{"id":2407,"date":"2022-03-17T14:24:13","date_gmt":"2022-03-17T12:24:13","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2407"},"modified":"2022-03-17T14:25:15","modified_gmt":"2022-03-17T12:25:15","slug":"%d0%bc%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%81%d1%82%d1%80-%d0%b8%d0%bd%d0%be%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b0%d0%bd%d0%bd%d1%8b%d1%85-%d0%b4%d0%b5%d0%bb-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/03\/17\/%d0%bc%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%81%d1%82%d1%80-%d0%b8%d0%bd%d0%be%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b0%d0%bd%d0%bd%d1%8b%d1%85-%d0%b4%d0%b5%d0%bb-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Oliy Majlisi Senati XXIV yalpi majlisidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\">Assalomu alaykum,<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Hurmatli Tanzila Kamalovna, Sodiq Solihovich,<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Senat a\u2019zolari va majlis qatnashchilari,<\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<div>\n<div style=\"text-align: center;\"><em>(2022 yil 17 mart)<\/em><\/div>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1647515409.1896.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">2021 yil davomida Tashqi ishlar vazirligi faoliyati O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ko\u2018rsatma va topshiriqlari, tashqi siyosiy konseptsiyada belgilangan ustuvor vazifalar, Harakatlar strategiyasining \u201cYoshlarni qo\u2018llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili\u201dda amalga oshirilishiga oid\u201d Davlat dasturi hamda Oliy Majlis Senati Qarorlarida belgilangan vazifalarni to\u2018la-to\u2018kis bajarishga qaratildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Tashqi ishlar vazirligi o\u2018z faoliyatini milliy manfaatlarimizdan kelib chiqib, dunyoning yetakchi davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga, hamkor mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga, davlatimiz Rahbari tashabbuslarini xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida ilgari surishga hamda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta\u2019minlashga yo\u2018naltirib kelmoqda.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">2021 yilda 150 ga yaqin oliy darajadagi tashrif, uchrashuv, onlayn va telefon muloqotlar tashkillashtirildi. Jumladan, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 9 marotaba xorijiy mamlakatlarga (Markaziy Osiyo davlatlari, Turkiya, Rossiya hamda Koreyaga) tashriflari amalga oshirildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari tomonidan Markaziy Osiyo mintaqasi O\u2018zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo\u2018nalishi sifatida belgilanganligi bois, o\u2018tgan yilda 100 dan ortiq oliy va yuqori darajadagi tadbirlar amalga oshirildi va qator salmoqli vazifalar bajarildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">\u00abMarkaziy Osiyo mamlakatlari bilan ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan kompleks Chora-tadbirlar dasturi\u00bb ishlab chiqildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Toshkent shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan \u00abMarkaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o\u2018zaro bog\u2018liqlik: tahdidlar va imkoniyatlar\u00bb mavzusidagi konferensiya xalqaro hamjamiyat tomonidan har taraflama yuqori baholandi. Konferensiyada 44 ta davlatdan jami 600 ga yaqin vakillarning faol va samarali ishtiroki ta\u2019minlandi. Mazkur anjuman doirasida 150 dan ortiq oliy va yuqori hamda parlamentlar rahbarlari darajasidagi ikki va qo\u2018p tomonlama uchrashuv hamda muzokoralar tashkillashtirildi. Mazkur yirik anjuman O\u2018zbekistonning xalqaro maydondagi obro\u2018-e\u2019tiborini yanada yuksaltirdi. Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalararo hamkorligida yangi yo\u2018nalishlarni belgilab berdi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari tomonidan ta\u2019kidlangan yana bir muhim yo\u2018nalish &#8211; qo\u2018shni Afg\u2018onistonda tinchlik va barqarorlik o\u2018rnatilishi, uni xalqaro maydonda yakkalanib qolmasligiga yo\u2018l qo\u2018ymaslikdir. Shu sababli, ikki va ko\u2018p tomonlama formatlarda afg\u2018on iqtisodiyotini rivojlantirishga, umuman, Afg\u2018onistonni mintaqaviy jarayonlarga keng jalb qilishga alohida e\u2019tibor qaratilib kelinmoqda. Ushbu yo\u2018nalishda o\u2018tgan yil davomida 100ga yaqin turli darajadagi tashrif, uchrashuv va muzokaralar amalga oshirildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Hurmatli senatorlar,<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonning hamkor mamlakatlar bilan ikki va ko\u2018p tomonlama munosabatlari izchil rivojlantirilmoqda.