{"id":2564,"date":"2022-05-10T10:10:56","date_gmt":"2022-05-10T08:10:56","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2564"},"modified":"2022-05-10T10:16:09","modified_gmt":"2022-05-10T08:16:09","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d1%81%d0%b5%d1%82%d0%b8%d0%bb-%d0%bf%d0%b0%d1%80%d0%ba-%d0%bf","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/05\/10\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d1%81%d0%b5%d1%82%d0%b8%d0%bb-%d0%bf%d0%b0%d1%80%d0%ba-%d0%bf\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti G\u2018alaba bog\u2018iga tashrif buyurdi va \u201cMatonat madhiyasi\u201d yodgorlik majmuasiga gulchambar qo\u2018ydi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may \u2013 Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G\u2018alaba bog\u2018iga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga tayanib.<\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1652087552.1868.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Harbiy orkestr ijrosida \u201cXotirlash kuyi\u201d yangradi. Davlatimiz rahbari \u201cMatonat madhiyasi\u201d yodgorlik majmuasiga gulchambar qo\u2018ydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu majmua Ikkinchi jahon urushida besh o\u2018g\u2018lidan ayrilgan Zulfiya aya Zokirova, uning sadoqatli kelinlari va yetim qolgan nabiralari xotirasiga bag\u2018ishlab barpo etilgan. U xalqimizning urushdagi yo\u2018qotishlari, tinchlik uchun kurashi timsoli sifatida bog\u2018 markazidan o\u2018rin olgan. Shu ma\u02bcnoda \u201cMatonat madhiyasi\u201d urushda o\u2018z bolasidan, o\u2018z yoridan judo bo\u2018lgan barcha onalar, barcha ayollar sharafiga o\u2018rnatilgan muazzam obidadir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bog\u2018da Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham jam bo\u2018ldi. Prezidentimiz ular bilan suhbatda xalqimizga tabriklarini yo\u2018lladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Bugun ushbu G\u2018alaba bog\u2018ida turib, muhtaram faxriylarimizni, butun xalqimizni qutlug\u2018 ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bunday damlarda qahramon ota-bobolarimiz xotirasini yodga olib, ularning jasorati oldida ta\u02bczim qilamiz. Ularning tinchlik va ozodlikka bag\u2018ishlagan serqirra hayot yo\u2018li kelgusi avlodlar uchun o\u2018tda yonmaydigan, suvda cho\u2018kmaydigan buyuk merosdir, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari bu maskan urush oqibatlarini, tinchlik qadrini yodga solishini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Bugun dunyo tahlikali bo\u2018lib borayapti. Har daqiqa sinovli bo\u2018layapti. Bu bizga ham ta\u02bcsir qiladimi? Albatta ta\u02bcsir qiladi. Lekin xalqimiz hayotiga shu ta\u02bcsirni kamaytirish bo\u2018yicha choralar ko\u2018ryapmiz. Mehnatimiz bilan, birdamligimiz bilan, Xudo xohlasa, bu sinovlardan ham o\u2018tamiz, \u2013 dedi Prezident.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari ham majmua poyiga gullar qo\u2018ydi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2564","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2564","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2564"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2564\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2568,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2564\/revisions\/2568"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2564"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2564"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2564"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}