{"id":2470,"date":"2022-04-12T10:19:18","date_gmt":"2022-04-12T08:19:18","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2470"},"modified":"2022-04-12T10:19:18","modified_gmt":"2022-04-12T08:19:18","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bb-%d0%bf%d1%80","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/04\/12\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bb-%d0%bf%d1%80\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti transport va kommunal sohalardagi loyihalarni ko\u2018rib chiqdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun transport va kommunal sohalardagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma\u02bclumotiga tayanib.<!--more--><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1649697709.6464.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimiz rivojlangani sari fuqarolar harakatchanligi, xalqaro aloqalar ko\u2018lami ham oshib bormoqda. Bu talabga mos ravishda avtomobil, temir yo\u2018l va havo transporti imkoniyatlari kengaytirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xususan, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi qaroriga muvofiq, \u201cUzbekistan Airways\u201d va \u201cUzbekistan Airports\u201d aksiyadorlik jamiyatlari transformatsiya qilinmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2021 yil yakunlari bo\u2018yicha yurtimiz aeroportlari orqali<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">5 million 400 ming yo\u2018lovchi va 82 ming tonna yuk tashilgan, xorijiy aviakompaniyalarga xizmat ko\u2018rsatish hajmi oshgan. Xarajatlarni maqbullashtirish bo\u2018yicha ko\u2018rilgan choralar natijasida barcha aeroportlarning moliyaviy ko\u2018rsatkichlari yaxshilangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, Samarqand xalqaro aeroporti yangidan qurilib, ishga tushirildi. Toshkent xalqaro aeroportining 2-terminali rekonstruksiya qilinib, o\u2018tkazish quvvati 2 barobar oshirildi. Qarshi aeroportining uchish zali yangilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu ishlarni izchil davom ettirish maqsadida mamlakatimiz aeroportlarini 2035 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Taqdimotda ushbu strategiyani 2026 yilgacha amalga oshirish dasturi muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunda aeroportlarni ixtisoslashtirish, jumladan, Toshkent aeroportini xalqaro xab, Navoiy aeroportini yuk tashish xabi, Samarqand va Buxoro aeroportlarini turizm xablariga aylantirish ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Toshkent xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish orqali yo\u2018lovchilarni o\u2018tkazish quvvatini soatiga 2 ming 400 nafarga oshirish, ro\u2018yxatdan o\u2018tish, pasport nazorati va samolyotga chiqish yo\u2018laklarini ko\u2018paytirish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari aeroport xodimlarining dunyoqarashi va malakasini oshirish, yo\u2018lovchilarga xizmat ko\u2018rsatish vaqtini qisqartirish zarurligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u02bclumki, Farg\u2018ona vodiysidagi uchta \u2013 Andijon, Namangan va Farg\u2018ona aeroportlari shaharlar ichida joylashgani va atrofi bino-inshootlar bilan zich o\u2018ralgani sababli ularni kengaytirish imkoniyati cheklangan. Shu bois uchta viloyatning o\u2018rtasida yangi xalqaro aeroport qurish taklif etilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cToshkent-Sharqiy\u201d aeroportining bosh rejasi ham muhokama qilindi. Buxoro va Urganch aeroportlarida yangi yo\u2018lovchi terminallari qurish, shuningdek, hududlararo loukoster aviakompaniyasi faoliyatini yo\u2018lga qo\u2018yish loyihalari haqida ma\u02bclumot berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz aeroportlarda xizmatlarni ko\u2018paytirish va sifatini yaxshilash, narxlarning ommabopligini ta\u02bcminlash bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Taqdimotda issiqlik ta\u02bcminoti tizimini yangilash va qamrovini oshirishga oid rejalar ham ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oxirgi to\u2018rt yilda hududlarda 47 ta qozonxona qurilib, qariyb 80 kilometr tarmoq yotqizilgani qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2022-2026 yillarda yana 172 ta qozonxona va 482 kilometr tarmoqni yangidan qurish, 109 ta qozonxona va 543 kilometr tarmoqni modernizatsiya qilish ko\u2018zda tutilgan. Bularning natijasida markazlashgan issiqlik ta\u02bcminoti bilan qamrab olish darajasi hozirgi 52 foizdan 66 foizga yetadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayrim qozonxonalarda kogeneratsion gaz turbinasini o\u2018rnatish orqali elektr energiyasi ham ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari issiqlik hosil qilish va undan foydalanish tizimini raqamlashtirish, sohada davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, issiqlik ta\u02bcminoti korxonalarini moliyaviy sog\u2018lomlashtirish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berdi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":2471,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2470","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2470","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2470"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2470\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2472,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2470\/revisions\/2472"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2471"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2470"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2470"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2470"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}