{"id":2473,"date":"2022-04-12T10:21:30","date_gmt":"2022-04-12T08:21:30","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2473"},"modified":"2022-04-12T10:21:30","modified_gmt":"2022-04-12T08:21:30","slug":"ozbekcha-inson-huquqlari-sohasida-ozbekistonning-xalqaro-majburiyatlariga-rioya-etilishi-boyicha-parlament-komissiyasining-navbatdagi-yigilishi-bolib-ot","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/04\/12\/ozbekcha-inson-huquqlari-sohasida-ozbekistonning-xalqaro-majburiyatlariga-rioya-etilishi-boyicha-parlament-komissiyasining-navbatdagi-yigilishi-bolib-ot\/","title":{"rendered":"Inson huquqlari sohasida O\u2018zbekistonning xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo\u2018yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oliy Majlisning Inson huquqlari sohasida O\u2018zbekistonning xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo\u2018yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<!--more--><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1649681084.2391.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Parlament yuqori palatasi ma\u02bclumotiga ko\u2018ra, yig\u2018ilishda O\u2018zbekistonning Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to\u2018g\u2018risida Konvensiyaning bajarilishi yuzasidan Oltinchi davriy hisoboti va Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to\u2018g\u2018risida xalqaro paktning bajarilishi yuzasidan Uchinchi davriy hisobotini ko\u2018rib chiqish natijalari bo\u2018yicha Hukumat delegatsiyasi a\u02bczolarining hisoboti eshitildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">BMTning Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish Qo\u2018mitasining 81 sessiyasi doirasida 2022 yil 15-16 fevral kunlari Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to\u2018g\u2018risida Konvensiyaning bajarilishi yuzasidan Oltinchi davriy hisoboti hamda BMT Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xuquqlar bo\u2018yicha qo\u2018mitasining 71 sessiyasi doirasida 2022 yilning 22-24 fevral kunlari Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to\u2018g\u2018risidagi Xalqaro paktning O\u2018zbekiston tomonidan bajarilishi yuzasidan Uchinchi davriy hisoboti eshitilishlari bo\u2018lib o\u2018tgani ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda delegatsiya a\u02bczolari davriy hisobot, BMT qo\u2018mitalarining oldindan taqdim qilingan savollariga berilgan yozma javoblar, BMT qo\u2018mitalarining yakuniy xulosalari, shuningdek, boshqa manbalardan olingan axborotlar, jumladan, BMT muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining muqobil hisobotlariga asoslangan javoblar taqdim etganligini ma\u02bclum qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qo\u2018mita a\u02bczolari tomonidan O\u2018zbekiston davriy hisobotlarini ko\u2018rib chiqish yakunlari bo\u2018yicha so\u2018nggi besh yil davomida inson huquqlari bilan bog\u2018liq vaziyatni baholashda ijobiy dinamika kuzatilayotganligi e\u02bctirof etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0Xususan, muloqot davomida Qo\u2018mita a\u02bczolari inson huquqlari tuzilmalarining mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-gumanitar sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor ekanini ko\u2018rsatdi. Qo\u2018mita a\u02bczolarining aksariyati O\u2018zbekistonda gender tengligini ta\u02bcminlash va ayollar huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta\u02bcminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ijobiy baholadilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston davriy hisoboti bo\u2018yicha Qo\u2018mitaning yakuniy xulosalari va tavsiyalari qabul qilinib, BMTning Inson huquqlari bo\u2018yicha Oliy komissari boshqarmasi saytida e\u02bclon qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, Inson huquqlari bo\u2018yicha O\u2018zbekiston Milliy markazi direktorining birinchi o\u2018rinbosari M.Tillaboyev Inson huquqlari bo\u2018yicha O\u2018zbekiston Milliy strategiyasi doirasida 2021 yillda amalga oshirilgan ishlar bo\u2018yicha axborotini taqdim etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kun tartibi bo\u2018yicha Inson huquqlari bo\u2018yicha O\u2018zbekiston Milliy markaz direktorining birinchi o\u2018rinbosari M.Tillaboyev Inson huquqlari bo\u2018yicha O\u2018zbekiston Milliy markazi Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to\u2018g\u2018risidagi xalqaro konvensiya qoidalarini bajarish bo\u2018yicha O\u2018zbekistonning O\u2018ninchi \u2013 O\u2018n ikkinchi davriy ma\u02bcruzalarini ko\u2018rib chiqish yakunlari yuzasidan BMTning Irqiy kamsitishni tugatish qo\u2018mitasining tavsiyalarini amalga oshirish bo\u2018yicha 2020-2022 yillarga mo\u2018ljallangan Milliy harakatlar rejasining ijrosi yuzasidan axborot berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yig\u2018ilishda kun tartibidagi masalalar atroflicha ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oliy Majlisning Inson huquqlari sohasida O\u2018zbekistonning xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo\u2018yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":2474,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2473","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2473","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2473"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2473\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2475,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2473\/revisions\/2475"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2474"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2473"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2473"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2473"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}