{"id":2605,"date":"2022-05-24T11:02:59","date_gmt":"2022-05-24T09:02:59","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2605"},"modified":"2022-05-24T11:04:44","modified_gmt":"2022-05-24T09:04:44","slug":"%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b5%d1%89%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d0%bf-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/05\/24\/%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b5%d1%89%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d0%bf-2\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti raisligida o\u2018tgan yig\u2018ilishda sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo\u2018yicha yangi tizim joriy qilinishi belgilandi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun sportni ommalashtirish va iqtidorli sportchilarni tayyorlash chora-tadbirlari bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb xabar qilmoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga tayanib.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1653319043.1489.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizda sport infratuzilmasi izchil rivojlantirilib, yoshlarning qiziqishlari qo\u2018llab-quvvatlanmoqda. So\u2018nggi besh yilda 118 ta yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi va 110 tasi rekonstruksiya qilindi. Barcha mahallalardagi yoshlarni sportga jalb etish bo\u2018yicha ilk bor \u201cbesh bosqichli\u201d musobaqalar boshlandi. Aprel-may oylarida o\u2018tgan birinchi va ikkinchi bosqichlarda 3 milliondan ziyod yoshlar ishtirok etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Lekin qobiliyatli yigit-qizlarni saralab, professional sportchilarga aylantirishga e\u02bctibor yo\u2018q. Bunda boshlang\u2018ich tizim bo\u2018lgan sport maktablari bilan Olimpiya zaxiralari kollejlari va Oliy sport mahorati maktablari o\u2018rtasida uzviylik yo\u2018lga qo\u2018yilmagan. Misol uchun, 190 ta bolalar va o\u2018smirlar sport maktabida bor-yo\u2018g\u2018i 10 ta olimpiya sport turi o\u2018rgatiladi. Sport federatsiyalari Olimpiya zaxiralari kollejlari bilan ishlashni o\u2018z holiga tashlab qo\u2018ygan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois yig\u2018ilishda sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo\u2018yicha yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Unga ko\u2018ra, endi har bir mahallada aprel-iyun va sentyabr-dekabr oylarida musobaqalar tashkil etilib, yaxshi natija ko\u2018rsatgan yoshlar elektron ro\u2018yxatga kiritiladi hamda hududdagi sport maktabida malakali murabbiylar bilan bepul shug\u2018ullanish imkoniga ega bo\u2018ladi. Ular jismoniy tayyorgarlik darajasi va razryadiga qarab, keyingi bosqichga o\u2018tkaziladi. Sport maktablari muayyan olimpiya sport turlari bo\u2018yicha bazaga aylantiriladi. Murabbiylarning ish haqi 35 foizga oshiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mutasaddilarga ushbu tizimni joriy etib, yaxshi natija ko\u2018rsatgan mahallalarni rag\u2018batlantirish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi. Yil yakunigacha 508 ta mahallada ko\u2018p funksiyali sport maydonchalari qurilishi qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda Olimpiya zaxiralari kollejlariga 14 yoshdan katta o\u2018smirlar qabul qilinmoqda. Oqibatda yoshlarni Olimpiya o\u2018yinlariga tayyorlash kech boshlanayapti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois, bu borada rivojlangan davlatlardagi ilg\u2018or tajribalar o\u2018rganildi. Endi u asosida sportchilarni professional tayyorlash tizimi isloh qilinadi. Ya\u02bcni, bu sohadagi kollejlar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sifatida tashkil etiladi. Bu markazlar 5-9-sinflar uchun Olimpiya maktabi, 10-11-sinflar hamda 1-2-kurslar uchun Olimpiya va paralimpiya kolleji bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0Sportni rivojlantirish vazirligi huzurida ilg\u2018or trener va xorijiy ekspertlardan iborat Murabbiylar kengashi tuzilib, musobaqalarda eng yuqori natijaga erishgan yoshlarni kollejlarga saralab oladi. Kollej bitiruvchilari esa kelgusida Oliy sport mahorati institutiga qabul qilinadi. Shu tariqa, professional sportchilar tayyorlashning uzluksiz tizimi yaratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sportni rivojlantirish vazirligiga 20 ta istiqbolli olimpiya turini belgilab, ular bo\u2018yicha hududiy \u201ctayanch baza\u201dlarni tashkil etish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sohadagi ilmiy salohiyat ham talab darajasida emasligi aytildi. Mahalliy olimlar tomonidan birorta sport turi bo\u2018yicha na metodika, na dastur ishlab chiqilgan. Bugungi kunda sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda. Sport diyetologiyasi, farmakologiyasi, psixologiyasi, sport muhandisligi, kardio-mashg\u2018ulotlar bo\u2018yicha mutaxassislar tayyorlanmayapti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois, olimpiya sport turlari bo\u2018yicha sportchilarni jismoniy va ruhiy tayyorlash, sog\u2018lom ovqatlantirish dasturlarini ishlab chiqish zarurligi ta\u02bckidlandi. Kelgusi o\u2018quv yilidan boshlab Jismoniy tarbiya va sport universitetida sport diyetologiyasi, muhandisligi va kardio-mashg\u2018ulotlar, Tibbiyot akademiyasida sport meditsinasi va farmakologiyasi bo\u2018yicha mutaxassislar tayyorlashni yo\u2018lga qo\u2018yish topshirig\u2018i berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan vazirlar va hokimlar axborot berdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2605","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2605","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2605"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2605\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2607,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2605\/revisions\/2607"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2605"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2605"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2605"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}