{"id":2430,"date":"2022-03-25T13:39:01","date_gmt":"2022-03-25T11:39:01","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2430"},"modified":"2022-03-25T13:40:56","modified_gmt":"2022-03-25T11:40:56","slug":"ozbekcha-ozbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumining-ochilish-marosimidagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/03\/25\/ozbekcha-ozbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birinchi-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumining-ochilish-marosimidagi-nutqi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli mehmonlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xonimlar va janoblar!<!--more--><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1648142686.0866.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalambor, siz, azizlarni \u2013 birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining barcha ishtirokchilarini mehmondo\u2018st O\u2018zbekiston diyorida samimiy qutlashga ijozat bergaysiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi anjumanimizda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari hamda jahonning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini, mamlakatimizning asosiy hamkorlari bo\u2018lgan davlatlarning yuqori darajadagi vakillarini ko\u2018rib turganimdan xursandman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonga xush kelibsiz!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli forum ishtirokchilari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston zamini ko\u2018p asrlar davomida dunyoning turli mintaqalaridagi savdogar, ishbilarmon va tadbirkorlar e\u2019tiborini o\u2018ziga tortib kelgan. Buyuk ipak yo\u2018lining markazida joylashgan yurtimiz qadimdan Osiyo, Yevropa va Afrika qit\u2019alarining karvon yo\u2018llari tutashgan hudud sifatida mashhur bo\u2018lgan. Xitoy, Hindiston, Eron, Vizantiya, Misr kabi mamlakatlarda shakllangan sivilizatsiya va madaniyat namunalari aynan qadimgi Movarounnahr, hozirgi O\u2018zbekiston hududida uchrashib, bir-birini o\u2018zaro boyitib kelgan. Buning natijasida 3 ming yillik davlatchilik tarixiga ega bo\u2018lgan mamlakatimiz uzoq davr mobaynida dunyoning savdo, iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat va san\u2019at yuksak ravnaq topgan markazlaridan biri bo\u2018lib xizmat qilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu ko\u2018hna zamindan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar, dunyoviy va diniy ilmlarning ulug\u2018 namoyandalari bugungi kunda ham butun insoniyatga xizmat qilayotgan noyob kashfiyot va bebaho asarlar yaratib, ularni jahon ahliga meros qilib qoldirganlar. Misol uchun, hozirgi davrda ham dolzarb bo\u2018lgan \u201ckarantin\u201d tushunchasini Yevropada \u201cAvitsenna\u201d nomi bilan tanilgan ajdodimiz, buyuk shifokor Abu Ali ibn Sino bundan ming yil muqaddam birinchi bo\u2018lib amaliyotga joriy qilgani tarixdan yaxshi ma\u2019lum.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Zamonaviy innovatsion va blokcheyn texnologiyalari va sun\u2019iy intellekt negizini tashkil etuvchi algoritm atamasi yana bir ulug\u2018 ajdodimiz \u2013 Muhammad Xorazmiy nomi bilan bog\u2018liq ekanidan sizlar albatta xabardorsiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mashhur davlat arbobi, ayni paytda buyuk astronom bo\u2018lgan Mirzo Ulug\u2018bek esa XV asrdayoq Samarqandda rasadxona qurdirib, mingdan ortiq yulduzlarning eng to\u2018g\u2018ri koordinatlarini aniqlab, ilm-fan rivojiga beqiyos hissa qo\u2018shgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yuksak tafakkur egasi bo\u2018lgan yana o\u2018nlab vatandoshlarimizning o\u2018tmishda fizika, geodeziya, kimyo, falsafa va tarix, me\u2019morlik, tasviriy san\u2019at, ilohiyot va boshqa yo\u2018nalishlarda yaratgan ilmiy kashfiyotlari hozirgi zamonda ham o\u2018z ahamiyati va qimmatini yo\u2018qotmasdan kelayotgani ayniqsa e\u2019tiborlidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli xonimlar