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Hususan, MDH mamlakatlari, Rossiya, Xitoy, AQSH va Yevropa Ittifoqi davlatlari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi Janubiy Koreya va Yaponiya mamlakatlari, Janubiy Osiyo mintaqasida esa Hindiston va Pokiston davlatlari, Yaqin Sharq, Amerika, Afrika va Okeaniyadagi sherik davlatlar bilan aloqalar kengaytirilmoqda. 2021 yil davomida xorijiy hamkorlar bilan 1000 ga yaqin turli darajadagi tashrif, uchrashuv, muzokara va taqdimotlar amalga oshirildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Xalqaro tashkilotlar doirasida, jumladan, BMT, SHHT, MDH, Jahon savdo tashkiloti va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi, Islom hamkorlik tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti hamda xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiya banki, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki, Yevropa investitsiya banki, Islom taraqqiyot banki) bilan amalga oshirilayotgan ishlar ko\u2018lami kengaytirilmoqda. Mazkur tashkilotlar doirasida O\u2018zbekiston tashabbuslarining keng qo\u2018llab-quvvatlanishi ta\u2019minlanmoqda.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Jumladan, faqatgina BMT va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotlarining kundalik faoliyati doirasida davlatimiz rahbarining jami 50 dan ortiq turli sohalarga ta\u2019lluqli xalqaro tashabbuslari yuzasidan 5 ta maxsus Rezolyutsiya va qarorlar qabul qilinib, asosiy hujjat sifatida a\u2019zo davlatlar orasida tarqatildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston vakillarining nufuzli xalqaro tadbirlarda ishtiroki, xorijiy davlatlarning oliy va yuqori darajadagi delegatsiyalarining yurtimizga tashriflari ishlab chiqildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 20 yillik yubiley Sammitidagi ishtiroki davomida ushbu tashkilotga 2021-2022 yillar mobaynida raislik qilish majburiyatlari qabul qilindi va tegishli \u00abChora-tadbirlar dasturi\u00bb amalga oshirilmoqda.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Turkiy davlatlar tashkiloti, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo\u2018yicha kengash kabi xalqaro tashkilotlar faoliyatida O\u2018zbekistonning faol ishtiroki ta\u2019minlanmoqda.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Joriy yildagi asosiy vazifalarimizdan biri SHHT, Turkiy davlatlar va Iqtisodiy hamkorlik tashkilotlarida O\u2018zbekiston raisligini yuksak darajada o\u2018tkazish, mazkur tashkilotlarning oliy darajadagi sammitlariga yuqori saviyada va puxta tayyorgarlik ko\u2018rishdan iborat.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Hurmatli majlis qatnashchilari,<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Yurtimizning 2021 yildagi asosiy siyosiy voqeasi \u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo\u2018ldi. Uni samarali tashkillashtirish doirasida 41 ta davlat, 20 ta nufuzli xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huhuqlari bo\u2018yicha byurosi Saylov kuzatuvi missiyasidan hamda 22 ta xorijiy saylov organlaridan va Toshkentdagi diplomatik korpus vakillaridan iborat 1000 dan ziyod xalqaro kuzatuvchi va mustaqil ekspertlarning bevosita ishtiroki ta\u2019minlandi. Bundan tashqari, 150 nafarga yaqin xorijiy OAV vakillarining saylov jarayonini yoritishiga amaliy yordam ko\u2018rsatildi. Barcha kuzatuvchi va ishtirokchilarga maxsus dasturlar shakllantirilib, 1500 dan ziyod uchrashuvlar uyushtirildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Xorijdagi saylovchilar uchun chet elda 54 ta statsionar va 519 ta muddatdan oldin ovoz berish ko\u2018chma saylov uchastkalari tashkil etildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Hurmatli senatorlar,<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbarining bevosita ko\u2018rsatmalariga binoan, Iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish tashqi siyosatimizning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Shu sababli, iqtisodiyotimizga chet el investitsiyalarini jalb qilish, eksport hajmi va xorijiy sayyohlar oqimini oshirishga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Jumladan, O\u2018zbekiston xududlarida 2021-2023-yillar davomida amalga oshirilishi mo\u2018ljallangan Investitsiya dasturidagi 756 ta loyihalar doirasida umumiy hajmi 8,1 milliard AQSH dolllarga teng xorijiy investitsiya va kreditlarni o\u2018zlashtirishga amaliy ko\u2018mak berildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Barcha diplomatik vaklolatxonalar tomonidan har bir xorijiy hamkorlar bilan \u00abloyihabay\u00bb tizimda ishlar yo\u2018lga qo\u2018yildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">O\u2018tgan yil mobaynida xorijiy davlatlarning salohiyatli investorlari va ishbilarmon doiralari vakillarining 1 ming 100 dan ortiq tashriflari