018zgarishlari yuz berganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birgina o\u2018tgan yilda 3,3 trillion so\u2018m mablag\u2018 hisobidan 789 ta maktabda qurilish va ta\u2019mirlash ishlari amalga oshirildi. Xalqaro fan olimpiadalarida o\u2018quvchilarimiz qo\u2018lga kiritgan medallar soni 3 barobar, mintaqaviy olimpiadalarda esa qariyb 2 barobar ko\u2018paygani, \u201cBir million dasturchi\u201d loyihasi doirasida 900 mingdan ziyod o\u2018quvchi dasturlash asoslarini o\u2018rganib, sertifikatga ega bo\u2018lgani barchamizni xursand qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Butun hayotini yosh avlod tarbiyasiga bag\u2018ishlagan jonkuyar o\u2018qituvchilar, ustoz-murabbiylar mehnatini munosib rag\u2018batlantirish, ularning ish va turmush sharoitini yaxshilash, jamiyatdagi obro\u2018-e\u2019tiborini oshirishga muhim ahamiyat qaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Taraqqiy topgan davlatlar tajribasi asosida maktab ta\u2019limi uchun o\u2018quv dasturi va darsliklar yangilanmoqda. Ayniqsa, umumta\u2019lim maktablari uchun 326 nomda o\u2018quv-metodik majmualar, o\u2018qituvchilar kitobi hamda mashq daftarlari yaratilgani muhim qadam bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yurtimizdagi barcha maktablar yuqori tezlikdagi optik tolali internet tarmog\u2018iga ulanib, lokal tarmoq hamda Wi-Fi uskunalari o\u2018rnatildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, hozirgi notinch zamonda farzandlarimizni yuksak ma\u2019naviyat egalari, chinakam vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga alohida e\u2019tibor qaratmoqdamiz. Keng ko\u2018lamdagi ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda, yoshlarimiz o\u2018rtasida kitobxonlikni kuchaytirish, ularni adabiyot, san\u2019at va sport to\u2018garaklariga yanada faol jalb etish bo\u2018yicha izchil ishlar olib borilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aziz farzandlarim!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi paytda xalqimiz, ayniqsa, unib-o\u2018sib kelayotgan siz kabi yoshlarimiz uchun O\u2018zbekiston ulkan imkoniyatlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Respublikamizda faoliyat ko\u2018rsatayotgan 162 ta oliy o\u2018quv yurti, ko\u2018plab kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar kelgusida sizlarning o\u2018zingiz tanlagan sohalar bo\u2018yicha yetuk kadr va malakali mutaxassis bo\u2018lishingiz uchun xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, 78 ta oliy ta\u2019lim muassasasida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o\u2018qib, oliy ma\u2019lumot olish hamda masofaviy ta\u2019lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi yo\u2018lga qo\u2018yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bitiruvchi yoshlarni oliy ta\u2019lim bilan qamrab olish darajasi 2016 yildagi 9 foizdan bu yil 38 foizga yetkazildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yurtimizda yetim va ota-ona qaramog\u2018idan mahrum bo\u2018lgan o\u2018quvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, nogiron bolalar uchun professional ta\u2019lim tizimida alohida imkoniyatlar yaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu haqda so\u2018z yuritganda, 2020-2021 o\u2018quv yilida kollej va texnikumlarga to\u2018lov-kontrakt asosida o\u2018qishga qabul qilingan 1157 nafar, 2021-2022 o\u2018quv yilida esa 1433 nafar o\u2018quvchi qabul parametrlaridan tashqari qo\u2018shimcha davlat granti asosida o\u2018qishga qabul qilinganini ta\u2019kidlash lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aminman, sizlar ana shunday imkoniyatlar asosida yetuk mutaxassislar bo\u2018lib, kelgusida yurtimizdagi zamonaviy klasterlar, fermer xo\u2018jaliklari, ishlab chiqarish korxonalari, katta-katta qurilishlar, firma va kompaniyalar, davlat va nodavlat tashkilotlar, madaniy va ijodiy jamoalarda ish boshlaysiz va Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini oshirishga albatta munosib hissa qo\u2018shasiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muxtasar aytganda, maktabni bitirib chiqayotgan yigit-qizlarimizning har biri el-yurtimizning mehri va e\u2019tiborida bo\u2018ladi. Bu borada joylarda viloyat, shahar va tuman hokimliklari, sektor rahbarlari, mahalla jamoatchiligi ota-onalar va ustozlaringiz bilan birgalikda sizlarga yaqin ko\u2018makchi va maslahatchi bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mana shunday shukuhli onlarda siz, aziz farzandlarimni maktab ta\u2019limini muvaffaqiyatli tamomlab, hayotingizda dastlabki muhim dovondan oshganingiz bilan yana bir bor tabriklayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hech qachon unutmang, kelajakda sizni yanada ulkan va mas\u2019uliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qo\u2018yib, bor kuch-g\u2018ayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, ko\u2018zlagan cho\u2018qqilarga albatta erishasiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barchangizga ishda va o\u2018qishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tilayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Doimo sog\u2018-omon bo\u2018ling!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Intilib, izlanib yashashdan aslo to\u2018xtamang!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Baxt va omad hamisha hamrohingiz bo\u2018lsin, aziz o\u2018g\u2018il-qizlarim!\n<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Shavkat MIRZIYOY\u0415V,<br \/>\nO\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2614","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2614","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2614"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2614\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2615,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2614\/revisions\/2615"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2614"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2614"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2614"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}