va janoblar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda O\u2018zbekiston o\u2018zining geografik joylashuviga ko\u2018ra, Shimol va Janubni, G\u2018arb va Sharqni magistral tranzit koridorlari orqali bog\u2018lab turadigan Markaziy Osiyo mintaqasining o\u2018zagi hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz \u201cBuyuk o\u2018tmishdan \u2013 buyuk kelajak sari\u201d tamoyili asosida iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishimizni jadal davom ettirmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan 5 yil avval biz Harakatlar strategiyasini qabul qilib, uning doirasida keng ko\u2018lamli demokratik islohotlarni amalga oshirish yo\u2018lini tanladik. Ushbu islohotlar dasturi davlatimiz va jamiyatimizning barcha sohalarini qamrab olib, qonun ustuvorligini ta\u2019minlash, raqobatni rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi keskin kurash olib borish kabi muhim yo\u2018nalishlarni o\u2018zida mujassam etgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz, birinchi navbatda, ilgari investorlarning O\u2018zbekiston bozoriga kirishi va erkin faoliyat yuritishiga to\u2018sqinlik qilgan barcha omillarni bartaraf etib, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yarata boshladik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchidan, 2017 yilda milliy valyutamiz \u2013 so\u2018mning erkin konvertatsiyasini joriy etib, xorijiy investorlar tomonidan foydani repatriatsiya qilish bilan bog\u2018liq barcha cheklovlarni olib tashladik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bank va yirik korxonalarimiz ilk marta xalqaro reytinglar olib, jahon moliya bozorlariga chiqdi. Dunyo bozorlariga milliy valyutamizda ham xalqaro obligatsiyalar chiqarildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, biz bank-moliya sohasidagi islohotlarimizni tizimli ravishda davom ettirish zarurligini albatta yaxshi tushunamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchidan, mamlakatimizda ochiqlik siyosatini ta\u2019minlash uchun 90 ta xorijiy davlat fuqarolari uchun O\u2018zbekistonga vizasiz kirish imkoniyatini yaratdik. Yana 60 ga yaqin mamlakat fuqarolariga esa yengillashtirilgan tartibda viza olish imkoniyati berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu ko\u2018rsatkichlar bo\u2018yicha O\u2018zbekiston mintaqadagi eng ochiq davlat maqomini qo\u2018lga kiritgani bugun hech kimga sir emas.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashish O\u2018zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo\u2018nalishiga aylandi. Bu boradagi sa\u2019y-harakatlarimizni amalga oshirish maqsadida alohida Agentlik tashkil etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu sohada boshlagan ishlarimizni davom ettirib, iqtisodiyotda shaffoflikni ta\u2019minlash va korrupsiyaga qarshi qat\u2019iy kurash olib borish yanada kuchaytirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018rtinchidan, mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlash va to\u2018liq himoya qilishni ham eng ustuvor vazifa sifatida belgiladik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki yil avval O\u2018zbekistonda Inson huquqlari milliy strategiyasi qabul qilindi va tarixda birinchi marta mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashiga a\u2019zo etib saylandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonni qonun va adolat mustahkam qaror topgan demokratik mamlakatga aylantirish, mustaqil va kuchli sud-huquq tizimini shakllantirish \u2013 eng oliy maqsadlarimizdan biri sifatida kun tartibiga qo\u2018yildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Beshinchidan, islohotlarimizning muhim yo\u2018nalishi sifatida mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va so\u2018z erkinligini ta\u2019minlash, demokratik media makon yaratish bo\u2018yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ommaviy axborot vositalarini \u201cto\u2018rtinchi hokimiyat\u201dga aylantirish, davlat idoralarining jamiyat