tashkillashtirildi. Xususan, BAA, Turkiya, Rossiya, Bangladesh, Pokiston, Qozog\u2018iston, Fransiya, Turkmaniston, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki va qator boshqa xalqaro moliya institutlar vakillarining O\u2018zbekistonga tashriflari yuqori saviyada amalga oshirildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Ular ishtirokida ikki va ko\u2018p tomonlama shakldagi biznes-forumlar o\u2018tkazildi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 3-Maslahatlashuv uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy forumi tashkillashtirildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">2021 yil 4 sentabr kuni Toshkent shahrida Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining 46-yig\u2018ilishi o\u2018tkazilib, unda 57 ta a\u2019zo mamlakatlarning iqtisodiyot va moliya vazirlari, xalqaro moliya tashkilotlari hamda 500 dan ziyod yirik kompaniya vakillari va ishbilarmonlarining ishtiroki ta\u2019minlandi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">O\u2018zaro kelishuvlar ijrosini ta\u2019minlash maqsadida turli davlatlar bilan Hukumatlararo qo\u2018shma komissiyalarning 20 dan ziyod yig\u2018ilishlari uyushtirildi. Ularning yakuni bo\u2018yicha respublika vazirlik va idoralariga yurtimiz iqtisodiyotiga keng<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">ko\u2018lamli investitsiya, grant va moliyaviy-texnik ko\u2018makni jalb qilish yuzasidan 800 ta taklif va mulohazalar kiritilgan.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Xorijiy ommaviy axborot vositalarida mamlakatimizni iqtisodiy salohiyatini targ\u2018ib qiluvchi 1200 dan ziyod taqdimot materiallari chop etildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz eksportining hajmi va geografiyasini oshirish maqsadida vakolatxonalarimiz zimmasiga yuklatilgan 7,5 milliard AQSH dollariga teng tovarlar eksporti prognozi, joriy yilning 1 yanvar holatiga ko\u2018ra 8,3 milliard dollar qiymatida, ya\u2019ni belgilangan rejaga nisbatan 111% bajarildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Jadal iqtisodiy diplomatiya natijasida O\u2018zbekistonga Yevropa Ittifoqi Komissiyasi tomonidan \u00abGSP+\u00bb hamda Buyuk Britaniyaning \u00abGSP\u00bb tizimlarida benefitsiar maqomi berilishiga muyassar bo\u2018lindi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, Jahon savdo tashkilotiga a\u2019zolik doirasida 5-yig\u2018ilishga puxta tayyorgarlik ko\u2018rilmoqda. JSTga a\u2019zo davlatlar bilan tegishli muzokaralar o\u2018tkazilmoqda.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida davlat rahbarlari darajasidagi Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashining 3 ta yig\u2018ilishida hamda Bosh vazirlar darajasidagi Yevroosiyo Hukumatlararo kengashining 4 ta yig\u2018ilishida O\u2018zbekiston rahbariyatining faol ishtiroki ta\u2019minlandi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonning xalqaro transport-tranzit koridorlarini diversifikatsiya qilish maqsadida mintaqamizni Hind okeani bilan bog\u2018laydigan Trans-afg\u2018on transport yo\u2018lagini barpo etish va \u00abXitoy\u2013Qirg\u2018iziston\u2013O\u2018zbekiston\u00bb temir yo\u2018li qurilishi loyihalari yuzasidan qator manzilli ishlar amalga oshirildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Hurmatli majlis qatnashchilari,<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan xorijdagi vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnat yoki boshqa faoliyatni amalga oshirayotgan fuqarolarimizni ijtimoiy muhofazalash hamda ularga munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida\u00a0 2021 yil davomida xorijdagi diplomatik va konsullik idoralarimiz tomonidan umumiy hisobda 300 mingga yaqin konsullik-huquqiy va boshqa xizmatlar ko\u2018rsatildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, Rossiya, Qozog\u2018iston va Turkiya kabi davlatlarda fuqarolarimiz huquqlarini himoya qilish uchun 25 ta nufuzli advokatlik firmalari bilan hamkorlik yo\u2018lga qo\u2018yildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Konsullik faoliyatiga ta\u2019lluqli 58 ta xalqaro shartnoma va milliy normativ-huquqiy hujjatlar imzolandi. Hususan, faqatgina Rossiyada huquqiy jihatdan cheklangan sharoitda yashayotgan 300 mingdan ortiq fuqarolarimizni huquqiy maqomini legallashtirishga qaratilgan hamda ularni mazkur davlatda ro\u2018yxatdan o\u2018tish muddatini 7 kundan 15 kunga uzaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Xorijda og\u2018ir ahvolda qolgan fuqarolarimizga moddiy va ijtimoiy yordam ko\u2018rsatildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">15 mingga yaqin fuqarolarimiz xorijda ish bilan ta\u2019minlandi. Mavjud migratsiya oqimlarini diversifikatsiya qilish borasida Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, Latviya, Polsha, Yaponiya, Kuvayt