{"id":2401,"date":"2022-03-16T11:02:19","date_gmt":"2022-03-16T09:02:19","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2401"},"modified":"2022-03-16T11:02:19","modified_gmt":"2022-03-16T09:02:19","slug":"%d0%bc%d0%b8%d1%84-2022-%d0%b1%d0%be%d0%bb%d0%b5%d0%b5-15-%d1%82%d1%8b%d1%81%d1%8f%d1%87%d0%b8-%d1%83%d1%87%d0%b0%d1%81%d1%82%d0%bd%d0%b8%d0%ba%d0%be%d0%b2-50-%d1%81%d0%bf%d0%b8%d0%ba%d0%b5%d1%80","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/03\/16\/%d0%bc%d0%b8%d1%84-2022-%d0%b1%d0%be%d0%bb%d0%b5%d0%b5-15-%d1%82%d1%8b%d1%81%d1%8f%d1%87%d0%b8-%d1%83%d1%87%d0%b0%d1%81%d1%82%d0%bd%d0%b8%d0%ba%d0%be%d0%b2-50-%d1%81%d0%bf%d0%b8%d0%ba%d0%b5%d1%80\/","title":{"rendered":"TXIF-2022: 1,5 mingdan ortiq ishtirokchi, 50 nafar jahon darajasidagi ma\u2019ruzachi, mavzuga oid 30 tadbir"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u2019lumki, joriy yil 24-26 mart kunlari\u00a0 poytaxtimizda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) bo\u2018lib o\u2018tadi, deb xabar bermoqda \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri.<!--more--><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1647353851.0747.png\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) ma\u2019lumotiga ko\u2018ra, dunyodagi turli mamlakatlarning ishbilarmon va siyosiy doiralari vakillari forumning ishtirokchi va mehmonlari bo\u2018lishadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayni paytda forumda qatnashish maqsadida dunyoning 56 mamlakatidan 1,5 ming nafardan ortiq kishi, shu jumladan, xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari murojaat qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Forum xalqaro kun tartibidagi muhim voqeaga aylanadi. Tadbir dasturi panel sessiyalari, alohida mavzularga doir muhokamalar va davra suhbatlariga boy bo\u2018ladi. Uning davomida O\u2018zbekiston va mintaqa mamlakatlarining investitsiyaviy, savdo, sanoat, transport va tranzit salohiyati ochib beriladi, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo\u2018yicha navbatdagi tadbirlar haqida so\u2018z boradi, hukumatning mamlakatni strategik rivojlantirish, xususiy sektorni rag\u2018batlantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash va boshqa yo\u2018nalishlaridagi ustuvor vazifalari belgilanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, forumda O\u2018zbekistonning turli tarmoqlari va hududlarining investitsiyaviy va savdo imkoniyatlari, moliya bozorini rivojlantirish istiqbollari, mahalliy sanoatni modernizatsiya qilish va raqamlashtirish, savdoni liberallashtirish va mamlakatni mintaqaviy va xalqaro bozorlarga integratsiyalash chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida taqdimotlar bo\u2018lib o\u2018tadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Forum, shuningdek, mushtarak maqsadlarga javob beruvchi loyihalar va tashabbuslar doirasida o\u2018zaro manfaatli hamkorlikning istiqbollari va amaliy jihatlarini muhokama qilish maqsadida \u00abG2G\u00bb, \u00abG2B\u00bb va \u00abB2B\u00bb shakllarida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralarni o\u2018tkazish uchun samarali maydonga aylanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Forum tadbirlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Youtube kanalida (https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCx7K-H57jEeBloro7YH7bNQ\/featured), shuningdek, Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi vazirlikning axborot resurslarida to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri namoyish etiladi. Dunyoning istalgan nuqtasidan Internetga ulangan har qanday tomoshabin translyatsiyani tomosha qilish imkoniyatiga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Forumda qatnashish uchun 20 martgacha http:\/\/www.iift.uz\u00a0 sayti orqali ro\u2018yxatdan o\u2018tish mumkin.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":2402,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2401","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2401","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2401"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2401\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2403,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2401\/revisions\/2403"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2401"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2401"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2401"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}