oldidagi hisobdorligini oshirish borasida sezilarli natijalarga erishilmoqda. Bu boradagi eng muhim yutug\u2018imiz shuki \u2013 biz jamiyatimizda \u201cyopiqlik muhiti\u201ddan qutulib, Yangi O\u2018zbekiston poydevorini aynan erkinlik va adolat tamoyillari asosida barpo etmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oltinchidan, ko\u2018p yillar davomida mamlakatimizni turli \u201cqora ro\u2018yxat\u201dlarga kiritilishi uchun sabab bo\u2018lgan majburiy mehnat, jumladan, bolalar mehnatiga to\u2018liq barham berildi. Buning e\u2019tirofi sifatida yaqinda xalqaro Nodavlat notijorat tashkilotlari koalitsiyasi \u2013 \u201cCotton Campaign\u201d hamda jahondagi mashhur brendlar tomonidan O\u2018zbekiston paxtasi va to\u2018qimachilik mahsulotlariga nisbatan ilgari o\u2018rnatilgan boykot bekor qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yettinchidan, biz islohotlarimizning birinchi kunidan boshlab ta\u2019lim va inson kapitalini rivojlantirishga alohida e\u2019tibor berib kelmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi 5 yilda mamlakatimizda 21 mingdan ortiq yangi maktabgacha ta\u2019lim muassasalari tashkil etilib, ushbu maskanlarda tarbiya olayotgan bolalarimiz qamrovi avvalgi 27 foizdan 67 foizga ko\u2018tarildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, 200 ga yaqin yangi maktablar barpo etildi, 3 mingdan ortiq mavjud maktablar esa rekonstruksiya qilindi va to\u2018liq jihozlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu o\u2018tgan qisqa davrda 82 ta yangi universitet va institut, jumladan, 23 ta xorijiy oliygoh tashkil etilib, oliy ta\u2019lim dargohlarining umumiy soni 159 taga yetdi. Natijada maktab bitiruvchilarining oliy ta\u2019lim bilan qamrov darajasi oldingi 9 foizdan 28 foizga yetkazildi va bu yo\u2018nalishdagi ishlarimiz davom ettirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barcha sohalarda bo\u2018lgani kabi sog\u2018liqni saqlash tizimida ham muhim islohotlar izchil olib borilmoqda. Shifoxonalar va tez tibbiy yordam punktlarini dori-darmon va zarur buyumlar bilan ta\u2019minlash maqsadida davlat tomonidan ajratilgan mablag\u2018lar miqdori o\u2018tgan davrda 12 barobar ko\u2018paytirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sakkizinchidan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq siyosati ham biznes sohasini rag\u2018batlantirishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi yillarda soliqlarning umumiy sonini 13 tadan 9 taga tushirdik. Mol-mulk, shaxsiy daromad va ijtimoiy soliq stavkalari ikki barobar pasaytirildi. Shu bilan birga, import bo\u2018yicha 6 mingga yaqin boj stavkalari ham kamaytirildi. Shuningdek, o\u2018tgan 5 yil ichida 200 ga yaqin litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi yoki soddalashtirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tadbirkorlik sub\u2019ektlari zimmasidagi soliq yukini yanada kamaytirish hamda soliq ma\u2019murchiligini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018qqizinchidan, O\u2018zbekistonda \u201cyagona darcha\u201d tamoyili asosida xorijiy investorlar bilan ishlash bo\u2018yicha mutlaqo yangi tizim joriy etilib, sarmoyadorlarga har tomonlama ko\u2018mak beradigan, barcha hudud va tarmoqlarni qamrab olgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yildi. Natijada iqtisodiyotimizga jalb qilingan yillik xorijiy investitsiyalar hajmi 3,5 barobar oshib, oxirgi 5 yilda ularning umumiy qiymati 25 milliard dollarni tashkil etdi. Buning hisobidan 59 mingta investitsiya loyihasi amalga oshirilgani mamlakatimizda 2,5 milliondan ortiq yangi ish o\u2018rinlarini yaratishga munosib hissa bo\u2018lib qo\u2018shildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, to\u2018qimachilik, charm-poyabzal, farmatsevtika, elektrotexnika, kimyo va neft-kimyo, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoatlari va boshqa ko\u2018plab sohalardagi qayta ishlash darajasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga hamda eksportning