kabi davlatlardagi ish beruvchilar bilan muzokaralar uyushtirilib, qo\u2018shimcha 10 mingga yaqin ishchi o\u2018rin kvotalari ajratildi. Vazirlik tomonidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga fuqarolarimizni tashkiliy asosda ishga yuborish bo\u2018yicha shartnomalar imzolashga amaliy ko\u2018mak berildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Hurmatli senatorlar,<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Hisobot davrida tashqi siyosiy faoliyatimiz qonunchiligini yanada takomillashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Hususan, oliy va yuqori darajadagi tadbirlar doirasida 227 ta (207 ta ikki tomonlama va 20 ta ko\u2018p tomonlama) hujjatlar imzolandi. Koreya, Yaponiya, Germaniya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan qishloq xo\u2018jaligi, suv resurslarini boshqarish, sog\u2018liqni saqlash, tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash hamda ijtimoiy sohalarda umumiy qiymati 1,518 mlrd dollar va 203,1 mln yevroga teng bo\u2018lgan moliyaviy-texnikaviy hamkorlik (grant, kredit) shartnomalari kelishildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston 6 ta universal xalqaro shartnomaga qo\u2018shildi va 14 ta mintaqaviy xarakterdagi ko\u2018p tomonlama kelishuvlar ishtirokchisiga aylandi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasining Yangi tashqi siyosiy faoliyat Konseptsiyasi ishlab chiqildi va u bo\u2018yicha Davlat Rahbarining ijobiy xulosasi olindi. Mazkur loyiha Xavfsizlik kengashi tomonidan Oliy Majlisga kiritilishi kutilmoqda.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Hurmatli senatorlar,<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini ilgari surish bo\u2018yicha izchil harakatlar amalga oshirilmoqda.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Bu borada O\u2018zbekistonning siyosiy-iqtisodiy va madaniy-ma\u2019rifiy rivojlanishi, \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d sharoitida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalariga bag\u2018ishlangan 50 dan ortiq xorijiy davlatlardagi nufuzli OAVlarida 2000 ga yaqin maqolalar nashr etilib, maxsus tele-radio ko\u2018rsatuvlar namoyishi ta\u2019minlandi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Umuman olganda, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev boshchiliklaridagi tashqi siyosiy faoliyatimiz \u2013 yirik xorijiy hamkorlarimiz bilan o\u2018zaro munosabatlarimizni, avvalambor, savdo-iqtisodiy va xalqaro xavfsizlik sohasidagi aloqalarni rivojlantirishga, O\u2018zbekiston mahsulotlari eksportini oshirishga, iqtisodiyotimizga sarmoya, yetakchi texnologiya va ilmiy ishlanmalarni jalb etishga, yurtimizga xorijiy sayyohlar oqimini oshirishga hamda fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Ularni amalga oshirish esa O\u2018zbekistonning ijobiy xalqaro imijini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Shu o\u2018rinda vazirlik muvofiqlashtiruvida ishlab chiqilgan O\u2018zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konseptsiyasini qabul qilish ishlarini jadallashtirishni maqsadga muvofiq, deb bilamiz.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Hurmatli senatorlar,<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">So\u2018zim yakunida vazirlik faoliyatining ayni davrdagi ustuvor maqsadi 2022\u20132026-yillarga mo\u2018ljallangan Taraqqiyot strategiyasining \u201cInson qadrini ulug\u2018lash va faol mahalla yili\u201dga oid Davlat dasturidagi vazifalarni, Davlatimiz Rahbarining bevosita ko\u2018rsatma va topshiriqlarini samarali va puxta amalga oshirishdir.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Tashqi ishlar vazirligi belgilangan vazifa va topshiriqlarni samarali va puxta bajarilishini ta\u2019minlashga barcha imkoniyat va salohiyatini jalb qilishga tayyor ekanligini ma\u2019lum qilaman. Bu borada Oliy Majlis palatalari tomonidan tegishli ko\u2018mak ko\u2018rsatilishiga va qo\u2018llab-quvvatlashlariga ishonch bildiraman.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">E\u2019tiboringiz uchun katta rahmat.<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":2409,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2407","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2407","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2407"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2407\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2408,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2407\/revisions\/2408"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2409"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2407"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2407"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2407"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}