yillik hajmini salkam 20 milliard dollarga yetkazishga muvaffaq bo\u2018ldik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018ninchidan, ikki yil avval mamlakatimiz tarixida birinchi marta kambag\u2018allikni bartaraf etishni Hukumat siyosatining asosiy maqsadlaridan biriga aylantirdik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu yo\u2018nalishda alohida Strategiya qabul qilinib, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag\u2018allikni qisqartirish vazirligi tashkil etildi. Natijada qisqa davrda yarim milliondan ortiq oilani muhtojlar toifasidan chiqarishga erishdik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman olganda, 5 yil davomidagi harakatlarimiz o\u2018zining ijobiy natijalarini bermoqda. Bu fikrni islohotlarimizning dastlabki yillaridayoq iqtisodiyotimizning yillik o\u2018rtacha o\u2018sishi \u2013 5 foizni, sanoat sohasida esa \u2013 8 foizni tashkil etgani ham tasdiqlaydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 27 milliard dollardan 35 milliard dollarga yetdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hatto koronavirus pandemiyasi avj olgan 2020 yilda ham mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining o\u2018sishida ijobiy dinamika saqlab qolingani, 2021 yilda esa uning o\u2018sish sur\u2019ati 7 foizdan oshgani islohotlar yo\u2018lining to\u2018g\u2018ri tanlanganidan dalolat bo\u2018lib, bizni yangi amaliy marralarga da\u2019vat etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muhtaram forum ishtirokchilari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizdagi 5 yillik islohotlar jarayonining eng muhim yutug\u2018i sifatida bir fikrni to\u2018la ishonch bilan ta\u2019kidlash mumkin: O\u2018zbekistonda islohotlar ortga qaytmaydigan muqarrar tus olgani real haqiqatdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yaqinda biz kelgusi 5 yilga mo\u2018ljallangan Yangi O\u2018zbekiston taraqqiyot strategiyasini qabul qildik. Ushbu Strategiya \u201cInson manfaatlari hamma narsadan ustun\u201d degan tamoyil asosida ishlab chiqilgan bo\u2018lib, mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati va inson kapitalini rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini yanada rag\u2018batlantirish, investorlar huquqlarini himoya qilish, xususiy mulk daxlsizligi va gender tenglikni ta\u2019minlash kabi muhim vazifalarga qaratilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Strategiyamizning pirovard maqsadi \u2013 davlatimiz va jamiyatimizning barcha soha va yo\u2018nalishlarida \u201cInson qadri uchun\u201d g\u2018oyasini hayotga tadbiq etishni ko\u2018zda tutadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yo\u2018nalishlar quyidagilardan iborat.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchi yo\u2018nalish \u2013 mamlakatimizda iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta\u2019minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jumladan, keng ko\u2018lamli ma\u2019muriy islohotlarni amalga oshirish va raqamlashtirishni joriy etish orqali biznes uchun yanada qulay sharoit yaratish, davlat boshqaruvi tizimining natijadorligini oshirish orqali ishbilarmon va tadbirkorlarga ko\u2018mak beradigan, ixcham va yuqori samarali hukumat tizimini tashkil etish ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchi yo\u2018nalish \u2013 davlatning iqtisodiyotdagi roli va ulushini keskin qisqartirish.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqaro moliya institutlari va xorijiy konsalting kompaniyalari ko\u2018magida davlat aktivlarini xususiylashtirish orqali 2026 yilga qadar eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat korxonalarini xususiylashtirish hisobidan 25 dan ortiq faoliyat turlari bo\u2018yicha monopoliyalar tugatiladi, tijorat banklarida transformatsiya jarayonlari davom ettirilib, bank aktivlarida xususiy sektorning ulushi 60 foizga yetkaziladi, davlat ishtirokidagi korxonalar soni kamida 3 barobar qisqartiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fursatdan foydalanib, Forumda qatnashayotgan siz, hurmatli investor va tadbirkorlarga oshkoralik, shaffoflik va raqobat tamoyillari asosida o\u2018tkaziladigan xususiylashtirish jarayonlarida keng ishtirok etishingiz uchun barcha sharoitlar yaratishimizni ta\u2019kidlab aytmoqchiman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchinchi yo\u2018nalish \u2013 mamlakatimizda infratuzilmani jadal rivojlantirishni davom ettirish.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonda xorijiy investorlar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etgan holda, energetika, transport, sog\u2018liqni saqlash, ta\u2019lim, infratuzilmani rivojlantirish va yo\u2018l qurilishi sohalarida umumiy qiymati 15 milliard dollarlik 200 dan ortiq loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Barchangizni ushbu jarayonlarda faol ishtirok etib, o\u2018zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga taklif etamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018rtinchi yo\u2018nalish \u2013 iqtisodiyotimizni sanoatlashtirish doirasida boy xomashyo zaxiralarimizni chuqur qayta ishlash orqali yuqori qo\u2018shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rag\u2018batlantirish.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xabaringiz bor, O\u2018zbekiston ko\u2018plab foydali qazilmalar zaxirasi bo\u2018yicha dunyoning yuqori o\u2018rinda turadigan 20 ta davlati qatoriga kiradi. Jumladan, mamlakatimiz oltinning resurs bazasi bo\u2018yicha dunyoda \u2013 2-o\u2018rinni, mis bo\u2018yicha \u2013 7, volfram bo\u2018yicha \u2013 8, kumush bo\u2018yicha \u2013 9, uran bo\u2018yicha 12-o\u2018rinni, tabiiy gaz ishlab chiqarish sohasida esa 16-o\u2018rinni egallaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ana shunday boy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlagan holda, kelgusi 5 yilda kimyo va gaz-kimyo, misni qayta ishlash, elektronika, farmatsevtika, to\u2018qimachilik va ko\u2018plab boshqa sohalarda 120 milliard dollarlik investitsiyalarni jalb etish bo\u2018yicha aniq loyihalar ishlab chiqilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Beshinchi yo\u2018nalish \u2013 inson kapitaliga investitsiya kiritish.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kelgusi 5 yilda maktabgacha ta\u2019lim sohasida \u2013 7 mingdan ziyod yangi muassasalar tashkil etish orqali qamrov darajasi hozirgi 67 foizdan 80 foizga yetkaziladi, maktab ta\u2019limi tizimi uchun o\u2018quv dasturlari va darsliklar ilg\u2018or xorijiy tajriba asosida to\u2018liq qayta ishlanadi va qo\u2018shimcha 1 million 200 ming o\u2018quvchi uchun yangi maktablar barpo etiladi, oliy ta\u2019lim sohasidagi qamrov darajasi 50 foizga yetkaziladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz professional ta\u2019lim tizimini ilg\u2018or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni zamon talablaridan kelib chiqib, iqtisodiyotimiz ehtiyojlari uchun IT va muhandislik yo\u2018nalishlariga ixtisoslashtirishni ustuvor vazifa sifatida belgiladik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Masalan, Birlashgan Arab Amirliklari hukumati bilan birgalikda amalga oshirilayotgan \u201cBir million dasturchi\u201d loyihasi ushbu yo\u2018nalishdagi amaliy harakatlarimiz namunasidir. Maqsadimiz \u2013 iqtisodiyotimizning \u201cdrayver\u201d tarmoqlarini yetuk va malakali mutaxassislar bilan to\u2018liq ta\u2019minlashdan iborat.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Alohida ta\u2019kidlash zarurki, O\u2018zbekiston bugungi kunda iqtisodiy resurslar bilan birga katta insoniy salohiyatga, zamonaviy bilim va chet tillarni puxta o\u2018zlashtirgan yangi avlod kadrlariga ega. Bu bizning eng katta boyligimiz hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oltinchi yo\u2018nalish \u2013 mamlakatimizda tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, eksport va import faoliyatlari uchun qo\u2018shimcha qulayliklar yaratish.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston yaqin yillarda Jahon savdo tashkilotiga to\u2018laqonli a\u2019zo bo\u2018lish uchun aniq qadamlar qo\u2018ymoqda. Hozirning o\u2018zida respublikamizda mahsulot ishlab chiqaruvchilar erkin savdo orqali 280 million iste\u2019molchisi bo\u2018lgan mintaqaviy bozorlarga chiqish imkoniyatiga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining kengaytirilgan preferensiyalar tizimi \u201cGSP +\u201d doirasida O\u2018zbekistondan 6 mingdan ortiq mahsulot turlarini Yevropa bozoriga imtiyozli shartlarda eksport qilish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, milliy eksportchilarimizga qo\u2018shimcha imkoniyatlar yaratish uchun hozirgi vaqtda Hindiston, Turkiya, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlar bilan imtiyozli va erkin savdo bitimlarini imzolash bo\u2018yicha aniq choralar ko\u2018rilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mavjud transport koridorlarini diversifikatsiya qilish maqsadida O\u2018zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Transafg\u2018on temir yo\u2018li orqali Janubiy Osiyoga, \u201cO\u2018zbekiston \u2013 Qirg\u2018iziston \u2013 Xitoy\u201d temir yo\u2018li orqali Osiyo\u2013Tinch okeani mintaqasiga hamda Janubiy Kavkazni kesib o\u2018tadigan multimodal transport koridori orqali Yevropa mamlakatlariga yetkazish uchun imkoniyatlar yaratish bo\u2018yicha ham amaliy harakatlar olib borilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yettinchi yo\u2018nalish \u2013 mamlakatimizning investitsiya jozibadorligini oshirish, biznes muhitini yanada yaxshilash.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu soha rivoji uchun amaliy takliflarni ishlab chiqish maqsadida 2022 yildan e\u2019tiboran O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi yig\u2018ilishlarini muntazam o\u2018tkazib borish yo\u2018lga qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, kraudsorsing platformasi va zamonaviy raqamli yechimlardan foydalangan holda, barcha tarmoq va hududlardagi investor va tadbirkorlar bilan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri muloqot o\u2018tkazish amaliyotini davom ettiramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bizning mamlakatimizda 20 avgust sanasi Tadbirkorlar kuni sifatida belgilangan. Ayni shu kunda Prezidentning tadbirkorlar bilan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri uchrashuvi bo\u2018lib o\u2018tadi. Men bugungi anjumanda ishtirok etayotgan barcha investor va tadbirkorlarni bo\u2018lg\u2018usi ana shunday muloqotda o\u2018zlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan ishtirok etishga mamnuniyat bilan taklif etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman olganda, amalga oshiriladigan islohotlarimiz natijasida kelgusi 5 yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 100 milliard dollarga, yillik eksport hajmini esa 30 milliard dollarga yetkazish ko\u2018zda tutilgan. Xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 80 foizga yetkaziladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz O\u2018zbekistonning 2030 yilga borib aholisi o\u2018rtadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatoridan joy olishiga erishishni aniq maqsad qilib qo\u2018yganmiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatla do\u2018stlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oxirgi yillarda dunyoda yuz berayotgan pandemiya sinovlari, iqtisodiyot sohasidagi mavjud qiyinchiliklar va boshqa muammolar bizni nostandart choralar ko\u2018rishga, yangicha vaziyatda ishlash va natijaga erishishga o\u2018rgatmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dunyodagi bugungi murakkab vaziyatda ham O\u2018zbekiston \u2013 yashash va ishlash uchun tinch va xavfsiz makon sifatida tanilganini hech kim inkor eta olmaydi. Biz investorlar uchun eng qulay va jozibador sharoitlar yaratish bo\u2018yicha sa\u2019y-harakatlarimizni yanada jadallashtiramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Islohotlarni amalga oshirish jarayonidagi eng murakkab vazifa \u2013 bu faqat qonunchilikni o\u2018zgartirish yoki turli strategiyalarni ishlab chiqishdan iborat emas. Bular albatta muhim, lekin eng asosiysi \u2013 odamlarning dunyoqarashi va fikrini o\u2018zgartirish ekanini, o\u2018ylaymanki, dunyodagi barcha islohotchilar tan olsa kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun ushbu zalda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti komandasi a\u2019zolari \u2013 vazirlar, idoralar va mahalliy hokimliklar rahbarlari ham qatnashmoqda. Ularning hammasi, yuqorida ta\u2019kidlanganidek, yuksak malakali mutaxassislar, zamonaviy dunyoqarashga ega, Yangi O\u2018zbekiston vakillari bo\u2018lib, ushbu Forumga tayyorgarlik doirasida mendan aniq topshiriqlar olishgan. Bu rahbarlar Forumga tashrif buyurgan Siz, hurmatli mehmonlarimiz bilan amaliy va o\u2018zaro manfaatli hamkorlik o\u2018rnatish, yangi loyihalarni ishlab chiqish, eng muhimi \u2013 investor va tadbirkorlarga har tomonlama qulay sharoitlar yaratish uchun muntazam ishlashga tayyor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, Forum ishida xorijiy sheriklarimiz bilan yangi hamkorlik aloqalarini o\u2018rnatishga tayyor bo\u2018lib turgan O\u2018zbekistonning yetakchi tarmoq birlashmalari, xususiy kompaniyalari va korxonalari rahbarlari ham ishtirok etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Forum doirasida sizlarning e\u2019tiboringizga O\u2018zbekistonda o\u2018z biznesingizni samarali yuritishingiz uchun mavjud sharoitlar va yangi istiqbollar to\u2018g\u2018risida keng ma\u2019lumot beradigan 30 dan ziyod tadbirlar bilan bir qatorda, 200 dan ortiq jozibador loyihalar bo\u2018yicha takliflar ham havola etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli investorlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xonimlar va janoblar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u2019lumki, hozirgi zamon butun jahon iqtisodiyoti raqamlashtirish jarayoniga o\u2018tayotgan, \u201cyashil\u201d texnologiyalar va innovatsion taraqqiyot har qanday soha va biznes rivoji uchun ustuvor ahamiyat kasb etayotgan bir davrdir. Biznes va tadbirkorlik, xalqaro iqtisodiy aloqalar uchun beqiyos imkoniyatlar ochilayotgan mana shunday sharoitda sizlarni qadimiy sivilizatsiya va madaniyat maskani bo\u2018lgan, bugungi kunda yangilanish va islohotlar yo\u2018lidan dadil borayotgan Yangi O\u2018zbekiston bilan amaliy hamkorlik o\u2018rnatishga taklif etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizlarning mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat olib borishingizni ta\u2019minlash \u2013 O\u2018zbekiston Prezidenti va Hukumati tomonidan kafolatlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barchangizni ulkan va mushtarak maqsadlarni amalga oshirish, o\u2018zaro manfaatli sheriklik aloqalarimizni yangi, yanada yuksak bosqichga ko\u2018tarish uchun faol amaliy harakatlarga da\u2019vat etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Anjumanimizning barcha ishtirokchilariga Forum natijalari bo\u2018yicha muhim va samarali kelishuvlarga erishishni, kelgusi ishlarida esa yangi yutuq va zafarlar yor bo\u2018lishini tilayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">E\u2019tiboringiz uchun rahmat.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":2431,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2430","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2430","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2430"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2430\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2433,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2430\/revisions\/2433"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2431"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2430"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2430"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2430"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}